Nemis adabiyoti tarixi to sh k en t m u m to z so

bet1/20
Sana31.01.2018
Hajmi
#25729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
25729

O ’zbekiston Respublikasi O liy va o ’rta m axsus ta ’lim  vazirligi 
O ’zbekiston D avlat jah on  tillari universiteti
Shavkat K ARIM O V
NEMIS ADABIYOTI TARIXI
TO SH K EN T 
«M U M TO Z SO ’Z» 
2010

83.3(4Г ерм)
К25
K arim ov, Sh.
N emis  adabiyoti  tarixi:  Tili  o ’rganilayotgan  m am lakat  adabiyoti 
/  Sh.  Karimov;  m a'sul  m uharrir  B.  Erm atov;  O ’zR  oliy  va  o ’rta  m axsus 
ta ’lim  vazirligi,  O ’zbekiston  davlat  Jahon  tillari  un-ti.  -   Т.:  M UM TOZ 
SO ’Z,  2 0 1 0 .- 2 6 0 .  b.
ББК  83.3(4Герм)Я73
M azkur  darslik  universitetlar  va  oliy  o ’quv  yurt la fining  ixtisosligi 
nem is  tili  va  adabiyoti  bo'lgan  fa ku ltetla r  va  bo'lim lari  talabalari 
uchun  mo'ljallangan.  Shuningdek,  jahon  adabiyoti,  qiyosiy  adabiyot 
kurslari  o ’quv  dasturlariga  kiritilgan  ta'lim   у  o ’nali shining  bakalavriat 
va  magistratura  talabalari,  o'qituvchilar  uchun  dasturilam al  bo'lishi 
mumkin.
A ksariyat  yoshlar  aka-uka  Grimmlarning  ertaklaridan  sehrlangan, 
Y.Gyote,  F.Shiller,  H.Hayne  va  boshqa  ko'plab  nemis  shoir  va  adiblari 
ijodlaridan  z.avq  olgan  b o ’lsalar  ajab  emas.  M azkur  kitob  talabalar 
uchun  nem is adabiyoti dunyosiga  ochilgan  daricha  vazifasini o ’taydi  va 
dunyoqarashlarini  kengaytirish,  bilim larini  to ’ldirish,  nem is  xalqining 
fikrla sh   tarzi,  m adaniyati bilan  tanishish  imkonini beradi.
M as’ul  muharrir: 
filologiya fanlari  nom zodi, dotsent 
B ahodir Erm atov
Taqrizchilar:
M ayns Universiteti  professori  (G erm aniya), doctor Karl  K einer, 
filologiya fanlari  nom zodi, dotsent  Zohidjon Sodiqov
O ’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va o ’rta maxsus  ta ’lim  vazirligi 
qoshidagi  M uvofiqlashtiruvchi  kengash tom onidan nashrga 
tavsiya etilgan 
(6-son  bayonnom a,  2010-yil  10-mart)
ISBN  978-9943-363-56-4
©  Karimov SH,  2010 
©  « M U M T O Z S O ’Z»,  2010

K IR IS H
Chet 
lillari 
bo ’yicha 
mutaxassislarni 
tayyorlash 
jarayonida 
o ’ rgati lay olgan  til  m amlakatning  adabiyoti  bilan  talabalarni  tanishtirish 
muhim  ahamiyut kasb etadi.
Chet  tili  o'rganish  jarayonida  nem is  adabiyotlaridan  olingan 
materiallarga  turli  jabhalarda  (og’zaki  va  yozm a  nutq  amaliyoti, 
mustaqil  mutolaa,  frontal  o ’qish,  badiiy  matn tahlili,  yozuvchilar ijodiga 
murojaat  va  b.)  m urojaat  etishni  inobatga  olinadigan  b o ’lsa,  m azkur 
fanning  ham nazariy,  ham amaliy  ahamiyati  nam oyon bo’ladi.
Nemis  adabiyoti  tarixi  kursi  shoirlar,  adiblar,  kitoblar  haqidagi 
talabalarning  uzuq-yuluq  tassavurlarini  sistem alashtiradi,  tarixiy  - 
adabiy jarajon haqidagi  bilim larning  izchil  bo ’Iishini ta ’minlaydi.
Adabiyot  kursi  m a’rifiy  m aqsadlam i  nazarda  tutish  bilan  birga 
tarbiyaviy  aham iyatga  ham  egadir.  U  b o ’lajak  m utaxassisda  yuksak 
axloqiy  fazilatlam i  shakllantirish  bilan  bir  qatorda  unda  fuqarolik 
m as’uliyati,  kom il  inson e ’tiqodini  m ustahkam lashga xizm at qiladi.
Demak,  nemis  adabiyoti  maxsus  m afkuraviy  aham iyat  kasb  etuvchi 
ijtimoiy  fanlar m ajm uasiga mansubdir.
Mazkur  darslik 
asosan 
talabalarning 
auditoriyada 
tinglangan 
m a'ruzalarini  to ’ldirish  va  amaliy  m ashg’ulotlar  va  mustaqil  m utolaa 
uchun  m o ’ljallangan.  Nemis  adabiyoti  tarixi  Germ aniya,  M D H   va 
O ’zbekistonda  chop  etilgan  nemis,  o ’zbek  va  rus  tillaridagi  m anba'lar 
asosida yaratilgan.
Shu  paytgacha  ta ’lim  o ’zbek  tilida olib  boriladigan  guruhlarda  nemis 
adabiyoti  bo ’yicha  birorta  darslik  yoki  q o ’llanm a  y o 'q   edi.  Shunung 
uchun  darslikni  tuzish  zarurati paydo b o ’ldi.
Chet  tilini  o ’rganayotgan  talabalar  adabiyot  kursining  murakkab 
g ’oyaviy-estetik  problem atikasini  tushunishlarini  yengillashtirish  va 
mazkur  fanni  til  bo’yicha  praktikum ga  aylantirm aslik  m aqsadida, 
materiallar  o ’zbek  tilida,  qism an  topshiriqlar,  tavsiyalar  mustaqil  ish 
m anbalari,  shuningdek,  adabiyotlar  ro ’yxatini  ikki  tilda  (o ’zbek  va 
nemis tillarida)  berishni  m aqsadga m uvofiq deb topildi.
Bundan  tashqari  universitet  o ’quv  dasturida  m azkur  fan  b o ’yicha 
m a’ruzalar  sezilarli  darajada  qisqartirilgani  bois  o ’qituvchi  dars 
jarayonida  fanning  umum iy  va  prinsipial  m asalalari  bilan  cheklanib 
qolishga majbur.
3

Darslik  nem is  adabiyoti  tarixi  kursi  b o ’yicha  yagona  m anba 
vazifasini  o ’tashga  d a’vogarlik  qilm aydi.  M azkur  ish  talabalarga  nemis 
adabiyoti 
tarixining 
ayrim 
davrlari 
bilan 
chuqurroq 
tanishish, 
m a’ruzalarda o ’tilgan m avzulam i  m ustahkam lashga  xizm at qiladi.
Darslik,  shuningdek,  talabaning  ilk  m anbalar  va  m axsus  adabiyotlar 
bilan mustaqil  ishlashlari  uchun  k o 'm ak  beradi.
Kurs  b o ’yicha  tavsiya  etiladigan  adabiyotlar  va  tanqidiy  m ateriallar 
darslik so’nggida ilova qilinadi.
M uallif  darslikni  tayyorlashda  nem is  adabiyoti  tarixi  bo ’yicha 
chiqarilgan  o ’quv  dasturlariga  suyangan  holda  m ateriallam i  izchil  va 
m aqsadga m uvofiq tarzda joylashtirishga harakat qildi.
D arslikda nem is  adabiyoti  tarixi  fanining  obyekti  va predm eti,  nem is 
adabiyotining  ilk  m anbalari,  qahram onlik  eposlari  (“Nibelunglar haqida 
q o ’shiq”,  “H ildebrant  q o ’shig ’i”),  ritsarlik  rom anlari,  byurgerlik 
she’riyati,  m aysterzang,  reform atsiya  adabiyoti  kabi  ilk  m anbalardan  to 
hozirgi adabiy jarayonlargacha b o ’lgan davrlar o ’z  ifodasini  topgan.
M azkur  ishni 
tayyorlashda 
o ’z 
m aslahatlari 
bilan 
darslikni 
takom illashtirishga 
k o ’m aklashgan 
ham kasblarga 
m uallif 
o ’z 
m innatdorchiligini  bildiradi.

1. A D A BIY O T   FANI,  UNING  O B Y EK T I  VA  BO SH Q A  
FA N L A R  Q A T O R ID A G I  O ’RNI
1.  A dabiyot tushunchasi va uning  m anbalardagi talqini.
2.  Adabiyotning  uch  zaruriy  tarkibiy qismi.
3.  Antik davrlarda adabiyot va uning yunon m anbalaridagi tahlili.
4.  Adabiyotda klassisizm   va unga G .E.Lessing munosabati.
M avzuga  doir  tayanch  s o ’z  va  iboralar:  Badiiylik,  xalqchillik, 
klassisizm;  “Laokoon”,  “Hamburg  dram aturgiyasi”,  “Poeziya  san’ati” 
(Bualo)
«Adabiyot»  so ’zi  jahon  fanida  tor  va  m axsus  m a’noda  X V Ill-X IX  
asrlarda  paydo  bo'ldi.  Undan  avval  badiiy  adabiyot  k o ’pincha  boshqa 
adabiyoti ardan 
farq 
etilmay, 
«adabiyot» 
termini, 
um um an, 
k o ’pchilikning  o ’qishi  uchun  yaratilgan  asarlar  m a’nosida  foydalanilar 
edi.  Dunyodagi  bir  qancha  xalqlar  tilida  “Literatur”  termini  bilan  ifoda 
etilayotgan  bu  tushuncha  aslida  lotincha  «litera»,  y a’ni  «harf»  so ’zi 
asosida tuzilgandir.
O ’zbek  tilidagi  «adabiyot»  so’zi  aslida  «adab»  so ’zidan  olingan 
bo’lib,  kishilarga  yaxshi  xulq  va  umuman,  hayotni  to ’g ’ri  tushunish, 
to ’g ’ri yashashni o ’rgatish m aqsadida yozilgan asarlar tushunilgan.
O ’zbekiston  R espublikasi  Prezidenti  Islom  Karim ov  “A dabiyotga 
e ’tibor  m a’naviyatga,  kelajakka  e ’tibor”  nomli  asarida ta ’kidlaganidek, 
“XXI  asr  intellektual  salohiyat,  tafakkur  va  m a’naviyat  asri  sifatida 
insoniyat  oldida  yangi-yangi  ufqlar  ochish  bilan  birga  biz  ilgari 
ko’rmagan, 
duch  kelm agan  keskin  m uam m olam i  ham  
keltirib 
chiqarm oqda.  Bugungi  murakkab  va  tahlikali  zam onda  adabiyotning 
bashariyatning ertangi kunini  o ’ylab odam larni ezgulikka,  insof-diyonat, 
mehr-oqibat  va  bag ’rikenglikka d a'v at  etishga qaratilgan haroratli  so ’zi 
har qachongidan  ham m uhim  aham iyat kasb etadi” 1.
Ijtim oiy-siyosiy 
hayotim izning 
barcha 
sohalari 
qatori 
xalq 
m a’naviyatining k o ’zgusi bo ’lm ish badiiy  ijod,  xususan,  badiiy adabiyot 
rivoji  ham  davlatim iz,  jam iyatim izning  doim iy  e ’tiborida  b o ’lib 
kelmoqda.
1  Islom  Karimov.  Adabiyotga e'tib o r  m a’naviyatga, kelajakka e ’tib o r//  O ’zbekiston adabiyoti  va san’ati.  -  2009. 
3-iyul.
5

Nazariy  asarlarda qayd etilishicha,  adabiyotning  uchta xususiyati  bor. 
«Adabiyot»  tushunchasining  m a’nosini  to ’laligi  bilan  ochib  berish 
uchun  avvalo  adabiyotning  bir  nccha  muhim.  eng  k o ’zga  tashlanadigan 
va  ham m a  tom onidan  tan  olingan  xususiyatlarini  k o ’zdan  kechirish 
lozim.  Bu  uchta  xususiyatga  V.G.Belinskiy  tom onidan  «adabiyot» 
term inini  talqin  etish  munosabati  bilan  yozilgan  «Adabiyot  so 'zinin g 
umum iy  m a'nosi»  nomli  m aqolasida  quyidagi  ta ’rif berilgan:  «Adabiyot 
doim o  om m aviylikka  suyanadi,  o ’z  tasdig’ini jam iyat  ftkridan  oladi»,  u 
«faqat  bilim donlam ing  ...  yoki  m um toz  havaskorlam ing  kichik  doirasi 
e ’tiboridan  emas,  balki  butun  xalqdan,  eng  kam ida  -  xalqning  m a’rifatli 
sinflarining  e ’tiboridan  madad  oladi,  adabiyot  butun  jam iyatning 
m ulkidir»1.
Darhaqiqat,  adabiyot jam iyatning  ham m a  tabaqalariga  m o’ljallangan 
b o ’ladi  va  odam larining  yoshi,  jinsi.  kasbi,  ijtimoiy  p o g ’onada  tutgan 
o ’m iga qaram asdan  ham m a  tom onidan  o ’qiladi,  har  bir kishida  qiziqish 
u yg’otadi.  Bir  xalqda  yaratilgan  adabiyot  asarlari  boshqa  xalqlam ing 
vakillari  tom onidan  ham  sevib  o ’qiladi.  M:  Y.V.G yotening  «Faust» 
yoki  «Verter»i  va uning turli  m am lakatlarda tarqalishi.
Adabiyoti  taraqqiy  topgan  har  bir  xalqning  yutuqlari  butun  jahon 
m iqyosiga  chiqadi.  H am m a  m am lakatlar  va  xalqlar  tom onidan  keng 
m iqyosda  qabul  etiladi.  Adabiyotning  um um insoniyat  m adaniyati  bilan 
cham barchas  bog’lanib  ketgani  uning  bu  qadar  keng  om m alashuvini 
ta ’m in  etuvchi  sabablaridan  biridir.  Demak,  adabiyotning  dastlabki 
xususiyati  uning  xalqchilligidir.
A dabiyotning  ikkinchi  xususiyati  -   uning  m a’lum   shaxslar -  iste’dod 
egalari 
tom onidan 
yaratilishidir. 
Shu 
o ’rinda 
yurtboshim izning 
yozuvchilik  kasbiga  bergan  bahosi  diqqatga  sazovordir.  M ening 
fikrim cha,  deb  yozadi  I.  Karimov,  “Y ozuvchilik  bu  oddiy  kasb  emas, 
xudo  bergan  iste’doddir.  Bu  -   qismat,  peshonaga  yozilgan  taqdir.  Bu 
kasbga  hech  qayerda  o ’qitib  o ’rgatib  b o ’lmaydi.  Yozuvchilikning 
m aktabi  ham,  dorilfimuni  ham   bitta,  u  ham  b o ’lsa  bir  um r  hayotning 
ichida  bo'lish,  o ’z.  xalqi  bilan  ham dardu-ham nafas  b o ’lib  yashash, 
haqiqat va adolatga sadoqat bilan  xizm at qilishdir”".
Bu  jihatdan  yozm a  adabiyot  xalq  o g ’zaki  ijodidan  farq  qiladi. 
O g’zaki  ijodga  m ansub  asarlam ing  yaratuvchisi  n om a’lum.  A slida  ular 
xalqning  kollektiv  ravishdagi  ijodiy  mahsulidir.  Adabiyotning  uchinhi
1  Белинсикий  В.Г.  А дабий  орзулар.  Тош кент:  Гафур Гулом  номидаги  нашриёт,1980.
2  Karimov  I.  A dabivotga  e ’tibor  -   m a’naviyatga,  kelajakka  e ’tibor.  //  O ’zbekiston  adabiyoti  va  san ’ati. 
2(K)9. 
3-iyul.
6

xususiyati  -   badiiylikdir,  y a’ni  hayotning  unda  obrazlar  orqali  in’ikos 
etishidir.  Adabiyot  haqidagi  m axsus  ilmiy  ta ’limot,  dastavval  falsafa 
fani  doirasida  m aydonga  keldi.  Platon  (er.  avv.  427-374)  hayotni  idrok 
etishda  sheriyatning  ijobiy  roli  borligini  rad  etdi,  am m o  adabiyotning 
tarbiyaviy  ahamiyatini  tan  olib,  uning  vazifasi  -   adolat,  haqiqat, 
ezgulikni  tasdiqlash  ekanini  ta'kidlaydi.  Adabiyot  haqidagi  mustaqil, 
yaxlit  ta ’Iimotni  dastlab  boshlab  bcrgan  olim  Aristoteldir  (er.  avv.  384- 
322).  Qadim gi  yunon  madaniyati  va  adabiyotining  keng  rivoj  topgan 
davrida  yashagan  bu  olim  o ’zining  «Poetika»,  «Ritorika»  va  boshqa 
asarlarida  Homer,  Sofokl,  Evripid,  A ristofan  kabi  m ashhur  ijodkorlar 
asarlarini  tahlil  qilish  asosida  badiiy  adabiyot  va  notiqlik  san ’ati  haqida 
nazariy  ta ’lim  yaratadi.  «Poetika»da  san’at  va  adabiyotning  mazmuni 
kishilar  hayotidan  olinishi  lozim ligini  ta ’kidlaydi.  O ’rta  asrlarda 
m afkuraning  ham m a  sohalarida  dinning  hukm ronligi  m unosabati  bilan 
adabiyot  ilmi  taraqqiy  etm ay  qotib  qoladi.  Am m o  U y g ’onish  davri 
boshlanishi  bilan  adabiyot  sohasida  ham  qayta jonlanish  va  yangilanish 
boshlanadi.  U yg'onish  davrining  birinchi  shoiri  italyan  Dante  A lig’eri 
«Xalq  tili  haqida»  kitobida  (1304-1309)  adabiyotni  avvaligidek,  faqat 
lotin  tilida  em as,  balki  ona  tilida  yaratish  lozim ligini  isbot  qiladi. 
Italiyaning  buyuk  yozuvehilari  F.Petrarka  va  J.B okachcho  adabiyot 
nazariyasiga  oid  fikrlar  bilan  m aydonga  ehiqdilar,  qadim gi  adabiyot 
nam unalarini yig ’dilar,  o ’rgandilar.
XVIII  asrda  Fransiya  Y evropada  adabiy  harakatning  m arkazi  b o ’lib 
qoldi,  unda 
klassisizm   deb  atalgan  adabiy  oqim  taraqqiy  etdi.  Bu 
oqim ning  nazariyachilaridan  biri  «Poeziya  san’ati»  kitobining  muallifi 
N.Bualo  edi.  Bualo  va  uning  hamfikrlari  klassisistlar  antik  adabiyot 
namunalarini  adabiy  eskirm as  ijod  namunalari  sifatida  taqdim   etdilar. 
U lar 
asarlarning 
yozilish 
qonunlarini 
belgilab 
ehiqdilar 
va 
yozuvchilardan  bu  qoidalardan  ehiqm ay  ish  k o ’rishini  talab  qildilar. 
Klassisizm ning  asosiy  qoidalarini  nemis  olimi  G.E.Lessing qattiq tanqid 
qildi.  U  o 'z   asarlarida  («Laokoon»,  1766,  «Ham burg  dram aturgiyasi», 
1769)  san’atdan  hayotni  keng  ravishda  va erkin  aks  ettirishni  talab  etdi, 
adabiy  asarda  vaqt  va  harakatning  bosh  rolini  aniqladi,  adiblam i  oddiy 
odam lam i  tasvirlashga  chaqirdi,  uning  tarbiyaviy  rolini  oshirishga 
undadi.
7

2. NE M IS TILID A   Y A R A T IL G A N  ADA BIY O T 
M A NBA LA RI
1.  Q ahram onlik eposi.
2.  N ibelunglar haqida q o ’shiq.
3.  H ildebrant q o ’shig’i.
M avzuga  doir  tayanch  s o ’z  va  iboralar:  R itsarlik  rom ani,  qadim gi 
germ anlar  (frankJar,  gotlar,  langobardlar  v.b.),  m ifologiya,  kosm o- 
goniya,  xalqlarning  buyuk  k o ’chishi;  epos,  q o ’shiq,  kolorit,  shpiylm an, 
skoplar,  vagantlar,  vagant  lirikasi.
Bu  adabiyot  ju d a  katta  davm i,  y a'n i  (V-XV  asrlar)  o ’n  asrlik 
m uddatni  qam rab  oladi.  Bu  davr  asarlarida  xalqlarning  buyuk  k o ’chishi 
bilan  bog’liq  tarixiy  hodisalar  ifodalangan  bo’lib,  bular  feodal 
tuzum ning  jonlanishi,  uning  zam irida  shahar  sosloviyasining  tu g ’ilishi 
voqealarini 
aks 
ettiradi. 
O ’rta 
asrlar 
adabiyoti 
ajoyib 
tarixiy 
yondashm alarga  boy  bo ’lib,  bular  -   “N ibelunglar  q o ’shig’i” ,  Volfram  
fon  Eshenbax  ( Wolfram  von  Eschenbach)  va  Gotfrid  Strassburglining 
ritsarlik  rom anlari,  m innezingerlar she’riyati  va boshqalardan  iboratdir.
Qadim gi  germanlctr  (franklar,  gotlar,  langobardlar  va  b.)  eram izning 
birinchi  asrlarida  Yevropaning  eng  kuchli  etnik  guruhlaridan  hisoblanar 
edilar.  U lar  Elba  va  Reyn  daryolari  oralig’idagi  katta  kenglikda  Dunay 
b o ’ylarida  va  Rim  im periyasi  ham da  unga  dahldor  yerlarga  yurishlar 
qiluvchi  turm ush tarzlari  k o ’chm anchilikdan  iborat xalqlar edilar.
Germ an  qabilalari  bu  davrda  rivojlanishning  u rug’chilik p o g ’onasida 
b o ’lib,  ular  asosan  chorvachilik  va  qism an  dehqonchilik  bilan  m ashg'ul 
edilar.  Ijtim oiy  va  x o ’jalik   faoliyatining  muhim   m asalalari  xalq 
m ajlislarida m uhokam a qilinar edi.
Doim iy  harbiy  yurishlar  shunga  olib  keldiki,  qabila  hayoti  bora-bora 
harbiy  tashkilot  tusini  ola  boshladi.  D rujinachilar  tepasida  turgan  knyaz 
asosiy  figura  rolini  o ’ynay  boshladi.  U nga  va  uning  kishilariga  harbiy 
ulushning  k o ’proq  qismi  tegadigan  bo ’ldi.  Shunday  qilib,  urug’chilik 
tuzum i  zam inida  qabila  aristokratiyasi,  y a’ni  o ’tgan  asrlar  dvoryan- 
ligining  ilk shakli  vujudga keldi.
8

Germ an  xaqlarining  m adaniyati  va  badiiy  ijodi  haqida  k o ’p 
yodgorliklar  saqlanib  qolm agan.  Rim  tarixchisi  Tatsitning  guvohlik 
berishicha,  germ anlar  o 'z   m ifologiyalariga  va  kosm ogoniyalariga 
dunyoning  va  undagi  jonzotlarning  yaratilishi  haqidagi  afsonalarga  ega 
b o ’lganlar.  U lar  o ’z  q o ’shiqlarida  Tuisko  xudosi  va  uning  o ’g ’li 
Manning  germ an  qabilalarining  dastlabki  vakilini  madh  etar  edilar. 
M a’lumki  qadim gi  germ anlarda  yozuvning  ilk  na’munalari  m avjud  edi. 
Ular  runik  yozuvlardan  foydalanganlar.  Dunyoning  boshqa  xalqlari 
singari  germ anlar  tarixiy  rivojlanishning  ilk  bosqichida  tabiiyki  o ’z 
og’zaki  ijodiga  ega  b o ’lgan.  Bular  jangovar  yurishlar,  undagi 
qahram onlar  haqidagi  q o ’shiqlardir.  Germ an  folkloriga  oid  bu  asarlar 
keyinchalik  m onaxlar  tom onidan  yozib  olingan  b o ’lib,  unda  germ an 
tarixining  ilk davrlari ifodalangan.
G erm aniya  yozm a  adabiyotining  barcha  m ashhur  yodnomalari 
eram izning  ilk  asrlarida yuz bergan  xalqlam ing 
buyuk 
k o ’chishi 
davri 
bilan 
b og’liqdir. 
Eram izning 

asrida 
Y evropa 
Attila 
sarkardalik  qilgan  xunnlar  istibdodiga  duchor 
b o ’lgan  edilar.  X unnlar  Q ora dengiz  b o ’ylarida 
ostgotlam i  tor-m or  etib,  g ’arbga  qarab  Rim 
im periyasi 
sarhadlaridan 
ichkari 
tom onga 
siljiydilar.  Y evropa  q it’asini  zabt eta  boshlagan 
xunlar  437-yilda  burgundlam i  (germ an  qabila- 
laridan) 
tor-m or  etadilar. 
Reyn  b o ’yidagi 
B urgundya  qirolligi  poytaxti  Vormsni  vayron 
qiladilar.  Bu  voqea  skandinavlar,  qadimgi 
germ anlar  va  ularning  afsonasi  “N ibelunglar 
q o ’sh ig ’F’da  ifodalangan.  Bu  eposda  Burgun- 
diya  qirolligining  fojeali  taqdiri  aks  etgan. 
A ttila  bu  asarda  Etsel  nomi  bilan  yuritiladi.  U 
Krim xildaning  eri,  burgund  qiroli  G yunterning  singlisi.  A ttila  (453) 
vafotidan  so ’ng  u  barpo  etgan  qabilaviy  ittifoq  sekin-asta  darz  keta 
boshladi.  Ayni  paytda  Rim  im periyasi  ham   tanazzulni  boshdan 
kechirayotgan  edi.  Bir  vaqtlar  yengilm as  kuchga  ega  b o ’lgan  Rim   turk 
va  germ an  qabilalar bilan  b o ’ladigan  doim iy janglarga  dosh  bera  olmay 
qolgan  edi.  475-yili  germ anlar  lashkarboshisi  O doakr  oxirgi  Rim 
im peratorini  taxtdan  qulatdi  va  m am lakatdagi  oliy  hokim iyatni  o ’z 
qo ’liga  oldi.  Odoakrning  hokim ligi  k o ’pga  borm adi.  493-yil  ostgotlar

qiroli  Teodorixdan  m ag ’lubiyatga  uchradi.  Bu  tarixiy  voqea  xalqlarning 
buyuk  k o ’chishi  davri,  Y evropada  yer  yuzida  bir  vaqtlar  qudratli 
bo ’lgan  qabilalarning  (V andallar,  ostgotlar  va  b.)  y o 'q   b o ’lib  ketishi 
germ anlarning  turli  epik  hikoyatlari  uchun  material  bo ’lib  xizm at qildi.
“N ibelunglar 
q o ’shig’i” 
(“N ibelungenlied” 
1200-yillar) 
nem is 
qahram onlik  eposlarining  yirik  asari  hisoblanadi.  XII  asr  oxirida  o 'rta  
yuqori  nem is  dialektida  (shevasida)  yozilgan  bu  epos  10  ta  to 'liq   va
yigirm a  ikkita  to ’liq  b o ’lmagan 
ro ’yxatda  ham da  uch  xil  asosiy 
tahrirda  bizgacha yetib  kelgan.  Bu 
nemis  xalqining  o ’z  porloq  o ’t- 
m ishiga  bo'lgan  m uhabbati,  katta 
guma-nisLik  g 'o y a la r va  m urakkab 
hissiyotlarga 
ixlosining 
dalola- 
tidir.  ‘'N ibelunglar  q o ’sh ig ’i”ning 
m ualliflari 
va 
om m alashtiruv- 
chilari 
shpiylm anlar 
(artislar, 
aytuvchilar)  b o ’lgan  bo ’lsa  ajab 
emas.  Ular  qadim gi  rivoyatlarga 
suyangan 
holda 
yangi 
zamon 
ruhini  ham   ifodalashga  intilganlar. 
Eposning  m azm uni  m ifologik  va 
tarixiy 
elem entlar 
faoliyatini 
om ixta  qilgan.  Asosan  Zigfrid 
liniyasi  m iflar  bilan  aloqador.  U 
qadimgi 
rivoyatlar 
ko’pgina 
germ an  xalqlarida  saqlangan.  A yniqsa  ular  skandinav  yerlarida  keng 
tarqalgandir.
Eposdagi  m ifologik  hikoyat  tarixiy  voqealar -   Burgund  qirolligining 
Reyndagi  xunlar  hujumi  tufayli  457-yil  halokati  bilan  uzviy  ravishda 
ulanib  ketgan.
“N ibelunglar  q o ’shig’i’'  39  ta  sarguzashtdan  iborat  bo’lib,  10000 
she’rni  o ’zida  m ujassam   etgan  epik  polotno  hisoblanadi.  M azkur  asar 
“nibelungcha”  hijoda  y a’ni.  o ’sha  davrgacha  m innezinger  Kyurenberg 
she’rlaridagina  uchraydigan  o ’lchovda  yozilgan  bo ’lib,  har  bir  to 'rtlik   2 
tadan  baytga  ega,  birinchi  bayt  4  ta  urg ’uli  b o ’g ’inga,  ikkinchi  bayt  3  ta 
urg’uli  b o ’g ’inga ega.
10

"N ibelunglar  qo ’shig’i’'  fojeaviy  koloritga  ega.  Unda  kuchli,  qora 
niyatli kishilar,  yaxshlik  va yer yuzida go'zallikni poym ol etuvchlar faol 
rol o ’ynaydi.
Eposda 
ezgulik 
urug’ini 
sepuvchi 
sifatida 
ishtirok 
etgan 
niderlandiyalik  shahzoda Zigfrid  xoinlik qurboni  bo'ldi.
B urgundiya  qiroli  G yuntem ing  singlisi  K rim hildaning  g o ’zalligidan 
xabar  topgan  va  u  bam oning  qalbini  zabt  etishga  oshiqqan  Zigfrid 
Vorms  shahriga y o ’l  oladi.  Lekin  bir yil  m obaynida Zigfridga  m a’shuqa 
jam olini  k o ’rish  nasib  etm aydi.  Uning  vaqti  harbiy  m usobaqalar,  turli 
erm agu-ziyofatlarda  o ’tadi.  Gy unter  bilan  birgalikda  uzoq  Islandiyaga 
otlanadi.  U  yerda  ajoyib  sohibjam ol  Brunhilda  yashaydi.  G yunter  uni 
o ’ziga  qalliqlikka  olish  niyatida  b o ’ladi.  Brunhilda  go ’zallik  sohibasi 
b o ’libgina  qolm ay,  tengsiz  kuch  qudratga  ega.  U  faqatgina  o ’zini 
mushkul  m usobaqalarda  yenga  olgan  kishigagina  bag’ishlashga  rozi. 
Faqat  Zigfrid  uning  bu  shartini  bajarishga qodir.  Yoshlikda  u  ajdarhoni 
o ’ldirib,  uning  qonida  cho’milganligi  boisdan  tengsiz  kuchga  ega. 
Bundan  tashqari  u k o 'z  ko ’rmas qalpoqcha  sohibi  hamdir.
U  Gyuntem ing  o ’rniga  m usobaqaga  kirishib  Brunhildani  kurashda 
yengadi.  Lekin  sinov  bu  bilan  tugam aydi.  Zigfrid  Brunhildani  nikoh 
to ’shagida  ham  yengadi:  ya’ni  uning  qizlik  kam arini  va  uzugini  yechib 
olishga  m uyassar  b o ’lib,  uni  Gyunterga  topshiradi.  Zigfridning  tengsiz 
jasorati  va  betakror  xizm atlari  evaziga  G yunter  singlisi  Krim hildani 
unga xotinlikka beradi.
K o’p  yillar o ’tadi.  Kelin-kuyov  baxtiga qirolichalam ing janjali  raxna 
soladi.  Natijada fojeaviy  yakun  qirol  oilasini falokatga duchor etadi.
Kunlarning  birida  cherkovga  kiraverishda  B runhilda  va  Krim xilda 
o ’z  erlarining  nim aga  qodir  va  qobillikiari  xususida  ham da  cherkovga 
kim  birinchi  qadam   q o ’yishi  to 'g ’risida  bahslashib  qolishadi.  Krimxilda 
achchiq  va jahl  ustida  B m nhildaga uning  birinchi  nikoh  kechasida  sodir 
bo ’lgan  voqeaning  sirini  oshkor  etadi  va  buning  dalili  sifatida  qizlik 
kamari  ham da  uzukni  k o ’rsatadi.  B runxilda  alam  va  adovatdan  nafasi 
tiqiladi.  Bu  sharmandalikni  qonli  qasosgina  yuvishi  mumkin.  Burgurid 
qirolichasining  shanini  him oya  qilib,  qasoskor  sifatida  G yuntem ing 
vassali jasu r  va yovuz  Hagen  chiqadi.
Krim hildaning  ishonchini  qozongan  Hagen  Zigfridning  nozik joyini, 
y a’ni, 
yelkasidagi  tig’  o ’tadigan  joyini  bilib  oladi.  Bu  jo y   ajdarho 
qoniga  cho’m ilgan  paytda  lipa  daraxtining  bargi  tushib  qon  tegmay 
qolgan  ekan.  Ov  paytida  Hagen  Zigfridni  xoinona  o ’ldiradi,  uning
11

bevasidan  Zigfrid  tom onidan  bir  vaqtlar topilgan  N ibelunglar xazinasini 
tortib  oladi  va  uni  Reyn  suvlariga  ch o ’ktirib  yuboradi.  Burgund 
bahodirlari  o ’z  taqdirlarini  xazinalar bilan  b o g ’laganliklari  boisidan  ular
-   nibelunglar,  y a’ni,  tum an  m am lakatida  yashovchilar  deb  atala 
boshlaganlar (Nebel-tum an).
Shundan  so ’ng  K rim hilda  beadad  g ’am -anduhda  qoladi.  Zigfridning 
o ’limi  uchun  qasos  olish  rejasi  yetila  boshlaydi.  U  xunlar  qiroli  Etselga 
erga  tegadi.  Judolikka  va  taqdirga  tan  bergan  odam dek  burgundlarni 
huzuriga  m ehm onga  chorlaydi.  Paytini  poylab  uning  tarafdorlari  xunn 
harbiylari  bilan  qonli jan g   uyushtiradi.  Tengsiz  jangda  barcha  burgund 
pahlavonlari  halok  b o ’ladilar.  G ’azabga  to ’lgan  K rim hilda  o ’z  akasini 
o ’ldirishni  buyuradi,  yarador  Hagen  boshini  o ’zi  tanidan  ju do  qiladi. 
K rim hildaning 
yovuzligi 
hatto 
Etselni 
ham  
dahshatga 
soladi. 
Krim hildaning  g ’azabnok  qasoskorligining  guvohi  bo ’lgach,  uning 
o 'zin i  ham  o ’ldirtiradi.
„N ibelunglar  qo ’shig’i“da  ritsar  rom anlaridan  farqli  ravishda  feodal 
m unosabatlar  ideallashtirilm agan.  O 'rta  asrlar  voqeligi  kolopitli, 
haqqoniy  ifodalanadi,  dunyo  m akr-hiyla,  nayrang,  qonli  qasos,  o ’z 
shon-shuhrati  uchun  kurash  va  yovu/.likdan  iborat  ekanligi  fosh  etiladi. 
Ishonuvchan  Zigfrid  va  K rim xildalar  shu  davr  qurboni  bo'lganlar. 
Bulam ing  sababi esa feodal  tuzunm ing  illatidir.
Feodallam ing  ayovsizligi,  yovuzligi  eposda  Hagen  von  Trope  obrazi 
orqali  ifodalangan.  U  o"z  xulq-atvoriga  k o ’ra  G yuntem ing  vassali.  Shu 
sababli  B urgundiya  saroy  ahlining  sulolasi  m anfaatlaridan  kelib  chiqib 
ish  k o ’radi.  Unga  oddiy  inson  iztirobi  um um an  yot.  U  qirollik  taqdiri 
uchun  o ’zini  ham,  boshqalam i  ham  ayam aydi.  Bu  y o ’lda  xoinlik  va 
aldoqchilikdan  ham   qaytm aydi.  Hagen  Zigfridni  Brunhildaning  shanini 
va  qirollikni  him oya  qilam an  deb  o ’ldiradi.  Zigfrid  o ’lim idan  so ’ng 
Krim hildaning  ta'siri  kuchayishidan  cho’chib,  unga  tegishli  N ibelunglar 
xazinasini  bosib  oladi  va  epos  so ’nggida  o ’z  hayotini  tikib  bo ’lsa  ham  
yashirib  q o ’yilgan  (Reynga  cho’ktirgan)  joyini  aytm aydi.  Unda 
sosloviya  -   monarxistik  hissiyot  doim o  insoniy  fazilatlardan  ustun 
kelaveradi.  Hagen  o ’z feodal jasorati  bilan  ham  ibratli,  ham  dahshatli.  U 
Zigfridni  halok  qilibgina qolm ay,  K rim hildaga  ham   ozor  yetkazadi.  O ’z 
poetik  uslubiga  k o ’ra  “N ibelunglar  q o ’shig’i”  feodalizm   davrigacha 
bo ’lgan poetik  yodnom alardan  farq qiladi.
’’H ildebrand 
haqidagi 
q o ’shiq” 
ilk 
o ’rta 
asr 
germ an 
epik 
poeziyasining  yagona  yirik  yodnom asi  hisoblanadi,  Bu  asar  Fulds
12

monastrining  ikki  ruhoniysi  tom onidan  VIII  asm ing  oxiri  va  IX  asr 
boshlarida  ilohiy  traktat  sahifalarida  yozilgan.  Uning  asosida  xalq 
xotirasi m uhrlangan tarixiy  voqea yotadi.
Bu  q o ’shiqda  tarixiy  faktlarga  qaram a-qarshi  o ’laroq  Hildebrant 
ostgotlar  qiroli  Dyotrix  (Teodorix)  drujinasining  boshlig’i  va  qirol 
maslahatchisi  b o ’lib,  o ’z  hukmdori  bilan  birgalikda  ltaliyadan  O toaxr 
(Odoakr)  g ’azabidan  qochadi.  Italiyada  uning  yosh  xotini  va  norasida 
o ’g ’li  X adubrant  qolib  ketadilar. 
Q uvg’inga  uchraganlar  Attila 
saroyidan 
panoh 
topadilar. 
Oradan 
o ’ttiz 
yil 
o ’tadi. 
Q o’shin 
lashkarboshisi  sifatida  Hildebrant  O doakrga  qarshi  yurish  boshlaydi. 
Chegarada  uning  y o ’lini  o ’z  drujinasi  bilan  X adubrant  to ’sib  chiqadi. 
O ’sha  davr  udum iga  k o ’ra  bahodirlar  olishuv  oldidan  bir  birini  ismini, 
zotini,  qabilasini  surishtirganlar.  Hildebrant  raqibi  o ’z  o ’g ’li  ekanini 
bilib  qoladi,  qon  to ’kishni  to ’xtatib  qolm oqchi  bo ’ladi.  Yosh  Hadubrant 
otasini  allaqachonlar  halok  b o ’lgan  deb  o ’ylaydi  va  otasining  taklifm i 
“xunlar 
nayrangi” 
deb 
hisoblaydi 
va 
bu 
uning 
xushyorligini 
bo ’shashtirib  unga zarba berishning  vositasi  deb  biladi.
Hadubrant H ildebrantni  m akkorlik  va q o ’rqoqlikda ayblaydi.  Bunday 
haqoratdan  keyin  olishuvning  b o ’lishi  muqarrardir.  Q o ’lyozm a  shu 
yerga  kelganda  yirtilgan,  m ojaro  nihoyasiga  yetm ay  qolgan.  Shunday 
hollarda  boshqa  xalqlam ing  epik  asarlarida  (m:  rus  afsonalari, 
Firdavsiyning  “Shohnom a”sidagi  Rustam  va  Suhrob  kabi)  ota  odatda 
g ’olib  chiqadi.  Balki,  bu  asarda  ham   shunday  tugallanm a  b o ’lgandir. 
Keyingi  variantda  tragik  kollisiya  yaratish  bilan  nihoyalanadi.  Eposda 
asosan  diqqat  personajlarning  qahram onlik  faoliyatiga  qaratilgan. 
M ualliflam i  k o ’proq  hikoyaning  qahram onlik  plani  qiziqtiradi.  T o ’gri, 
Hildebrantda otalik  m uhabbati  bir necha daqiqa j o ’sh  uradi,  lekin harbiy 
burch  bu  tuyg’uni  tezda  bosib  ketadi.  Shu  sababdan  qahram onlar 
psixologik jihatdan  bir-biriga  o ’xshash,  individuallashtirilm agan,  ularga 
chuqur ichki kayfiyat xos  emas.
Germ an  epik  q o ’shiqlari  bevosita  drujina  m uhitida  yaratilgan. 
Ularning  m ualliflari  drujina  q o ’shiqchisi,  harbiy  yurishlarda  qatna- 
shuvchi,  poetik  qobiliyat  sohibi  skoplardir. 
U  shuningdek,  bu 
q o ’shiqlam ing  ijrochisi  hamdir.  Bu  q o ’shiqlar  rechetativ  bilan  arfa 
jo ’rligida  g ’alabalar  m unosabati  bilan  berilgan  ziyofatlar,  bayram lar  va 
boshqa  tantanalarda  kuylangan.  K eyingi  tarixiy  davrlarda  xristian- 
likning  m ustahkam lanishi  bilan  skop  funksiyasi  shpiylm an(Spielmann)- 
larga  o ’tadi.  Ular  xonanda  b o ’libgina  qolm ay,  qiziqchi,  akrobat.
13

sozanda,  turli  ichak  uzdi  latifalam ing  m ualliflari  va  ijrochilari  edilar. 
Ularning 
san’ati 
cherkov 
ta ’qibi 
ostida  bo'lganligidan 
noligan 
xarakterda  edi.  Skoplar  poeziyasi  singari  shpiylm anlar  ijodini  ham  
cherkov  e ’tirof  etm as  edi.  C hunki  ularning  faoliyati  diniy  g ’oyalarni 
targ ’ib  etishga  dahldor em as  edi.  Xalq  qahram onlik  eposlariga  qaram a- 
qarshi  cherkov  o ’zining  adabiyotini  lotin  tilida  yozilgan,  xudoga 
m uhabbat,  dunyo  quvonchlariga  nafrat  ruhidagi  asarlarni  yaratdi.  XII 
asrga  kelib  nem is  jam iyatida  sezilarli  sotsial-iqtisodiy  siljishlar  yuz 
berdi.  Feodal  tuzum   yangi  kuch  bilan  o ’zini  nam oyon qila boshladi.  Shu 
paytgacha  cherkovning  m utloq  nazoratida  bo ’lgan  san’at  borgan  sari 
dunyoviylik  kasb  eta  boshlaydi.  M uhabbatni  kuylovchi  lirik  poeziya 
ravnaq  topa  boshadi.  Bunday  asarlarda  qahram on lam ing  sarguzashtlari 
k o ’proq  o ’rin  egallay  boshaldi.  Ritsarlik  adabiy  hayotning  barcha 
qatlam lariga  kirib  kela  boshladi.  Jam iyatga  m adaniy  rahbarlik  qilishda 
ritsarlik  cherkov  bilan  raqobat  qila  boshladi.  XII-  XIII  asrlar  dunyoviy 
adabiyotining  o ’ziga  xos  xususiyati  vagantlar  lirikasi  b o ’lib,  feodal 
Y evropaning  barcha  m am lakatlaridagi  shahar  va  qishloqlarda  yurib,  o ’z 
quvnoq 
q o ’shiqlarini 
kuylashar 
edilar. 
Bu 
q o ’shiqlarda 
hayot 
quvonchlari  e ’zozlanar,  sxolastik  olim lik  va  diniy  asketizm ga  nafrat 
ifodalanar  edi.  Ular  ikkiyuzlam achilam i,  o ’sha  zam on  jam iyatining 
parokandaliklarini  ju r’at  bilan  fosh  etar  edilar.  V agantlam ing  shunday 
she’rlaridan  300  dan  ortiq  q o ’lyozm a  B avariya  m onastirlaridan  birida 
saqlanadi. 
X II-X III  asrlarda  Yevropaning  k o ’pgina 
shaharlarida 
universitetlam ing  ochilishi  va  ularga  turli  m am lakatlardan  yoshlam ing 
oqib  kelishlari  va  bilim   olishga  intilgan  talabalarning  bir  dorilfunundan 
boshqasiga  o ’tib  yurishalari  xarakterli  hodisa  edi.  Ular  hayotdan 
ajralgan  sxolast  o ’qituvchlar  ustidan  kulib  turli  q o ’shiqlar  to ’qiydilar. 
K o’pchiligi  k o ’chib  yuruvchi  talabalam i  tashkil  etgan  vagantlar  sevgi, 
vino  va yoshlikni  madh etadilar.
V agantlar  uchun  erkin  hayot  ideal  hisoblanadi.  Ular  insonni  har 
qanday  chegaralashga  qarshi.  V agantlar  o ’zlari  zam ondosh  b o ’lgan 
she’riyat 
m undarijasini 
kengaytirib 
yuborardilar, 
uning 
shaklini 
takom illashtirar  edilar.  Jahongashta  talabalar  lirikasining  qahram onlari 
ilk bora tirik, konkret  shaxsga aylandi.  Bu  tabiiyki,  she’riyat  yutug’i  edi.
14

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling