Neft mahsulotlarini tozalash va tahlil qilish


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1162767
  1   2   3
Bog'liq
Neft mahsulootlarini tozalash


Neft mahsulotlarini tozalash va tahlil qilish
Reja:

  1. laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari.

  2. Elektr dastaklar va uskunalar bilan ishlash qoidalari.

  3. Zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari.

  4. Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari.


laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari.
Organik moddalar, erituvchilar, oson yonuvchan birikmalar bilan ish olib borilganda quyidagi qoidalarga amalda rioya qilinishi zarur:
a) Organik moddalar va oson yonuvchan birikmalarni olovga yaqin bо‘lgan joyda saqlash mumkin emas;
b) Tajriba qurilmasini yig‘ganda gaz va bug‘ holatidagi organik moddalar chiqmasligi uchun uskunani germetikligini ta’minlash kerak;
v) Tez alangalanuvchi (benzin, erituvchilar va boshqalar) ni yopiq plita yoki suv xammomida qizdirish zarur;
g) Organik moddalar yonganda suv bilan о‘chirmaslik kerak. Yonayotgan organik moddani, kislotani о‘t о‘chirgichlar bilan yoki qum, kigiz yordamida о‘chirish zarur.
Elektr dastaklar va uskunalar bilan ishlash qoidalari.
1) Tez alangalanuvchi moddalar va erituvchilar bilan ishlaganda ochiq holdagi elektr simli asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
2) Elektr asboblardan yong‘in chiqan holatda ularni asbest mato yoki о‘t о‘chirgichlardan foydalanib о‘chirish zarur.
3) Elektr asboblaridan foydalanib bо‘lingandan sо‘ng, ularni elektr tarmog‘idan uzib qо‘yish talab etiladi.
Gaz moddalari bilan ishlash qoidalari.
1) Gaz bilan tо‘ldirilgan balon, idishlar issiqlik ta’siridan saqlanishi kerak.
2) Yonuvchan gazlar bilan ishlaganda asboblar germetik yopiq va olovdan saqlangan bо‘lishi kerak.
3) Standart gaz balonlari maxsus kо‘rsatilgan joylarda saqlanishi kerak.
Zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari.
1) Erituvchi va uchuvchan zaharli moddalar bilan amaliy mashg‘ulotlar ventilyatsiya shkaflarida olib borilishi kerak.
2) Erituvchi va zaharli moddalar bilan ishlashda, kuyish xavfidan extiyot bо‘lish zarur. Ularni tо‘kilishi sachrashiga yо‘l qо‘ymaslik kerak.
3) Zaharli moddalar turgan idishdan ularni faqat pipetka yordamida tortib olish kerak. Og‘iz yordamida sо‘rib olish ta’qiqlanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling