Назорат саволлари


Download 23.22 Kb.
Sana13.04.2020
Hajmi23.22 Kb.

Назорат саволлари

  1. Интеграл микросхема (ИМС) нима?

  2. ИМС асосий хусусияти нимада?

  3. ИМС элементи ва компонентаси деб нимага айтилади?

  4. Пардали, гибрид ва ярим ўтказгичли ИМСларнинг бир – биридан фарқи нимада?

  5. Нима сабабли транзисторли тузилма турли ИМС элементлари ясашда асосий ҳисобланади?

  6. Интеграл микросхема элементларини изоляцияси қандай амалга оширилади?

  7. Рақамли ва аналог ИМСларнинг мураккаблик даражаси (интеграция даражаси) қандай аниқланади?

  8. Аналог ИМСларда қандай сигналлар қайта ишланади? Рақамлидачи?



  1. IMS bu - juda kichik o‘lchamga keltirilgan elektr zanjiri bo‘lib, u turli xil yarimo‘tkazgichlarni qo‘llash asosida tayyorlanadi va barcha turdagi elektr uskunalarda keng qo’llaniladi.

  2. IMS ning elektr asbob sifatidagi asosiy xususiyati shundaki, u mustaqil ravishda , masalan axborotni eslab qolishi yoki signalni kuchaytirishi mumkin.

  3. IMS elementi deb konstruksiyasi bo’yicha kristall yoki asosdan ajralmaydigan, elektroradioelementlari funksiyasini bajaruvchi IMS qismiga aytiladi.

IMS komponenti deb, diskret element funksiyasini bajaruvchi, lekin

montajdan avval mustaqil mahsulot bo’lgan IMS ning bo’lagigsa aytiladi. 4. Pardali , gibrid va yarimo’tkazgichli IMSlar bir-biridan izolyatsiyalanish

usuliga ko’ra farq qiladi, ya’ni :

Elementlari yarimo’tkazgich asosning sirtiga yaqin qatlamda hosil qilingan mikrosxemalar YARIMO’TKAZGICHLI ,

Elementlari dielektrik asos sirtiga parda ko’rinishida hosil qilingan mikrosxemalar PARDALI,

Umumiy dielektrik asosda joylashgan pardali passiv va diskret aktiv elementlar kombinatsiyasidan iborat mikrosxemaga GIBRID IMS deyiladi.

5. Tranzistorli tuzilma turli IMS elementlari yasashda asosiy hisoblanishiga sabab , IMS larda deyarli barcha elementlari o’rnida aktiv elementlar ishlatiladi.Tranzistor aktiv element bo’lib, IMS ning signallarni kuchaytirish xususiyatini ta’minlaydi va ishlab chiqariladigan elementning yaroqlilik foizining ko’pligi uchun ishlatiladi.
6.Integral mikrosxemalarning elementlarining izolyatsiyasi dielektrik bilan amalga oshiriladi.
7.Raqamli va analog IMS larning murakkablik (integratsiya) darajasi bilan IMSning tarkibidagi element va komponentlari soni ifodalanadi.Integratsiya

Koeffitsiyenti son jihatdan K=lgN tenglik bilan aniqlanadi, bunda N-sxema elementlari va komponentlari soni.



Integratsiya koeffitsiyenti

K qiymat

Elementlari soni

IMS nomi

1

< 1

10 tagacha

oddiy

2

1

11100

O’rtacha(O’IS)

3

2

101÷10000

Katta(KIS)

4

≥4

>10000

O’ta katta(O’KIS)


8.Raqamli ISlar diskret ko’rinishda berilgan signallarni o’zgartirishga va qayta ishalshga xizmat qiladi.Analog ISlarda esa signal uzluksiz funksiya sifatida o’zgaradi.
Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling