Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 14.08 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi14.08 Kb.
#161425
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi 13


Nazorat uchun savol va topshiriqlar

1. Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rnini va xususiyatlarini ko’rsatib bering.

2. «Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izohlang.

3. Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko’rsatib

bering.

4. Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.



5. Differensial I va II va absolyut rentaning hosil bo’lish shart-sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering.

6. Monopol renta nima?

7. Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo’ladi?

8. «Ijara haqi» va «yer rentasi»ning farqlarini izohlang.

9. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.

10. Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalari iqtisodiy mazmuniga o’z fikringizni bildiring.

Javoblar

1.Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo’lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun istе’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz rahbari bu sohaga har doim alohida e’tibor bеrib kеlmoqdalar. «Alohida e’tibor qaratish lozim bo’lgan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa, – dеb ta’kidlaydi Prеzidеntimiz I.Karimov, – qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq kеng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznеsning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, fеrmеr xo’jaliklari rivojini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iboratdir». Bu vazifalarni bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog’liq bo’lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko’rsatish va infratuzilma sohalarini har tomonlama rivojlantirish zarurdir.

2.Yer egaligi — muayyan huquqiy asoslar (mulkka, yerni tasarruf etish va meros qolgan yerdan umrbod foydalanishga va ijaraga oid huquqlar)ga mu-vofiq yerga egalik qilish; xoʻjalik oborotiga va bozor iqtisodiy mexanizmi tarkibiga kiritiladigan yerdan foydalanish shakli. Ye. e. yer egalari zimmasiga tegishli huquq va majburiyatlar yuklaydi. Markaziy Osiyoda Ye. e.ning amlok, vaqf, mulk, tanho va b. shakllari mavjud edi. Buxoro, Qoʻqon va Xiva xonliklarida koʻp yerlar xonliklar qoʻlida, xon yoki amirlarning ixtiyorida boʻlgan. Bu yerlar asosan nasldan-naslga oʻtib, ijaraga berish yoʻli bilan dehqonlar tomonidan ishlangan. Ye. e.ning bu shakli 19-asr oʻrtalarida Buxoro xonligidagi barcha yer maydonlarining 65% ini tashkil qilgan. Yerdan foydalanish - yerdan foydalanish tartibi, shartlari va shakllari. Turli mamlakatlarda turlicha boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan xalqlarning yerga mulkchilik huquqi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Yer q.x. va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun shirkat (jamoa) xoʻjaliklariga, davlat, kooperativ, jamoat korxonalariga, muassasalar va tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalar va b.ga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Ye.f. tartib va shartlari Yer kodeksi bilan belgilanadi.

3.Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy koʻrinishlari mavjud. Yer rentasi (nem. Rente — ortga qaytarilgan) — yer egasining oʻz yerini tabiiy resurs tarzida ijaraga taqsim etganligi uchun oladigan daromadi; bevosita q.x. ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning yer egalari tomonidan mulk egaligi huquqiga koʻra oʻzlashtiriladigan qismi. Q.x.da foydalaniladigan yer maydonlari tabiatan cheklanganligi sababli (inson yer resurslarini koʻpaytirishga qodir emas) barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinadi va yerga xoʻjalik obʼyekti sifatida monopoliya vujudga keladi. Natijada yer b-n bogʻliq renta munosabatlari paydo boʻladi. Q.x.da yer egasi foydalanuvchilardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlov oladi, yaʼni yer egasi (davlat, shirkat, xususiy shaxs) faqat yer egasi boʻlganligi uchun yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning bir qismini ijara haqi koʻrinishida oʻzlashtirib oladi. Davlat oladigan yer soligʻi, xususiy yer egalari yerdan foydalanganlik uchun undiradigantoʻlovlar Ye.r. hisoblanadi. Ye.r.ning , mas, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul soligʻi (mas, xiroj) kabi bir qancha tarixiy koʻrinishlari bor. Hoz. davrda Ye.r.ning asosan, differensial renta va absolyut renta koʻrinishlari mavjud. Yer uchastkalarining tabiiy va iqtisodiy unumdorligi hamda joylashgan oʻrnidagi farqlar natijasida olinadigan qoʻshimcha sof daromad — differensial renta deyiladi (qarang Differensial renta). Koʻpgina mamlakatlarda sifatidan qatʼi nazar ekin ekiladigan yerning xususiy mulk boʻlishi uni ijarachilarga foydalanish uchun berishdan muqarrar suratda daromad keltiradi.

4.Yer rentasi (nem. Rente — ortga qaytarilgan) — yer egasining oʻz yerini tabiiy resurs tarzida ijaraga taqsim etganligi uchun oladigan daromadi; bevosita q.x. ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning yer egalari tomonidan mulk egaligi huquqiga koʻra oʻzlashtiriladigan qismi.

5.Differensial tenglamalar — nomaʼlum funksiyalar, ularning turli tartibli hosilalari va erkli oʻzgaruvchilar ishtirok etgan tenglamalar. Bu tenglamalarda nomaʼlum funksiya i orqali belgilangan boʻlib, birinchi ikkitasida i bitta erkli oʻzgaruvchi t ga, keyingilarida esa mos ravishda x, t va x, u, z erkli oʻzgaruvchilarga bogʻliqdir. Differensial tenglama nazariyasi 17-asr oxirida differensial va integral hisobning paydo boʻlishi bilan bir vaqtda rivojlana boshlagan. Differensial tenglama matematikada, ayniqsa, uning tatbiklarida juda katta ahamiyatga ega. Fizika, mexanika, iqtisodiyot, texnika va boshqa sohalarning turli masalalarini tekshirish differensial tenglamani yechishga olib keladi. 2. Xususiy hosilali differensial tenglama Bu tenglamalarning oddiy differensial tenglamadan farqli muhim xususiyati shundan iboratki, ularning barcha yechimlari toʻplami, yaʼni "umumiy yechimi" ixtiyoriy oʻzgarmaslarga emas, balki ixtiyoriy funksiyalarga bogʻliq boʻladi; umuman, bu ixtiyoriy funksiyalarning soni differensial tenglamaning tartibiga teng; ularning erkli oʻzgaruvchilari soni esa izlanayotgan yechim oʻzgaruvchilari sonidan bitta kam boʻladi. Bir nomaʼlumli 1-tartibli xususiy hosilali Differensial tenglamani yechish oddiy differensial tenglama sistemasini yechishga olib keladi. Tartibi birdan yuqori boʻlgan xususiy hosilali differensial tenglama nazariyasida Koshi masalasi bilan bir katorda turli chegaraviy masalalar tekshiriladi.

6.Monopol renta — koʻchmas mulk egalarining oʻz mulkini ijaraga berishdan oladigan daromadi; ijara haqi shakli. Monopol rentani yer va boshqa koʻchmas mulk — binolar, inshootlar, turar joy va turli xoʻjaliklar beradi. Monopol rentaning asosiy manbai mulkni ishlatuvchi (ijaraga oluvchi) topadigan daromad hisoblanadi. Bu daromadga mulkni ishlatuvchiga tegadigan daromad va mulk egasiga tegadigan daromad boʻlinadi. Ammo Monopol rentani har qanday mol-mulk emas, balki noyobligi bilan boshqalardan farqlanuvchi va qoʻshimcha naf keltiruvchi mol-mulk hosil etadi.

7.Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.

Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.

8.Qishloq xo’jaligi xalq xo’jaligining muhim bo’g’inidir. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlkari ham uchun xom-ashyo ishlab chiqariladi. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasida tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujatlarida belgilangan tartibda egalik qilishni tan olishini bildiradi.


Yerga egalik deganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik huquqi tsuhsuniladi. Yerga egalikni bilgan mulkdor amalgam oshiradi.
O’zbekiston respublikasinming yer kodeksida ta’kidlanganidek: “ Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish ham ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin”.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tarkibda foydalanishni bildiradi.
Yerdan foydalanuvchi yer egasi o’lishi shart emas. Real xo’jalik hayotida yerga egalik qilish va foydalanishni ko’pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar bajaradilar.

Agrar munosabatlarning asosini renta munoisanbatlarini tashkil qiladi. Renta munosabatlari qishloq xo’jaligida yer mulki bo’lsa , mulk agais yerdan foydalangaklik uchun undan foydalanuvchilardan to’lov olinadin

Bu to’lovlarning manbai qishloq xo’jaligida yaratilgan qo’shimcha mahsulotdir. Ya’ni yer egasi bo’lganligi uchun yaratilgan qo’shimcha mahsulotning bir qismini o’zlashtirib oladi. Bu yerda yer davlatnikimi , xususiymi buning ahamiyati yo’q. Davlat uni yer solig’I sifatida oladi. Xususiy yer egalari esa yerdan foydalanganliklari uchun to’lov sifatida oladi. Shuning uchun yer rentasi yer egaligini iqtisdoiy jihatdan amalgam oshirish (realizatsiya) qilishning shaklidir. Yer tantanasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan: uch shakldagi : barshchina (ishlab chiqarish), obrok (natural soliq) va pul solig’I shakllarda feudal rentalarda kapitalistik va sotsialistik yer rentalari va nihoyat hozirgi davrda mavjud bo’lgan yer rentalari hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud. Rentaning turlari bir qancha xildir. Absolyut yer rentasi , differnsial (tabaqalashgan) renta №1 va – 2 monopol renta , mutloq renta. Qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.

9.Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta‘mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.


Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.


Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi.

10.Agrosanoat majmui (ACM) – xalq xo‘jaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq iste’mo-li tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashda o‘zaro hamkorlikda fa-oliyat ko‘rsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va ko‘p tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va o‘rmon xo‘jaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3 sohani o‘z ichiga oladi: 1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xo‘jaligi ham kiradi) va o‘rmon xo‘jaligi; 2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari – traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, meliorativ va suv xo‘jaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar ta’miri bo‘yicha korxo-nalar, mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar (tara) tayyor-lash va b; 3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 166ishlash va iste’molchiga yetkazib berish bilan band bo‘lgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-jining umumiy sharoitini ta’minlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega (yo‘l-transport xo‘jaligi, moddiy-texnika ta’minoti, elektr, gaz, suv ta’minoti, aloqa, omborxona eleva-tor xo‘jaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). Shuningdek, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi.O‘zbekiston ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yog‘-moy(paxta moyidan tashqari), go‘sht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi (non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, go‘sht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip gazlama, to‘qimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta ishlaydigan tarmoq va sohalarni o‘z ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard mahsulotiga qarab tizimlarga bo‘linadi. Hududiy xususiyatiga ko‘ra mamlakat va viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot bo‘yicha don, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga bo‘linadi.O‘zbekiston tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xo‘jaligi, mashina-sozlik zavodlari, o‘g‘it va pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yog‘-ekstraksiya zavodlari, to‘qimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 50% dan ortiqrog‘i, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortig‘i, xalq xo‘jaligida band aholining 45% ga yaqini to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida Respublika ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega. Respublikada chorvachilik-sanoat majmui PASMdan keyingi o‘rinda tu-radi.
Download 14.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling