Nikel va uning birikmalari Tabiatda uchrashi


Download 15.33 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi15.33 Kb.
#319335
Bog'liq
nikel va uning birikmalari
Ona tili 11-sinf, Sardor Mustaqil ish, 1- Mavzuda Nazorat savollar , Xojaqulov ShirinbekAdabiyot , Umumiy pedagogika 2-kurs Z. N. Ortiqova 1 O‘zbekiston res, 3- amaliy mashgulot, 1-labaratoriya ishi, 13-mavzu.matem.2-kurs, Jakhondor , Jakhondor , Jakhondor , Jakhondor , 1-MUSTAQIL ISH , KIBERXAVFSIZLIK HODIEV MUHRIDDIN, Calculus mustaqil ishi-1 Nuriddin, 1-amaliyga vazifa

Aim.uz

Nikel va uning birikmalari
Tabiatda uchrashi. Nikel tabiatda kupfernikel NiAs  va mishyak nikel yaltirog’i  holatida uchraydi NiAsS.

Nikel juda yaltiroq oq kumushsimon metall, juda qattiq, magnitga tortiladi. Kobaltga o’xshash olinadi. U juda korroziyaga chidamli. Atmosferada, suvda, kislotalarda va ishqorlarda barqaror. Nikelning kislotalarga munosabati  temir va kobaltga o’xshash.

Nikel qotishmalari juda ko’p ishlatiladi. Nixrom 70% Ni va 20%  Cr. Nikel konstantin termoparalarda ishlatiladi.

NiO, Ni2O3,  Ni(OH)va Ni(OH)3  ma’lum.

NiSO+ 2NaOH = Ni(OH) + Na2SO4

                        Oqish yashil cho’kma

Ni(OH)va Co(OH)2 temir birikmalaridan farq qilib havo kislorodi bilan o’z-o’zidan oksidlanmaydi:

2Ni(OH)+ Br+ 2NaOH = 2Ni(OH)3 + 2NaBr

                                               Qora tusli asos

 Eritmada [Ni(H2O)6]2+- to’q  yashil rangli ion hosil qiladi. NiCl2 sariq rangli.



Temir oilasi elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati. Temir va kobaltning tabiatdagi roli juda muhimdir. Temir barcha o’simlik va hayvon organizmlari  uchun zarur elementddir. Odam organizmida temir gemoglobin, jigar, taloq,orqa miya, buyrak,qon plazmalari tarkibida uchraydi.Turli to’qimalarda temirning miqdori  4-5 g ga etadi.O’simliklarda temir  nafas olishni ta’minlovchi fermentlar tarkibiga kirib, xlorofil sintezida ishtirok etadi.Temir birikmalari tirik organizmda to’qimalarga kislorod yetkazib berish, oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga  katalizatorlik qilish, elektron tashish kabi muhim vazifalarni bajaradi.

Gemoglobin va mioglobin to’qimalarning nafas olishini ta’minlaydi. Ular tarkibida  temir(II) birikmalari bo’ladi.Gemoglobin ikki vazifani bajaradi: u kislorodni o’pkadan to’qimalarga tashiydi, CO2 ni bo’lsa to’qimalardan o’pkaga tashiydi.Temirning qolgan birikmalari organizmdagi turli xil oksidlanish-qaytarilish kabi biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.  

Organizmga temir yetishmasa, kamqonlik kasalligi boshlanadi, odamning madori qurib, o’zini behush sezadi, kayfiyati buziladi. Bunda organizmga qaytarilgan temir beriladi. Masalan feramid. Feramid bu temir hamda nikotin kislotasi amidining kompleks birikmasi bo’lib bu modda Toshkent farmatsevtika institutida prof. M.A.Azizov rahbarligida institutning markaziy ilmiy tekshirish laboratoriysida  ishlab chiqarilgan va tibbiyotga joriy etilgan.

Bundan tashqari tibbiyotda  FeCl3 qon to’xtatuvchi modda sifatida  ham ishlatiladi. FeSO4*7H2O va temir laktati va temir gliseratining ham ishlatilishi ma’lum.  Ortiqcha temir yurak-qon tomirlari,  jigar va o’pka faoliyatini buzilishiga sabab bo’ladi.

Biotizimlarda kobalt birikmalarining ayniqsa, B12vitaminining(C63 H90 N14 P Co ) ahamiyati katta. B12  kompleks birikma bolib, uning tarkibida kobalt(III) bo’ladi. B12 vitamin organizmda o’sish, qon aylanishi, eritrositlarning yetilishi, qonning ivishi, uglevod va lipidlar almashinuvini boshqaradi.Odam organizmida bu vitamin yetishmasa, xuruj qiluvchi kamqonlik zo’rayadi, organizmning turli yuqumli kasalliklarga bardoshi susayadi.

Hayvon va odam organizmi ichak devoralari B12   vitaminini ishlab chiqaradi.

Nikel ham biokimyoviy jarayonlarda qatnashib, fermentlar faoliyatiga ta’sir qiladi. Tarkibida oltingugurt tutgan aminokislotalar sitnezini faollashtiradi.

Qolgan VIII B guruh elementlari ichida  platinaning kompleks birikmalari organizmda oksidlanish jarayonlarini boshqarishda qatnashishi aniqlangan. Tsis holatdago yuzilishga ega bo’lgan  platina(II) va (IY) larning kompleks birikmalari xavfli o’smalarga(saraton) qarshi samarali vositaligi topligan.



Tibbiyotda anemiyaga qarshi temir, temirII) sulfat, temr(III) sulfat, temir(II) xlorid, temir(III) oksid, temir (II) laktat  va boshqa temir birikmalarini tutgan  moddalar dori sifatida keng qo’llaniladi. Masalan: qaytarilgan temir, temir gliserifoafat, gemostumulin, fitoferrolaktol, ferropleks, konferon, ferum-lek, ferrosen, feramid va boshqalar. Anemiyga qarshi samarali vositalardan biri vitamin B 12 hisoblanadi. Bu vitamin boshqa kasalliklarda ham samaralidir.

 
Download 15.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling