Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana09.06.2018
Hajmi0.8 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

 

 



 

 

 



 

 

2017 

Niyozov Qahramon Adashaliyevich 

 

Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini 



qayta tayyorlash va ularning malakasini 

oshirish instituti 

 

Biologiya fanini o‘qitishda 

pedagogik texnologiyalar 

Namangan 

Oʻquv-uslubiy qoʻllanma 


 

 



МТ112 - biologiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari uchun tayyorlangan 

mazkur  o‘quv-uslubiy  qoʻllanma  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2006  yil  16 

fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada 

takomillashtirish  to‘g‘risida”gi    va  2014  yil  15  avg‘ustdagi  234-sonli  “Xalq  ta’limi  xodimlarini  qayta 

tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi    qarorlari  hamda  Xalq  ta’limi  vazirligining  2016  yil  30  dekabrdagi  “Xalq  ta’limi  tizimi 

rahbar  va  pedagog  xodimlarining  2017  yil  uchun  malaka  oshirish  rejalarini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi 

308-sоnli  buyrug‘i  bilan tasdiqlangan  “Tayanch  o‘quv  reja”  va  “Mutaxassislik  fanlari”  bloki  bo‘yicha 

davlat talablari, o‘quv-mavzu reja va dasturi(VII to‘plam)ga muvofiq ishlab chiqildi. 

Ushbu 

o‘quv-uslubiy  qoʻllanma

dan 

malaka  oshirish  kursi  tinglovchilari

,  uslubchilar, 

oʻqituvchilar foydalanishlari mumkin. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

        Tuzuvchi :                         Q.Niyozov - NVXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar 

                                                              ta’limi kafedrasi  katta oʻqituvchisi 

 

 

 

 

 

 

 

 

Taqrizchilar:                  E.Ikramov  - NamDU dotsenti.  

 

                                                   I.Nurmatov – NVXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar 



                                                                ta’limi kafedrasi  katta oʻqituvchisi 

           

                                          

                                         

 

                                             



 

 

 



 

Ushbu  o‘quv-uslubiy  qoʻllanma  NVXTXQTMOI  tabiiy  va  aniq  fanlar  ta’limi 

kafedrasining  29.11.2017  yildagi  yig’ilishining  9-sonli  bayonnomasi  bilan  ma’qullangan 

hamda  institut  ilmiy

 

kengashining    30.11.2017  yildagi  10-sonli  bayonnomasi  bilan 



foydalanishga tavsiya etilgan.  

 



KIRISH 



 

Zamоnaviy  ta’limni  tashkil  etishga  qoʻyiladigan  muhim  talablardan  biri  оrtiqcha 

ruhiy va jismоniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa 

vaqt  оrasida  muayyan  nazariy  bilimlarni  oʻquvchilarga  yetkazib  berish,  ularda  ma’lum 

faоliyat  yuzasidan  koʻnikma  va  malakalarni  hоsil  qilish,  shuningdek,  oʻquvchilar 

faоliyatini  nazоrat  qilish,  ular  tоmоnidan  egallangan  bilim,  koʻnikma  hamda  malakalar 

darajasini  bahоlash  oʻqituvchidan  yuksak  pedagоgik  mahоrat  hamda  ta’lim  jarayoniga 

nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 

     Pedagоgik texnоlоgiya oʻz mоhiyatiga koʻra sub’yektiv xususiyatga ega, ya’ni, har 

bir pedagоg ta’lim va tarbiya jarayonini oʻz imkоniyati, kasbiy mahоratidan kelib chiqqan 

hоlda  ijоdiy  tashkil  etishi  lоzim.  Qanday  shakl,  metоd  va  vоsitalar  yordamida  tashkil 

etilishidan qat’iy nazar pedagоgik texnоlоgiyalar: 

-    pedagоgik faоliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradоrligini оshirishi; 

-

 



oʻqituvchi  va  oʻquvchilar  oʻrtasida  oʻzarо  hamkоrlikni  qarоr  tоpedagogik 

texnologiyairishi; 

-

 

oʻquvchilar  tоmоnidan  oʻquv  predmetlari  boʻyicha  puxta  bilimlarning  egallanishini 



ta’minlashi; 

-

 



oʻquvchilarda mustaqil, erkin va ijоdiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishi; 

-

 



oʻquvchilarning  oʻz  imkоniyatlarini  roʻyobga  chiqara  оlishlari  uchun  zarur  shart-

sharоitlarni yaratishi; 

-

 

pedagоgik  jarayonda  demоkratik  va  insоnparvarlik  g’оyalarining  ustuvоrligiga 



erishishni kafоlatlashi zarur. 

     Pedagоgik  texnоlоgiyalardan  majburan  fоydalanish  mumkin  emas.  Aksincha,  tajribali 

pedagоglar tоmоnidan asоslangan yoki  ular tоmоnidan qoʻllanilayotgan ilg’оr texnоlоgiyalardan 

maqsadga muvоfiq fоydalanish bilan birga, ularni ijоdiy rivоjlantirish maqsadga muvоfiqdir. 

 

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida biologiya fanini oʻqitish samaradorligini oshirish 



maqsadida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish oʻquvchilarning mustaqil bilim 

olishga  boʻlgan  qiziqishini  oshirish,  oʻquvchilarda  biologik,  oʻquv  amaliy,  mustaqil  va 

ijodiy fikr yuritish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun qulayliklar yaratadi.  

 

Biologiyaning turli sinflardagi oʻquv materiallari oʻquvchilarning axloqiy, ekologik, 



gigienik,  jinsiy  tarbiyasini  amalga  oshirishda  hamda  milliy  g’oyani  oʻquvchilar  ongiga 

singdirishda  boy  imkoniyatlarga  ega.  Oʻqituvchi  oʻzining  pedagogik  faoliyatida  bu 

imkoniyatlardan toʻliq foydalanishi lozim. 

Bugungi  kunda  bir  qatоr  rivоjlangan  mamlakatlarda  oʻquvchilarning  oʻquv  va  ijоdiy 

faоlliklarini  оshiruvchi  hamda  ta’lim-tarbiya  jarayonining  samaradоrligini  kafоlatlоvchi 

pedagоgik texnоlоgiyalarni qoʻllash bоrasida katta tajriba toʻplangan boʻlib, ushbu tajriba asоs-

larini tashkil etuvchi metоdlar interfaоl metоdlar nоmi bilan yuritilmоqda.  

Mazkur  metodik  qoʻllanmada  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  Biologiya  fani 

bo‘yicha o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va 

ijtimoiy  faoliyatlarida  amaliy  qo‘llay  olish  kompetensiyalarini  shakllantirishga 

yo‘naltirilgan  zamonaviy  yondoshuvlarga  asoslangan  ta’lim-tarbiya  jarayonini  tashkil 

etish va boshqarish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berilgan. 

 

 

 



 



Zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ularning maqsad va vazifalari.  



Oʻquv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish usullari

 

 



Reja:     

1.

 



Ta’limni rivojlantirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining oʻrni, maqsadi va  

     vazifasi. 

2. Pedagogik texnologiyalarning tasnifi. 

3. Mutafakkir allomalarning  pedagogik texnologiya haqidagi qarashlari  

 

Ta’limni rivojlantirishda  zamonaviy ta’lim yondashuvlarining oʻrni, maqsadi va 

vazifasi 

             Oʻzbekistonda  ta’lim-tarbiya  sohasini  isloh  qilishning  asosiy  omillaridan  biri 

“shaxs  manfaati  va  ta’lim  ustuvorligi”  dir.  Bu  omil  davlatimizning  ijtimoiy  siyosatini 

belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov 

tomonidan  bu  modelni  amalga  oshirish  bilan  hayotimiz  jabhalarida  roʻy  beradigan 

“portlash effekti“ natijalari roʻy-rost koʻrsatib berildi, ya’ni:  

 



ijtimoiy-siyosiy  iqlimga  ijobiy  ta’sir  qiladi  va  natijada  mamlakatimizdagi  mavjud 

muhit butunlay oʻzgaradi; 

 

insonning hayotidan oʻz oʻrnini topish jarayoni tezlashadi; 



 

jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi; 



 

jamiyatimizning potentsial kuoʻlarini roʻyobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb 



etadi; 

 



fuqarolik  jamiyati  qurishni  ta’minlaydi,  model  vositasida  dunyodan  munosib  oʻrin 

olishga, oʻzbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi.  

          “Portlash  effekti“  sari  shijoat  bilan    qadam  tashlash,  yoʻllarda  uchraydigan  

qiyinchiliklarni  bosqichma-bosqich  va  izchil  hal  etish  masalalari  nafaqat  pedagog 

nazariyachi  va  amaliyotchilarni  junbushga  keltiradi,  balki  jamiyatimizni  toʻliq 

pedagoglashtirish  muammosini  ijtimoiy  buyurtma  sifatida  keltirib  chiqaradi.  Demak, 

jamiyatimizning  har  bir  fuqarosini  tarbiyashunoslik  asoslari  bilan  tanishtirish,  yosh 

avlodni  barkamol  inson  qilib  voyaga  yetkazish  jarayonini  yangi  pedagogik  “qurol“  va 

vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir. 

Oʻ.Q.  Tolipov  interfaol  usullar  va  ularning  tavsifiga  quyidagi  ta’rif 

bergan:“Zamonaviy  talimni  tashkil  etishga  qoʻyiladigan  muhim  talablardan  biri  ortiqcha 

ruhiy va jismoniy kuoʻ sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak  natijalarga erishishdir. Qisqa 

vaqt  orasida  muayyan  nazariy  bilimlarni  oʻquvchilarga  yetkazib  berish,  ularda  ma’lum 

faoliyat  yuzasidan  koʻnikma  va  malakalarni  hosil  qilish,  shuningdek,  oʻquvchilar 

faoliyatini  nazorat  qilish,  ular  tomonidan  egallagan  bilim,  koʻnikma  hamda  malakalar 

darajasini  baholash  oʻqituvchidan  yuksak  pedagogik  mahorat  hamda  ta’lim  jarayoniga 

nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi”.   

         Bugungi kunda zamonaviy ta’lim  yondashuvlarining  maqsadi – ta’lim jarayonining 



zaruriy  samaradorligini  ta’minlash  va  oʻquvchilar  tomonidan  oʻqishning  koʻzlangan 

natijalariga erishishni kafolatlash.   

Zamonaviy  ta’lim  yondashuvlarining  bosh  vazifasi    pedagogga  oʻqitishning  yetarli 

samarasiga  erishishni  ta’minlovchi,  oʻquv  jarayonini  yaratish      hisoblanadi.  Zamonaviy 

ta’limning- predmeti –  oʻquv jarayoni, ob’ekti  -  oʻquv mashg’ulotlari 



 

Zamonaviy ta’lim bu - darslarni noan’anaviy tarzda tashkil etish boʻlib, uning muhim   



belgisi  aniq,  natijali  maqsadga  erishishdir.  Noan’anaviy  ta’lim  texnologiyasi  an’anaviy 

ta’lim  texnologiyasidan  farq  qilib,  oʻquvchilarning  bilish  imkoniyatlarini  rivojlanishiga 



sharoit  yaratadi,  mustaqil  ishlashlariga  alohida  e’tibor  beriladi,  bilish  faoliyatlari 

izlanuvchan va ijodiy harakterga ega boʻladi.  

Hozirgi 


ta’lim 

tizimida 

bilimlarni 

egallashning 

yangi 

kontsepedagogik 



texnologiyasiyasi  -  noan’anaviy  ta’lim  texnologiyalarining  uslublarini  qoʻllashni  taqazo 

etmoqda.  Noan’anaviy  ta’lim  texnologiyasi:  Hamkorlikda  oʻrganish,  modellashtirish, 

tadqiqot(loyiha)  texnologiyalariga  boʻlinadi  va  u  yaxlit  uzviy  tizim  asosida  olib  boriladi. 

Pedagogik  texnologiyaning  asosiy  tushunchasi,  soʻzsiz,  oʻquv  jarayoniga  tizim  sifatida 

yondashishdir.         

Noan’anaviy  ta’lim  berish  usuli  ta’limiy  maqsadni  amalga  oshirish  boʻyicha  ta’lim 

beruvchi  va  ta’lim  oluvchi  bilan  hamkorlik  faoliyatining  asosi  hisoblanadi.    Usullar:  

ta’lim  oluvchi  bilishi,  udallashi  va  qadrlashi  lozim  boʻlgan  koʻzlanayotgan  natijalarga 

erishishni ta’minlaydi. 

Bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar  oʻzaro funksional 

bog’liqda boʻlib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi.  

Pedagogik  texnologiya  –  oʻquv  jarayonini  texnologiyalashtirishni  butunligicha 

aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarning barcha tushunchalarini belgilash uchun, 

sinonim sifatida ta’lim texnologiyasi, oʻqitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin. 

Oʻqitish  texnologiyasi  –  birinchidan,  pedagogik  texnologiyani  jarayonli  harakat 

aspektini  anglatadi.  Bu  ta’lim  jarayonini  oʻzgaruvchan  sharoitlarda,  ajratilgan  vaqt 

davomida  istiqbollashtirilgan  natijalariga  kafolatli  erishishga  va  konkret  ta’lim-tarbiya 

jarayonlarini  amalga  oshirishni    instrumental  ta’minlovchi  usul  va  vositalar  (texnologik 

operatsiyalar)ning  tartibli  birligini  oʻzida  mujassamlashtirgan  ta’lim  modulini  ishlab 

chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni;  

ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli – bayonli aspektini ifodalaydi. Bu 

maqsadni  amalga  oshirish  va  istiqbolda  belgilangan  natijalarga  erishish  boʻyicha 

pedagogik hamda oʻquv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita). 

Ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning  ilmiy aspektini belgilash uchun 

ishlatiladi.  Bu  (fan  predmeti)  «texnika  va  inson  resurslarini  hamda  ularning  oʻz  oldiga 

ta’lim shakllarini opedagogik texnologiyaimallashtirish  vazifasini qoʻyuvchi  hamkorligini 

hisobga  olgan  holda  dars  berish  va  bilimlarni  oʻzlashtirishning  barcha  jarayonlarini 

yaratish, qoʻllash va belgilashning tizimli usuli».     

Interfaol  metod  –  ta’lim  jarayonida  oʻquvchilar  hamda  oʻqituvchi  oʻrtasidagi 

faollikni  oshirish  orqali  oʻquvchilarning  bilimlarni  oʻzlashtirishini  faollashtirish,  shaxsiy 

sifatlarini  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.“Interaktiv”  (interfaol)-inglizcha  soʻz  boʻlib, 



“interact”-   “inter” - bu oʻzaro, “act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.  

Yuqori  ta’kidlanganidek,  ta’lim  texnologiyasi  tushunchasi  oʻqitish  va  oʻrganish 

jarayoniga  tizim  sifatida  qarashni  anglatar  ekn,  avvalo  tizim  tushunchasini  tushunib  olish 

zarur.  


         Tizim  soʻzi-  tuzilma,  qismlardan  tuzilgan,    birikkan  yaxlit    narsa      yoki    hodisa  

ma’nosini  anglatadi. 



     Zamonaviy  ta’lim  yondashuvlari  bu  oʻqituvchining  pedagogik  texnologiyalarni  oʻrinli 

va  maqsadli  qoʻllagan  holda  noan’anaviy  ta’lim  va  tarbiya  berish  usullaridir.  Xoʻsh, 

texnologiya nima? Pedagogik texnologiya nima? 


 

         Dastlab  “texnologiya“  tushunchasiga  aniqlik  kiritaylik.  Bu  soʻz  texnikaviy 



taraqqiyot  bilan  bog’liq    holda  fanga  1872  yilda  kirib  keldi  va  yunoncha    soʻzdan  - 

“texnos“  (techne)  -  san’at,  mahorat,  hunar  va  “logos“  (logos)  -  fan soʻzlaridan tashkil 

topib  “hunar  fani“  ma’nosini  anglatadi. Biroq  bu  ifoda  zamonaviy  texnologik  jarayonni 

toʻliq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan 

foydalangan  holda  amallarni  (operatsiyalarni)  muayyan  ketma-ketlikda  bajarishni  koʻzda 

tutadi. 


       Pedagogik  texnologiya  -    termini  birinchi  bor  pedagogika    boʻyicha  ishlarda    XX 

asrning 20-yillarida  tilga  olingan 

Ta’lim  jarayonini    “Texnologiyalash”-  oʻqituvchining  shaxsiy  mahoratiga  bog’liq 

boʻlmagan holda universal tarzda loyihalanganligini bildiradi.  

Pedagogik texnologiya –ta’lim texnologiyasi 

       Pedogogik texnologiyaning asosiy maqsadi- oʻquv jarayonini takomillasht rish yoki 

oʻquvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish  



      Pedagogik texnologiyaning vazifasi-oʻquv jarayonini mazmunli rivojlantirish va vaqt 

doirasida olib borish  

          Pedagogik  texnologiya  -  bu  oʻqituvchi  (tarbiyachi)ning  oʻqitish  (tarbiya)  vositalari 

yordamida  oʻquvchi(talaba)larga  muayyan  sharoitda  ta’sir  koʻrsatishi  va  bu  faoliyat 

mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilangan  shaxs  sifatlarni  intensiv  shakllantirish 

jarayonidir. 

          Yuqorida 

keltirilgan 

ta’rifdan 

koʻrinib 

turibdiki, 

pedagogik 

texnologiya 

tushunchasini  izohlashda  texnologiya  jarayonni  asos  qilib  olindi.  Aslini  olganda  ham  bu 

tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda koʻpdir.  

         Pedagogik  texnologiya  oʻqitish  jarayoning  oʻzaro  bog’liq  qisimlarini  tashkiliy 

jihatdan  tartibga  keltirish,  bosqichlarini  qurish,  ularni  joriy  etish  shartlarini  aniqlash, 

mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. 

Yoxud  pedagogik  texnologiya  oʻqituvchining  kasbiy  faoliyatini  yangilovchi  va  ta’limda 

yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. 

            Shu  bilan  birgalikda  ma’lum  vaqt  davomida  pedagogik  texnologiya  oʻquv 

jarayonini  texnik  vositalar  yordamida  amalga  oshirish,  deb  qamrab  kelindi.  (40-50 

yillarda)  70  -  yillardan  boshlab  pedagogik  adabiyotlarda  bu  tushunchaning  mohiyati 

yangicha talqin etila boshlandi.  

            Yapon  olimi  T.  Sakamoto  tomonidan  “oʻqitish  texnologiyasi  -  bu  oʻqitishning 

maqbulligini  ta’minlovchi  yoʻl-yoʻriqlar  tizimi  bilan  bog’liq  bilimlar  sohasi”  ekanligi 

e’tirof etiladi. 

             Rus  olimasi  N.F.Talizina  texnologiyani  “belgilangan  oʻquv  maqsadiga 

erishishning  oqilona  usullarini  aniqlashdan  iborat“  deb  tushuntiradi  pedagogik 

texnologiyani  fan  sifatida  e’tirof  etish  K.K  Selevko  tomonidan  ham  ma’qullandi: 

“Pedagogik  texnologiya  oʻqitishning    birmuncha  oqilona  yoʻllarini  taqdim  qiluvchi  fan 

sifatida ham  ta’limda qoʻllaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real 

oʻqitish  jarayoni  sifatida  ham  mavjuddir”.  Olimning  ta’kidlashicha  “pedagogik 

texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida ierarxik darajada ishlatiladi: 



 

 



Pedagogik texnologiyalarning tasnifi 

1) 

Umumpedagogik  (umumdidaktik)  daraja  :  umumpedagogik    (umumdidaktik, 

umumtarbiyaviy)  texnologiya  ma’lum  mintaqada  ,  oʻquv  yurtida  ,  ma’lum  oʻqitish 

bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi. 

2) 


Xususiy  metodik  (  predmetli  )  daraja:  xusuiy  predmetli  pedagogik  texnologiya 

“xususiy  metodika”  ma’nosida  qoʻllaniladi,  ya’ni  ta’lim  va  tarbiyaning  aniq  mazmunini 

joriy etish metodlari va vositalari yig’indisi sifatida bir predmet. sinf, oʻqituvchi doirasida 

qoʻllaniladi ( fanlarni oʻqitish metodikasi , oʻqituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi). 

3) 

Lokal  (  modulli)  daraja  :    lokal  texnologiya  oʻzida  oʻquv  -            tarbiyaviy 

jarayonning ayrim qismlarini,  xususiy didaktik va tarbiyaviy  masalalar  yenchimini oʻzida 

mujassamlashtiradi  (alohida  faoliyat  turlari  texnologiyasi,  tushunchalarni  shakllantirish, 

alohida  shaxs  sifatlarini  tarbiyalash  ,  dars  texnologiyasi,  yangi  bilimlarni  egallash, 

mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa). 

Akademik  V.P.  Bespalko  oʻzining  yirik  asarida  “Pedagogik  texnologiya  -  bu  oʻqituvchi 



mahoratiga  bog’liq  boʻlmagan  holda  pedagogik  muvaffaqiyatni  kafolatlay  oladigan 

oʻquvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir“ deb ta’rifladi. 

Bu ta’rif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni alohida ajratib koʻrsatish mumkin: 

­

 

pedagogik  texnologiya  oʻquvchi(talaba)larda  ma’lum  ijtimoiy  tajriba  elementlarini 



shakllantirish uchun loyihalanadi; 

­

 



loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan oʻqituvchisidan katta mahorat 

talab etmaydi; 

­

 

yakuniy natija, albatta , kafolatlanadi. 



        Pedagogik  texnologiya  tushunchasini  oydinlashtirishga  maratilgan  ta’riflarning 

xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan  mamlakatlarda bu  mavzuning  u  yoki bu darajada 

yechilganligini  koʻrsatsa,  ikkinchi  tomondan,  pedagogik  texnologiyani  amaliyotga  joriy 

etishga boʻlgan urinishlar natijasini ifodalaydi.  



 

Buyuk allomalarimizning pedagogik texnologiya  haqidagi  fikrlari 

 Biologiyadan  ma’lumki, ta’limni  pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish  

xususida  ajdodlarimiz  ham  bir  qancha  izlanishlar  olib  borganlar.  Sharqning  buyuk 

allomalari  Muso  al-Xorazmiy,  Ahmad  al-Fargoʻniy,  Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Rayhon 

Beruniy,  Mirzo  Ulugobek    kabi  qomusiy  olimlar    oʻz  asarlarida  maktab  va  madrasalarda 

insonni  aqliy  kamolotga  yetkazishda  oʻqitishning  turli  usullari  va 

vositalaridan  foydalanishga  katta  ahamiyat  berganliklarini  ta’kidlab 

oʻtishgan.

  

Ibn  Sino  bolani  maktabda  oʻqitish  va  tarbiyalash  masalasiga 

katta ahamiyat berib, «Tadbir ul manozil» asarining maxsus boʻlimini 

ana  shu  masalaga  bag’ishlagan.  Kitobning  «Bolani  maktabda  oʻqitish 

va  tarbiyalash»  boʻlimida  bolani  maktabga  jalb  qilish  haqida 

toʻxtalgan. Uning ta’kidlashica, maktabga barcha kishilarning bolalari 

jalb  etilishi  va  hamma  bolalar  birga  oʻqitilishi  va  tarbiyalanishi  lozim.  U  bolani  uy 

sharoitida  yakka  oʻqitishga  qarshi  boʻlgan,  bolani  maktabda  jamoa  bilan  oʻqitishning 

foydasini quyidagicha ifodalagan: 

1.

 

 Agar  bolalar  birga oʻqisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga  keladi,    



 bir-biridan qolmaslik uchun harakat qilishadi, musobaqalashish istagi rivojlanadi. 

Bularning hammasi oʻqishning yaxshilanishiga yordam beradi. 



 

2.



 

 Oʻzaro suhbatda bolalar bir-birlariga kitobdan oʻqib olganlarini, kattalardan eshitganlarini 

hikoya qiladilar. 

3.

 



 Bolalar birga toʻplanganlarida bir-birlarini hurmat  qila  boshlaydilar,  doʻstlashadilar, 

oʻquv  materiallarini oʻzlashtirishda bir-birlariga yordamlashadilar, bir-birlaridan  yaxshi 

odatlarni oʻrganadilar. 

Ibn  Sino  oʻz  asarlarida  oʻquvchiga  ta’lim-tarbiya  berishda  quyidagi  tamoyillarga 

amal qilish  kerakligini ta’kidlaydi:  

­

 



birdaniga darslik bilan band qilib qoʻymaslik; 

­

 



yengildan og’irga oʻtish;                                                    

­

 



jamoa boʻlib oʻqitishga e’tibor berish; 

­

 



bilim  berishda  bolalarning  mayli,  qiziqishi,  qobiliyatini  hisobga  olish  va 

hokazolar haqida oʻz fikrini yozib qoldirgan. 




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling