Neoklassik iktisodiy nazariya


Download 118.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2020
Hajmi118.64 Kb.
#119887
Bog'liq
Neoklassik iktisodiy nazariya - Vikipediya


Neoklassik iktisodiy

nazariya

Neoklassik iktisodiy nazariya — iqtisodiy

nazariyada marjinalizm gʻoyalari

anʼanalarini davom ettirgan yetakchi

yoʻnalish. Bu nazariyaning eng mashqur

vakillari A. Marshall (Buyuk Britaniya), L.

Valras (Shveysariya), J. Klark (AKD1), K.

Viksel (Shvetsiya), A. Pareto (Italiya), P.

Samuelson, K. Errou (AKD1) va boshqa

Hozir jaqondagi iqtisodchilarning aksari-


yat qismi Neoklassik iktisodiy nazariya n.

tarafdorlaridir. Mazkur nazariya

marjinalistik ta-moyillar asosida

shakllanib, 20-asr dan Neoklassik

iktisodiy nazariya n. deb nomlandi.

Neoklassik iktisodiy nazariya n.da

raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar

narxining shakllanishini va ishlab

chiqarish omillarini oʻrganish uchun eng

soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — meʼyoriy

naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy

tushumlar, meʼyoriy harajatlar va boshqa

tahlillari qoʻllaniladi. Neoklassik iktisodiy

nazariya omillari va tovarlarning bozor

narxi ularning kamyobligi bilan bogʻliq.

Neoklassik iktisodiy nazariya n. nuqtai



nazariga kura, meʼyoriy miqdorlar kishilar

oʻzlarining iqtisodiy faoliyatida qabul qila-

digan qarorlarida hal qiluvchi oʻrinni

egallaydi. Neoklassik iktisodiy nazariya

n.ning asosiy goyasi mukammal raqobat

muvozanatli iqti-sodiyotni yaratadi degan

qarashdaniborat. Shuningdek, bu

nazariyada iqti-sodiyot tavsifiga

mikroiqtisodiy yondashuvlar ustunlik

qiladi. D. Rikardo va K. Marks davrida

katta munozara-ixtiloflarga sabab boʻlgan

daromadlarni taqsimlash nazariyasi

masalasida neoklassiklar uni juda tinch

va joʻn yoʻl bilan hal etadilar: har qanday

ishlab chiqarish omili egasi bu omilning

meʼyoriy unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha

yollangan ishchi ishlab chiqargan yoki


kapi-talning qoʻshimcha birligi yaratgan

mah-sulotga teng daromad oladi.

Neoklassik iktisodiy nazariya n. har

qanday bozorni talab va taklif egri

chiziqlari yordamida tahlil qiladi. Talab va

taklif egri chiziklari kesi-shadigan nuqta

neʼmatlarning muvozanatli narxini va

muvozanatli miqdorini koʻrsatib beradi.

A. Marshall 1890 yilda yozilgan

"Iqtisodiyot tamoyillari" asarida "siyosiy

iqtisod" tushunchasidan voz kechdi va

"economics" tushunchasini qoʻlladi. Bu

tushunchaning yuzaga kelishi

iqtisodiyotni siyosatdan xalos qilish bilan

barobar voqea edi. Chunki davlatning

iqtisodiyotga aralashuvchi hamma vaqt



ham samarali boʻlavermagan. 1902

yildan boshlab "Ekonomiks" kursi Kembrij

universitetida oʻqitila boshlandi. Yangi

yoʻnalish tarafdorlari erkin raqobat va

bozor gʻoyasini yana jonlantirdilar, bozor

iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini

keskin cheklash kerakligini koʻrsatib

berishdi. Neoklassik iktisodiy nazariya

n.larning bir qancha maktablari mavjud:

Avstriya maktabi, Lozanna (matematik)

maktabi, Kembrij (ingliz) maktabi,

Amerika maktabi. Keyingi davrda (P.

Samuelson) "neoklassik sintez" konsep-

siyasi ham paydo boʻldi. "Neoklassik

sintez" bu aslida hozirgi neokeynschilik

va neoliberal goyalarni ilk neoklassik



karashlar bilan birlashtirib, uygʻunlashti-

rilishidir.

Hozirgi davrda, ayniqsa, rivojlangan

mamlakatlarda Neoklassik iktisodiy

nazariya n. iktisodiyot fanining amalda

barcha muammolariga nisbatan

qoʻllaniladi.

/Id: Razzoqov A. vab., Iqtisodiy taʼlimotlar

tarixi, T., 2002.

Abduxalil Razzoqov.

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Manbalar


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

 

 



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Neoklassik_iktisodiy_nazar

iya&oldid=1876618

" dan olindi 



Last edited 4 years ago by Ximik1991Bot

Download 118.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling