Neft va gaz kimyosi


Download 429.77 Kb.
bet1/10
Sana02.06.2022
Hajmi429.77 Kb.
#725080
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ISTILOVOV HASANBOY
o'zbek tilida fe'l, Презентация Microsoft PowerPoint,Aziza.2-topshiriq, 1 амалий конда нгс йигиш, курс иши топшириқ бланкаси, курс иши топшириқ бланкаси, anov madanyati, anov madanyati, Кора дуба, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarida obrazlar talqini”, ПРОТОЗООЛОГИЯ protozologiya, To’lov balansi kurs ishi, farmon ru



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIMVAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTONMILLIY UNIVERSITETI

KIMYO FAKULTETI


KIMYO YO’NALISHI III-BOSQICH 19.02-GURUH TALABASI
ISTILOVOV HASANNING
NEFT VA GAZ KIMYOSI” FANIDAN BAJARGAN

Mavzu: NEFT TARKIBIDAGI PARAFINLARNI
(C6 – C8) AROMATLASH REAKSIYASI

Rahbar: ABDUG'OFUROV I.A.
TOSHKENT-2022

Mundarija


I BOB
Kirish......................................................................................................3

    1. Aromatik uglevodorodlarning kimyoviy va fizik xossalari ….7

    2. Parafinlarni aromatlash reaksiyalari …………………………11

    3. Zelenskiy Kazaniskiy reaksiyalari mohiyati …………….......16

I BOB
2.1 Neftning aromatik birikmalari ………………………………….23
2.2 Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash.......................24
XULOSA…………………………………………………………….36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................37


K I R I S H
Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi.
XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik modda­larning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni, oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi.
O'zbekiston neftgaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmoqg’i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.
Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg’ilar sifatiga, chiqindi gazlarning midqoriga bo’lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida atmosferaga qo’rg’oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.
O’zbeekistonda ham dunyoning boshqa davlatlari kabi qo’rg’oshin birikmalarisiz benzin ishlab chiqarish va ekologik toza benzinga to’liq o’tish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi sog’ligini saqlash borasidagi eng muhim yo’nalshlardan biri hisoblanadi1.
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda benzinning oktan sonini oshirishda aromatik aminlar, oksigenatlar- alifatik spirtlar, oddiy efirlar (metil-uchlamchi butil efiri) metallosenlardan foydalanilmoqda. Aromatik aminlar va metallosenlarning qimmatligi va xom ashyo bazasining mavjud emasligi ulardan katta miqdorda foydalanishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi, ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Mazkur mavzuni tanlashimdan asosiy maqsad Respublikamizdagi neft va gaz kondensatlariga asoslangan kimyo sanoati korxonalari, hamda ulardan samarali foydalanishni o’rganish maqsad qilib olingan. Ma’lumki, yonilg’i energetik resurslar va ulardan samarali foydalanish hisob-kitoblarga ko’ra, hozirga kelib, dunyo mamlakatlarining energiyaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yer-dagi organik yonilg’ilar zahirasi taxminan 150 yilga, jumladan, neft 35-40 yilga, gaz 50 yilga, ko’mir esa 425 yilga etishi aniqlangan.
Ko’mir zahiralari neft va gaz zahiralaridan ikki marta ko’p. Olimlarning fikriga ko’ra, energiya manbalarining asosini tashkil qiluvchi neft va gazni tejab-tergab ishlatish uchun ulardan olinadigan sintetik mahsulotlar, turli xil xom ashyolarni ko’mirni qayta ishlash hisobiga almashtirish lozim. Qazib olish jarayonlarida texnologik jarayonlarni talab darajasida takomillashmaganligi natijasida, ko’mirning 45 foizi, neftning esa 60 foizi yer bagrida qolib ketmoqda. Neft konlaridan neftni to’la qazib olish kabi muhim vazifani hal etish uchun qatlamlararo bosimni oshirish, issiq suyuqliklar va elektr zaryadlari yordamida neftning qovushqoqlik xossasini kamaytirish usullarini qo’llash lozim. Energetik muammolarni hal etishning muhim yo’nalishlaridan biri — gaz bilan birga olinadigan, ammo gaz quvurlarida tashish imkonini bermaydigan gaz kondensatlaridan foydalanishdir. Ulardan foydalanishning eng maqbul yo’li ularni dizel yonilg’isigacha qayta ishlashdir. Kondensatlardan olingan dizel yonilg’ilarining toksiklik darajasi ancha kam bo’ladi. Bunday yonilg’ilarga ishlagan avtotransportlar sundirg’ichlaridan chiqadigan gazlar tarkibida konserogen moddalar odatdagi dizel yonilg’isidagiga nisbatan 30 foiz kam bo’ladi. Yaqin kelajakda benzin, kerosin va boshqa yonilg’ilarni ko’mir tarkibidan olish, shuningdek, noan’anaviy energiya manbalaridan va ikkilamchi energetik resurslardan keng foydalanishni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga mavjud energiya manbalari energayasidan tejab-tergab foydalanish lozim.
Respublika hoyob yoqilg’i – energetika resruslariga va qudratli energetik bazaga ega. O’rganilgan gaz bazasi salkam 2 trillion kubometr, ko’mir zahirasi 2 milliard tonnadan ortiqdir. Bizda 160 dan ziyod neft konlari bor. Neft, gaz va kondensat zahiralari o’z talablarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, energiya manbalarini chetga chiqarish imkonini ham beradi. Bugun bu sarmoya sarflashning eng foydali sohalaridan biridir.
Bugungi kunda O’zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining salkam 60 % ni ularni qazib olish uchun istiqbolli hududlar hisoblanadi.
Beshta asosiy neft – gaz mintaqsini; Ustyurt, Buxoro – Xiva, Janubiy – G’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarini ajratib ko’rsatish mumkin. Neft resruslari bo’yicha umumiy imkoniyat 4 milliard tonnadan ortiq. Gaz kondensati bo’yicha 630 million tonna, tabiiy gaz bo’yicha salkam 5 trillion kubmetrni tashkil etadi. Neft va gaz resruslarining zahiralari qiymati bir tirilliondan oshib ketadi.
Sho’rtan gaz -kimyo majmuida olingan propandan respublika rezina texnika va avtomabil sanoati uchun zarur bo’lgan nitril – aksil kislotasi , nitron tolasi olish uchun tegishli texnologiyalar joriy etish uchun foydalanish mumkin.
-Respublikada gaz transportining keng shaxobchali tizimi vujudga kelgan. U MDH mamlakatlari gaz quvurlarining yagona tizimiga chiqadigan umumiy uzunligi 12 ming km bo’lgan to’qqizta magistral gaz quvurlarini o’z ichga oladi.
Hozirgi kunda O’zbekistonning davlatlararo magistral gaz quvurlari, Turkmaniston–O’zbekiston–Qozog’iston–Xitoy va O’zbekiston–Afg’oniston–Pokiston gaz quvirlari qurilishida ishtirok etish masalasi ko’rib chiqildi va 2012 yilning may oyida shu quvurlarning ochilish mavzusida konfrensiya bo’lib o’tdi.
-Qashqadaryo neft va gaz kabi qimmat baho xom ashyolarning ulkan zahiralari bilan dunyoga mashhurdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning 88% i neftning esa 92% Qashqadaryo hududidan qazib olinayotganidan yaqqol ko’rishimiz mumkin.
-Sho’rtan gaz – kimyo majmiyi nafaqat Qashqadaryo zaminida, balki yurtimizning boshqa mintaqalari va hududlarida yangi–yangi ishlab chiqarish tarmoqlarining vujudga kelishiga va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Eng muhimi, bu ulkan korxona mamlakatimiz sanoat bilan birga nihoyatda zarur bo’lgan xom ashyosi, plyonka, syultirilgan gaz suv va gaz quvurlari, boshqa ko’plab texnik uskunalar, uy – ro’zg’or buyumlari ishlab chiqarib, davlatimizning iqtisodiy qudratini oshirishga salmoqli hissa qo’shadi.



Download 429.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling