Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 369.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.07.2020
Hajmi369.65 Kb.
#125156
Bog'liq
matematika talimini insonparvarlashtirish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 

TA‘LIM VAZIRLIGI 



 

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 

UNIVERSITETI

 

 

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 

 

“5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI”  

TA’LIM YO’NALISHI 

 

K U R S   I SH I 

 

 

 

Mavzu:

 Matematika ta‘limini insonparvarlashtirish  



 

 

 

 

 

BAJARDI: MO‘M 304- guruh talabasi 

Pardayeva Maftuna 



ILMIY RAXBAR: MO‘M kafedrasi 

professor v.b. Yunusova D 



 

 

 



                                MUNDARIJA

 

Kirish………………………………………………………………………3 

I bob. Pedagogika  nazariyasida  ta’limni insonparvarlashtirish 

muammolari. 

    1.1 Tarixiy malu‘motlar asosida ta‘limni insonparvarlashtirish………....8 

    1.2 Innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini 

insonparvarlashtirish………………………………………………………...12   



II  bob. Tarixiy ma’lumotlar asosida uzluksiz matematika ta’limini 

insonparvarlashtirish. 

     2.1 Umumiy o`rta  ta`lim  maktablari  matematika  fanlarini  o`qitishda 

tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari………………………….15 

      2.2 O`rta  maxsus, kasb-hunar  talimida  matematika  fanlarini  o`qitishda 

tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari…………………………..17 

III bob. Innoovatsion metodlar asosida uzluksiz matematika ta’limi 

jarayonini insonpaevarlashtirish. 

      3.1 Umumiy  o`rta  ta`lim  maktablari  matematika   fanlarini o‘qitishda 

shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari…………………………………..19 

     3.2 O`rta  maxsus, kasb-hunar  ta`limi  matematika  fanlarini o‘qitishda 

shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari…………………………………..21 



Xulosa……………..;………………………………………………….........23 

Lug’at……………………………………………………………………….24 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………27 

 



                                                 

KIRISH 

         Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta‘lim tushunchasiga 

milliy demokratik nuqtai nazardan yondashib quyidagicha ta‘rif bergan edi: 

       ―Ta‘lim O‘zbekiston xalqi ma‘naviyatiga     yaratuvchilik faolligini 

baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodlarning barcha eng yaxshi imkoniyatlari 

unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta 

avlodlarning dono tajribasi  anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi‖. 

                                                                               Islom Karimov 

(O‘zbekistonning o‘z istiqlol va tarraqiyot yo‘li.—T, ‖O‘zbekison‖, 1994 yil, 

78 bet). 

 Ta‘kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta‘limning yangi-yangi 

modellari yaratilmoqda. Uning nazariy asoslari ilmiy-amaliy ko‘rsatib 

berilmoqda. Ilmiy-amaliy ko‘rsatish o‘quv jarayonlarini texnologiyalashtirish 

bilan chambarchas bog‘langardir. 

Hammamizga ayonki, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat, qishloq xo‘jaligi, 

tibbiyot va boshqa turli sohalar bilan bir qatorda, madaniyat sohasiga, 

ijtimoiy-gumanitar bilimlar sohasiga ham yangi-yangi texnologiyalarni joriy 

etishni taqazo etmoqda. 

        Mustaqillik yillarida Respublikamiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 

ma‘naviy-madaniy hayotida ulkan o‘zgarishlar yuz berdi, samarali yutuqlarga 

erishildi. Eng muhimi kishilar ongi tafakkuri o‘zgardi. Vatan taraqqiyoti, yurt 

tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida odamlarimizning shaxsiy va umummilliy 

maqsad mushtarakligi, g‘oyaviy birlikka intilish hisssi kuchaydi. Xalqimiz 

o‘z taqdirining chinakam egasiga aylandi. O‘ziga xos milly, ma‘naviy ruhiyat 

va madaniyatning sohibiga aylandi.  



 

        Respublikamizda taraqqiyotning bosh mezoni sifatida barkamol avlod 



tarbiyasiga alohida e‘tibor berildi. ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunning 

takomillashgan, jahon andozalariga mos keladigan varianti yaratildi.  

        ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ishlab chiqildi va ular boshqichma-

bosqich turmushga tadbiq etila boshlandi. 

         Asosiy e‘tibor yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy 

faollikka, mustaqil fikirlashga turli vazifalarni qiyinchiliksiz yecha olish 

qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tarbiyalashga qaratildi. 

           ―Kadrlar tayyorlash milly dasturi‖ni amalgam oshirishning aniq 

vazifalaridan biri – ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik va axborot 

bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori 

sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash 

qat‘iy rejalashtirildi. 

            Shu munosabat bilan universitetlar, institutlar, yangi tipdagi ta‘lim-

tarbiya muassasalari – kollej, litseylarda tahsil olayotgan bo‘lajak 

mutaxassislarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularning nazariy, amaliy 

asoslari bilan tanishtirish ehtiyoji mavjud bo‘lgan hozirgi kunda o‘zbek 

tilidagi darslik, qo‘llanma va uslubiy ishlanmalar yaratildi. 

          Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishni har 

tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb-

hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish 

uchun ijtimoiy-siosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi 

sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini xis 

etadigan fuqarolarni nazarda tutadi. Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki 

davlat va  jamiyat taraqqiyotining, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga 

egadir. Fuqarolari komil insonlar bo`lgan mamlakat istiqboli parloq bo`ladi. 


 

Shaxs davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu 



bois har qanday davlat o‘z fuqarolarining yashash, mehnat qilish, 

shuningdek, iqtidorli va salohiyatini ruyobga chiqarishi, uni namoyon eta 

olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Pedagogik 

faoliyat o‘z mohiyatiga ko`ra   ijodiy xarakterga ega. Ma`lumki, inson oldida 

biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug`iladi.O‘qituvchilik 

faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy 

mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan bog`liq. 

Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e`tiqodi, ongi, xulq-

atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz 

pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. O`qituvchi faoliyatidagi 

ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish 

yo`llarini qidirib topa bilishlarida ifodalanadi. Pedagogik ijodkorlik manbai 

— bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba- muammoli vaziyatlarga juda 

boydir. Ilg`or pedagogik tajriba  deganda biz o`qituvchining o‘z pedagogik 

vazifasiga ijodiy yondoshishini, o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasida yangi, 

samarali yo`l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Ilg`or pedagogik 

tajriba o`qituvchi tomonidan qo`llaniladigan ish shakli va usullari, uslub va 

vositalaridir. Ular vositasida o`quv-tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga 

erishiladi. Ilg`or pedagogik tajribani o`rganish, unga asoslanib yangi 

pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o`quv-tarbiya jarayoniga yaxshi 

sifatli o‘zgarishlar kiritadi, o`quvchilarning bilish faoliyatini 

boshqarish,yangi ko`rinishdagi o`quv jarayonini modellashtirish 

muammolarini yechishga sabab bo`ladi. Ijodiy ishlaydigan o`qituvchi 

faqatgina muvaffaqiyatli o`qitish va tarbiyalash, ilg`or o`qituvchilar ish 

tajribalarini o`rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik 

ko‘nikma va malakalariga ham ega bo`lishi zarur. Hozirgi zamon fan va 

texnika taraqqiyoti o`qituvchining ijodkor bo`lishini, fanning muhim 


 

muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan  yutuqlarini o`quvchilarga 



yetkaza olishi va nihoyat o`quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot 

ishlariga o`rgata olishini talab qiladi. 



 

Kurs ishining maqsadi: Talabalarda matematika ta‘limini 

insonparvarlashtirishni o‘ziga xos xususiyatlarini shakillantirish.    



Kurs ishining predmeti: O‘quvchilarda matematika ta‘limini o‘ziga xos 

xususiyatlarini insonparvarlashtirish.  



Kurs ishining obyekti: Umumiy o‘rta ta‘lim va O‘rta maxsus ta‘lim tizimi 

jarayoni. 



Kurs ishining vazifasi: 

1.  Mavzuga doir maba toppish, rejani shakllantirish; 

2.   Tarixiy malu‘motlar asosida ta‘limni insonparvarlashtirishni o‘rganish; 

3.   Innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini insonparvarlashtirishni 

tahliliy o‘rganish; 

4.  Umumiy o`rta  ta`lim  maktablari  matematika  fanlarini  o`qitishda 

tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. 

5.  O`rta  maxsus, kasb-hunar  talimida  matematika  fanlarini  o`qitishda 

tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. 

6.  Umumiy  o`rta  ta`lim  maktablari  matematika   fanlarini o‘qitishda 

shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari. 

7.   O`rta  maxsus, kasb-hunar  ta`limi  matematika  fanlarini o‘qitishda 

shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari. 


 

8.  O‘rganilgan mavzu bo‘yicha xulosa chiqarish; 



9.  Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash. 

Kurs ishining tuzilishi: kirish, 3 bob, 6- paragraf, хulosа va 

foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаtidаn iborаt bo‘lib jаmi 30 bеtni tаshkil 

qilаdi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  


 



I bob. Pedagogika  nazariyasida  ta’limni insonparvarlashtirish 



muammolari 

1.1 Tarixiy malu’motlar asosida ta’limni insonparvarlashtirish 

      Matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‗naltirish - bu zamonaviy ta‘lim 

tizimining voqeligidir. Matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‗naltirish, 

ta‘limning bu sohasini isloh qilishning asosiy tamoyillardan biri bo‗lib, 

matematika o‗qitish  nazariyasi va metodikasida dolzarb muammolaridan biri 

sanaladi. Matematikadan ta‘lim jarayoniga insonparvarlik nuqtai nazaridan 

yondoshish doimo shaxs istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu 

sohada gumanitar fanlarning imkoniyatlari cheksiz, chunki o‗quv 

predmetlarining mazmuni insonparvarlik g‗oyalari bilan sug‗orilgan.      

Gumanitar fanlarda «ixtisoslashtirish-insonparvarlik-madaniylashtirish» 

tizimi vujudga kelgan. Bu tizimni mazmunida ta‘limning asosiy e‘tibori 

kasbiy-ixtisoslik jihatlariga qaratilgan. 

        Matematika fanini rivojlanishini asoslari, boshqa fanlarini rivojlanishi 

kabi, insoniyat faoliyatining amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Fanning 

rivojlanishi bu ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslanadi. 

‖Matematika, boshqa fanlar kabi, odamlarning amaliy ehtiyojlari natijasida 

vujudga keldi, bular: yer maydonining yuzalarini o‘lchash, idishlarning 

sig‗imini o‘lchash, vaqtni o‘lchash va mexanikaning elementlaridir‖. 

F.Engels, Andi Dyuring haqiqatdan ham matematikaning turli bo‘limlari real 

dunyoning fazoviy formalarini va miqdoriy munosabatlarini o‘rganishda 

o‘zining metodlarining turli tumanligi bilan ajralib tursada, yagonaligi va 

umumiyligi bilan yaxlit birlashtirib turadi. Matematika fanining mazmuni 

quyidagicha: 

1) uning rivojlanish jarayonida yig‗iladigan - faktlar; 



 

2) faktlar asosida ilmiy tasavvurning shakllanishi-gipoteza. O‘z o‘rnida bu 



tajriba orqali tekshiriladi; 

3) faktlar va tajribalar natijalarini umumlashtirish hamda ularni nazariya va 

qonunlar ko‘rinishiga keltirish; 

4) nazariya va qonunlarni o‘rganish, matematikani o‘rganishni 

xarakterlaydigan umumiy yo‘nalishlarni ifodalovchi metodologiyani yaratish. 

        Bu elementlar doimo o‘zaro aloqadorlikda va rivojlanishdadir.Ana shu 

aloqadorlikni va rivojlanishni o‘rganish bizlar qanday tarixiy davrga olib 

borishni aniqlash ro‘yobga kelish sabablarini aniqlash - aynan  mana shu 

matematika tarixining predmetini ifodalaydi. Shuning uchun matematika 

tarixi matematikaning rivojlanishining qonunlarini o‘rganuvchi fandir. 

Yo‘qoridagi aytilganlarga asosan matematika tarixi quyidagi masalalarni hal 

qilishi kerak: 

 

Birinchidan  matematikani fan sifatida rivojlanishining haqiqiy  



mazmuni  yoritilishini .Bularda matematikaning metodlari, tushunchalari va 

fikrlari qanday paydo bo‘lganligi, ayrim matematik nazariyalar tarixan 

qanday dunyoga kelgani yoritilishini, xalqlarda ma‘lum tarixiy davrlarda 

matematikani rivojlanishini xarakteri va xususiyatlarini aniqlashni barcha 

zamondagi ulug‗ olimlarning qo‘shgan hissalarini yoritishni hal qilish. 

 

Ikkinchidan matematika tarixi matematikani turli-tuman  aloqalarini 



ochishi, jumladan: matematikani odamlarning amaliy ehtiyojlari va 

faoliyatlari bilan aloqasini, boshqa fanlar rivojlanishi bilan aloqasini ochish, 

jamiyatning sotsial va iqtisodiy strukturasiga va sinfiy kurashlarga ta‘sirini 

ochish, xalqlarning olim individining, olimlar kollektivining rolini ochishdan 

iborat. 


 

10 


 

Uchinchidan matematika tarixini o‘rganish hozirgi zamon 

matematikasini mantiqiy mazmunini, rivojlanish dialektikasini va kelajagini 

to‘g‗ri tushunishga yordam berishi kerak. 

 

Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo‘lib dastlabki bosqichlarda 



o‘zaro muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. 

Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan 

keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o‘zi ham ta‘sir e‘ta boshladi. 

 

Shulardan ba‘zilarini qayd etib ketaylik. 



 

1) N‘yutonning (differensial va integral xisobining ilk qadamlari) 

funksiyalarni hisoblash usuli darhol mexanikani masalalarini hal qilishni 

umumiy metodi darajasigacha ko‘tarildi. 

 

2) Lagranj algebraik tenglamalarni radikallarda hal qilish muamosini 



izlaganda tenglama ildizlarini ―gruppalash  masalalarini‖ qaragan edi. 

Keyinroq esa E.Galua gruppalar nazariyasini rivojlantirib, yuqoridagi 

muamosini  hal etdi. So‘ng XIX asrda A.Keli gruppaga ta‘rif berdi. 

 S.Li esa uzluksiz gruppalar nazariyasini yaratdi.1890 yilda E.S.Fedorov 

gruppalar nazariyasi kristollografiyaga tatbiq etdi. Hozirda esa gruppalar 

nazariyasi kvant fizikasining ilmiy quroliga aylangan. Bulardan ko‘rinadiki 

matematika nafaqat o‘z-o‘zini rivojlantiradi, balki boshqa fanlarning 

rivojlanishiga va aksincha boshqa fan yutuqlari asosida o‘zi ham rivojlanadi. 

Matematika metodlarini tabiiy fanlarga tatbiqi; 

 

1) U yoki bu hodisani mazmuniga mos keluvchi matematik masalani 



bayon etish, ya‘ni matematik modelini vujudga keltirish va uni yechishning 

metodini topish; 



 

11 


 

2) Matematik modelni yechish va uning forma va  metodlarini 

takomillashtirish va mantiqiy kamolotga intilish; 

 

So‘ngi yillarda fan va texnikaning jadal rivojlanishi (kibernetika, 



hisoblash tehnikasi) ekonomika, boshqarish sistemasi, psixologiya, meditsina 

va boshqa sohalarda  matematikaning roli yanada kuchayib ketdi. 

Matematika tarixi matematikaning rivojlanish jarayonida ko‘pdan – ko‘p 

yorqin dalillar bilan bir qatorda qorong‗u zulmat davrlarini boshidan 

kechirganligidan dalolat beradi. Faqat ayrim olimlarning katta jasoratigina 

fanni ilgari siljishi uchun imkoniyatlar yaratib bergan. Jumladan: Kopernik 

va Galiley, Ulug‗bek qismatlari yoki XVII asrda Leybnits va Nyuton 

asarlarida cheksiz kichiklar haqida ma‘lumotlar paydo bo‘lishi bilan Episkok 

Berklining qattiq tanqidiga uchradi. Yoki limitlar nazariyalar XIX asr oxiriga 

qadar qattiq tortishuvlarga sabab bo‘lib keldi. Hatto Koshining ishlari ham 

bunga barham bera olmagan edi. Yoki N.I.Lobachevskiy ishlari o‘limidan 

so‘ng XIX asr oxirida tan olindi. Matematikani sotsial-iqtisodiy sohalarga 

ta‘sirini chuqurroq ko‘ra-bilish uchun uning tarixini turli ijtimoiy 

formatsiyalar bilan birgalikda qarash kerak.  



           

 

 

 

 

 

 

 

12 


     1.2 Innovatsion metodlar asosida ta’lim jarayonini 

insonparvarlashtirish. 

       Davlat ta‘lim standartlarida uzluksiz ta‘lim tizimining xar bir mustaqil 

ta‘lim turi boshqa ta‘lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizlik va uzviylik 

tamoyilligi asoson bog‘lanishi ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda har bir ta‘lim turi 

va bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, oldingisidan keyingisiga 

o‘tishda ta‘lim jarayoni samarali kechishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchidan 

alohida tayyorgarliklarni talab etishi aniq. Bunday muammolar asosan o‘rta 

maxsus, kasb-xunar va oliy ta‘lim muassasalari o‘rtasidagi ta‘lim mazmuni 

va jarayonini tashkil etishdagi uzluksizlik va uzviylik masalasini hal etishda 

mavjuddir. 

        O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi uzluksiz ta‘lim tizimida va shaxsning 

shakllanishida muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarni ijtimoiy hayot hamda mehnat 

faoliyatiga tayyorlaydi, shuningdek, navbatdagi ta‘lim bosqichida bilim 

olishini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni 

puxta o‘zlashtirishni ta‘minlaydi. 

         Ma‘lumki, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‘quvchilar tomonidan 

kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan bir qatorda umumta‘lim fanlari 

asoslarini o‘zlashtirishni ham nazarda tutadi. Bilimlarni puxta o‘zlashtirish 

uchun o‘quvchilarda tanqidiy tafakkur, mantiqiy xotira va ijodiy tasavvurni 

muntazam rivojlantirib borish lozim. Bu borada matematika fani katta 

imkoniyatlarga ega. Shunday ekan, matematika fanini izchil, bosqichma-

bosqich va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganish o‘quvchilar mustaqil 

fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. 

          Respublikada matematika fani asoslari turli bosqichlarda faoliyat 

yuritayotgan ta‘lim muassasalarining ta‘lim mazmuniga mos ravishda 


 

13 


o‘quvchilarning psixologik va pedagogik xususiyatlariga muvofiq muayyan 

kurslarlar doirasida o‘rgatiladi. Ta‘lim turlari orasida o‘zaro aloqadorlik, 

bog‘liklik va izchillikni o‘rnatish fanlar (predmetlar), boblar, mavzular, 

o‘quv materiallari orasida uzviylikni ta‘minlash asosida amalga oshiriladi. 

Binobarin, matematika fani asoslarini yorituvchi kurslar o‘rtasida uzviylikni 

ta‘minlash, o‘quv materiallarini turli bosqich ta‘lim muassasalari 

o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holda tanlash, ularning muayyan 

mantiqiy ketma-ketlik, fanlararo uzviylik hamda izchillik asosida 

joylashtirish, o‘quv jarayonida uzviylik tamoyilining yetakchi o‘rin tutishiga 

erishish va bu holatni pedagogik jihatdan asoslash muammosini yuzaga 

keltiradi. 

         Shuni aytish kerakki matematika ta‘limning insonparvarlashuvida, 

shaxs ehtiyojini qondirilishi, savodxonligini oshirish, is‘tedodini to‗la 

namoyon qilishi, ma‘naviy-madaniy fazilatlarini shakllantirish uzviyligi 

ta‘minlanadi. Bunda quyidagi shartlarni amalgam oshirish maqsadga 

muvofiqdir: 

1. Matematika ta‘limi jarayonida va darsdan tashqari mashg‗ulotlarda ta‘lim 

oluvchilarda insonparvarlikni shakllantirish omillarini takomillashtirish; 

2. Maktabda matematika ta‘limining insonparvarlashuvi natijasi–o‗quvchi 

egallagan bilimlarning sifati va DTS talablari  asosida o‗zlashtirganlik 

darajasini aniqlash, o‗quvchining intellektual faoliyatini rivojlantirish. 

        Ushbu sohadagi yo‗nalishlar psixologiya-pedagogika fanlari mazmun 

mohiyati bilan bir qatorda matematika ta‘limining ilmiy, tarixiy, ma‘naviy-

madaniy, estetik mazmun bilan to‗ldirilishini taqozo etadi. Bunday to‗ldirish, 

birinchidan, matematika ta‘limining zamonaviy ijtimoiy-madaniy, ilmiy va 

tarixiy taraqqiyot muammolari bilan bog‗lanishini; 



 

14 


ikkinchidan, matematika ta‘limi  jarayonida  o‗quvchilarning matematik 

tafakkuri shakllanishini nazarda tutadi. Bu o‗z navbatida matematika fani 

o‗quv kurslari yo‗nalishi va mazmunini ma‘lum darajada isloh qilishni talab 

etadi;  


uchinchidan, o‗quvchilarning ilmiy, madaniy, ma‘naviy, tarixiy, milliy 

qadriyatlarini egallab olishlariga doir ta‘lim va tarbiyadan tashqari faoliyatini 

uzluksiz va uzviy holatda uyg‗unlashtirish, o‗quvchilarning  insonrarvarlik 

tayyorgarligi markazi sifatida  amalga oshiruvchi aniq yo‗llar va 

vositalarning zamon talablari asosida ilmiy metodik jihatdan 

takomillashtirishni taqozo etadi. 



              «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Uzluksiz ta‘lim kadrlar 

tayyorlash tizimining asosi, O‗zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy , ijtimoiy, 

ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiriluvchi ustivor sohadir»- deb 

e‘tirof etilib ta‘lim muassalarida o‗qituvchi va o‗quvchi faoliyati alohida-

alohida ko‗rsatilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 


 

15 


             II  bob. Tarixiy ma’lumotlar asosida uzluksiz matematika 

ta’limini insonparvarlashtirish. 

2.1 Umumiy o`rta  ta`lim  maktablari  matematika  fanlarini  o`qitishda 

tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari

      Xalq ta‘limi rivojlanishidagi hozirgi davr – muhim davrlardan bo‗lib bu 

―ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, vazirlar 

maxkamasining 1998 yil 13 may ―Umumiy o‗rta ta‘limni tashkil etish 

to‗g‗risida‖gi 203-qarorini hayotga tadbiq etish va singdirishdan iboratdir. 

Ma‘lumki, matematika moddiy dunyoning ob‘ektlarini o‗rganadi, lekin 

boshqa fanlardan farqli o‗laroq, uning miqdoriy munosabatlari va fazoviy 

shakllari asosiy ob‘ekt sifatida qaraladi. 

      Mamlakatimizning maktabgachata‘lim, umumiyta‘lim, maktabdan 

tashqari ta‘lim muassasalarida bilim va ko‗nikmalar barobarida yosh  

avlod qalbida tariximizga, qadriyat va an‘analarimizga hurmat, milliy 

istiqlol g‗oyalariga sadoqat tuyg‗ularini shakllantirish, farzandlarimizni  

fidoyilik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e‘tibor          

qaratilmoqda. 

O‘zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo‘lgan umumiy  

o‘rta ta`lim mavjud bo‘lib, u boshlang‘ich (1-4- maktab sinflari) va o‘rta 

(5-9- maktab sinflari) ta`limga bo‘lingan. 



 

16 


 

 

Boshlang‘ich ta`lim umumiy o‘rta ta`lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim  



va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga  

yo‘naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. 

Boshlang‘ich ta`lim O‘zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli  

hisoblanadi. Bu maktab yoshiga yetgan barcha bolalar umumiy yoki  

maxsus (nogiron bolalar va  rivojlanishdan orqada qolgan bolalar)  

boshlang‘ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang‘ich  

ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil  

qiladi. Bola boshlang‘ich maktabni tugatar ekan, u o‘qish, yozish va  

hisoblash mahoratiga ega bo‘lishi kerak.  O‘quvchiga nazariy fikrlash  

elementlari, o‘rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdiribboriladi. 

Umumiy o‘rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash  

qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba  



 

17 


poydevorini qo‘yib, boshlang‘ich professional yo‘nalishni va ta`limning  

keyingi pog‘onasini tanlashda ko‘maklashdi. 



2.2 O`rta  maxsus, kasb-hunar  talimida  matematika  fanlarini  

o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. 

      Matematika ta‘limi  jarayonida o‗quvchilarda insonparvarlikning 

shakllanganligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ustivorligini anglab, 

matematika fani taraqqiyotida inson tafakkuri munosabatlari 

uyg‗unlashuvidagi ijodiy bilimlardan o‗z o‗rnida samarali foydalanish bilan 

belgilanadi. Matematika darslarini «insonparvarligi» tamoiyli bilan o‗quvchi 

va o‗qituvchi shaxsiga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonini tashkil etish sohasidagi 

o‗z ilmiy-metodik qarashlarimizni bayon qilishga xarakat qildik. «Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi»da ta‘limni insonparvarlashuvi- inson 

qobiliyatlarining ochilishi va uning ta‘limga nisbatan bo‗lgan turli-tuman 

ehtiyojlarini qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligining 

ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof muhit o‗zaro munosabatlarining 

uyg‗unlashuvi – deb ta‘kidlangan. Bugungi kunda maktabda ta‘lim olayotgan 

yosh avlod zimmasiga buyuk davlat, ozod va obod, farovon jamiyat qurish 

ma‘suliyati yuklatiladi. Mana shunday ma‘suliyatni bajarishga tayyor bo‗lgan 

barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish uchun maktablarda matematika 

ta‘limini insonparvarlashuvi bir qator tamoyillar asosida tashkil etish 

maqsadga muvofiqdir. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida matematika ta‘limi  

jarayonida o‗quvchilarda insonparvarlikni shakllantirish tamoyillari: 

-matematika ta‘limi jarayonida o‗quvchining ko‗p qirrali faoliyat ko‗rsatishi, 

individual qobiliyatlarini namoyon qila olishiga imkoniyat yaratish; 


 

18 


-ta‘lim jarayonida klassik va hozirgi zamon matematikasining ilmiy, falsafiy 

mohiyatini, rivojlanish dinamikasini o‗qituvchi puxta bilishi va  

o‗quvchilarga etkaza olishi; 

-matematikadan ta‘lim jarayoniga DTS talablari asosida mantiqiylik bilan 

tarixiylik birligini amalga oshirishgan holda tarixiy materiallarni tanlash 

mezonlari ishlab chiqish va qo‗llash; 

-matematikadan o‗quv dasturlarini yagona va darsliklarning muqobil bo‗lishi, 

darslikdagi materiallari o‗quvchilarning ijodiy faoliyat ko‗rsatishiga, 

mustaqil fikrlash ko‗nikmalarini shakllantirishga yo‗naltirilganligini 

ta‘minlash; 

-matematikadan ta‘lim jarayonini insonparvarlashuvi o‗quvchining individual 

va tabaqalashtirilgan ta‘lim olish yo‗lini tanlashga imkoniyat yaratilishiga 

yordam berishi lozim.  

     Noan‘anaviy darslarda mavzuga taalluqli bo‘lgan barcha tushunchalar, 

bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Ayniqsa, matematikadan umumlashtiruvchi va 

takrorlovchi darslarda katta imkoniyatlar mavjudigini ko‘rishimiz mumkin. 

Bu esa, o‘quvchining ushbu mavzuni to‘liq, bir butun, yaxlit, tizimli 

o‘zlashtirishiga yordam beradi. 

Xulosa qilib aytish mumkinki, dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan 

o‘qitishning samarali usullarni tanlash, ularni didaktik loyihalash 

mashg‘ulotlar samaradorligini ta‘minlabgina qolmasdan, ta‘lim mazmunida 

uzviylikni yuzaga keltiradi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limida esa, qayd 

etilgan omillar sirasiga ta‘lim muassasaning qanday ta‘lim yo‘nalishi 

bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashi qo‘shiladi. Aynan shu sababli, 

matematika fanining boshqa fanlar bilan mazmunan uyg‘un bo‘lishiga 

erishish zaruriyati yuzaga keladi. 



 

19 


         III bob. Innoovatsion metodlar asosida uzluksiz matematika ta’limi 

jarayonini insonpaevarlashtirish 

3.1 Umumiy  o`rta  ta`lim  maktablari  matematika   fanlarini o’qitishda 

shaxsga yo’naltirilgan o’qitish metodlari 

       Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismi «shaxs — 

kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi 

xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalgam oshiruvchi»si ekanligi 

ko'rsatilgan. Bu esa ta'lim tizimini isloh qilishni, doimo takomillashtirishning 

istiqbolli yo'nalishidir. Uzoq vaqt hukum surgan «ta'lim-ta'lim uchun» 

tamoyili ta'lim-tarbiyaning ming-ming yillik predmeti yoshlarni hayotga 

tayyorlash, yashashga tayyorlash, o'zligini anglashdan  chalg'itdi. Ta'lim- 

tarbiyani byurakroitlashuvi, maktabni jamiyatdan, o'quvchini maktabdan 

o'qituvchidan begonalashuviga olib keldi.  Natijada, yoshlarni 

manqurtlashtirish, buyuk imkoniyatlarga ega bo'lgan mamlakatni iqtisodiy 

nochorlik, yoshlarni sarson-sargardonligi holati yuzaga keldi.  Inchunun, 

ta'lim nazariyasi ham  «kimga, nimani qanday o'qitish» didaktik prinstipiga 

asoslangan edi. Bugungi kunda kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Kimni, 

nima uchun qanday o'qitish» ni tashkil etish pedagogik texnologiya yaratish 

talabini qo'yadi.  Jahon tajribasida zamonaviy pedagogik texnologiya va 

shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodologiyasi biri-birini to'ldiradi. Ta'lim- 

tarbiyaning shaxsni rivojlantiruvchi vazifasi har tomonlama yanada dolzarb 

muammoga aylandi.  

          Islom Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch» asarida 

ta'lim- tarbiyaning uyg'unligi, ta'lim-tarbiyani shaxsga yo'naltirish 

metodologik asosini belgilab berdi. Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har 

bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib  

chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega 


 

20 


bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim-

tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim. Bu esa talim va 

tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi. Demak, shaxsga 

yo'naltirilgan ta'limning asosiy tamoyillaridan biri ta'lim-tarbiyaning uzviy 

bog'liqligi, ta'limning tarbiyaviy imkoniyatlarini oshirishdir. Ya'ni, o'quvchi 

shaxsini fikriy modellashtirish, uni shakllantirishda ta'lim mazmunining 

imkoniyatlarini aniqlash, tarbiyaviy vazifani belgilash va samarali metodik 

tizimini  yaratishdir. Ma'lumki, yoshlarni shaxs sifatida har tomonlama 

rivojlanishida o'quv biluv jarayoni  alohida o'rin tutadi.  Ta'lim- tarbiyaning 

davr talabiga mavjud shart-sharoitiga mosligi qonuniyati o'quvchi shaxsining 

modelidan, kelib chiqadi. Har bir fanni o'qitishda, sinfdan tashqari  ta'lim-

tarbiya ishlari maqsadi o'quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratiladi.                

Ta'lim-tarbiya mazmuni, metodlari, vositalari ham to'la ma'noda  o'quvchi 

shaxsi imkoniyatlariga asosan belgilanadi. Bunda ta'lim-tarbiya maqsad, 

mazmun, metod va vositalari o'zaro bog'liqligi qonuniyatiga asoslanadi.         

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya nazariy asosi Sharq mutafakkirlarining 

pedagogik qarashlarida o'z ifodasini, hayotda o'z isbotini  topgani fikrimiz 

dalilidir. 

         Ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi Islom Karimov ta'kidlaganidek, 

«Sharqona hayot falsafasi» ekanligi yoshlarni har tomonlama kamol 

toptirishning metodologik asosidir. O'quvchi yoshlar o'z «men»ini bilish 

darajasi shaxsga yo'nalitirilgan ta'limning asosiy tamoyilidir. Abu Nasr 

Farobiy «Ixsa al ulum» asarida ta'lim-tarbiya avvalo, inson o'zligini bilishiga 

qaratilishini tavsiya etadi.Har-bir shaxsning bioquvvatlar tizimni, fanlar 

tasnifini ilmiy asoslaydi, ta'lim-tarbiya yoshlarni hayotga tayyorlash 

yo'nalishini ko'rsatadi. Abu Ali ibn Sinoning didaktik ta'limotida shaxsni har 

tomonlama kamolotida ta'lim-tarbiyaning imkoniyati, shaxsga yo'naltirilgan 


 

21 


ta'lim prinstplarining tarixiy ahamiyatini ko'ramiz. Demak, ta'lim-tarbiyaning 

milliy asosida shaxs o'zligini bilishi ustivorligi tarixiy taraqiyot o'z isbotini 

topgan.                                                            

      Ventsel fikriga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim asosini tushuntirishdan 

anglashga, monologdan dialogga, ijtimoiy nazoratdan rivojlanishga, 

boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tish tashkil qiladi. O‘qituvchi fanni 

o‘quvchilar bilishga emas, ularning hamkorlik qilishiga ijodkorlik 

hususiyatlarini namoyon qilishiga erishishi kerak. 



       Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. 

Jumladan, maetmatika fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega. 

Boshqa fanlar kabi matematika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo 

jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya 

jarayonini matematikani  ham ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash, 

Mustаqillik kishilаr milliy g‘ururini оshirib, uni хаlq, Vаtаn, аjdоdlаr хоtirаsi 

оldidаgi mаs‘uliyatni his qilishdеk mаzmun bilаn bоyitmоqdа. Bundаy 

shаrоitdа o‘zbеk хаlqining mustаqilligidаn fахrlаnish, jаmiyatdа оzоd, 

fаrоvоn vа erkin hаyotni yarаtish yo‘lidа mеhnаt qilish, fаоllik ko‘rsаtish, 

jаhоn hаmjаmiyati tоmоnidаn ilm-fаn, tехnikа yutuqlаri, ilg‘оr 

tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnish fidоiylikni shаkllаntirаdigаn, rivоjlаntirаdigаn 

оmillаrdir.    



3.2  

O’rta

  maxsus,  kasb-hunar  ta’limida  matematika 

fanlarini  o’qitishda  shaxsga  yo’naltirilgan  o’qitish 

metodlari. 

 

Pedogogik-psixologik hamda fanlarni o‘qitish metodikalariga bag‘ishlangan 



ko‘plab adabiyotlarda o‘quvchining individual xususiyatlarini ochib berishga uning 

qiziqishlarini etiborga olgan holda shaxs sifatida shakllanish ishiga yordam 

beruvchi yakka tatibda olib boriladigan ta‘lim shaklini shaxsga yo‘naltirilgan 


 

22 


ta‘lim deb qaraladi. Ta‘lim tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan barcha usullar 

shaxsga qaratilganini etirof etgan holda alohida olingan o‘quvchiga ta‘limiy-

tarbiya tasir etish usulini ham shaxsga yo‘naltirilgan  ta‘lim usuli deb qaraymiz. 

Shaxsga yo‘naltirilgan  ta‘lim asosini tushuntirishni tashkil etib bu tushunchalar 

farqini B.S.Bibler quyidagicha sharxlaydi: tushuntirish-bitta subekt, monolog; 

anglash-ikkita subekt bir birini tushunishi, hamkorlik, diolog.  

O‖rta maxsus ta‘lim bosqichiga akademik litsiylardan tashqari kasb hunar 

kollejlari ham kiradi. Bu o‘quv yurtlari matematika ta‘limi o‘rta maxsus matematik 

ta‘lim strukturasini saqlagan holda asosan ikki maqsadga birinchidan o‘quvchilarni 

fundamental matematik bilimlar bilan  qulargaqurollantirish va ikkinchidan ularga 

matematik bilimlar berish jarayonida kasbiy bilmlarni har tomonlama hamda 

chuqur o‘zlashtirishlarini taminlashga qaratilgan. 



 

 

 

 

 

   

      

 

 

 

 


 

23 


Xulosa 

      Matematika ta‘limi  jarayonida o‗quvchilarda insonparvarlikning 

shakllanganligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ustivorligini anglab, 

matematika fani taraqqiyotida inson tafakkuri munosabatlari 

uyg‗unlashuvidagi ijodiy bilimlardan o‗z o‗rnida samarali foydalanish bilan 

belgilanadi.  

Matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‗naltirish - bu zamonaviy 

ta‘lim tizimining voqeligidir. Matematika ta‘limini insonparvarlikka 

yo‗naltirish, ta‘limning bu sohasini isloh qilishning asosiy tamoyillardan biri 

bo‗lib, matematika o‗qitish  nazariyasi va metodikasida dolzarb 

muammolaridan biri sanaladi. Matematikadan ta‘lim jarayoniga 

insonparvarlik nuqtai nazaridan yondoshish doimo shaxs istiqbolini 

belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu sohada gumanitar fanlarning 

imkoniyatlari cheksiz, chunki o‗quv predmetlarining mazmuni insonparvarlik 

g‗oyalari bilan sug‗orilgan.      Gumanitar fanlarda «ixtisoslashtirish-

insonparvarlik-madaniylashtirish» tizimi vujudga kelgan. Bu tizimni 

mazmunida ta‘limning asosiy e‘tibori kasbiy-ixtisoslik jihatlariga qaratilgan. 

 

Mazkurs kurs ishida tarixiy malu‘motlar asosida ta‘limni 



insonparvarlashtirish, innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini 

insonparvarlashtirish,  umumiy o`rta  ta`lim  maktablari  matematika  

fanlarini  o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari,  o`rta  

maxsus, kasb-hunar  talimida  matematika  fanlarini  o`qitishda tarixiy 

materiallardan foydalanish imkoniyatlariumumiy  o`rta  ta`lim  maktablari  

matematika   fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlar,  

o`rta  maxsus, kasb-hunar  ta`limi  matematika  fanlarini o‘qitishda shaxsga 

yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari tahliliy o‘rganib chiqildi.  



 

24 


 

 

 



                                                                 

Izohli lug’at.

 

Bilim – bоrliqni    bilish   jаrаyonining   аmаliyotdа tаsdiqlаngаn   nаtijаsi. 



Ko’nikmа – u yoki bu ishni bаjаrishning аvtоmаtlаshgаn usuli bo‘lib, оngli 

ishning bаjаrilishini nаzоrаt qilishdаn оzоd qilаdi vа uni ishdаn kutilgаn 

mаqsаdgа qаrаtаdi. 

Mаlаkа  –  bu  shахs  хаrаkаtining  аmаlgа  оshirilishi  vа  bоshqаrilishining 

аvtоmаtlаshgаn shаklidir. 



O’qituvchi- bu yosh аvlоdni (o‘quvchini) hаyotgа, оngli mеhnаtgа 

tаyyorlаsh 

uchun хаlq оldidа dаvlаt оldidа, jаmiyat оldidа jаvоb bеrаdigаn, yoshlаrgа 

tа‘lim-tаrbiya  bеrish  uchun  mахsus  tаyyorgаrlikkа  egа  bo‘lgаn  vа  

pеdаgоgik  fаоliyat bilаn kаsbiy jihаtdаn shug‘ullаnаyotgаn insоndir. 

Mustаqil  tа’lim  –  оlingаn bilim,  ko‘nikmа  vа  mаlаkаlаrni 

mustаhkаmlаsh, 

qo‘shimchа  mа‘lumоt  yoki  mаtеriаlni  mustаqil  o‘rgаnish  mаqsаdidаgi  

o‘quv shаkli. 



Оb’еkt  –  tаdqiqоt  etilishi  lоzim  bo‘lgаn  nаrsа  (prеdmеt)  vа  hоdisаlаr 

(jаrаyonlаr)dаn  ibоrаt  bo‘lib,  ulаr  o‘zigа  o‘хshаsh  nаrsа  vа  hоdisаlаrdаn 

аlоhidаligi bilаn fаrq qilаdi. dаrаjаsini yangi rеyting tizimi аsоsidа bаhоlаsh 

(tеst, imtihоn, sаvоl-jаvоb, yozmа ishlаr  vа  bоshqаlаr). 



 

25 


Sinf - turli fе‘l-аtvоrli vа хаrаktеrli, lеkin bаrchаsining yoshi bir хil bo‘lgаn 

o‘g‘il  vа  qizlаrning  o‘qituvchilаrdаn  tа‘lim  оlishi  vа  shu  jаmоаning 

bоshqаruvchisi, yordаmchisi vа а‘lоchi o‘quvchilаr jаmоаsidir. 

Tаjribа  –  vоqеlikni  аmаliy  jihаtdаn  hissiy-empеrik  bilish  jаrаyoni.  

Tаjribа kеng  mа‘nоdа  o‘quv,  mаlаkа  vа  bilimlаrning  birligidаn  ibоrаt.  

SHungdеk, fаlsаfаdа bilishning empеrik usullаridаn biri – ekspеrеmеnt usuli 

hаm tаjribа dеb аtаlаdi. 



 

Innоvаsiоn  tа’lim  –  bo‘lаjаk  mutахаssislаrni  yangichа  jоylаrdа  

ishlаshgа 

tаyyorlоvchi  jаrаyon  bo‘lib,  u  аvvаl  оlgаn  bilimlаr  аsоsidа  tа‘limni 

tаkоmillаshtirish vа sаmаrаli yangichа yondаshuv qilishdаn ibоrаt. 



Kuzаtish – bu ilmiy bilimgа tеgishli ijоdiy fаоliyat bo‘lib, u ilmiy bilishdаgi 

аmаliy  mеtоdlаrdаn biridir.  Uning  аsоsiy  vаzifаsi  nаzаriy  tаdqiqоtlаrdаn  

оlingаn nаtijаlаrni аmаliy jihаtdаn аsоslаb bеrishdаn ibоrаt. 

Mеtоd (yunоnchа metodos – bilish yoki tаdqiqоt yo‘li, nаzаriya, tа‘limоt) – 

vоqеlikni  аmаliy  vа  nаzаriy  egаllаsh,  o‘zlаshtirish,  o‘rgаnish,  bilish  

uchun  yo‘l-yo‘riqlаr, usullаr mаjmuаsi, fаlsаfiy bilimlаrni yarаtish vа 

аsоslаsh usuli. 

Mеtоdikа – mеtоdikаgа tеgishli, qа‘tiy kеtmа-kеtlikkа (аlgоritmik 

хаrаktеrgа),  tizimgа,  ilgаridаn  o‘rnаtilgаn  rеjа  (qоidа),  tizimgа  аniq  

riоya  qilish. 

 


 

26 


 

 

 



Qiziqish 

Интернационалистическ

ий 

CURIOSITY 



Matematika 

Математика 

Mathematics 

Dars 


Урок 

lesson 


O‘qituvchi 

Учитель 


teacher 

Bilim 


Знание 

Knowledge 

Ko‘nikma 

Навьiк 


Skill, practice 

Malaka 


Навьiк 

Experience 

Pedagogik texnologiya 

педагогический  

технология 

Pedagogical technology 

Darslik 

Учебник 


Textbook 

 

Mavzu 



Тема 

Theme 


Mashq 

Упражнение 

Exerice 

Talim 


Обучение 

Education 

Ta‘lim metodlari 

Обученние метод 

Educational method 

Pedagogik innovatsiya 

педагогический  

инноватция 

Pedagogical innovation 

Pedagogik maxorat 

педагогический  вьiсокое 

мастерство 

Pedagogical expertise 

Obyekt 


Обьект 

Obyekt 


Innavatsion ta‘lim 

Инноватционная 

обучение 

Innavation education 

Faoliyat 

 

Activity 



Faol ta‘lim 

Активньiй обучение 

Active education 

Mustaqil ta`lim 

Сомастоятельное 

обучение 

Independent education 

O‘quv yili 

Учебньiе год 

School year 

 

 


 

27 


 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

1. O’zbekiston Respublikasi  “Ta’lim to’g’risidagi qonuni”. T.: “Sharq” 



nashriyoti-1997 yil.

 

2. 



I.A.Karimov  “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T.: “Ma’naviyat” 

nashriyoti 2008 y.

 

3. 



I.A.Karimov  “Barkamol avlod orzusi”  T.: “Sharq” nashriyot-matbaa 

konserni bosh tahririyati- 1998 y. 

4. 

I.A.Karimov      “Barkamol  avlod-O’zbekiston  taraqqiyotining 

poydevori”. T.: “Ma’naviyat” nash.   1998 y. 

5. 

O’zbekiston  Respublikasi  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”.  T.:  “ 

Sharq” nashriyot -1997 y. 

6. 

M.X.To’xtaxo’jayeva  “Umumiy pedagogika” T.: “Fan” nashriyoti-2006 

yil.  

7. 

J.Xasanboyev, H.Sariboyev   “Pedagogika” o’quv qo’llanma T.: “Fan” 

nashriyot-2006 yil.  

8. 

A.Akmalov 

“Matematika 

o’qitishda 

tarixiy 

ma’lumotlardan 

foydalanish” T.:  2005 

9. 

“O’zbek  tilining  izohli  lug’ati”  T.:  “  O’zb.  Res.  Milliy  ensklo”    (3,4,5 

qismlar).  

 

28 


10. 

 M.A.Danilov  Yesipov  “Didaktika”.  Moskva  izd-vo  APN  RS  FSR- 

1957y. 

11. 

 D.I.yunusova  “Matematikani  o’qitishning  zamonaviy  texnologiyalari” 

T.: “Fan” nash.-2010 yil.  

12. 

 S.A.Gasteva, S.E. Lyapin “Matematika o’qitish metodikasi”. T.: “O’rta 

va Oliy maktab” nashriyoti-1960 yil. 

13. 

www.ziyonet.uz

 

14. 

www.edu.uz

 

15. 

www.tdpu.uz

 

16. 

www.fikr.uz

 

17. www.pedagog.uz 

 

 

Download 369.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling