Назорат учун саволлар


Download 30 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi30 Kb.
#186540
Bog'liq
ped.8seminar


Назорат учун саволлар:

1. Маънавий-ахлоқий тарбия мазмуни нималарни ўз ичига олади? Унинг асосий талаблари нималардан иборат?

2. Тарбия турларини кўрсатинг ва уларнинг моҳиятини очиб беринг.

3. Тарбия усулларини танлашни белгилайдиган омиллар нималардан иборат?

4.Тарбиянинг замонавий технологияларига қўйилган талаблар

нималардан иборат ?

5.Меҳнат тарбиясида таълим ва тарбия бирлигининг аҳамиятини қандай баҳолайсиз?

JAVOBLAR

1. "Ma'naviy-axloqiy tarbiya" deganda biz insonning ma'naviy va axloqiy shakllanishini, uning axloqiy his-tuyg'ularini, axloqiy pozitsiyasini, axloqiy pozitsiyasini, axloqiy xulq-atvorini shakllantirish jarayonini tushunamiz. Faqat davlat, oila, jamiyat va cherkovning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan ma'naviy va axloqiy shaxsni tarbiyalash mumkin.

Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilьm va spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish, o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. 2. Tarbiya turlari ta'rifi

Aqliy tarbiya-Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘zo‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi.

Axloqiy tarbiya- „Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Axloq me’yorlari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir. Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatadi.

Mehnat tarbiyasi- Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir.

Jismoniy tarbiya-Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish.

Estetik tarbiya. Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi.

Ekologik tarbiya- Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borish talab etilmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir.

.Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya—bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulqatvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan ifodasidir.

3. Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil e’tish maqsadida foydalanaladigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada e’rishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil e’tishi, usullari va ularga qo’yiladigan talablar shu qoidalarda o’z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

-tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi

-tarbiyaning insonparvarligi va demokratligi

-tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog’liqligi

-tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning utsivorligi

-o’qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish

-izchillik, tizimchilik, o’zluksizligi.

Tarbiyaning umumiy usullari. Bola o’qishni, tarbiya olishni, ulg’ayib jamiyatga hayotida faol ishtirok e’tishni xohlaydi. Pedagog uni qay tarzda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonida tarbiyalashi zarurligini bilishi kerak. O’qituvchi do’ts, murrabbiy yo’l boshlovchi bo’lgandagina o’quvchilar o’zlarining ichki adabiyotlarini ochib ko’rsatadilar. Avval ta’kidlaganimizdek, tarbiya-tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilimi va tarbiyaga e’ga bo’lgan qonunlar, tarbiyalanovchilar (faoliyatlarini o’z ichiga olgan) bilim va tajriba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatishlari kerak. Demak tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning xamkorligidagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir.

4. Ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni kiritish va ularni qo‘llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:

- pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim texnologiya asoslari bilan tanishtirish - ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;

- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi o‘qituvchilarni aniqlash. Ular orqali pedagog-o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maqsadni, uning mohiyatini etkazish;

- zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ishlamoqchi bo‘lgan pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llash jarayoniga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish

- oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlovchi innovatsion (pedagogik texnologiya) markazlar zarur didaktik va metodik materiallar, texnika vositalari bilan ta’minlanishi zarur;

- ta’lim texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan ilg‘or pedagog-o‘qituvchilardan innovator pedagogik jamoani shakllantirish va h.k.

5. Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan. Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin.

TEST


1. E

2. C


3. Д

4. Е


5. Д

6. Б


7. Б

8. В


9. Б

10.Б


11. А

12. Д


13. Д

14. Д


15. Д
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling