Nima uchun shaxs shakllanishida ijtimoiy muhit ustuvor hisoblanadi


Download 82.9 Kb.
Sana17.04.2022
Hajmi82.9 Kb.
#641040
Bog'liq
2-topshiriq sosiologiya
eng yangi tarix 2-topshiriq

Savol

Nima uchun shaxs shakllanishida ijtimoiy muhit ustuvor hisoblanadi

(F) Fikringizni bayon eting



Ijtimoiy muhit - insonning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy shart-sharoitlar. Muxit keng maʼnoda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni-ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini oʻz ichiga oladi. Tor maʼnodagi Ijtimoiy muhit (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, oʻquv va boshqa guruhlardan iborat. Ijtimoiy guruh shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati taʼsirida ijtimoiy guruh oʻzgaradi, bu oʻzgarishlar jarayonida odamlarning oʻzlari ham oʻzgaradi.

(S) Fikringizning bayoniga sabab ko’rsating

Misol uchun xar bir tashkilot idora bo’yicha ish faoliyatini har kim har xil ishlar bilan tashkil qiladi yani har kimning vazifasi har xil shuning uchun ijtimoiy muhit har kimning xizmat vazifasiga asosan har xil ta’sir qiladi.

(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

Davlat tashkiloti xodimlari bilan o’zaro aloqalar. Tabirkorlar va savdo sotiq bilan shugullanuvchu fuqarolarning o’zaro munosabalatlari turlicha buladi.

(U) Fikringizni umumlashtiring

Do’sting kimligini aytsang seni kimligingni aytaman degan maqol bilan umumiylashtirmoqchiman

1-savol. FSMU metodi orqali berilgan savolga javob bering.
2-savol. Berilgan jadvalga muvofiq Fundamental sotsiologiyaning funksiyalarini keltiring


Fundamental Sotsiologiyaning funksiyalari







Faraziy tuzilmalash konstruksiyalash funksiyasi

Prognoz (bashorat) qilish funksiyasi.




Bilish funksiyasi.

Sotsial loyihalash funksiyasi

Qayta о‘zgartiruvchilik funksiyasi





Boshqaruv funksiyasi

Axborot funksiyasi

3-savol. Berilgan jadvlaga muvofiq jamiyatning asosiy belgilarini keltiring





Jamiyatning belgilari







sotsial strukturaning mavjudligi

jamiyat a’zolari (insonlar) o‘rtasida


o‘zkro ta’sirlar va bog‘lanishlar



sotsial institutlaming mavjudligi

sotsial zamonning (vaqtning) mavjudligi


muayyan bir hududga


ega bo’lish

4-savol. Berilgan jadvalga muvofiq Kvaziguruhlarning asosiy belgilarini keltirib jadvalni to’ldiring.





Kvaziguruhlarning asosiy belgilari





o'zaro aloqalarda turli-tumanlikning yetishmasligi



aloqalarning bir yo'nalishli ekanligi

hamkorlikdagi xatti-harakatlaming faqat qisqa vaqt davom etishi

guruh ichidagi o'zaro aloqalaming barqaror emasligi

tuzilishining o'z-o'zidan yuz berishi

5-savol. Jamiyatning rivojlanish davrlarida ularga xos bo’lgan belgilarni quyida keltirilgan jadvalga muvofiq ravishda to’ldiring







Industrialdan oldingi davr

Industrial davr

Postindustrial davr

Rivojlanishni boshqaruvchi prinsip

An’anaviylik

Iqtisodiy o‘sish

Bilimlarnining markaziy o’sish o’rni

Isblab chiqarishning
asosiy sektori

Xom ashyo tayyorlash

Ishlov berish

Xizmat ko‘rsatishlar

Ishchi kuchining asosiy qismi

Tabiiy muhitni o‘zlashtirish bilan band bo'lgan dehqon

Materiallami qayta
ishlash bilan band
bo'lgan ishchi

Axborotlar, bilimlar va
timsollar bilan ishlaydigan xodimlar

Resurslarni biriktiruvchi boshqaruv guruhi

Xo'jayin, mulk egasi

Tadbirkor, rahbar

Tadqiqotchi, mutaxassis, etakchi ma’mur

Asosiy ishlab chiqarish birligi

Oila

Korxona, zavod, fabri

Tadqiqot instituti, servis ofisi

Ehtiyojlarning oliy darajasi

Asosiy maishiy ehtiyojlar

Sotsial ehliyojlar

O'zini o'zi hayotdagi
ishtirokini ta’minlash, bilimlarga ehtiyoj sezish

Vaqt istiqboli

O'tmishga qaratilgan

Hozirgi davrga
moslashuv

Kelajakka yo'nalganlik, bashoratlar, senariylar

Sotsial kommunikatsiya a’zolar

Inson – tabiat

Inson- mashina

Inson-Inson

Harakatlantiruvchi kuch

Tabiiy resurslar, jismoniy kuch

Yaratilgan eneigiya

Axborot, bilimlar bilan ishlash

Strategik resurs

Qziq-ovqat mahsuloti, xom
ashyo

Haqiqiy kapital,
«qoidalar to‘plami»,
«nou-xau»

Ta’lim, aqliy kapital

Texnologiya

Qo‘l mehnati

Mexanizatsiyalashgan
texnologiya

Aqliy texnologiya

Metod, qarorlarni boshqaruvchi

Sog‘lom idrok, «sinash va xatoliklar metodi», tajriba

Empirizm, sinov
tadqiqotlari

Qarorlar qabul qilishning
modellari, nazariy tayanchlar, tizimlami tahlil etish va boshq.

6-savol. Ehtiyojlar strukturasiga oid ta’limot kim tomonidan ishlab chiqildi va bu ta’limotning asosiy mazmuni nimadan iborat?


Ehtiyojlar strukturasiga doir ta’limot AQSh olimi Abraxam Maslou (1908-1970) tomonidan ishlab chiqildi. A. Maslou insonni «xohishli mavjudot» sifatida tavsiflab, u o'z xohishiga to'liq va tugallangan holda kamdan-kam erishadi, degan fikmi bildiradi. Agar odamda xohish va ehtiyojlar yo'qolib qolsa, bu vaqtinchalik holatdir. Agar bir ehtiyoj qondirilsa, uning o'miga ikkinchi ehtiyoj paydo bo'ladi va u inson diqqatxe’tibori va intilishini yangi paydo bo'lgan ehtiyojga yo'naltiradi. Odam bu ehtiyojini qondirgan taqdirda ham yana boshqa ehtiyoj o'zini qondirilishini talab qila boshlaydi. Inson hayoti doimiy ravishda nimagadir xohish bildirish davomida o'tib boradi.
7- savol. Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi piramidasini foiz tartibida hisoblaganda tartib bo’yicha to’g’ri joylashtiring
Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi konsepsiyasiriing muhim jihati- bu ehtiyojlar «hammasi birvarakayiga yoki hech narsa» prinsipi asosida qondirilmaydi. Ehtiyojlar qisman birdaniga paydo bo'lib qolishi ham mumkin, bunda inson bir vaqtning o'zida ikkita va undan ko'proq ehtiyojlar darajasida motivlashuvi mumkin. Maslouning fikricha, odamlar o'rtacha olganda, o'z ehtiyojlarini taxminan quyidagi darajalarda qondirishlari mumkin: fiziologik-85 %, xavfsizlik va himoyalanish-70 %, sevilish va mansublik-50 %, o'zini o'zi hurmatlash-40 %, o'zini o‘zi muhimlashtirish-10 %. Shuningdek, ehtiyojlar ierarxiya bo'ylabasta-sekinlik vujudga kelib boradi.
1. Fiziologik ehtiyojlar, ochlik, tashnalik kabilarni qondirish
2. Xavfsizlik va himoyalanish ehtiyojlari, uzoq yashash va barqarorlikka erishish
3. Mansublikka erishish va sevilish, ahamiyat kasb etish, omilkor odamlarga qo'shilib ketish va ular tomonidan qabul qilinish
4. O'zini o'zi hurmat qilish ehtiyojlari, ahamiyat kasb etish, omilkoriik
5. O'zini o'zi muhimlashtirish ehtiyojlari, salohiyatni amalga oshirish

8-savol. Sotsial maqom va sotsial rol tushunchalariga ta’rif bering va o’zingizning jamiyatdagi sotsial maqomingiz va sotsial rolingiz haqida batafsil ma’lumot bering.


Sotsial maqom- shaxs va sotsial guruhlaming o'z ichiga kasb, malaka va mansabi bajaradigan ishining tavsifi, moddiy ahvoli, siyosiy mansubligi, ishdagi aloqalari, yoshi, oilaviy holati kabilarni o'ziga qamrab olgan ijtimoiy ahvolini jamuljam holda ifoda etuvchi ko'rsatkichdir. Sotsiologiya fanida sotsial maqomlami buyruq-farmoyishli va orttirilgan (erishgan) kabilarga bo'lib tasniflanadi. Buyruq-farmoyishli maqom — insonning shaxsiy xizmati qanday bo'lishidan qat’iy nazar, unga sotsial muhit tomonidan yuklangan jamiyatdagi vaziyatidan iboratdir. Ko'pincha buyruq-farmoyishli maqom insonning tug'ma sifatlarim (irqi, jinsi, millati, yoshi kabilarni) ifodalaydi.

9-savol Ta’lim sotsial institutining to’rtta asosiy funksiyalari va ularning ta’rifini keltiring


1. Jamiyatda madaniyatni tarqatish va uni turli vositalar bilan aholiga yetkazish funksiyasi. Bu ta’lim institutining eng birinchi va eng muhim funksiyasi hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, bu institut keng ma’nodagi madaniyatning qadriyatlarini (ilmiy bilimlar, fanlardagi yangi yutuqlar, ma’naviy qadriyatlar, xulq me’yorlari, turli kasblar uchun xos bo'lgan tajriba va malakalami) avloddan avlodga yetkazib boradi, shu bilan biiga, u ta’lim olishning asosiy manbasi bo'lib xizmat qiladi. Lekin, ta’limda milliylik xususiyatlari ham mavjud bo'lganligi bois, u milliy madaniyat va ma’naviyatni saqlashda, uni qo'llab-quwatlashda, millatni o'zligini anglashida muhim rol o'ynaydi.
2. Sotsiallashtirish funksiyasi, yoki yosh avlod dunyoqarashida jamiyatda hukmron bo'lgan ko'rsatmalar, qadriyatli mo'ljallar, hayotiy ideallami shakllantirish. Mazkur funksiya tufayli yoshlar jamiyat hayotiga birikadi, sotsiallashadi, sotsial tizimga integratsiyalashadi. Ayniqsa, axloqiy tarbiya va dunyoqarashni shakllantirish sotsiallashish jarayonining muhim jihati hisoblanadi. Yoshlar tomonidan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar adabiyot, tarix, jahon madaniyati, falsafa, etika kabi fanlami o'zlashtirish asnosida shakllanadi.
3. Sotsial seleksiyalash (tanlash) — ta’limning eng muhim funk- •siyalaridan biridir. Ta’lim jarayonining strukturasi shunday tuzilganki, u ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq o'quvchilar Va talabalar ichidan qobiliyatli, iste’dodli yoshlarni tanlash, ulaming individual manfaatlari va imkoniyatlariga qarab ta’lim maqomlarini berish vazifalarini bajaradi. • Hozirgi industrial jamiyatda ta’lim tizimi vertikal sotsial harakatchanlikni ta’minlash omili sifatida muhim o'rin tutadi. Oliy ta’lim diploma nufuzli va ish haqi ko'proq bo'lgan lavozim darajalarini egallashga imkon beradi. Shuningdek, odamlarga ta’lim darajasi nufuzli va serdaromadli kasblar bilan ta’nrinlashga yordam berishidan tashqari u insonning jamiyatdagi sotsial maqomi ko'rsatkichi sifatida ham namoyon boiadi.
4. Ta’lim sotsial institutining alohida va muhim funksiyalaridan biri — bu sotsial va madaniy о ‘zgartirish funksiyasidir. Bu funksiya o'zaro bir-biriga bog'liq ikkita usul bilan amalga oshirilkdi. Birinchisi, oliy o'quv yurtlari va boshqa ilmiy markazlardagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy muvafaqqiyatlarga erishish va kashfiyotlar jarayonida amalga oshadi. Oliy o‘quv yurtlari jamiyatning madaniy merosini boyishiga katta hissa qo'shadi. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlari bilan sanoat o‘rtasidagi qalin aloqalar natijasi o‘laroq fanlar, oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yuz beradi, uning natijasida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot tezlashadi. Shu bilan birga, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlaming o‘sib borishi ta’lim jarayonini takomillashuviga imkoniyatlar yaratadi, yangi g'oyalar va kashfiyotlar o'quv dasturlariga kiritiladi, natijada mutaxassislar tayyorlash sifati oshib boradi. Shuningdek, o'rta ta’lim berish tizimi iqtisodiyot, fan va madaniyat o'zaro aloqalarida muhim rol o‘ynaydi.
10-savol. «Axborot jamiyati» deganda nimani tushunasiz?
Postindustrial jamiyat ham agrar, ham sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo'lib, unda shaxsiy ehtiyojlar anchagina ortiqroq bo‘ladi. Bu-ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarish davri bo‘Ub, unga marketing va xizmat ko'rsatishni iloji boricha rivojlantirish, «sends xo'jaligi jamiyati»ga yaqinlashish xos bo'ladi. D.Bell va uning izdoshlari tadqiqotlariga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy davrlar va rivojlanish darajasini ifoda etadigan jadval tuzilgan Bunda industrialdan oldingi davr oldin eslangan agrar jamiyatga muvofiq keladi. Jadvalda postindustrial davrda xizmat ko‘rsatishdan tashqari kelajakka yo‘nalganlikni, shaxslararo kommunikatsiyalami, nazariy bilimlar, ta’lim va ilmiy tadqiqotlaming rolining katta ekanligi ochiq-oydin ko'rinib turibdi. Postindustrial jamiyat butunlay yangi texnologiyalardan foydalanishga o'tishi sababli «aqliy texnologiya», axborot va bilimlarga ishlov berish o‘sib boradi. Natijada postindustrial jamiyat iborasi «axborot jamiyati» qabilida ham ishlatila boshlandi.
Download 82.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling