Neotropik oblast quruklikdagi flora va zoogeografiya oblasti bo'lib o’simliklar neotropik oblasti bilan hayvonlar neotropik oblastining chegarasi bir-biridan bir oz farq qiladi


Download 447.6 Kb.
Sana26.03.2022
Hajmi447.6 Kb.
#615105
Bog'liq
Neotropik oblast
213 17 Jumayev Otabek NTA 2on, 35-мактаб УТИБДУ хисоботи 2020 й., Dasturlash 10.1 labaratoriya, BAYONNOMA 1-Son (4), Сиртки булим Uzbekcha 1 Oraliq nazorat savollari(2), my town, rus tili itog, 1 amaliyot, 16331575835646149, 605.7000.000РЭ 061 А4, Bayonnoma, Abdurazzokova 3-mustaqil ish, ingiliz tili, Auditda tahliliy amallar

Neotropik oblast - quruklikdagi flora va zoogeografiya oblasti bo'lib o’simliklar neotropik oblasti bilan hayvonlar neotropik oblastining chegarasi bir-biridan bir oz farq qiladi. 
Neotropik flora oblasti. Neotropik osimliklar dunyosi - quruklikdagi asosiy botanik-geografik oblastlardan biri. Yangi Dunyoning materik qismini, shimolda Quyi Kaliforniyadan va Meksika togligining janubiy qismidan to janubda 40° j.k. gacha bolgan joylarni hamda Markaziy Amerikaga yondosh orollarni oz ichiga olgan. Iqlimi tropik, 25° j.k. dan janubda subtropik va motadil iqlim.

O’simlik dunyosi boy va xilma-xil, aksari qismi mezofil ormon osimliklaridan iborat. O’simliklar orasida asosiy orinni pantropik osimlik oilalari, shuningdek, neotropik turkum vakillaridan kosmopolit osimlik oilalari egallagan. Endemik osimlik oilalari kam, lekin ularning bir kismi kaktusdoshlar va boshqalar osimliklarningtarkibi vaumumiy manzarasi uchun juda tavsifli. Nisbatan turgun muhit sharoitida Neotropik oblastning boshqa oblastlar florasi bilan aloqasi va floraning Neotropik oblast doirasida differensiatsiyalanishi neotropik floraning uzok, vaqt ajralgan holda rivojlanganligini korsatadi. Neotropik oblastning tropik Afrika va Shim. yarim sharning baland tog floralari bilan oxshashlik belgilari juda kop. 


Neotropik oblast bir necha kichik oblastlarga bolinadi. Karib kichik oblasti - Meksikaning chekka qismlari, Markaziy Amerika, Antil orollari hamda Kolumbiya va Venesuela qirgoqlari yaqinidagi orollarni oz ichiga oladi. Osimliklari palmadoshlar, burchokdoshlar, lavrdoshlar va boshqa turlarga boy; daraxtsimon paporotniklar va sagov-niklar kop. Kichik oblastning shim.da qaragaydoshlarning bazi vakillari uchraydi. Endemik osimliklar kop. Orinoko savanna kichik oblayet i da burchokdoshlar, yirik bugdoydoshlar va boshqa kop. Endemiklar esa meyoridauchraydi. Amazonka gileya kichik oblasti Amazonka daryosi havzasidagi keng gileya ormonlarini ozichiga oladi And toglarining shar-qiy etaklari bilan Atlantika okeani oraligi, 6 - 10° shahrik.dan 10 - 15° j.k.gacha. Osimliklarga juda boy; sharoitning bir xil bolishiga qaramay osimliklari ixtisoslashgan. Endemik pal-malar, burchokdoshlar, sutlamadoshlar, marenadoshlar, epifitlardan orxide-yadoshlar, bromeli va aroid turlari kop. Braziliya kichik oblasti quruq iqlimli siyrak ormonlar va savannalar kichik oblasti - Braziliya yassi togligini va 30° j.k.dan boshlab shim.dagi maydonlarni egallagan. Bombakslar, palmalar, sutlamadoshlar, kaktuslarning oziga xos turlari uchraydi. Braziliya kampos savannalarida daraxtsimon osimliklardan tash-qari, bugdoydoshlar, qoqidoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqa tur-kumlarning turlari tarkalgan.Brazi-liyaning jan. da tropik va subtropik doimiy yashil daraxt va butalar araukariya bilan birgalikda uchraydi. La-Plata pampa kichik oblasti - And toglari bilan Atlantika okeani oraligi 30° j.k.dan jan.dagi tekislik dashtlar. Oziga xos bugdoydoshlar, qoqidoshlar, ituzumdoshlar va boshqa osadi. Eski Dunyodan keltirilgan osimlik turlari ham anchagina bor. And kichik oblasti - Jan. Amerika ma-terigining togliq qismi, Kolumbiyadan Chilining orta qismigacha bolgan yerlar. Mezofil ormonlar, doimiy yashil lavr ormonlari, baland tog osimlik formatsiyalari va chollarni oz ichiga oladi. Endemik turlar va tur-kumlar kop. Tinch okeandagi orollar Galapagos va Xuan-Fernandes florasi uziga xos xususiyatga ega. 
Neotropik zoogeografiya oblasti. Jan. Amerika materigini, Markaziy Amerikaning kup qismi shim.da Meksika togligigacha, Xuan-Fernandes, Galapagos, Olovli Yer orollari, Fol-klend, Katta va Kichik Antil orollari va Bagama orollaridan iborat. Neotropik oblast harakterli belgilari bilan boshka oblastlardan farq qiladi, chunki Jan. Amerika paleogen va neogen davrlarida boshka materiklardan ajralgan edi. Neotropik oblast faunasi turlarga boy. Sut emizuvchilardan chala tishlilar turkumi ; ke-miruvchilardan gajak dumli jayralar, dengiz chochqalari, agutilar, shinshillalar va boshqa endemik turlar kup uchraydi. Tok, tuyokdilardan tapirlarning bir kancha turlari, bugularning bir necha uruglari mazamalar, pudu va lamalar tarqalgan. Xaltalilar kichik sin-figa kiruvchilardan plavunlar, opos-sumlar va endemik senolestlar oilasi; yirtqichlardan itsimonlar va yenotsimonlar oilasining bir necha turi, ayiqning bir turi, yaguar, otselot, puma va mayda mushuklarning bir qancha turi, primatlardan keng burunli maymunlar uchraydi. Qon soruvchi kurshapaklar bor. Daryolarda lamantin va dare delfinlari yashaydi. Qushlari juda xilma-xil, nandu tuyaqushi, tinamu, kolibri, tutilar, chumchuk,simonlar, goatsin, kondor, garpiya, tu-kanlar bor. Neotropik oblastda qushlarning 20 dan ortik, endemik turi mavjud. Ularning ayrimlari Golarktika oblastial ham uchraydi. Sudralib yuruvchilardan kay-manlar, timsoxlar, har xil toshbaqalar, ilonlar, kaltakesaklar bor. Suvda va quruklikda yashovchilardan oyoqsizlar, dumsizlar pipa qurbaqasi va boshqalar koproq tarqalgan. Balikdardan ikki xil nafas oluvchi lepidosiren, ulkan arapayma, yirtqich piranya va boshqa juda kop. Hasharotlardan chumolilar va barg kemiruvchilar uchraydi. Rangbarang qanotli katta kapalaklar yashaydi. Orgimchaklardan ulkan qushhor bor. 
Neotropik oblast Gviana-Braziliya, PatagoniyaAnd yoki Chili-Patagoniya va Antil kichik oblastlariga bolinadi. Neotropik oblast faunasi ancha vaqt ajralgan holda taraqqiy qilganligiga qaramay qoshni zoogeografiya oblastlari tasirida tarkib topgan, chunki uzoq otmish geologik davrlarda Avstraliya, shuningdek, Efiopiya oblastlari va undan keyinrok, boshka oblastlar bilan aloqada bolgan. Bazi olimlarning fikricha, xaltalilar bor davrida Avstraliyaga Antarktida orkali Jan. Amerikadan otgan. Yoriq tishlilarning tenreklar bilan oxshashligi, shuningdek, lamantin va ikki xil nafas oluvchi balikdarning mavjudligi Neotropik oblastning kadimda Efiopiya oblasti va Madagaskar bilan alokada bolganligini korsatadi. Neotropik oblastdan uy hayvonlari ham kelib chiqqan: sut emizuvchilardan lama va dengiz chochqasi, qushlardan mushkli ordak, umurtqasizlardan koshenil shular jumlasidandir.
Download 447.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling