Nizom I. Umumiy qoidalar


Download 114.22 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2022
Hajmi114.22 Kb.
#646482
  1   2   3
Bog'liq
1-bob
IELTS SPEAKING 1 ACTUAL TESTS, 2-оралиқ назорат, 5 Mavzu, Rayxon tezis., K.IIT-FU-19 — копия, Malumotlar bazasi 1 mustaqil ish, ALLOH-SUYGAN-BANDALAR, 2 5456429119736651442, Laboratoriya ishi ¹1 Havo oqimi tezligini va solishtirma quvvati, SUVANQULOVA MAHLIYO 2104

Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Davlat shaharsozlik kadastri Shaharsozlik kodeksiga, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
Davlat shaharsozlik kadastri — bu Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari, ularning jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va aholi punktlari hamda qishloqlar o‘rtasidagi hududlarni rivojlantirishni, hududlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya qilish asosida hayot faoliyatining qulay sohasini, muhandislik, transport va ijtimoiy infrotuzilma tizimlari faoliyatini maqbullashtirishni axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yuritiladi.
Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi hududi va hududining qismlari, aholi punktlari hududlari va hududlarining qismlari, aholi joylashishining umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft komplekslari, rekreatsion zonalar va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, akvatoriylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari Davlat shaharsozlik kadastrining obyektlari hisoblanadi.
Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish sohasidagi faoliyati, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, fuqarolarning, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Davlat shaharsozlik kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining butun hududini to‘liq qamrab olish;

  • makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qo‘llanish;

  • kadastr axborotlarini shakllantirishning metodologiyasining yagonaligi;

  • kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;

  • kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish qulayligi.

Hududlardan amalda foydalanilishi, foydalanish shartlari, shaharsozlik boyliklari va hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi.
Shaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar o‘rtasidagi hududlarning ko‘chmas mulki boshqa obyektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yig‘indisi tushuniladi.

Davlat shaharsozlik kadastri quyidagilardan iborat bo‘ladi:



  • muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi;

  • hududlarning, ko‘chmas mulk, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining aniq manzilli reyestrlari;

  • hududlarni rivojlantirish va qurish to‘g‘risidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi ma’lumotlar;

  • hududlarni qurish hamda shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanish bo‘yicha shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • loyihalar, shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bo‘linmalari, loyihalashtirish tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonidan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi.
Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish ma’lumotlarining boshlang‘ich manbai sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega bo‘ladi.
Kadastr obyekti — shaharsozlik ma’lumotnomasi, obyektning shaharsozlik pasporti, kadastr daftari, kadastr obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobotlarga mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi.
Shaharsozlik ma’lumotnomasi manfaatdor shaxslarning so‘roviga muvofiq taqdim etiladi, davlat shaharsozlik kadastri obyektining holati to‘g‘risidagi hisobotdan shakllantiriladi, unda obyektning miqdor va/yoki sifat holati, bahosi, obyekt joylashgan joy tasvirlangan xarita (tarxlar), uning chegaralari, muhofaza zonalari, hududda o‘rnatilgan shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Obyektning shaharsozlik pasporti shaharsozlik faoliyati obyekti yaratilganligini (tiklanganligini), hududi va alohida obyekt holati o‘zgartirilganligini yoki foydalanilganligi hollarini tasdiqlaydi, unda kadastr obyektiga huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratga olish va texnik xatlovdan o‘tkazish, maxsus tekshirishlar va tadqiqotlar, kadastr obyektini sifat va miqdor jihatidan baholash hujjatlari va materiallari bo‘ladi.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish qog‘oz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi. Davlat shaharsozlik kadastrining axborot bazasi grafik va yozma matnlarni o‘z ichiga oladi. Davlat shaharsozlik kadastrining elektron manbalardagi axborot bazasi Avtomatlashtirilgan geoaxborot qidiruv tizimi sifatida shakllantiriladi. Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi davlat axborot resursi hisoblanadi. Davlat shaharsozlik kadastridan ma’lumotlar berish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.

Download 114.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling