Ni multisim дастурий муҳитида лаборатория ишини бажариш тартиби Электроника ва радиотехника


Download 1.21 Mb.
Sana13.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#322374
Bog'liq
3 лаб узб
Abdulqodir Ganiev 3-mustaqil ish, bmt nato, turizm va mehmonxona xojaligi marketingi, fizika axb-tex, 4rFh88HZ75uAYa986wjV9Iyf38MmSq2Yejgr3TPV, fizika axb-tex, 3 лаб узб, 1, boshlangich-talim-metod-birlashmasi-ish-rejasi, boshlangich-talim-metod-birlashmasi-ish-rejasi, Globallashuvning falsafiy muammolari Reja, LEKSIKOLOGIYA tahlili, 3-sinf nazorat ishlari., 2 лекциядавоми Такдимот табиатдаги кучлар


NI Multisim дастурий муҳитида лаборатория ишини бажариш тартиби Электроника ва радиотехника кафедраси ассистенти А.Х. Абдуллаев


NI MULTISIM DASTURIY MUHITIDA LABORATORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI

NI Multisim dasturiy muhitida ishlashni o‘rganish uchun quyida berilgan laboratoriya ishidan foydalanamiz:



3- LABORATOIYA ISHI



BTda yasalgan UB kuchaytirgich sxemasini tadqiq etish

Ishnining maqsadi: Sxemalarda bipolyar tranzistor (BT) bazasi umumiy (UB) qilib bajarilgan kuchaytirgich kaskadlarini tajribada tahlil qilish; yuklama (omik) qarshiligi qiymatining kuchaytirgich parametrlariga ta’sirini o‘rganish.

Berilgan parametrlar: 𝐼𝑒0 = 3.5mA; RE=0.5 kOm; RK=1kOm; E2=13V.

3.1 – rasm. BTda yasalgan UB kuchaytirgich sxemasi


3.1 jadval.


𝜔𝑡, 𝑔𝑟𝑎𝑑

0

30

60

90

120

150

180

210

240

270

300

330

360

𝐼𝑒(𝜔𝑡), 𝑚𝐴








































𝑈𝑒(𝜔𝑡), 𝑉








































𝐼𝑘(𝜔𝑡), 𝑚𝐴








































𝑈𝑘(𝜔𝑡), 𝑉







































𝐼𝑒(𝜔𝑡) = 𝐼𝑒0 + 0,8𝐼𝑒0 sin(𝜔𝑡) = 𝐼𝑒0 (1 + 0,8 sin(𝜔𝑡)); (3.1)

Bizga yuqqorida keltirilgan 3.1 – rasmda keltirilgan sxemani NI multisim dasturiy muhitida yig’ib laboratoriya mashg’ulotini bajarish topshirilgan bo’lsin. Buning laboratoriya mashg’ulotini NI multisim dasturiy muhitida bajarish uchun biz quydagi ketma-ketlikda ishlarni olib borishimiz zarur:


  1. NI multisim dasturiy muhitida mashg’ulot uchun kerakli bo’lgan elementlarni tanlab olish;

  2. NI multisim dasturiy muhitida sxemani yig’ishda elementlarni to’g’ri joylashtirish;

  3. Yig’ilgan tayyor sxema asosida mashg’ulotni bajarish. Demak, ushbu 3ta ketma-ketlikdagi ishlarni bajaramiz.



    1. NI MULTISIM DASTURIY MUHITIDA MASHG’ULOT UCHUN KERAKLI BO’LGAN ELEMENTLARNI TANLAB OLISH

Demak, bu jarayonni amalga oshirish uchun 3.1 – rasmda keltirilgan sxemadagi elementlar:



      • 2 ta manba E1 va E2;

      • 2 ta qarshilik, Re va Rk;

      • 2 ta ampermetr;

      • 2 ta voltmetr;

      • 1 ta yer.

Ushbu elementlarni NI multisim dasturiy muhitida topamiz va ishni bajaramiz.

NI multisim dasturiy muhitining ishchi oynasi.




Bu oynada multisimning komponentalari ya’ni bizga kerakli elementlari topishimiz mumkin!



Quyidagi rasmda esa biz group qismidan o’zimizga kerakli elementlarni tanlab olishimiz mumkin. Bu Sources qismida biz aktiv elementlar tok va kuchlanish manbalari joylashgan.



Quyida keltirilgan rasmda Power_Sources bu kuchlanish manbasi bo’lib, undan o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanish manbalari hamda Ground topishingiz mumkin.



Ishni bajarish mobaynida foydalaniladigan manbalarni tanlab olishda natija olinadigan ya’ni ko’rsatiladigan jadvalga e’tibor berishimiz lozim. Bu ishdagi jadvalga qaraydigan bo’lsak biz Ie tok orqali boshqarishimiz mumkin. Demak, bizga 1 ta o’zgarmas tok va kuchlanish manbasi kerak bo’ladi.



Keyingi 3.1 – rasmga qaraydigan bo’lsak E1 manbaga ulangan A1 ampermetrda Ie tok berishimiz kerak. Shuning uchun biz E1 manbani o’zgarmas tok manbasi olamiz, E2 manba sifatida o’zgarmas kuchlanish manbasini olamiz.



Quyida NI Multisim dasturiy muhitida elementlarni tanlab olish keltirilgan. E1 manbani o’zgarmas tok manbasi Sources -- Signal_Current_Sources --- DC_Current tanlab olamiz.



E2 manba sifatida o’zgarmas kuchlanish manbasi Sources-Power Sources- DC_Power ni tanlab olamiz.



Qarshiliklarni tanlab olish quydagi rasmda keltirilgan:




Voltmetrlarni tanlab olish ulanadigan klemmalarning manfiy hamda musbat qismi sxemaga qarab tanlab olinadi.



Ampermetrlarni tanlab olish ulanadigan klemmalarning manfiy hamda musbat qismi sxemaga qarab tanlab olinadi.



Yarim o’tkazgichlar NI Multisim dasturiy muhitida quyidagi rasmda keltirilgan hamda ularning turi juda ko’p shu tufayli Virtual yarim o’tkazgichlardan foydalanish mumkin.



Bu rasmda Tranzistorlar keltirilgan. Bizning ushbu mashg’ulotni bajarishda bipolyar tenzistorlarning n-p-n tipidagi tranzistorlardan foydalanmoqdamiz.



Siz o’zingizga kerakli bo’lgan boshqa elementlarni ham Select a Component

bandidan topishingiz mumkin.

    1. NI MULTISIM DASTURIY MUHITIDA SXEMANI YIG’ISHDA ELEMENTLARNI TO’G’RI JOYLASHTIRISH

Quyidagi rasmda ushbu elementlarni multisimda olingan holati keltirilgan.




Sxema uchun zarur elementlarni ham olib, ularni o’zimizga qulay holatga burib olishimiz mumkin. Buning uchun kerakli elementni tanlab olasiz va sichqoncha o’ng tugmasini bosasiz va bunda quydagi oyna hosil bo’ladi.




Bundan o’zimizga kerakli holatga burib olish uchun kerakli buyruqni tanlab olamiz. Misol uchun quydagicha holatga keltirib olamiz.






Demak, biz sxemani yig’ish uchun hamma kerakli elementlarni tanlab oldik va sxema yig’ilganda quydagicha bo’ladi.



Biz 3.1-rasmda keltirilgan sxema bo’yicha NI Multisim dasturiy muhitida yig’ib oldik. Endi bu sxema asosida laboratoriya mashg’ulotini bajarishimiz mumkin.


    1. YIG’ILGAN TAYYOR SXEMA ASOSIDA MASHG‘ULOTNI


BAJARISH.

Oldingi bandlarda biz mashg’ulotni bajarish uchun kerakli elementlar tanlab olindi va ishni bajarish uchun tayyor sxema holatiga keltirildi. Ushbu bandda biz yig’ilgan tayyor sxema orqali berilgan mashg’ulotni bajaramiz.

Yuqorida keltirilgan 3.1-sxema asosida (3.1) formuladan foydalanib NI Multisimda yig’ilgan sxemada berilgan parametrlar asosida natijalarni olamiz.

Birinchi navbatda berilgan parametrlarni sozlab olamiz. Bunda har bitta elementni sozlash uchun uning ustiga 2 marta bosamiz va natijada quydagi oyna hosil bo’ladi.



Bu oynadan foydalangan holda barcha elementlarni o’zimizning parametrlarni qo’ygan holda sozlaymiz va bunda quydagicha holatga ega bo’lamiz.



Endi tayyor parametrlari kiritilgan sxema asosida dasturni ishga tushirib natijani 3.1-jadvalga yozib olamiz.



Ya’ni bu yerda quydagicha natijalar yozib olindi


𝐼𝑒(𝜔𝑡) = 𝐼𝑒0 + 0,8𝐼𝑒0 sin(𝜔𝑡) = 𝐼𝑒0 (1 + 0,8 sin(𝜔𝑡)); (3.1) formuladan foydalanib 𝐼𝑒(𝜔𝑡), 𝑚𝐴 ning qiymatini hisoblab chiqamiz. Misol uchun:

𝐼𝑒(𝜔𝑡)1 = 3.5(1 + 0,8 sin(00))=3,5

𝐼𝑒(𝜔𝑡)2 = 3.5(1 + 0,8 sin(300))=4,9



Va 𝐼𝑒(𝜔𝑡), 𝑚𝐴 qiymatlarini E1ga berib, yana natijalarni yozib olamiz.

Demak, ushbu ishni boshqa hisoblangan natijalar asosida qayta takrorlaymiz va jadvalning qolgan qismini ham to’ldirib olamiz.



Shunday qilib, NI Multisim dasturiy muhitida elektronika va sxemalar bo’yicha ko’plab mashg’ulotlarni virtual tarzda bajarish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling