Название O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 152.5 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi152.5 Kb.
#653958
Bog'liq
O’zbekiston res-WPS Office
Tempus - Yevropa ittifoqi, DAILY WARMS UP2 (2), Test-4-abituriyent,1, xavfsizlik 3, xavfsizlik 3, abn 3 TAJ 3-VAR, €­д®а¬ жЁ®­­ п ЎҐ§®Ї б­®бвм ў бҐвпе ќ‚Њ, Дарс-тахлили, 1-MAVZU UCHUN test savollari, 1-MAVZU UCHUN test savollari, 2 5265210269411313753, 1605671741981, 1605671741981, 1 MAVZU NAZARIY (1), iboralar

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Название O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
страница 9/38
Дата 11.07.2013
Размер 1.6 Mb.
Тип Документы
скачать
1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 38
1. /ХВКМ лотин китоб/XVKM Lotin.doc O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
2.6. Yevropa valyuta tizimi: iqtisodiy va valyuta ittifoqlarini barpo etish muammolari.

Zamonamizga xususiyatli bo'lgan narsa - iqtisodiyot va valyuta borasidagi hududiy integratsiyaning avvalambor G’arbiy Yevropada rivojlanishidir. Integratsion jarayonlarning rivojlanish sabablari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

- xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va birlashuvining kuchayishi, kapitallarning o'zaro aralashib ketishi;

- raqobatdosh markazlarning jahon bozorlaridagi o'zaro kurashi va valyuta barqarorsizligi.

Guruhlar doirasida yagona xo’jalik kompleksining yaratilishiga qaratilgan milliy iqtisodiyotlarning bir-biriga yaqinlashishi, o'zaro chambarchas bog’lanib ketish jarayoni o'z ifodasini Yevropa hamjamiyatida topdi. Yevropa hamjamiyati G’arbiy Yevropa mamlakatlarining nihoyatda rivojlangan hududiy integratsion guruhidir. U 1958 yilning 1 yanvaridan boshlab 1957 yilning mart oyida 6 mamlakat - Germaniya Federativ Respublikasi, Fransiya, Italiya, Bel'giya, Niderlandiya va Lyuksemburg tomonlaridan imzolangan Rim shartnomasi asosida amal qiladi. 1973 yildan boshlab Yevropa hamjamiyatiga Buyuk Britaniya, Irlandiya, Daniya, 1981 yildan boshlab Gretsiya, 1986 yildan Portugaliya va Ispaniya, so'ng esa Avstriya, Shvetsiya, Finlyandiya a'zo bo'lib kirgan. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning Yevropa hamjamiyati bilan assosiatsiyasi tuzilishi to’g’risidagi Lomey Konvensiyasini (1984 va 1989 y.y.) Afrika qit'asi, Karib dengizi va Tinch okeani qavzalarining 66 davlati imzoladi. O’rta er dengizi mamlakatlari guruhi (Turkiya, Jazoir, Tunis, Marokash, Livan, Misr, Iordaniya, Suriya) hamda Kipr va Malta Yevropa hamjamiyati bilan ikki taraflama kelishuv bilan bog’langan. "Umumiy bozor"ning tashkil etilishiga Yevropa hamjamiyati mamlakatlari tomonidan 1951 yilda ko'mir va po'lat Yevropa Birlashmasining integratsion guruhi tashkil qilinishi sabab bo'ldi. Atom energiyasi bo'yicha Yevropa hamjamiyati (Evratom) Yevropa Iqtisodiy Ittifoqi bilan bir vaqtda tashkil topgan. Markazga intiluvchanlik tendensiyalari 1967 yilda Yevropa Ittifoqi, ko'mir va po'lat Yevropa Birlashmasi, Evratomni o'z ichiga olgan Yevropa hamjamiyati deb atalmish guruhning tashkil etilishiga olib keldi. Ushbu birlashmalar umumiy asosiy organlarga ega va yagona siyosatni amalga oshiradilar.

90-yillar Yevropa hamjamiyatining avvalambor Yevropa erkin savdo assosiatsiyasi mamlakatlari hisobiga yanada kengayishi bilan nishonlandi. 1993 yildan boshlab Yevropa iqtisodiy hududi tashkil etildi va unga 1960 yilda Buyuk Britaniya tashabbusi bilan tashkil etilgan Yevropa erkin savdo assosiatsiyasi mamlakatlari savdo-iqtisodiy guruhi (Shveysariyadan tashqari) qo’shildi.

Yevropa erkin savdo assosiatsiyasiga dastlab Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, Shveysariya davlatlari kirgan. 1970 yilga kelib esa ularga Islandiya, 1986 yilda Finlyandiya va 1991 yilda Lixtenshteyn qo’shildi. Buyuk Britaniya, Daniya, Portugaliya, Shvetsiya va Finlyandiya mamlakatlarining Yevropa hamjamiyatiga o'tib ketishi oqibatida ushbu Assosiatsiyaning ahamiyati ancha pasaydi.

Yevropa kelishuvlariga asosan Yevropa hamjamiyatining hozirgi kundagi a'zolari bo'lib Pol'sha, Vengriya, Chehiya, Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya singari Sharqiy hamda Markaziy Yevropa davlatlari hisoblanadi. 1993 yilning noyabr oyidan boshlab Yevropa iqtisodiy, siyosiy va valyuta ittifoqining (qisqacha nomi EI - Yevropa Ittifoqi) tashkil etilishi to’g’risidagi Maastrixt kelishuvi kuchga kirdi.

EIning maqsadlari quyidagicha:

1) xo’jalik hayotini davlatlararo muvofiqlashtirish zaminida iqtisodiy va siyosiy ittifoqni tuzish;

2) EIni superdavlatga aylantirish;

3) jahon bozorida AQSh va Yaponiya monopoliyalariga qarshi raqobat kurashini olib borish maqsadida G’arbiy Yevropa markazining mavqeini mustahkamlash;

4) jamoa kuchi yordamida G’arbiy Yevropa mamlakatlarining sobiq mustamlakalari bo'lmish rivojlanib borayotgan davlatlarni o'z ta'sir doirasida ushlab turish.

G’arbiy Yevropa integratsiyasi o'zining 3 xususiyatli tomoni bilan boshqalardan farq qiladi. Birinchidan, EI 6 mamlakatning ko'mir va po'lat umumiy bozoridan 15 davlatning integratsiyalashgan xo’jalik kompleksi hamda siyosiy ittifoqigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Istiqbolda EIga Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari qo’shiladi (EI tasnifi bo'yicha bundaylarga Litva, Latviya, Estoniya ham kiradi), Mal'ta, Kipr hamda Turkiya davlatlarining kirishi ham ehtimoldan holi emas. 1994 yilning 24 iyunidan boshlab Rossiya va MDHning bir qator davlatlari EI bilan hamkorlik to’g’risida shartnoma tuzdilar.

Ikkinchidan, EIning institutsional tarkibiy tuzilishi davlat tarkibiy tuzilishiga yaqinlashtirilgan va quyidagi organlarni o'z ichiga oladi:

-Yevropa Kengashi (1974 yildan boshlab a'zo-mamlakatlar davlatboshchilari va hukumatlarining yig’ilishlari EIning oliy organiga aylandi);

-Vazirlar Kengashi - qonun chiqaruvchi organ (Yagona Yevropa dalolatnomasining kuchga kirishi munosabati bilan 1987 yilning iyulidan boshlab qaror qabul qilishdagi konsensus tamoyili oddiy ko'pchilik tamoyili bilan almashtirildi, 50ta qo'mitada a'zo-mamlakatlar elchilari ishlaydi);

-EI Komissiyasi (EIK) - ijro etuvchi organ;

-Yevropa Parlamenti - maslahat organi, EIK va Vazirlar Kengashi faoliyatlarini nazorat qiladi, EI byudjetini tasdiqlaydi, Maastrixt shartnomasiga muvofiq uning vakolatlari kengaytirilgan;

-EI Sudi - huquqiy me'yorlarga rioya etilishining nazorat organi;

-Iqtisodiy va Ijtimoiy qo'mita - tadbirkorlar vakillari, kasaba uyushmalari hamda shu kabilarning tarkibidagi maslahat organi.

Uchinchidan, integratsion jarayonning moddiy asosi bo'lib bir qismi EI umumiy byudjeti mablag’lari hisobiga shakllantirilgan ko'pchilik qo'shma fondlar hisoblanadi.

Iqtisodiy integratsiyaning ajralmas qismi bo'lib valyuta integratsiyasi hisoblanadi, ya'ni - valyuta siyosatini muvofiqlashtirish jarayoni, valyutani tartibga solishning milliy mexanizmini shakllantirish, davlatlararo valyuta-kredit va moliya tashkilotlarini tuzish. Valyuta integratsiyasining zaruriyati quyidagi sabablar bilan asoslangan:

1) tovarlar, kapitallar, ishchi kuchi harakatining erkinlashtirilishi sharoitida milliy iqtisodiyotlarning o'zaro bog’liqligini kuchaytirish uchun valyutani barqarorlashtirish talab etiladi;

2) Yamayka jahon valyuta tizimining barqaror emasligi EIdan valyuta barqarorligi hududini tashkil etish orqali EIni izdan chiqaruvchi tashqi omillar ta'siridan himoyalashni talab etdi;

3) G’arbiy Yevropa Yamayka valyuta tizimining asosi bo'lmish dollar ta'sirini cheklash, Yaponiya tomonidan kuchayib borayotgan raqobatga qarshi tura olish maqsadida yagona valyutali jahon markaziga aylanishga intilmoqda.

Valyuta integratsiyasining mexanizmi muvofiqlashtirishning valyuta-kredit uslublari yig’indisini o'z ichiga oladi. Ushbu uslublar yordamida milliy xo’jalik va valyuta tizimlarining bilvosita o'zaro yaqinlashuvi hamda moslashuvi amalga oshadi. Valyuta integratsiyasining asosiy elementlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

a) hamkorlikda suzuvchi valyuta kurslarining rejimi;

b) valyuta intervensiyasi, shu jumladan valyutalar bozor kurslarini markaziy kursdan oqishining o'zaro kelishilgan chegaralarida saqlab turish maqsadida qo'llab-quvvatlash uchun o'tkaziladigan kollektiv intervensiya;

v) xalqaro to'lov-zahira vositasi sifatidagi kollektiv valyutani yaratish;

g) valyuta kurslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida a'zo-mamlakatlarning o'zaro kreditlash qo'shma fondlari;

d) valyuta va kredit munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro hududiy valyuta-kredit hamda moliya tashkilotlari.

G’arbiy Yevropada valyuta integratsiyasining elementlari EI tuzilgunga qadar ancha oldin shakllangan, ya'ni bunga Fransiya, Italiya, Bel'giya, Niderlandiya, Lyuksemburg va 1947 yilda ularga qo’shilgan Germaniyaning bosib olingan G’arbiy hududlari orasidagi ko'p tomonli valyuta kompensatsiyalari to’g’risidagi kelishuvlar; 1948 hamda 1949 yillardagi Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotining 17 davlati o'rtasidagi ichki Yevropa to'lovlari hamda kompensatsiyalari bo'yicha kelishuvlar; 1950-1958 yillardagi ko'p tomonli kliring - Yevropa to'lov ittifoqi kabilar sabab bo'lgan.

Asta-sekin valyuta munosabatlarini maqsadga muvofiqlashtirish, ya'ni milliy valyuta tizimlari va valyuta siyosatlari uslublarining tarkibiy tuzilmalarini o'zaro yaqinlashtirish; muvofiqlashtirgan holda boshqarish - o'zaro maslahatlar yo'li orqali valyuta siyosati maqsadlarini o'zaro kelishib olish; soddalashtirish - yagona valyuta siyosatini amalga oshirish kabilar uchun sharoitlar etildi. Biroq valyuta integratsiyasi jarayoni iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish bosqichidan boshlanadi. Ushbu ittifoq chegarasida raqobatning o'zaro teng shartlari va mazkur sohadagi qonunchilikni soddalashtirilishi asosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar, valyutalarning erkin harakati ta'minlanadi. Integratsiya jarayoni yagona bozorni shakllantirish va ushbu asosda iqtisodiy va valyuta ittifoqiga erishishga yo'naltirilgan bir necha bosqichdan iborat.

1958-1968 yillarda (o'tish davri) bojxona ittifoqi tuzilgan edi. Bojxona bojlari va o'zaro savdodagi cheklovlar bekor qilindi, Yevropa Iqtisodiy hamjamiyatini xorij raqobatidan himoyalash maqsadida uchinchi davlatlardan tovarlar olib kirishga yagona bojxona to'lovi kiritildi. 1967 yilga kelib umumiy agrar bozori shakllandi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari baholarini muvofiqlashtirishning maxsus rejimi kiritildi. Qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish va fermer xo’jaliklarini xonavayron bo'lishdan saqlash maqsadida Yevropa Ittifoqining agrar fondi tashkil etildi. Bojxona ittifoqi iqtisodiy va valyuta siyosatining davlatlararo kelishuv elementlari bilan to'ldirilib borildi. Kapital va ishchi kuchi harakati bilan bog’liq ko'pchilik cheklovlar bekor qilindi.

Biroq sanoat va agrar tovarlar bilan o'zaro savdo borasidagi integratsiya iqtisodiyotning milliy davlat muvofiqlashtirilishini kuchsizlantirib yubordi. Milliy kompensatsiya mexanizmlarini barpo etish zarurati etildi. Ushbu munosabat bilan 1971 yilda EI mamlakatlari iqtisodiy va valyuta ittifoqini bosqichma-bosqich 1980 yilgacha barpo etish dasturini qabul qildilar. Mazkur dasturning loyihasi ishlab chiqilishida avval qat'iy belgilangan kurslar zaminida valyuta ittifoqini barpo etish kerakligini yoqlab chiqqan "monetaristlar" (Fransiya boshchiligida) hamda avval iqtisodiy ittifoqni shakllantirishdan boshlash kerakligini va erkin suzuvchi valyuta kurslarini muqobil deb hisoblagan "iqtisodchilar"ning (asosan GFR vakillari) fikrlari bir-biri bilan to'qnash keldi. Tomonlarning ushbu tortishuvi 1969 yilda EI davlatboshilarining Gaagada iqtisodiy va valyuta ittifoqlarini bir-biriga parallel ravishda barpo etilishi to’g’risidagi barchani qoniqtiradigan qarorining qabul qilinishi bilan qal qilindi. EI Vazirlar Kengashi tomonidan 1971 yilning 22 martida 10 yilga (1971-1980 y.y.) mo’ljallangan bosqichma-bosqich amalga oshadigan "Verner rejasi" qabul qilindi.

Birinchi bosqichda (1971-1974 y.y.) valyuta kurslarining tebranish chegaralarini (avval +;-1,2%gacha va so'ng 0gacha) qisqartirish, valyutalarning to'la o'zaro almashinishini kiritish, valyuta siyosatini muqobillashtirish va maqsadga muvofiq boshqarish asosida soddalashtirish, iqtisodiy, moliyaviy hamda pul-kredit siyosatlari borasida o'zaro kelishish ko'zda tutilgan edi.

Ikkinchi bosqichda (1975-1976 y.y.) ushbu chora-tadbirlarni yakunlash ko'zda tutilgan edi. Uchinchi bosqichda (1977-1979 y.y.) milliy hokimiyatlarga tegishli ayrim vakolatlarni "Umumiy bozor" milliy organlariga berish, valyuta kurslari va baholarni qat'iy belgilangan paritetlar zaminida darajalari bo'yicha o'zaro birxillashtirish maqsadida Yevropa valyutasini yaratish ko'zda tutilgan edi. Yagona byudjet tizimini barpo etish, banklar faoliyati va bank qonunchiligini o'zaro muqobillashtirish rejalashtirilgan edi. Valyuta-moliyaviy muammolarni hal etish va EI markaziy banklarining pul-kredit hamda valyuta siyosatlarini muqobillashtirish maqsadida AQSh Federal Zahira Tizimi shakli singari birlashtirish uchun yagona markazni ta'sis etish vazifalari qo'yilgan edi.

Valyuta integratsiyasining ushbu davrdagi jarayoni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha rivojlandi:

-valyuta-iqtisodiy siyosatni muqobillashtirish maqsadida hukumatlararo maslahatlar amalga oshirib borildi;

-EI bir qator valyutalari kurslarining kichraytirilgan chegaralarda (Yevropa valyuta iloni) o'zaro birgalikdagi suzishi yo'lga qo'yildi;

-EIning AQSh valyutasiga qaramligini kuchsizlantirish maqsadida valyuta intervensiyasini nafaqat dollarlarda, balki GFR markalarida (1972 yildan boshlab) ham amalga oshirildi;

-dastlab 0,888671 gramm sof oltinga, 1975 yildan boshlab esa EI valyutalarining savatiga bog’langan Yevropa hisob-kitob birligi kiritildi;

-to'lov balanslarining muvaqqat kamomadini qoplash va banklar o'rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida davlatlararo o'zaro kreditlar tizimi shakllandi;

-asosan agrar "Umumiy bozor"ni valyuta-moliyaviy muvofiqlashtirish uchun ishlatiladigan EI byudjeti barpo etildi;

-1967 yilga kelib qat'iy belgilangan, ammo qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan savdoning baholash va hisob-kitoblar borasida davriy ravishda o'zgaruvchan "ko'k kurslar"i o'rnatildi;

-agrar mahsulotlarining yagona bahosiga bo'lgan qo'shimcha haq yoki diskont shaklidagi soliqlar va subsidiyalarning valyuta kompensatsiyalari tizimi kiritildi. Ushbular EKYU kiritilgunga qadar dollarga tenglashtirilgan va milliy valyutaga "ko'k kurs" asosida qayta hisoblangan qishloq xo’jaligi hisob-kitob birliklarida o'rnatilgan. 1969 yildagi fransuz frankining devalvatsiyasidan so'ng mamlakatdagi "ko'k kurs" va baholarning ko'tarilishi munosabati bilan Fransiyadan EIga eksport qilinadigan qishloq xo’jalik mahsulotlariga soliq hamda Fransiyaga EIdan agrar mahsulotlar importi bo'yicha "manfiy" kompensatsiya summasi, ya'ni EI byudjetidan subsidiya to'lanishi joriy etildi. Markaning 1969 yildagi revalvatsiyasidan so'ng huddi shunday tizim, eksport bo'yicha subsidiyalarni to'lanishi va agrar mahsulotlar importi yuzasidan soliqlarni kiritish xususiyatlari bilan GFR uchun ham o'rnatilgan edi. GFR Yevropa Iqtisodiy hamjamiyati byudjetiga "ijobiy" kompensatsiya summalarini to'lab keldi, 1999 yildan boshlab ushbu subsidiyalarning kamayib borish tendensiyasi shakllana boshlandi;

-Yevropa investitsiya banki, Yevropa rivojlanish fondi, Valyuta bo'yicha hamkorlikning Yevropa fondi va boshqa shu singari davlatlararo valyuta-kredit hamda moliya institutlari barpo etildi.

Integratsiya jarayonidagi birmuncha siljishlarga qaramasdan "Verner rejasi" amalga oshmay barbod bo'ldi. Ushbu esa EIdagi kelishmovchiliklar, xususan milliy suverenitet va valyuta-kredit munosabatlarini milliy asosda tartibga solinishi oralaridagi kelishmovchiliklar, a'zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining differensiatsiyasi, 70-80 yillar boshidagi iqtisodiy inqiroz hamda boshqa omillar bilan bog’liqdir. EI integratsiyasidagi uzoq muddatli turg’unlik holati 70-yillarning o'rtalaridan 80-yillarning o'rtalarigacha davom etdi.

"Yevropa valyuta iloni" rejimi kam samarali bo'lib chiqdi, chunki u EI mamlakatlari valyuta iqtisodiy siyosatining muvofiqlashtirilishi bilan ta'minlanmagan edi. Natijada alohida valyutalarga bo'lgan chayqov tazyiqini pasaytirish maqsadida kurs nisbatlari tez-tez o'zgarib turdi. Ba'zi mamlakatlar valyuta kurslarini kichik chegaralarda saqlab turish uchun o'z valyuta zahiralarini sarflamaslik maqsadida "valyuta ilonidan" chiqdilar. 70-yillarning o'rtalaridan ayrim (GFR, Niderlandiya, Daniya, Bel'giya, Lyuksemburg va Fransiya muntazam ravishda) davlatlar valyuta kurslarining hamkorlikdagi suzishlarida ishtirok etdilar. Boshqa (Buyuk Britaniya, Italiya, Irlandiya va Fransiya muntazam ravishda) davlatlar esa yuqoridagiga nisbatan o'z valyutalarining individual erkin suzishini afzal ko'rar edilar.

70-yillarning oxirida iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etishning qidiruv ishlari jadallashdi. EI Komissiyasi raisi R. Dyenkinsning loyihasida (1977 yilning oktyabri) Yevropa kollektiv valyutasi emissiyasining Yevropa organini barpo etish hamda EIga a'zo-mamlakatlar iqtisodiyoti yuzasidan qisman nazoratni o'rnatishga urg’u berilgan edi. Valyuta integratsiyasining ushbu tamoyillari 1978 yilning iyulida Fransiya va GFR tomonidan Bremenda taklif etgan loyiha asosiga qo'yilgan edi. Uzoq cho'zilgan va og’ir kechgan muzokaralardan so'ng 1979 yilning 13-martida Yevropa valyuta ittifoqi (EVI) barpo etildi. Uning maqsadlari quyidagilardir: iqtisodiy integratsiyaga erishishni ta'minlash, dollar standartiga asoslangan Yamayka valyuta tizimiga qarama-qarshi bo'lgan o'z valyutasiga ega Yevropa barqarorligi hududini barpo etish, "Umumiy bozorni" dollar ekspansiyasidan himoyalash.

EVI - bu, xalqaro (hududiy) valyuta tizimidir, ya'ni iqtisodiy integratsiya doirasida valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir; valyuta kurslarini barqarorlashtirish va integratsiya jarayonlarini rag’batlantirish maqsadida "Umumiy bozor" davlatlari valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir.

EVI - jahon valyuta tizimining (Yamayka) tizim ostisidir. G’arbiy Yevropa integratsiya maymuasining xususiyatli tomonlari Yamayka valyuta tizimidan farqli o'laroq EVI tarkibiy tuzilish tamoyillarini belgilab beradi.

1. EVI Yevropa valyuta birligi bo'lmish EKYUga asoslangan. EKYUning shartli qiymati EI mamlakatlarining 12 valyutasini o'z ichiga olgan valyuta savati uslubi asosida aniqlangan. EKYU savatidagi valyutalarning ulushi EIga a'zo-davlatlar YaIM va ularning o'zaro tovar almashuvidagi mamlakatlarning ulushi hamda qisqa muddatli qo'llab-quvvatlash kreditlaridagi ishtirokiga bog’liq edi. Shu sababli EKYUning eng salmoqli komponenti bo'lib (taxminan 1/3) GFR markasi hisoblanar edi. 1993 yilning sentyabr oyida Maastrixt kelishuviga binoan valyutalarning EKYUdagi "absolyut og’irligi" muzlatilgan, biroq "nisbiy og’irligi" valyutalarning bozor kursiga muvofiq tebranar edi. Xususan, 1993 yilning oktyabr' oyida GFR markasining ulushi 32,6%, Fransiya frankiniki 19,9%, Buyuk Britaniya funt sterlingi 11,5%, Italiya lirasi 8,1%, Daniya kronasi 2,7% va boshqa shu kabilarga teng edi.

2. Oltinning demonetizatsiyasini yuridik jihatdan mustahkamlagan Yamayka valyuta tizimidan farqli o'laroq EVI oltinni real zahira aktivlari sifatida ishlatdi. Birinchidan, YuKIning emissiyasi qisman oltin bilan ta'minlangan edi. Ikkinchidan, ushbu maqsadda EVI mamlakatlari rasmiy oltin zahiralarining 20 foizini Valyuta bo'yicha hamkorlikning Yevropa Fondida birlashtirish asosida hamkorlik oltin fondi yaratildi. Markaziy banklar ushbu fondga 2,66 ming tonna oltin qo'shdilar (XVFiga 3,2 ming tonna). Badallar mamlakatlarning oltinga bo'lgan mulkchilik huquqini saqlab qolish maqsadida takrorlanadigan uch oylik "svop" bitimlari shaklida amalga oshirildi. Oltin evaziga olingan EKYUlar rasmiy zahiralarga olinar edi. Uchinchidan EI davlatlari oltin fondiga to'lanadigan badalni aniqlash hamda EKYUda emissiya va zahiralar hajmini muvofiqlashtirish uchun oltinning bozor bahosidan foydalangan.

3. Valyuta kurslarining rejimi "Yevropa valyuta iloni" shaklidagi o'zaro tebranishlarning belgilangan chegaralarida valyutalarning o'zaro suzishiga asoslangan (markaziy kursdan +,- 2,25%, ayrim davlatlar, xususan Italiya uchun 1989 yilning oxirigacha va bundan so'ng valyuta-iqtisodiy holatining barqarorsizligiga qarab Ispaniya uchun +,- 6%. 1993 yilning avgustidan boshlab EI valyuta muammolarining kuchayishi munosabati bilan tebranish chegaralari +,- 15%gacha kengaytirildi).

4. EVIda markaziy banklarga valyuta intervensiyasi bilan bog’liq to'lov balanslar va hisob-kitoblar muvaqqat kamomadini qoplash uchun kreditlar taqdim etish orqali davlatlararo hududiy valyuta muvofiqlashtirilishi amalga oshiriladi.

EVIning barpo etilishi qonuniy holdir. Ushbu valyuta tizimi o'z valyuta markazini barpo etish maqsadida G’arbiy Yevropa integratsiyasi asosida paydo bo'ldi. Biroq Yevropa valyuta tizimi jahon valyuta tizimining tizim ostisi bo'lgani holda ushbu tizim barqarorsizligining oqibatlari va AQSh dollarining ta'sirini o'zida sezmoqda. SDR va EKYUning taqqoslama xarakteristikalari ularning o'xshashliklari hamda bir biridan farqlarini aniqlab topish imkonini beradi. o'xshashliklarning umumiy tomonlari ushbu Xalqaro-hisob valyuta birliklarining jahon kredit pullari shakli ekanligidadir. Jiro-pullar11 bo'lgani holda ular banknotalar singari moddiy shaklga ega emaslar, mamlakatlarning taalluqli hisobvaraqlariga yozib qo'yiladi va ushbu hisobvaraqlardan pul o'tkazish yo'li orqali ishlatiladi. Ularning shartli qiymati valyuta savati uslubi, ammo valyutalarning turli to'plami asosida aniqlanadi. Hisobvaraqlarda ularning limitdan ortiq saqlanishi uchun emitent mamlakatlarga foiz to'laydi. 1987 yilda Belgiya Kaznacheyligi Rim shartnomasi imzolanishining 30 yilligi munosabati bilan muomalaga 50 va 5 EKYU qiymatiga ega taalluqli oltin hamda kumush tangalarni chiqardi. Biroq ushbu tanga pullar rasman muomalada yurmaydi, ular numizmat va tezavratorlar tomonidan sotib olinadi.

SDR va EKYUning yuqorida keltirilgan o'xshashliklari bilan bir qatorda EKYUning imtiyozli tomonlarini ko'rsatuvchi farqlar ham mavjud.

1. SDRdan farqli o'laroq EKYUlarning rasmiy emissiyasi EVIga a'zo-mamlakatlar rasmiy oltin zahiralarining 20 foizini o'zaro birlashtirilishi hisobiga qisman oltin va dollarlar bilan ta'minlangan. Markaziy banklardan Valyuta bo'yicha hamkorlikning Yevropa Fondi ixtiyoriga 2,3 ming tonna oltin o'tkazilgan (svop shartnomasi).

2. EKYUning emissiyasi SDRnikiga qaraganda moslashuvchanroqdir. Rasmiy EKYUlarning chiqarilish summasi oldindan belgilanmaydi, balki EVIga a'zo-mamlakatlar oltin-dollarli zahiralarining o'zgarishiga qarab muvofiqlashtiriladi. Bunda oltin bahosi va dollar kursining emissiyaga bo'lgan ta'siri kamchilik deb hisoblanadi. Banklar tomonidan xususiy (tijorat) EKYUlarning emissiyasi bozor talablariga ko'proq muvofiq edi. Uning emissiya mexanizmi quyidagi ikki operatsiyani o'z ichiga olar edi:

- EKYUni "tashkil toptirish", ya'ni uning savatiga kiruvchi valyutalar tarkibida mijozning iltimosiga ko'ra depozitni hosil qilish;

- EKYU "savatini sindirish", ya'ni depozitlarni to'lash maqsadida ushbu valyutalarni (yoki bankning qarz oluvchi bilan kelishuviga asosan ulardan birini) Yevrobozorda sotib olinishi va sotilishi.

3. EKYUning emissiya hajmi SDR chiqarilish hajmidan ko'p edi.

4. Valyuta savati nafaqat EKYUning kursini aniqlash, balki valyutalar paritet setkasini hisoblash uchun ishlatilgan. Mazkur paritet setkasiga EKYUdan boshqa hech qanday xalqaro valyuta hisob birligi ega emas edi.

EVIda valyuta kurslarini muvofiqlashtirish mexanizmi quyidagi tamoyillarga asoslangan:

a) EKYUlardagi markaziy kurslar asosida o'zaro kurslar valyuta kurslari tebranishlarining mumkin bo'lgan chegaralarida (+,- 2,25%, 1993 yilning avgust oyidan +,- 15%) intervensiyaning belgilangan nuqtalari bilan matritsa shaklida hisob-kitob qilingan. Tebranishlarning +,- 6% miqdoridagi imtiyozli rejimi Ispaniya pesetasi uchun 1989 yilda, Italiya lirasi uchun esa 1978-1979 yillarda o'rnatilgan;

b) og'ishlar indikatorining ogohlantiruvchi ko'rsatmalariga asosan EKYUlardagi tebranishlar chegaraning 3/4 qismiga yetganligi qayd etilganda preventiv muvofiqlashtirish choralari, xususan valyuta kursiga ta'sir etish maqsadida foiz stavkalarini o'zgartirish orqali ichki marjinal valyuta intervensiyasi qo'llanar edi;

v) EVIda o'zaro kreditlash yuzasidan barpo etilgan tizim bazasidagi valyuta intervensiyasi markaziy banklarning "svop" kreditlari, Valyuta bo'yicha hamkorlik Yevropa Fondining qisqa muddatli kreditlash fondini o'z ichiga olgan edi. 1985 yildan boshlab zarur bo'lgan valyutani sotib olishga EKYUdagi rasmiy zahiralardan foydalanishga ruxsat etildi. Ushbu chora Yevropa valyuta birligi rolining ko'tarilishiga sabab bo'ldi.

1987 yilning sentyabr oyidan boshlab (Niborgda imzolangan kelishuv) ichki marjinal intervensiyalarning imkoniyat va kafolatlari kengaytirildi. Germaniya federal banki GFR pul muomalasi barqarorligiga salbiy ta'sir etmasligi sharti bilan kursi pasayib borayotgan, ammo hali o'zining intervensiya nuqtasiga yetmagan markalarda mamlakat Markaziy bankiga kreditlar taqdim etish to’g’risida ko'rsatma oldi. Bir vaqtning o'zida "svop" kreditlari muddati uzaytirildi. Ushbu bilan namunasi EKYU bo'lgan kurslarning o'zaro qo'llab-quvvatlash mexanizmi yaratildi.

5. Valyuta kurslarining noyob rejimi, xususan EKYUga nisbatan ularning o'zaro tebranish chegaralari belgilangan holdagi o'zaro suzishiga ("Yevropa valyuta iloni") asoslangan. Ushbu EKYU va EVIga a'zo mamlakatlar valyutalarining nisbatan barqarorligiga sabab bo'lgan.

6. SDRdan farqli o'laroq EKYUdan nafaqat rasmiy, balki xususiy sektorda ham foydalanilgan. EKYU: EI valyutalarining kurslari va paritetining negizi; o'zaro fondlari hamda xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlardagi valyuta birligi; yagona qishloq xo’jalik baholarining valyutasi, valyuta intervensiyasini amalga oshirishda EI markaziy banklarining davlatlararo hisob-kitoblar vositasi; asosan Yevrokreditlar bo'yicha ko'p valyutali shartlashuvning negizi; kreditlar valyutasi bo'lib xizmat qildi. Xususiy (tijorat) EKYUlar yevroobligatsiyalar, sindikatlashgan kreditlar, bank depozitlari va kreditlari valyutasi sifatida ishlatilgan. 500dan ziyod yirik Xalqaro tashkilot kreditlar taqdim etishda EKYUdan foydalangan. 1984 yildan boshlab EI TMKlari (transmilliy korporatsiya) EKYUlarda preyskurantlarni chop etgan, schyot-fakturalar yozgan va hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Valyuta va foiz xatarlarini sug’urtalash maqsadida foydalanilgan f'yuchers hamda opsion bitimlari EKYUda amalga oshirilgan. EKYUlardagi hisob-kitoblarni yengillashtirish uchun 1986 yilda banklararo kliring tashkil etildi.

EKYUdan foydalanish ko'lamining kengayishi quyidagi uch asosiy sabab bilan asoslanadi:

- EKYUning valyuta savati va "Yevropa valyuta iloni" rejimi valyuta xavf-xatarlarini kamaytirar edi;

- har qanday bank EKYUni uning valyuta savatiga muvofiq, ushbu savatga mijoz bilan kelishgan holda valyutalarni qo'shimcha kiritib yoki chiqarib, "nazorat" qilishi mumkin edi;

- EKYU jahon xo’jaligini nisbatan barqaror, muvozanatsiz dollarga muqobil sifatidagi jahon valyutasiga bo'lgan ehtiyojini qondirar edi.

EIda EVIni o'z ichiga olgan holda muvofiqlashtirishning moddiy asosi bo'lib maxsus kredit mexanizmi hisoblanadi.

Birinchidan, markaziy banklar va a'zo mamlakatlarning EI ichida yaratilgan o'zaro kreditidan foydalaniladi;

a) Valyuta bo'yicha hamkorlik Yevropa Fondining o'ta qisqa muddatli krediti, so'ng o'rtacha 45 kunga, muddatini 3 oyga uzaytirish huquqi bilan Yevropa Valyuta Instituti (EVI);

b) markaziy banklarning muddati 3 oygacha bo'lgan, muddatini ikki marta uzaytira olish huquqi bilan, valyuta kreditlari. Ushbu kreditlar shartsiz bo'lib, avtomatik ravishda taqdim etiladi;

v) to'lov balansining fundamental muvozanatsizligini to’g’rilash uchun o'rta muddatli (2 yildan - 5 yilgacha) moliyaviy kreditlar. Ushbu davlatlararo kreditlarni a'zo mamlakat EI Vazirlar Mahkamasining ruxsati hamda barqarorlashtirish dasturini amalga oshirish va mazkur kreditlarni qismlar bilan (transh) olish sharti bilan olishi mumkin.

Ikkinchidan, EVIni tashkil etilishi bilan a'zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni birxillashtirish imkoniyatining quyidagi 2 ko'rinishdagi qo'shimcha kredit mexanizmi yaratildi:

a) to'lov balansining yirik kamomadiga ega a'zo mamlakatlarni kreditlash maqsadida EI mamlakatlarining (1975 yildan boshlab) jahon bozoridagi o'zaro zayomlari;

b) energetika, telekommunikatsiya sohasidagi hamda o'rta va kichik korxonalarni kreditlash uchun investitsiyalarni uzoq muddatli kreditlash maqsadida 1979 yilning mart oyidan boshlab hamjamiyatning yangi instrumenti muomalaga kiritildi.

EIning nisbatan past rivojlangan a'zo mamlakatlari uchun Yevropa investitsiya bankining imtiyozlari, subsidiyalari, kreditlari taqdim etiladi.

EVIning eng ko'zga ko'ringan yutuqlari: jahon valyutasiga hali to'la aylanmagan, biroq uning ayrim xususiyatlarini o'ziga olgan EKYUning muvaffaqiyatli rivoji; valyuta kurslarining kichik chegaralardagi o'zaro kelishilgan tebranish rejimi; kurs nisbatlari davriy asosda qayta ko'rib chiqilayotgan bo'lsa-da, valyutalarning nisbiy barqarorligi; a'zo mamlakatlar rasmiy oltin zahiralarining 20 foizini o'zaro birlashtirilishi; a'zo mamlakatlarni qo'llab-quvvatlash kredit-moliya mexanizmining rivojlanishi; davlatlararo muvofiqlashtirish va iqtisodiyotni muvofiqlashtirishning milliy elementlari. EVIning yutuqlari G’arbiy Yevropa integratsiyasining bosqichma-bosqich rivojlanishi bilan asoslanadi. Ushbu yutuqlarning sabablari nimada?

Siyosiy yangi fikrlash, mahalliychilik va tarqoqlik mafkurasi hamda siyosati qarshiligini sindirish.

Davlatlarning iqtisodiy integratsiyasi, xo’jaliklarining bir-biriga bog’liqligi proteksionizm, tarqoqlik va avtarkiyadan afzalligini tan olish.

Qarama-qarshiliklarni hal etishda murosaga borish (rozilik tamoyili).

Mustaqil huquqlarning bir qismini milliy organlarga berish.

Pragmatizmning doktrinalikdan ustunligi, a'zo mamlakatlar roziligini hisobga olgan holda aniq dasturlar asosida ishlash. Bunga ko'ra ovoz berishdagi yakdillik (veto huquqi)dan ko'pchilik ovoziga, ya'ni ovoz berishning yangi tamoyiliga o'tish davri 1965 yildan boshlab 20 yilga cho'zildi va barcha qarama-qarshiliklar bartaraf etilganidan so'ng 1985 yilga kelib qayd etildi.

50 va 60-yillar uchun xususiyatli bo'lgan hamda mag'lubiyatga uchragan maksimalistik loyihalar va shokli terapiya o'rniga maqsad sari bosqichma-bosqich (qadamma-qadam) harakat qilish tamoyilining asta - sekin qaror topishi. Masalan, birinchi shartnoma (1951 yil) Ko'mir va Po'lat bo'yicha Yevropa Birlashmasi (KPEB) sanoatning atigi ikki tarmog'ining integratsiyasini, ikkinchisi EI to’g’risida (1957 yil) bojxona ittifoqi hamda "Umumiy bozor"ni yaratish vazifasini qo'ygan, uchinchisi Yagona Yevropa akti (1986 yil) 1992 yilning oxiriga yagona ichki bozorga o'tishni ko'zda tutgan, to'rtinchisi siyosiy, iqtisodiy va valyuta ittifoqiga o'tishning Maastrixt shartnomasidir.

Iqtisodiy integratsiya yo'llari va uslublarini tanlashda tez moslashuvchanlik, a'zo-mamlakatlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ushbu integratsiya yo'llari hamda uslublari imtiyozli yo'nalishlarining ko'p marotaba o'zgarishi. Masalan, 60-yillarda tovarlar va ishchi kuchi umumiy bozorining bojxona ittifoqi tashkil etilishiga imtiyozli yo'nalish berilgan edi; 70-yillarda hududiy siyosatga va inflyatsiya bilan kurash hamda ishsizlikni kuchsizlantirishga va qoloq tumanlarga yordam ko'rsatishga; 80-yillarda "Umumiy bozor"ni shakllantirishni yakunlash va ilmiy-texnik integratsiyaga; 90-yillarda iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etishga. Bunda iqtisodiy va valyuta-kredit siyosatining o'zaro kelishilish darajasi turlichadir: milliy qarorlarga beriladigan imtiyozlardan tortib ularni milliy qonunchilik bilan muvofiqlashtirishgacha.

EIda qarorlar qabul qilinishi va ularni amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarga (siyosiy, huquqiy, ma'muriy, valyuta, moliyaviy, kredit) katta e'tibor beriladi. EIning Bryussel'dagi o'z sohasida bilimdon bo'lgan minglab ekspertlari va komissiyalari ma'lumotlarni yiqadi, qayta ishlaydi, tarqatadi, izlanish hamda bahslarni tashkil etadi, kelishmovchiliklarni hisobga olgan holda qarorlarni tayyorlaydi va ularning ijro etilishini nazorat qiladi.

Biroq valyuta integratsiyasi yakunlanmagan. EI va EVIda qiyinchiliklar, ziddiyatlar va qal etilmagan masalalar kam emas. EVIning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

a) valyuta kurslarining rasmiy o'zgarishi davriy ravishda amalga oshadi (1979-1993 yillar mobaynida 16 marta). eng kuchsiz valyutalar (Daniya kronasi, Italiya lirasi, Irlandiya funti, Bel'giya franki va boshqalar) devalvatsiya qilinmoqda, nisbatan kuchlilari esa (GFR markasi, Gollandiya gul'deni) revalvatsiya qilinmoqda. Masalan, 1992 yilning kuzida EIda navbatdagi valyuta inqirozi boshlandi. Italiya lirasi va funt sterling devalvatsiya qilindi va "Yevropa valyuta iloni"dan vaqtinchalik chiqdi. Valyuta bozorlarida 1993 yilga kelib Fransiya franki quyum ob’yektiga aylandi. 1993 yilning avgust oyida EVI to'la barbod bo'lishligiga yo'l qo'ymaslik uchun valyuta kurslarining tebranish chegaralari +,-15%gacha kengaytirildi. Paritetlar o'zgarishi EI mamlakatlari o'zaro ziddiyatlarining kuchayishiga olib kelmoqda;

b) EVIning kuchsizligi a'zo-mamlakatlar iqtisodiyotlarining katta tarkibiy muvozanatsizligi, iqtisodiy o'sish darajasi va sur'atlari, inflyatsiya, to'lov balansidagi farqlar bilan asoslanadi. Italiya, Irlandiya, Gretsiya, Portugaliyadagi qoloq tumanlar hududiy siyosat doirasida tuzilmaviy muammolarni qal etish uchun qo'shimcha dotatsiyalarni talab etmoqda;

v) iqtisodiy siyosatning muvofiqlashtirilishi a'zo mamlakatlar tomonidan o'z mustaqil huquqlarini milliy organlarga berishni xohlamayotganligiga to'qnash kelmoqda;

g) EKYUlarning muomalaga chiqarilishi EI mamlakatlari markaziy banklarining o'zaro operatsiyalariga sezilarli ta'sir etmas edi, qatto 1985 yildan boshlab o'zaro qarzdorliklarni so'ndirishda ularning EKYUlardan foydalanish huquqlari 50%dan 100%gacha oshirilgan bo'lsa ham;

d) EVIning amal qilishi tashqi omillar ta'sirida qiyinlashib boradi. Jahon valyuta tizimi va dollarning barqaroremasligi EVIga salbiy ta'sir etadi. Dollar kursining pasayishi holatida G’arbiy Yevropa valyutalarining kurslari ko'tarila bordi, ko'tarilganda esa aksincha turli darajalarda pasayib bordi. Bu esa o'z navbatida ularning o'zaro kurslar nisbatini qayta qarab chiqish zaruratini tuqdirdi. EVI dollarning o'ziga bo'lgan ta'sirini sezishni davom ettirdi, chunki EIdagi xalqaro hisob-kitoblarning 60%i Amerika valyutasida amalga oshiriladi.

Davom etgan ikki yillik baqslardan so'ng EI valyuta integratsiyasi rivojidagi muhim voqea bo'lib 1987 yilning may oyida qabul qilingan Yevropaning yagona akti hisoblanadi. 80-yillarning o'rtalarida yangi sharoitlar shakllandi, iqtisodiy o'zaro bog’liqlik va davlatlararo muvofiqlashtirish kuchaydi. Birinchidan, ko'p yo'nalishli institutsional tarkibiy tuzilma shakllantirildi. Ikkinchidan, valyuta jarayonidagi o'zgarishlar kapitallar harakati erkinlashuvi va yagona bozorni barpo etilishini yakunlanishi bilan uzviy bog’liq edi. G’arbiy Yevropa integratsiyasi rivojidagi keskin o'zgarish bosqichi 1989 yilning aprel oyida Y.Delor (EI Komissiyasi raisi) qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy, iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish dasturidir.

"Delor rejasi" quyidagilarni ko'zda tutgan edi:

- umumiy (integratsiyalashgan) bozorni tashkil etish, EIda monopol holatdan foydalangan holda nisbatan kichik sub’ektlarni yutib yuborish va o'zaro birlashish siyosatlari hamda davlat subsidiyalari borasida suiiste'molliklarning oldini olish, bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida raqobatni rag’batlantirish;

- qoloq zona va hududlarni tarkibiy jihatdan birxillashtirish;

- inflyatsiyani jilovlash, baholar va iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish, davlat byudjeti kamomadini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash uslublarini takomillashtirish maqsadida iqtisodiy, byudjet, soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish;

- pul va valyuta siyosatlarini muvofiqlashtirish maqsadida markaziy banklarning boshqaruvchilari hamda direktorat a'zolari tarkibida Yevropa valyuta instituti millatusti tashkilotini ta'sis etish;

- yagona valyuta siyosati, qayd etilgan valyuta kurslari va kollektiv valyuta - EKYUni joriy etish.

Yuqoridagilardan tashqari tashqi iqtisod va xavfsizlik borasida umumiy siyosat o'tkazish majburiyatini a'zo mamlakatlar zimmasiga yuklovchi EIning siyosiy ittifoqini 2000-yilga tashkil etish vazifasi qo'yildi.

Yevropa markaziy banki va yagona valyuta loyihasining yaratilishi munosabati bilan Rim (1957y.) shartnomasiga o'zgartirish kiritish talab etildi. Valyuta ittifoqi uchun: 1) valyutalarning "Yevropa ilonida" ishtirok etishi; 2) mamlakatlar tomonidan valyuta kursi tebranishining yagona chegaralariga rioya etilishi; 3) emissiya sub’ektlari va tartibini soddalashtirish yo'nalishi bo'yicha EKYUning rasmiy hamda xususiy muomala sektorlarining o'zaro birlashtirilishi va ularning o'zaro konvertatsiya qilinishi kiritilishi zarur.

"Delor rejasi" asosida 1991 yilning dekabr oyiga kelib Yevropa Ittifoqi tuqrisidagi Maastrixt bitimi ishlab chiqildi. Ushbu ittifoq valyuta-iqtisodiy bitimning bosqichma-bosqich shakllanishini ko'zda tutgan edi. Yevropa Ittifoqi to’g’risidagi bitim Maastrixtda (Niderlandiya) 1992 yilning fevral oyida Yevropa hamjamiyatining 12 davlati tomonidan imzolangan. Ushbu bitim 1993 yilning 1-noyabrida ratifikatsiya qilindi va kuchga kirdi. Keyinchalik EIga Avstriya, Finlyandiya va Shvetsiya davlatlari qo’shildi.

Maastrixt shartnomasiga muvofiq iqtisodiy va valyuta ittifoqining barpo etilishi 3 bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich (1990 yilning 1-iyulidan 1993 yilning 31-dekabriga qadar) - Yevropa hamjamiyati iqtisodiy va valyuta ittifoqining (EVI) oyoqqa turish bosqichi.12 Ushbu bosqich doirasida EI to’g’risidagi Maastrixt bitimining taalluqli nizomlarini kuchga kirishi uchun zarur bo'lgan barcha tayyorgarlik taraddudlari amalga oshirilgan edi.

Xususan, EI ichidagi hamda EI va uchinchi davlatlar o'rtasidagi kapitallarning erkin harakatiga bo'lgan barcha cheklovlar bekor qilindi. EI ichkarisida iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari yaqinlashuvining ta'minlanishiga maxsus e'tibor berildi va EIga a'zo mamlakatlar o'z ijtimoiy hamda iqtisodiy hayotlarining zarur bo'lgan sohalarida ushbu bir necha yilga mo’ljallangan yaqinlashuv dasturlarini qabul qilganlar. Mazkur dasturlarda antiinflyatsion va byudjet siyosatining aniq maqsadlari hamda ko'rsatkichlari belgilangan edi. Yagona pul birligi sifatidagi "Yevro"ni muomalaga kiritish tayyorgarligida yuqorida zikr etilgan dasturlar EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashiga ko'rib chiqish uchun taqdim etilgan. Ushbu ko'rib chiqilayotgan dasturlar Maastrixt bitimi ko'zda tutganidek inflyatsiyaning barqaror past bo'lgan ko'rsatkichlariga erishish, davlat moliyasini sog'lomlashtirish va a'zo-mamlakatlar o'zaro munosabatlarida valyuta kurslari barqarorligini ta'minlashga yo'naltirilgan edi.

Ikkinchi bosqich (1994 yilning 1-yanvaridan 1998 yilning 31 dekabriga qadar) "Yevro" kiritilishi munosabati bilan a'zo-mamlakatlarning yanada aniqroq tayyorgarligiga baqishlangan edi. Ushbu bosqichning muhim tashkiliy voqeasi bo'lib kelgusida Yevropa markaziy banki (EMB) bo'lmish Yevropa valyuta institutining (EVI) ta'sis etilishi bo'ldi. Uning asosiy vazifasi Yevro kiritilishining uchinchi bosqichidan boshlab EMBga o'z funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan huquqiy, tashkiliy va moddiy-texnik omillarni aniqlashdan iborat. Yevropa Valyuta Instituti Yevropa valyuta ittifoqining shakllanishi davrida a'zo mamlakatlar milliy pul siyosatlarini muvofiqlashtirilishini kuchaytirish uchun ham javobgar edi va o'zining mazkur maqomida a'zo mamlakatlar markaziy banklariga tavsiyalar berishi mumkin edi.

Mazkur bosqichning boshqa muhim jarayonlari quyidagilar edi:

- a'zo mamlakatlardagi davlat sektori korxonalarini markaziy bank tomonidan kreditlash orqali ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlashni taqiqlovchi yoki markaziy banklar tomonidan davlat qarzlarini to’g’ridan-to’g’ri sotib olinishi kabi qonunchilikni qabul qilinishi. Huddi shunday taqiqlashlar EVI shakllanishining uchinchi bosqichida EMBga ham tegishlidir;

- davlat sektori korxona va tashkilotlarining moliyaviy institutlar mablag’larini imtiyozli asosda olish huquqini bekor qiluvchi qonunchilikni qabul qilinishi. Xuddi shunday taqiqlashlar EVI shakllanishining uchinchi bosqichida EMBga ham tegishlidir;

- a'zo mamlakatlardan birining davlat sektori majburiyatlarini boshqa a'zo-mamlakat yoki Yevropa hamjamiyati tomonidan o'z zimmasiga olishini taqiqlovchi qonunchilik aktlarining tasdiqlanishi. Ushbu chora "kafillikdan voz kechish to’g’risidagi shartlashuv" nomini oldi;

- a'zo mamlakatlar davlat moliyasining qaddan tashqari kamomadiga (rivojlanishning normal sharoitlarida byudjet kamomadining ko'rsatkichi YaIMning 3%idan, davlat qarzining hajmi esa 60%idan oshmasligi kerak) yo'l qo'ymaslikka harakat qilishlari lozimligi to’g’risidagi talab ta'rifini shakllantirish, ushbu esa a'zo mamlakatlar byudjet jarayonlari yuzasidan EI Kengashi tomonidan nazorat tartiboti bilan mustahkamlangan, ya'ni agar qaddan tashqari kamomad paydo bo'lsa Kengash mazkur byudjetlarni muvofiqlashtirish bo'yicha o'z tavsiyalarini beradi;

- muqobil bo'lgan yoyda a'zo mamlakatlar markaziy banklariga ularning huquqiy maqomini EMBga taqdim etilgan huddi shunday maqom bilan birxillashtirish maqsadida o'z hukumatlaridan ustav mustaqilligini taqdim etuvchi milliy qonunchilikni qabul qilinadi.

1998 yilning 2-mayida Yevropa Kengashi EVI qaror topishining uchinchi bosqichidan boshlab qaysi mamlakatlar Yevroga o'tishga qabul qilinganlari to’g’risida qarorni qabul qildi. Ushbu qaror EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi tavsiyalari asosida qabul qilingan. o’z navbatida EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi ayrim a'zo mamlakatlar tomonidan Maastrixt bitimi hamda unga taalluqli bayonnomalar tomonidan o'rnatilgan koveregenciya medanlarini bajarish darajalari yuzasidan Yevropa Ittifoqi Komissiyasi va Yevropa Valyuta Intsitutining individual nazorat baholaridan kelib chiqqan.

Yagona valyutaga o'tishning uchinchi bosqichi (1999 - 2002 yillar). 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab Yevro zonasi ishtirokchisi bo'lmish a'zo mamlakatlar milliy valyutalariga nisbatan Yevroning valyuta kurslari qat'iy belgilanadi, Yevro esa ularning umumiy valyutasiga aylanadi. Shu bilan birgalikda 1:1 nisbatda Yevro EKYUning o'rnini bosadi. Bir vaqtning o'zida a'zo mamlakatlarning yagona pul siyosatini shakllantirish maqsadida Yevrodan foydalanayotgan Markaziy banklar Yevropa tizimi (MBET)13 o'z ishini boshladi.

Hozirgi kunda biz to'rtinchi jahon valyuta tizimi sharoitida yashamoqdamiz. MBET Yevroni jahon valyuta bozorlariga kirib borishini rag’batlantiradi: ushbu bozorlardagi uning shaxsiy operatsiyalari faqat Yevrolarda amalga oshiriladi va ifodalanadi.

Tijorat banklari va yirik korxonalar yagona pul siyosati instrumentlari orqali Yevrodagi operatsiyalarga o'tishga rag’batlantirildi. Bundan tashqari a'zo mamlakatlar qimmatli qog’ozlarining yangi emissiyasi Yevroda ifodalanadigan bo'ldi.

Yevro uchinchi bosqichda a'zo mamlakatlarning umumiy pul birligiga aylanadi, milliy valyutalar esa ushbu davrda faqat parallel pul birligi sifatida saqlanib qoladi.

Yevroga o'tish davrining senariysi quyidagilarni ko'zda tutadi:

- 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida Yevro zonasi mamlakatlari valyutalari kurslarini Yevroga nisbatan qat'iy belgilanishini;

Valyuta


1 Yevro uchun milliy valyutalarning miqdor birliklari14

Belgiya franki

40,3399

Germaniya markasi

1,95583

Ispaniya peseti

166,386

Fransiya franki

6,55957

Irlandiya funti

0,787564

Italiya lirasi

1936,27

Lyuksemburg franki

40,3399

Gollandiya gul'deni

2,20371

Avstriya shillingi

13,7603

Portugaliya eskudosi

200,482

Finlyandiya markasi

5,94573

1999 - 2002 yillar davrida o'zaro naqdsiz hisob-kitoblarda Yevro va unga biriktirilgan milliy valyutalar parallel ravishda ishlatildi, hududning barcha davlat hamda xususiy bo'lgan moliyaviy aktivlari va passivlarining nominatsiyasi Yevroda amalga oshirildi. Yevroittifoqning yagona pul-kredit va valyuta siyosati hamda EI milliy bank institutlarining faoliyati amalga oshirila boshlanishini;

- 2002 yilning 1-yanvaridan boshlab Yevroning banknot va tangalarini muomalaga chiqarilishi, uning a'zo mamlakatlar milliy valyutalari bilan parallel muomalasi, mazkur milliy valyutalarni Yevroga almashinishini;

- 2002 yilning 1-iyulidan milliy valyutalarni muomaladan chiqarib olinishi va a'zo mamlakatlar xo’jalik muomalasining to'liq Yevroga o'tishini.

Yevroittifoqning yagona pul va valyuta siyosati a'zo mamlakatlar tomonidan EI Kengashi orqali, shu jumladan ularning moliya vazirlari tarkibida yig’ilishlarda ishtirok etadigan (EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi), oddiy ko'pchilik ovoz bilan qaror qabul qilishda hamda Yevroparlament va EMB bilan maslahatlardan so'ng shakllantiriladi. Yaqin istiqbolga bo'lgan iqtisodiy, pul va valyuta siyosatlarining asosiy maqsadlari bo'lib baholar barqarorligi hamda Yevroning xalqaro mavqei mustahkamlanishi ta'minlangani holda iqtisodiy o'sish va aqoli bandligini rag’batlantirish hisoblanadi. 1999 yilning 1-yanvaridan ushbu siyosatning aniq shakllantirilishi va uning ijro etilishi Markaziy banklarning Yevropa tizimiga berildi (MBET). Ushbu MBET Yevroga o'tgan mamlakatlar markaziy banklari va millatusti Yevropa Markaziy Bankidan tashkil topadi.

o’z navbatida MBET a'zo mamlakatlar Markaziy banklari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshiradi, shu jumladan ularning qar biri uchun yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan emissiya kvotalarini belgilaydi, EI kredit va valyuta bozorlari kon'yunkturasi ustidan joriy kuzatuvni amalga oshiradi, EIning iqtisodiy hamda moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi qarorlarini tayyorlaydi va zarur bo'lganda zikr etilgan kon'yunkturani qo'llab-quvvatlash maqsadida milliy markaziy banklar bilan birgalikda intervensiyalarni amalga oshiradi. Bunda EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi siyosatining asosiy instrumentlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

a) targetlash (inflyatsiyani nazorat qilish maqsadida asosiy pul agregatlarining maqsadli yo'nalishlarini belgilanishi);

b) asosiy foiz stavkalarining tebranish chegaralarini belgilash, shu jumladan Yevroning yalpi zonasi bo'yicha ularni o'zaro yaqinlashtirish maqsadida;

v) ochiq bozordagi operatsiyalar;

g) banklar uchun minimal zahira talablarining o'rnatilishi.

EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi tomonidan boshqariladigan "TARGET" o'zaro hisob-kitoblar tizimi Yevro zonasini mustahkamlovchi vosita bo'lib hisoblanadi.

"Yevro zonasi"ning boshqa dunyo bilan ham munosabatlari chegaralangan. Yagona valyutaga EIning 15 davlatidan hozircha 11 davlati o'tayotganligini hisobga olgan holda shunday holat ham ko'zda tutilganki, agarda Yevroning oyoqqa turish va amal qilish jarayoni yalpi Yevroittifoq manfaatlariga taalluqli bo'lsa EI mamlakatlarining vujudga kelayotgan muammolari yuzasidan ushbu mamlakatlarning to'liq (yoki manfaatdorlari) ishtirokida, ularning xulosalari hamda takliflarini EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashiga yetkazgan holda norasmiy o'zaro maslahatlari uyushtirilishi mumkin.

1999 yilning 1-yanvaridan boshlab Yevropa Valyuta Ittifoqining (EVI) uchinchi bosqichiga o'tish EI a'zosi bo'lmish barcha mamlakatlar uchun rasman ochiq bo'lsada, boshidanoq ushbu mamlakatlarning barchasini Yevroga o'tishi qiyin ekanligi ayon edi. Shu sababli qo’shilgan ("ins") va qo’shilmagan ("pre ins") mamlakatlar o'rtasidagi kelgusi munosabatlarni belgilab olinishi Yevro hamda milliy tasarrufda qolayotgan valyutalar o'rtasidagi kurslarni muvofiqlashtirishning muqobil mexanizmini ishlab chiqish zaruratida o'z ifodasini topdi.

1996 yildan boshlab ushbu masala EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi, Yevropa Valyuta Institutlari hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining ma'ruzalari negizida Yevropa Ittifoqi Kengashida muhokama etildi. Ushbu mexanizmning asosiy elementlari 1996 yil 13-14 dekabrda Yevrokengash tomonidan Dublinda rasman tasdiqlangan edi. 1997 yilning 16-17 iyunida Amsterdamdagi Yevrokengash 1999 yilning 1-yanvaridan amalga kiritiladigan "MOK-2" ("almashuv kurslari mexanizmi - 2") nomini olgan mazkur mexanizmning tamoyillari va fundamental asoslarini belgilovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu rezolyutsiya EIga a'zo barcha mamlakatlar markaziy banklarining rahbarlari tomonidan qo'llab-quvvatlandi va milliy markaziy banklar hamda EMB orasidagi MOK-2 amal qilishining tezkor tartibotlari bo'yicha maxsus kelishuv shaklida rasmiylashtirildi.

MOK-2ning asosiy maqsadi - "pre ins" mamlakatlarini Yevro zonasiga qo’shilishi uchun tayyorlash va EIda kurs intizomini mustahkamlashda ko'maklashishan iborat. Ishtirok etish rasman ixtiyoriy bo'lgan "MOK-2" "MOK-1"dan meros sifatida va yangidan quyidagi asosiy elementlarni oladi:

- "MOK-2" mexanizmining tashkiliy tuzilishi o'ziga asos sifatida "spisali g'ildirak modeli"ni oladi. Ushbu modelda Yevro markaziy valyuta, "yakor valyutasi" va hisob birligi rolini o'ynaydi, "pre ins" mamlakatlarining valyutalari esa ikki taraflama asosda u bilan bog’langan bo'ladi. Ushbu valyutalar paritetlarining ko'p tomonli to'ri (setkasi) endi hech qachon qo'llanilmaydi;

- markaziy kurslar va kurs tebranishlarining yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegaralari. "Pre ins" valyutalari markaziy valyuta kurslarining Yevroga nisbatan miqdori ular atrofida +,-15% tebranishning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegaralarida individual asosda belgilanadi. Mazkur kurslarning aniq ifodasi va diapazonlari Yevro zonasi mamlakatlari moliya vazirlari, EMB hamda MOKda ishtirok etuvchi ushbu zonaning a'zo mamlakatlari markaziy banklarining rahbarlari va moliya vazirlarining o'zaro kelishuvi hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining an'anaviy ishtiroki asosida aniqlanadi. Shu kabi tartibot bo'yicha xo’jaliklar yaqinlashuvining amalga oshishi zaminida Yevro va "pre ins" mamlakatlari valyutalari o'rtasida nisbatan qat'iy aloqalar o'rnatish imkoni mavjud. o’z navbatida markaziy kurslarning barqarorligi muntazam monitoring ostidadir va "MOK-2"ning (hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining) barcha ishtirokchilari ularni muvofiqlashtirish yuzasidan konfidensial maslahatlarni boshlash huquqini oladilar (4-jadval).

- "MOK-2"ni boshqarish. Valyuta bozorlaridagi ehtimoliy intervensiyalarni o'z ichiga olgan holda Yevro zonasi va "pre ins" mamlakatlari o'rtasida valyuta siyosatini muvofiqlashtirish organi bo'lmish EMB "MOK-2"ni tezkorlik bilan boshqarishga javobgar bo'ldi. EIning iqtisodiy va moliyaviy qo'mitasi (Yevropa hamjamiyati iqtisodiy va valyuta ittifoqi shakllanishining uchinchi bosqichida u EIning iqtisodiy hamda moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi o'rnini egallaydi) Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan birgalikda "pre ins" mamlakatlarida valyuta hamda moliyaviy vaziyat rivojlanishini nazorat qilib turadi.

Valyuta kursi siyosati EMB bilan maslahatlardan so'ng Yevropa Ittifoqi Kengashi a'zolarining oddiy ko'pchilik ovozi bilan qal qilinadi. Kurslarni markaziy kurs chegarasidan 15% tashqariga chiqishi valyuta bozorlarida hamkorlikdagi intervensiyalar orqali muvofiqlashtirish choralari qo'llanilishini taqozo etadi.

Yevro va jahon valyuta tizimi o'rtasidagi munosabatlar o'zaro kelishuv tamoyili asosida Yevropa Ittifoqi Kengashining (Yevroparlamnt va EMB bilan maslahatlardan so'ng) qarorlari bilan muvofiqlashtiriladi. Yevro zonasi a'zolari bo'lmish mamlakatlar o'zlarining XVFga individual a'zoliklarini saqlab qolishni maqsadga muvofiq deb hisoblab, kollektiv intizom bilan o'zaro bog’langan yagona blok sifatida maydonga chiqishni afzal ko'radilar.

4-jadval

1999 yilning 1-yanvar holatiga markaziy kurslar va Yevropa-II valyuta mexanizmi doirasida valyuta tebranishlarining yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegaralari15


Mamlakat va valyuta

EUR 1 =

Daniya, krona

Yuqori chegara

7,62824


Markaziy kurs

7,46038


quyi chegara

7,29252


Gretsiya, drahma

Yuqori chegara

406,075

Markaziy kurs

353,109

quyi chegara

300,143

EIning yagona valyuta va kredit bozori sharoitida bir qator moliyaviy operatsiyalarning davlat muvofiqlashtirish qoidalarini sezilarli erkinlashtirilishi hamda soddalashtirilishi kutiladi, xususan:

a) nafaqat o'z mamlakatlarida, balki Yevro zonasida ham investitsiya qilishga teng huquqlarni oladigan sug’urta kompaniyalari va pensiya fondlarining faoliyati. Birinchi navbatda ushbu, ularga mavjud qo'yilmalarni davlat milliy qimmatli qog’ozlarida majburiy to'planuvidan qutilish va bu bilan sezilarli darajada o'z portfellarini diversifikatsiyalash imkonini beradi;

b) davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo'yicha birlamchi dilerlar o'zining cheklovchi, asosan milliy tavsifnomasini yo'qotadi;

v) Yevro zonasida kreditlarni ko'chmas mulk garovi yuzasidan joylashtirish erkin va ko'p chegarali bo'ladi. Bir qator mamlakatlarda ushbu bugungi kunda maxsus ruxsatni talab etadi;

g) milliy hukumatlar hamkor-mamlakatlar banklari faoliyatini o'z hududlarida nisbatan kamroq nazorat qila boshlaydilar. Hozirgi paytda ushbu nazorat milliy pul siyosati manfaatlari bilan izohlanadi;

d) ayrim mamlakatlardagi soliqqa tortilishdagi farqlar tobora ko'rinarli bo'ladi. Ushbu ularning taqqoslama raqobatdoshligining mustaqil omiliga aylanadi. o’z navbatida ushbu jarayon EI soliq tizimlarining integratsiyasini tezlashtiradi. EIdagi "soliq ko'rfazlari"ni yopilishi manfaatidagi harakatlar kuchayadi.

Yevro kiritilishining tasdiqlangan tartibida o'tish davrida EI ushbu jarayonda zo'rlash va majbur etish tamoyillarini qo'llamasligidan kelib chiqqan holda rasmiy hokimiyat hamda xususiy biznes unga o'tish yo'llarining nisbatan kengroq tanlov erkinliklari va oraliq sanalariga ega bo'lishi ko'zda tutiladi. Biroq bularga qaramasdan bir qator davlat moliyaviy operatsiyalarini yangi valyutaga o'tishining ma'lum bir qoidalari o'rnatilgan.

Byudjet va EI institutlarining Yevroga o'tishi eng oddiysi bo'lib hisoblanadi, chunki ular Yevro ekvivalenti bo'lgan EKYUda azaldan ishlab kelgan. Bunga muvofiq EIning moliyasi 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab Yevroda ifodalanadigan bo'ldi. EI va EMBning nominali EKYUda ifodalangan, so'ndirilish muddatlari 1999 yilning 1-yanvaridan so'ng bo'lgan obligatsiya zayomlari ushbu sanadan boshlab Yevroga avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi, EIga a'zo mamlakatlar valyutasida ifodalangan zayomlar nominali esa ushbu valyutalarning Yevroga nisbatan kursiga asosan 2001 yilning 31-dekabriga qadar davr mobaynida qayta hisoblab chiqiladi.

Yevro zonasiga a'zo mamlakatlarning ichki moliyaviy (byudjet, hisob yuritish va boshqa shu kabi) operatsiyalari 2001 yilning 31-dekabriga qadar milliy valyutalarda amalga oshishi mumkin. Biroq davlat moliyaviy statistikasining asosiy ko'rsatkichlari parallel ravishda Yevroda ham chop etiladi. Yevroga qo’shilgan davlatlar valyutasida ifodalangan va 1998 yilning 31-dekabriga qadar to'lanishi lozim bo'lgan mazkur davlatlarning tashqi davlat qarzi ushbu ifodadagi valyutada to'lanadi. 1999-2001 yillar o'tish davriga to’g’ri keladigan to'lovlarga yuqorida zikr etilgan "majbur etmaslik va taqiqlamaslik", ya'ni to'lov valyutasining erkin tanlovi qoidasi qo'llaniladi.

Yevropa fond birjalari federatsiyasi nominali Yevro zonasi mamlakatlari milliy valyutalarida ifodalangan xususiy qimmatli qog’ozlar bilan birja savdosini 1999 yilning 4-yanvaridan boshlab, ya'ni fond birjalarining yangi yilda ochilishining birinchi kunidan boshlab yangi valyutaga o'tkazishni tavsiya etdi.

Qimmatli qog’ozlar nominalini ifoda etish uslubi to’g’risidagi qaror ularning emitentlari (aksiyalar uchun - aksiyadorlar majlisi) tomonidan qabul qilinadi. Bunda ushbu ko'rsatkichlar ifodasining to'liq raqamlarini saqlab qolish maqsadida aksiyalarning nominal qiymati yoki ustav kapitalining hajmi o'zgarishi mumkin. Zikr etilgan nominallashtirish jarayoni aksiyadorlar manfaatiga zid bo'lmasligi yoki o'z portfellarining bir qismini sotishga majbur etmasligi lozim.

Yevroning yutug'i yoki yutqizishi o'tish davrining oxiriga kelib yangi kollektiv valyuta ma'lum bir aniq xo’jalik aylanmasida "kritik massa"ga ega bo'la olishi yoki bo'lmasligiga bog’liq bo'ladi. Ehtimollarga ko'ra ushbu amalga oshadi, chunki:

a) 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab EI va Yevro zonasi mamlakatlari davlat moliyasining katta qismi, shuningdek byudjet hamda xususiy sektor o'rtasidagi moliyaviy oqimlar ham Yevroda ifodalangan. 1999 yilga kelib ushbu mamlakatlar tashqi davlat qarzining yarmini Yevroda nominallashtirilishi kutilmoqda;

b) bank aylanmalari va qisqa muddatli depozitlarning 1/3 qismi hamda majburiy bank zahiralashtirilishining asosiy qismi Yevroda nominallashtirish jarayoniga tushadi;

v) Yevro bilan almashinayotgan milliy (Germaniya markasi, Fransiya franki, Gollandiya gul'deni) valyutalar xalqaro xo’jalik aylanmasiga xizmat ko'rsatishda sezilarli o'rin egallaydilar va nominallashtirish natijasida o'z mavqelarini yo'qotmasalar kerak. Bu erda EI ichki hisob-kitoblarida AQSh dollari aylanmasi hajmining qisqarishi haqiqatga yaqindir. Yevro tomonidan Xalqaro savdoning 18-28 foiziga, shu jumladan EI ichidagi aylanmaning asosiy qismiga o'tish davrida xizmat ko'rsatilishi kutilmoqda;

g) Yevro zonasi valyuta bozorlari yangi valyutaga tez o'tishga tayyordir;

d)uchinchi davlatlar hamda ularning iqtisodiy operatorlarini valyuta zahiralari yoki hisobvaraqlarda Yevrodagi avuarlarga ega bo'lishga xohishi mavjudligi sababli Yevroga, uning zonasidan tashqarisida ham, katta talab paydo bo'ladi;

e) mavjud tebranishlarga qaramasdan Yevroni AQSh dollariga nisbatan kursi nisbatan muvozanatli bo'lishi kutilmoqda.

Bozorlardagi Yevroning umumiy massasi avvalgi valyuta massasidan katta bo'ladi deb, ya'ni boshqa valyutalar hisobiga mablag’lar bir qismining birinchi navbatda dollar va iena orqali Yevroga oqib o'tishi prognoz qilinmoqda.

Xalqaro iqtisodiy, shu jumladan, valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarga Yevro tomonidan sezilarli o'zgarishlar olib kirilishini ekspertlar prognoz qilmoqda. Barqarorlashtirilgan davlat moliyasi sharoitida hukumatning yangi qarzlarga bo'lgan ehtiyojining pasayishi singari Yevro zona mamlakatlarining zarurati qolmagan avvalgi hajmlardagi valyuta zahiralarini qisqarishi hisobiga ushbu zonadagi pul va kapital bozorlarida taklif ortadi. Ushbu sharoit mazkur bozorlarni yanada ochiq va bir maromli qiladi hamda bu bozorlarda eng muhim ishtirokchi bo'lib davlat emas, balki xususiy shaxs sifatidagi qarz oluvchi maydonga chiqadi, asosiy investitsiyalar esa davlat majburiyatlariga emas, balki korxonalar qimmatli qog’ozlariga, shu jumladan ularning aksiyalariga ketadi. Ushbu esa EI fond va kredit bozorlarini ishlab chiqarish bilan yanada qattiqroq boqlaydi. Natijada kapitalning yalpi aylanishi tezlashadi.

Xalqaro miqyosda kapitallar chambarchas bog’lanib ketishi jarayonida Yevro zonasi mamlakatlari ishtiroki faolligining ortishi kutilmoqda. Ularning bozor sub’ektlari maydonga nafaqat savdogarlar, balki investorlar sifatida ham maydonga faol chiqadi. EI korxonalari va banklarini mazkur zonaning yalpi masshtabida faoliyat ko'rsatishga imkon beradigan hajmlarda yiriklashtirishga qaratilgan birlashish hamda o'zaro qo’shilib ketishning yangi bosqichi boshlanadi.

Yevroni kiritilishi banklar uchun bank xizmatlari va davlat hamda korporativ qimmatli qog’ozlarning EIda yagona bozorini qaror topishi va yaratilishini bildiradi. Alohida mamlakatlarning mustaqil kredit reytingi asta- sekin individual milliy qarz oluvchilarning taqqoslama imtiyozlari foydasiga o'zining avvalgi ahamiyatini yo'qotadi.

Sanoat korporatsiyalari uchun Yevroning kiritilishi Yevrodan baho va to'lov valyutasi sifatida foydalanish, hisob-kitoblar, valyuta tavakkalchiligini sug’urtalash bilan bog’liq xarajatlarning kamaytirilishini bildiradi. Ushbu moliyaviy korxonalarni sog'lomlashtirish aksiyalari daromadliligini o'sishi uchun muhimdir va Yevro zonasining nisbatan past darajada rivojlangan janubi asta- sekin asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha shimol darajasiga yaqinlashib boradi.

Jahon moliyaviy markazlar xususiga kelsak, agarda Buyuk Britaniya Yevro zonasiga qo’shilmasa unda yetakchilik London qo'lidan Frankfurt (Maynda) va Parij qo'llariga o'tib qolishi mumkin.

Yevropa hamjamiyati iqtisodiy va valyuta ittifoqining barpo etilishi jahon xo’jaligidagi kuchlar joylashishini AQSh hamda Yaponiyaning jahondagi mavqei kuchsizlanishi hisobiga istiqbolda "yangi Yevropa" foydasiga o'zgartirib yuborishi mumkin.

Xulosa

Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir.



Jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozori (xo’jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi bo'lib, milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.

Valyuta tizimi bobi bo'yicha o'z bilimini tekshirish uchun savollar:

1. Valyuta tizimi tushunchasi va uning shakllari?

2. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari?

3. Jahon va hududiy valyuta tizimlari hamda ularning elementlari?

4. Parij konvensiyasi va klassik oltin tanga standarti?

5. Ikkinchi jahon valyuta tizimi va uning inqirozi sabablari?

6. Devizlar nima?

7. Uchinchi jahon valyuta tizimi va uning asosi?

8. Dollar standarti va oltinning rasmiy bahosi?

9. Qat'iy belgilangan kurslar rejimi?

10. "Oltin pul" va "Oltin nuqtalar" mexanizmi tushunchasi?

11. Bretton Vuds valyuta tizimi inqirozining asosiy sabablari?

12. To'rtinchi jahon valyuta tizimi va uning asosi?

13. Ko'p valyutali standart tushunchasi?

14. Erkin suzuvchi kurslar rejimi?


1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 38

Обсудить данную работу


Похожие:
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova


«Bank ishi», «Moliya va kredit» yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda
Tasdiqlayman o’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti
«Milliy istiqlol g’oyasi va huquq ma`naviyat asoslari» yo’nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan...

Uyda ko'rishni tiklashning tabiiy usuli

Ko'rishni linzalarsiz tiklash

Uyda operatsiyasiz ko'rishni qanday tiklash mumkin


Steepto
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы
Документы

База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015


При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации

Доклады
Лекции


Справочники
Методички

Ko'zlaringizdan glaukomaning oldini olish

Ko'rishni linzalarsiz tiklash

Uyda operatsiyasiz ko'rishni qanday tiklash mumkin



Uyda ko'rishni tiklashning tabiiy usuli
Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling