Nima uchun aynan python?


Download 1.2 Mb.
Sana14.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#336760
Bog'liq
Kirish darsi


KIRISH. Pythonni o'rnatish va birinchi dasturni tuzish

NIMA UCHUN AYNAN PYTHON?


Python — o'rganish uchun oson, foydalanish uchun qulay, ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, dasturlashga yangi kirganlar uchun ham, soha mutaxassislari uchun ham zo'r tanlov.

Python dasturlash tiliga bo'lgan talab yildan yilga oshib kelmoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko'ra, 2020 yilda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko'p talab bo'lgan


Python o'rganish uchun 5 sabab:
  • Python Artificial Intelligence (Sun'iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma'lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun'iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan. Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.
  • Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi.
  • O'rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod. Quyidagi ikki tilda yozilgan kodlargaga e'tibor bering, va ulardan qay biri tushunarliroq ekanini ko'ring (ikkisi ham bir vazifani bajaradi)

// JAVA

public class Main {

public static void main(String[] args) { System.out.println("Assalom Alaykum!");

}

}



# PYTHON

print("Assalom Alaykum!")


Moslashuvchanlik —Python dasturlash tili ma'lum bir masalalarni yechish bilan chegaralanmagan. Bu til dasturchilarga yangi va yangi yo'nalishlarga ki'rish imkonini beradi. Python quyidagi sohalarda qo'llaniladi: Web va Internet dasturlash, kompyuter o'yinlarini yaratish, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash (DB), computer vision, foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi va hokazo.


                                                                                                                                                                                                                                                                          


BIRINCHI DASTURIMIZ —"Hello World!"


Avvalo python bilan ishlash muhiti PyCharm ni ochamiz va file menyusidan NewProject ochamiz.

Proyektimizga o’zimiz proyektlarni saqlaydigan xotira manzilini ko’rsatamiz va ,,Lesson_1’’-deb nom beramiz .



Create qilamiz

Proyekt yaratib olganimizdan keyin. Yangi python file yaratamiz. Buning uchun File>New..>python file. Va ‘’hello_world’’ deb nom beramiz.

  • Faylni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qiling:
  • Fayl nomi qisqa, kichkina lotin harflari bilan va eng muhimi bo'shliq (пробел) qo'ymasdan yozilgan bo'lishi kerak
  • Fayl nomi .py bilan tugashi kerak (misol uchun faylnomi.py)
  • Faylga ikki so'zdan iborat nom qo'ymoqchi bo'lsangiz so'zlar orasini tire (-) yoki pastki chiziq (_) bilan ajrating. Misol uchun: hello-world.py yoki hello_world.py
  • Fayl nomini sonlar bilan boshlamang

print("Hello World!")


print() bu Pythondagi mahsus funktsiya bo'lib, () ichida berilgan matn yoki ifodalarni ekranga (konsolga) chiqarish vazifasini bajaradi.

Konsolda Hello World! yozuvini ko'rgan bo'lsangiz, TABRIKLAYMIZ! Siz Pythonda birinchi dasturingizni yozdingiz.


Misollar:


print('Assalom alaykum')

print(Hayrli tong!)

print(2+4*2)

print(19/5)



print(2**4)
Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling