Neft va gazlarning hosil bo’lishi gaz
Download 36.5 Kb.
|
NEFT VA GAZLARNING HOSIL BO
NEFT VA GAZLARNING HOSIL BO’LIShI 1. Gaz Gaz-metan qatoridagi uglevodorodli aralashma va yer po’stining cho’kindi qobig’ida erkin yig’ilgan uglevodorodsiz komponentdir. Shuningdek gaz eritma ko’rinishda va tarqoq holatda ham uchraydi. Gaz uchta kattalik - bosim (R), hajm (V) va harorat (T) bilan ifodalanadi. Metan qatoridagi uglevodorodlar asosan metan (tarkibi 85- 90% dan), etan, propan, butan, pentan (ularning miqdori gazlarda 0.1%, gaz konlarida 20% gacha)dan iborat. Uglevodorodsiz komponentlar asosan azot, karbonat angidrid gazi, suv bug’laridan tashkil topgan. Bundan tashqari ayrim gazlar, oltingugurt, geliy, argon qo’shilmalari bilan to’yingan. Karbonat angidrid gazining miqdori 10-15%gacha va undan ham oshadi. Odatda azotning to’planishi 10% gacha, serovodorodniki 2-3%, ayrim hollarda 15-20%, geliyniki 0.01- 0.001% ga yetadi. 2. Neft Neft-yonuvchi moysimon suyuqlik. Odatda neft gazsimon uglevodorod bilan birgalikda 1.2-2 km chuqurlikda hosil bo’ladi. Neft yer yuzasiga chiqqach, quyilib qotadi va asfaltga aylanadi. Neft uyumlari har xil darajada gaz va yengil uglevodorodlar bilan to’yingan. Kimyoviy jihatdan ular tabiiy birikma bo’lib, uglevodorodlardan (metanli, naftenli va azotli qo’shilma) tashkil topgan. Neftning element tarkibi: C-82,5-87%, H-11,5-14,5%, O-0,05-0,35 dan 0,7%gacha, S-0,001-5,5 , ayrim hollarda 8%, N-0,02-1,8%, oz miqdorda vanadiy, fosfor, kaliy, nikel, temir uchraydi. Dunyo miqyosida 70 qazib olinayotgan barcha neftlarda oltingugurt miqdori, odatda 1% dan ortiqdir. Surxondaryo vohasida qazib olinayotgan paleogen neftlari oltingugurtga boy (3.1-6.3%). Neft tarkibidagi oltingugurt va smola miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0.5% gacha), oltingugurtli (0.5-2%), ko’p oltingugurtli (2%dan ortiq), kam smolali (17% gacha), smolali (18-35%) va ko’p smolali (35% dan ko’p) turlarga bo’linadi. Neft o’zining tarkibida qattiq uglevodorod va parafin miqdorining ko’p bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Neft tarkibidagi kislorod birikmalari neft kislotasi, asfalt, qatron ko’rinishida neft tarkibidagi kislorodning 90% ni tashkil qiladi. Neft komponentlari - gazlar va unda erigan (1t neftda 30- 300m3 gacha) suv va mineral tuzlar hisoblanadi. Ko’pchilik neftlarda kulning miqdori (mineral modda) 0.1 % dan oshmaydi. Neftning rangi ochiq jigar rangdan-to’q qo’ng’ir va qoragacha, zichligi 800 dan 980-1050 kg/m3 gachadir. Asfalt-uglevodorod birikmasidan tuzilgan qora rangli qattiq tabiiy moddadir. Asfalt ayrim neftlardan, ya'ni ularning oksidlanishi va yengil fraksiyalarning bug’lanishi natijasida paydo bo’ladi. Element tarkibi: S-67-88%, K-7-10%, O-2-23%. Zichligi 1000-1200 kg/m3 , erish harorati 20 dan 80-1000С gacha. Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling