Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
Download 14.34 Kb.
|
1-mavzu Predmeti
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar Statistika atamasi qanday kelib chiqqan va ilk bor nimani anglatgan? Statistika so‘zi hozir nimalarni bildiradi? Statistika predmetli fanmi? Statistika uslubmi? Statistika universal fanmi? Ommaviy hodisa va jarayon nima va ular qanday xususiyatlarga ega? O‘zbekistonda yagona samolyotsozlik korxonasi bor. Bu ommaviy hodisami? Tushuntirib bering. Sentyabr’-oktyabr’ oylarida Toshkentda ko‘pincha yomg‘ir yog‘adi. Bu yil sentyabr’ oyida yomg‘ir bo‘lmadi. Oktyabr’ oyida yog‘adimi? Javobingizni statistik jihatdan izohlab bering. Talabalar statistika darslariga yomon qatnashdilar. Imtihon qanday yakunlanadi? O‘z fikringizni statistik tafakkur jihatdan izohlab bering. Iqtisodiy statistika qanday fan? Statistik qonuniyat nima? U dinamik qonuniyatdan qanday farq qiladi? Katta sonlar qonunining mohiyati nimadan iborat? Statistika uchun u qanday ahamiyatga ega? O‘z xatti-harakatlaringizda statistika g‘oyalarini ishlatasizmi? Misollar keltiring. Paxta qabul qiluvchi tovarshunos nima uchun aravadagi paxtaga nazar tashlab chiqadi va u yoki bu joyidan ushlab ko‘radi? Statistika uslubi qanday masalalarni o‘rganishda qo‘llanadi? O‘qituvchi talaba bilimini baholashda qo‘llaydimi? Misollar keltiring va tushuntirib bering. Download 14.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling