Neft va gaz uyumlarini ishlatish holatini tahlil qilish. Qazib chiqarish, haydovchi, pyizometrik va nazorat quduqlarining tadqiqot natijalarini umumlashtirish
Download 398.54 Kb.
|
Neft va gaz uyumlarini ishlatish holatini tahlil qilish
Касб ихтисосликлари бўйича намунавий тест саволлари, 14-v, Sibelius, Pardayeva Gulhayo Uranboyeva obiftifka, 1-topshiriq Falsafa, MT da boshqaruv 2020 majmua, Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalar 2 kurs kunduzgi, communication, Ma`lumot Noma Jalilova Shahrizoda, РЕФЕРАТ, И Ш О Н Ч Н О М А, 6-b sinf
Neft va gaz uyumlarini ishlatish holatini tahlil qilish. Qazib chiqarish, haydovchi, pyizometrik va nazorat quduqlarining tadqiqot natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish neft va gaz uyumlarini ishlatish holatini tahlil qilish va ularni samarali ishlatish bōyicha choralar qabul qilish imkoniyatini beradi. Bu ishni quduqlarda tizimli tadqiqotlar ōtkazish va neft, gaz va suv debitlarini qayd qilish asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Tadqiqotlar natijasida olingan barcha materiallarni tizimlash va tahlil qilish uchun, quyidagi xarita va grafiklarni tuzish tavsiya qilinadi: ishlatish xaritasi, joriy ishlatish xaritasi, izobar xaritasi, gaz omili xaritasi, suvlanganlik xaritasi, alohida quduqlar bōyicha ishlatish grafigi, uyumni ishlash grafigi. Qatlamni ishlatish xaritasi reja – diagramma bōlib, unga qatlamda burĝulangan barcha quduqlar tushirilgan, har bir quduq uchun esa ishlatishning asosiy kōrsatkichlarini ifodalagan aylanma diagramma tuzilgan. Har bir quduqdagi diagramma maydoni ishlatishning butun davri maboynida qatlamdan jami neft va suv qazib chiqarishga ma’lum masshtabda tōĝri keladi. Neft va suvning ulushi aylana maydonida sektorlar bilan tasvirlanadi. Turli ranglar yoki shtrixlar bilan quduqlarni ishlatish usullari kōrsatilishi ham mumkin: favvora, nasosli, kompressorli. Haydovchi quduqlarda suv haydash diagrammasi tuziladi. Reja diagrammada mos shartli belgilarda ishlatishning boshqa kōrsatgichlarini ham kōrsatish mumkin. Joriy ishlatish xaritasi ishlatish xaritasidan shu bilan farqlanadiki uning diagrammalarida xaritani tuzish sanasidagi quduqlar debiti tasvirlanadi (14 rasm). Ishlatish xaritasi davriy ravishda kvartalda bir yoki bir yilda tuziladi. Bu xaritalarda uyumning ishlatish holati, qazib chiqarish quduqlarining maxsuldorligi va haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligi, ekspluatatsion quduqlar fondining suvlanganlik darajasi va boshqalar yaqqol kōrinadi. Izobar xaritasi quduqlarda qatlam bosimini ōlchash ma’lumotlari bōyicha tuziladi va qatlam bosimining tarqalish xarakterini nomoyon qiladigan muxim hujjat hisoblanadi. Ularni har kvartalda tuzish tavsiya etiladi. Turli sanalarda tuzilgan xaritalarni solishtirish bu davr maboynida qatlamda bosimning anomal ōzgarishini aniqlash imkonini beradi. Gaz omili xaritasi qazib chiqarish quduqlaridagi ōlchov ma’lumotlari bōyicha izogips chiziklarda tuziladi. Gaz omilining anomal kōrsatkich zonalari uyumning qatlam bosimi tōyinganlik bosimidan pasaygan qismlariga tōĝri keladi. Bunday zonalar mavjud bōlganda ularni kengayishining oldini olish, keyinchalik ularni bartaraf qilish bōyicha zarur choralar kōriladi. Bunga yuqori gaz omili bilan neft olishni qisqartirish yoki quduqlarni ishlatishni tōxtatish va bu zonalarda bosimini boshqarish maqsadida qatlamga suv haydashni kōpaytirish bilan erishiladi. Uyumni suvlanganlik xaritasi neftdagi suv tarkibini tahlil qilish ma’lumotlari bōyicha tuziladi. Xaritani tuzishda suvlanganlik izogips chiziqlari bilan foizlarda amalga oshiriladi. Uyumning suvlanganlik xaritasida boshlanĝich va joriy tashqi va ichki suvlilik konturlari tushirilishi lozim. Xarita kvartalda bir marta tuziladi. Ikkin-chi davr oraliĝidagi xaritalarni kōrib chiqib, suvning nisbatan jadal harakatlanayotgan yunalishini aniqlash va bu jarayonni boshqarish bōyicha zarur tadbirlar qabul qilish mumkin. Quduqlarni ishlatish grafigi tōĝri burchakli koordinatalar sistemasida tuziladi. Ular neft yoki gaz qazib chiqarish, qatlam va quduq tubi bosimi, suvlanganlik, gaz omili va boshqa kōrsatkichlarni vaqt maboynida ōzgarishini ōzida nomoyon qiladi. (15 rasm). Bitta chizmaga quduqni tahlili uchun zarur barcha ma’lumotlar egri chiziqlar bilan tushiriladi. Bu maqsad uchun ordinata ōqi har bir kōrsatkich uchun uzining shkalasiga ega bōladi. Bitta chizmada tushirilgan egri chiziqlarni birgalikda kōrib chiqishda bir kōrsatkichni ikkinchisiga boĝliq holda ōzgarishini aniqlash mumkin. Uyumlarni ishlatish grafigi uyumni ishlatishning boshidan yoki qaysi bir oraliq vaqtidagi ishini tavsiflovchi jami yoki ōrtacha kattaliklar bōyicha tuziladi. Abstsissa ōqida yillar va oylarda vaqt tushiriladi, ordinata ōqi bōyicha esa - jami va joriy neft va suv qazib chiqarish, qatlam bosimi, suvlanganlik, gaz omillari va boshqalar. Ishlatishni joriy tahlili bilan neft koni boshqarmasi shuĝullanadi. Tahlil ma’lumotlar asosida ishlatish jarayonini boshqarish bōyicha tavsiyalar beriladi.
Download 398.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling