Nima uchun insonlar sayohat qilishadi va nega kerak? Odatda insonlar doimiy hayot yashash tarzini biroz o’zgartirish maqsadida sayohatga chiqishadi


Download 14.1 Kb.
Sana02.06.2020
Hajmi14.1 Kb.
#113278
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Nima uchun insonlar sayohat qilishadi va nega kerak? Odatda insonlar doimiy hayot yashash tarzini biroz o’zgartirish maqsadida sayohatga chiqishadi. Shunchaki tabiat qo’yniga yaqinlashish, dengiz sohillarida dam olish, dunyoni turli burchaklariga tashrif buyurish so’z bilan ta’riflab bo’lmaydigan hissiyotlar va unutilmas xotiralarni taqdim etadi. Sayohat-insonlarda stresslardan qutulish, o’z oldiga yangi maqsadlar qo’yish va ishga kirishishda muhim turtki bo’la oladi. Undan tashqari chet ellarga tashrif buyurganda o’zini erkin xis etishi uchun insonlarga til o’rganishga kuchli motivatsiya berishi mumkin. Yer yuzida 8 milliarga yaqin odam yashaydi. Odamlar sayohat qilish jarayonida ba’zi narsalarni solishtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqa davlatlarda aholisining yashash tarzi biznikidan ko’ra yuqoriroq yoki aksincha bo’lishi mumkin. Boshqacha tartib-qoidalar, qonunlar doirasiga tushish hayotimizga boshqacha nazar solishga yordam beradi. Rivojlangan davlatlarda bo’lib ko’p narsani o’rganish mumkin: texnologiyalar, tozalik va hokazo. Bu jarayonda o’rgangan ba’zi jihatlarimizni o’z hayotimizda qo’llab, uni yaxshiroq qilishimiz mumkin. Bir mashhur sayohatchi ta’kidlaganidek:. Va albatta qashshoq mamlakatlarni ko’rib ancha yaxshi hayot kechirayotganimizni anglashimiz, muhim xulosalar chiqarishimiz mumkin.

Dunyo eshiklari hamma uchun ochiq. Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan turizm sohasi barcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Minglab kilometr masofani bir necha soatlarda bosib o’tish mumkin va siz umuman boshqa muhitga tushib qolasiz. Hayotimizga real nazar solsak, ko’pchilik uzoq sayohatlarga chiqishga ko’plab faktorlarni qarshilik qilishini ta’kidlashi mumkin. Asosiylaridan biri sayohat qilish moddiy taraflama qiyinchiliklar keltirib chiqarishida. Lekin astoydil harakat qilsa bu narsa qarshilik qila olmaydi. Xohish bo’lsa kifoya.
Download 14.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling