Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana12.11.2020
Hajmi1.43 Mb.
#144471
  1   2   3   4   5
Bog'liq
akademik litseylarda axborot texnologiyalari fanining kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari bolimini oqitish metodikasi


 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 



NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 

FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI

 

 

 



«Himoyaga ruxsat etilsin» 

                                                Fakultet dekani  

f.-m.f.n.,dotsent 

__________ D.I.Yunusova 

«____» __________2012 yil 

5140100-«Matematika va informatika» ta‘lim 

yo`nalishi IV kurs talabasi 

 

HAMIDOVA Nazira Fayzullayevnaning 



Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining ―Kompyuter 

tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi 

mavzusidagi 



BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

Talaba: _________ N.Hamidova 

 

 

Ilmiy rahbar: «Informatika va ta‘limda 

axborot texnologiyalari» kafedrasi  

 iq.f.n.dotsent 

________ A.Qobilov 



 

 

Taqrizchi: «Informatika va ta‘limda axborot 

texnologiyalari» kafedrasi dotsenti 

____________B.Xoldorov 

 

 

Taqrizchi:  O‘ZMU qoshidagi 

S.H.Sirojiddinov nomli AK litsey informatika 

fani  katta  o‘qituvchisi 

__________________A.Akmalov 



 

 

«Himoyaga tavsiya etilsin» 

«Informatika va ta‘limda axborot 

texnologiyalari» kafedrasi mudiri p.f.n., 

dotsent 

___________M.E.Mamarajabov 

«__»__________2012 yil 

 

 

Toshkent - 2012



 

 

 



M U N D A R I J A 

 

 

Kirish …………………………………………….……………… 





1-BOB. 

Akademik  litseylarda  Axborot  texnologiyalari  fanining 

o‘qitilish holati…………………………………………………….  

1.1. 


Akademik  litseylarda  Axborot  texnologiyalari  fani  va  uning 

o‘qitilish holati……………………………………………………...  7 

1.2. 

Akademik  litseylarda  Axborot texnologiyalari  fanining mazmuni  10 



1.3. 

Axborot  texologiyalari 

  fanini  o‘qitishda  qo‘llaniladigan 

metodlar…………………………………………………………… 

14 

2-BOB. 

Akademik  litseylarda  Axborot  texnologiyalari  fanining 

―Kompyuter  tarmoqlari  va  ularda  ishlash  asoslari‖  bo‘limini 

o‘qitish metodikasi……………………………………………… 

21 


  2.1. 

Axborot    texnologiyalari  fanining  ―Kompyuter  tarmoqlari  va 

ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi………….. 

21 


2.2. 

―Kompyuter  tarmoqlari  va  ularda  ishlash  asoslari‖  bo‘limi 

bo‘yicha o‘quvchilar  bilimini  baholash  ………………………….  55 

2.3. 


Tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari tahlili ………………… 

62 


 

Xulosa ………………………………………………..…………... 

67 

 

Foydalanilgan adabiyotlar …………………….…………………. 



69 

 

Izohli lug‘at …………………………….………………………... 



71 

 

 



 

 

 



 

 


 

KIRISH



 

 

Mavzuning  dolzarbligi:  Hozirgi  davrda  biror-bir  sohada  ish  yuritish,  uni 

boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lishi 

uchun  avvalo  kompyuter  savodxoni  bo‘lishi,  axborot  texnologiyalarini  puxta 

egallamog‘i lozim. Har bir mutaxasis u qaysi sohada ishlashidan qat‘iy nazar, o‘z 

vazifasini  zamon  talabi  darajasida  bajarishi  uchun  axborotga  ishlov  beruvchi, 

kompyuter tarmoqlarini va internet xizmatidan foydalanish  uslubiyotini bilishi va 

ularda  ishlash  ko‘nikmasiga  ega  bo‘lishi  zarur.  Shu  sababli  bugungi  kunda 

mustaqil Respublikamizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning 

mazmun mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan ―Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi‖da  ―Kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini 

mamlakatning 

ijtimoiy 

va 


iqtisodiy 

taraqqiyoti 

istiqbollarida, 

jamiyat 


ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va  texnologiyalarning  zamonaviy 

yutuqlaridan  kelib  chiqqan  holda  qayta  qurish  nazarda  tutiladi‖  deb  belgilab 

qo‘yilgan [1]. 

Yuqoridagilar  asosida  ta‘lim  tizimidagi  fanlarni  o‘qitishda  uzviylik  va 

uzliksizligini  ta‘minlash  maqsadida,  har  bir  fanning  mazmunini  qayta  tahlildan 

o‘tkazish,  Davlat  ta‘lim  sandartlari  va  o‘quv  dasturlarini  takomillashtirish,  ta‘lim 

bosqichlari  bo‘yicha  uning  uzviyligi  va  uzluksizligini  ta‘minlash  asosida  tubdan 

isloh qilish zarur bo‘ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida 

umumta‘lim  predmeti  sifatida  kiritilgan  informatika  predmeti  ham  bundan 

mustasno emas. 

O`zbekiston  respublikasi  mustaqillikka  erishgan  yillaridan  e`tiboran 

mamlakatimizni  axborotlashtirish  muammosiga  xukumatimiz  alohida  e`tibor 

qaratmoqda.Xususan,  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  fevral  oyidagi  "Milliy 

tarmoqni  yaratish  va  dunyo  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishni  tartiblash 

to`g`risida"gi,  keyinroq  "O`zbekiston  Respublikasida  1999-2003  yillar  ichida 


 

ma`lumotlarni uzatish milliy tarmog`ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi", 



2002 yil iyunidagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot –  

kommunikasiya  texnologiyalarini  joriy  etish  chora  tadbirlari  to`g`risida"gi 

qarorlari  qabul  qilindi.  Shu  munosabat  bilan    respublikamizning  qator  ta`lim 

muassasalarining texnika bazasi, jumladan, kompyuter  texnikasining  yangi  avlodi 

bilan  jixozlanishi,  shuningdek,  ularning  Internet  tarmoqlariga  ulanishi,  elektron 

aloqalar bilan ta`minlanishiga e`tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta`lim 

mazmunini  samarali  qilish  maqsadida  respublika  ta`lim  muassasalariga  yangi 

pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  joriy  qilish,  o`quv  rejalariga  kiritilgan 

fanlarni  yangi  interfaol  usul  va  vositalardan  foydalangan,  jumladan,  masofadan 

turib  o`qitish,  kompyuterlashtirilgan  anjumanlar  o`tkazish,  elektron  darsliklar 

yaratish  va  ularni  o`quv  -  tarbiya  jarayonida  qo`llashga  qaratilgan  tadbirlardir. 

O`zbekiston  Respublikasida  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  belgilangan 

vazifalarni  amalga  oshirilayotgan,  shuningdek,  davlat  ta`lim  standartlari 

tasdiqlanib  hayotga  qo`llanilayotgan  bir  paytda  ta`lim  muassasalaridagi  o`quv-

tarbiya  jarayonini  sifatli  tashkil  etish  uchun  O`zbekiston  Respublikasida    2003 

yilning 11 dekabrida "Axborotlashtirish to`g`risida"gi qonunni qabul qilinishi ham 

bejiz  emas.  Ushbu  qonunning  "Axborot  tizimlarining  tarmoqlararo  bog`lanishi" 

nomli  18  -  moddasida  "  kadrlar  tayyorlash  va  malakasini  oshirish,  ilmiy 

tadqiqotlarni rag`batlantirish" vazifasiga ham urg`u berilgan [4]. 

 Zamonaviy  kompyuter  va  axborot  tarmoqlari    iqtisodiyot,  fan  va  ta‘limning 

barcha sohalariga keng joriy etish halqaro ahborot tizimlariga shu jumladan yuqori 

malakali  mutaxasislar  tayyorlash  darajasini  oshirish  masalasi  davlat  siyosati 

darajasiga  ko‘tarildi.  Mamlakatimiz  Prezidenti  tomonidan  2011-yilni  ―Kichik 

biznes  va  hususiy  tadbirkorlik  yili‖  deb  e‘lon  qilinishi,  yurtimizda  amalga 

oshirilgan iqtisodiy islohotlarga yanada chuqurroq yondoshishga sabab bo‘lmoqda. 

Bu  esa  o‘z  navbatida,  yurtimiz  istiqbolini  yanada  ravnaq  topishida  muxum 

axamiyatga  egadir.  Shuni  ta‘kidash  lozimki,  so‘ngi  yillarda  iqtisod-siyosat,  ilm  –

fan, texnika soxalari, ularga qaratilayotgan e‘tibor sezilarli darajada o‘sdi.[2] 



 

 Ta`lim  tizimining  bugungi  vazifasi  tinglovchilarni  kun  sayin  to`lib 



toshayotgan  axborot  -  ta`lim  muxiti    sharoitida  bemalol  faoliyat  ko`rsataolishga 

o`rgatishdan  iboratdir.  Buning  uchun  ularga  uzluksiz  ravishda  mustaqil  ishlash 

sharoitini yaratib berish zarur.  

Zamonaviy  etapda  ommani  axborotlashtirish  va  ta‘limning  rivojlanish 

strukturasida  ko‘pgina  an‘anaviy  usuldan  voz  kechib,  yangi  usullarga  asoslangan 

ta‘lim oluvchi, o‘qituvchi bilan kompyuter orqali o‘rganishi. Bu ta‘lim binosidan 

ancha uzoqda bo‘ladi. Buni biz masofaviy ta‘lim deb nomladik.  

 Masofaviy  ta‘lim  tizimida  ma‘ruzalarning  elektron  varianti  muhim  rol 

o‘ynaydi.  Zamonaviy  informatsion  texnologiyalar  ishlatilishi  sharofati  bilan 

o‘qituvchi  tomonidan  berilgan  an‘anaviy  ta‘lim  berish  usulidagi  muammolarni 

echish  qobiliyatiga  ega.  Gipermurojat  bilan  matnni  sintezlash  pedagogik 

komplektni  tashkil  etib,  an‘anaviy  usul  bilan  taqqoslaganda  ancha  o‘zlashtirish 

jarayoni engillashtiradi. 

Masofaviy  ta‘lim  internetning  tarqalishi  tufayli  yangi  o‘qitish  instrumentini 

rivojlantirish  yangi  bosqichiga  keldi.  Endi  tarmoq  texnologiyasi  bilan  har  qanday 

ma‘lumotga momental ruxsatni tashkil qilish mumkin.  

Hozirgi vaqtda ―Masofaviy ta‘lim‖ ning informatsion oqimi ikkiga yo‘naltirish 

mumkin.  Elektron  darslikni  tashkil  etuvchi  CD  diskga  yozilgan  multimediyali 

darsliklar  to‘plami  va  ma‘ruzalarning  elektron  varianti,  serverda  joylashgan  va 

internet orqali ruxsat etilgan uslubiy va yo‘riqnomalar manbai [22]. 



Bitiruv  malakaviy  ishi  obyekti  –  Akademik  litseylarida  Axborot 

texnologiyalari    fani    mazmuniga  kiruvchi  ―Kompyuter  tarmoqlari  va  ularda 

ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish jarayoni. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  predmeti  –  Kompyuter  tarmoqlari  va  ulardan  o‘quv 

jarayonida foydalanishning vositalari, tamoyillari va usullari.   



Bitiruv  malakaviy  ishi  maqsadi  –  Akademik  litseylarida  Axborot 

texnologiyalari fani  mazmuniga kiruvchi ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash 



 

asoslari‖  bo‘limini  o‘qitish  metodikasini  ishlab  chiqish  va  undan  amaliyotda 



foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat.    

                                                     

 Bitiruv malakaviy ishi vazifalari  

–Akademik  litseylarda    Axborot  texnologiyalari    fanining  mazmunini        

o‘rganish 

- Axborot texnologiyalariga oid adabiyotlar bilan tanishi va ularni taxlil qilish 

-Axborot  texnologiyalari  fani mazmuniga kiruvchi ―Kompyuter tarmoqlari va 

ularda  ishlash    asoslari    bo‘limini  mazmunini  yaratish  va  ularni  o‘quv  jarayonida 

qo‘llash metodikasini ishlab chiqish 

- Yaratilgan metodikani amaliyotda qo‘llash va  tajriba sinovdan o‘tkazishdan 

iborat. 

Bitiruv malakaviy ish kirish 2 ta bob 6 ta banddan iborat. 



 

1-BOB.    Akademik  litseylarda  Axborot  texnologiyalari  fanining 



o‘qitilish holati

 

1.1. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fani va uning 



o‘qitilish holati 

Mustaqil  rivojlanish  yo‘lida  borayotgan  mamlakatimizning  ta‘lim  tizimiga                           

e‘tibori O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risidagi» qonunining  

3-moddasida o‘z aksini topib, unda «Ta‘lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy 

taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e‘lon qilinadi»- deb ko‘rsatib berilgan. 

   


«Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»ning  maqsadi-  ta‘lim  sohasini  tubdan 

isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos 

etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasiga  ko‘tarish,  yuksak  ma‘naviy 

axloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  milliy 

tizimini yaratishdan iborat.  

Milliy dasturda belgilanishicha, ―Uzluksiz ta‘lim -  malakali raqobatbardosh 

kadrlar  tayyorlashning  asosi  bo‘lib,  ta‘limning  barcha  turlarini,  davlat  ta‘lim 

standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi  tuzilmasini  va  uning  faoliyat  ko‘rsatish 

muhitini o‘z ichiga oladi‖. 

  

Mamlakatimizdagi    ta‘lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o‘qitishda 



ularning uzluksizligi va uzviyligini ta‘minlash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda barcha 

ta‘lim bosqichlarida   Axborot texnologiyalari  fanini mazmunini yaratish va ularni 

o‘rganish  masalalariga  alohida  e‘tibor  qaratilgan.  Axborot  texnologiyalari  fani  

informatika  fanining  uzviy  davomiyligini  biz  davlat  ta‘lim  standartiga  muvofiq 

Axborot  texnologiyalari  maqsad  va  vazifalarini  har  bir  ta‘lim  bosqichida 

quyidagilardan iborat deb hisobladik: 

-  maktabgacha  tarbiya  va  boshlang‘ich  ta‘lim  bosqichlarida  axborot 

texnologiyalarining  elementlari sifatida - kompyuter, disk, xotira, axborot,  o‘yinli 

texnologiyalarni kompyuter o‘yinlari yordamida bolalar ongiga singdirish;  

  

- umumiy o‘rta ta‘lim bosqichida «Informatika» fanini o‘qitish orqali ta‘lim 



oluvchilarning  axborot  texnologiyalari  fanining  elementlaridan  savodxonlikni 

 

ta‘minlash va davlat ta‘lim standartlari bo‘yicha belgilangan malaka, ko‘nikmalar 



hosil  qilish,  keyingi  ta‘lim  bosqichiga  o‘tuvchi  yoshlarni  fundamental  (asosiy) 

tushunchalarini boyitish; 

-    o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi  bosqichida–  «Axborot  texnologiyalari» 

fanini o‘qitish orqali ta‘lim olayotgan yoshlarga fanning amaliy jihatlariga ko‘proq 

ahamiyat berilishi va kompyuterning ofis dasturlariga asoslanib o‘qitish jarayonini 

tashkil etish; 

  

-  oliy  ta‘limning  tayanch  bosqichi  (bakalavriat)da  ta‘lim  yo‘nalishlari 



bo‘yicha  –  «Kasbiy  faoliyatda  zamonaviy  axborot  texnologiyalari»dan  fanining 

nazariy va ilmiy asoslarini o‘rganish; 

-  oliy  ta‘limning  yuqori  bosqichi  (magistratura)da  ta‘lim  yo‘nalishlari 

bo‘yicha- «Kasbiy faoliyat doirasining tizimli tahlili metodologiyasi va eng yangi 

axborot texnologiyalari»dan fanning nazariy va ilmiy asoslarini o‘rganish;  

-  malaka  oshirish va  undan  keyingi  bosqichlarda    «Axborot  texnologiyalari 

va dasturiy ta‘minotning eng yangi dasturiy vositalarning qiyosiy kursi»ga e‘tibor 

berish, fanga kirib kelayotgan yangiliklar va o‘zgarishlarga ilmiy yondashuv bilan 

qarash lozim deb  hisoblaymiz. 

Uzluksiz ta‘limda bunday uzviylik, asosan, fanning davlat ta‘lim standartlari 

majmui, namunaviy  o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlar ishlab 

chiqishga  asos  bo‘la  oladi.  Akademik  lirsey  ta‘limida  «Axborot  texnologiyalari» 

fani  umumta‘lim  fani  sifatida  qaralib,  uni  va  boshqa  fanlarning  davlat  ta‘lim 

standarti  qabul  qilindi.  Har  bir  fanning  dasturlari    va  ularga  qo‘yilagan  talablar 

Davlat ta‘lim standarti (DTS)da va dasturlarning mazmunida ko‘rsatib berilgan.  

  

Axborot  texnologiyalari  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi  bosqichida 



umumta‘lim fani sifatida o‘qitilar ekan, o‘quv muassasasi yetarli darajada moddiy-

texnika  bazasi  va  zamon  talablariga  javob  beradigan  kompyuterlar  bilan 

jihozlangan  bo‘lishi  lozim.  Bu  haqda  «Ta‘lim  to‘g‘risidagi»  qonunda,  «Kadrlar 

tayyorlash Milliy dasturi»da ta‘kidlab o‘tilgan.[2]  



 

   



 «O‘zbekistonning  iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori darajada erishishi, 

jahon  iqtisodiy  tizimida  to‘laqonli  sheriklik  o‘rnini  egallay  olishi  inson 

faoliyatining  barcha  jabhalarida  zamonaviy  axborot  texnologiyalaridan  yuqori 

darajada foydalanishning ko‘lami qanday bo‘lishga bog‘liq...» Shunday ekan o‘rta 

maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi  muassasalari  bitiruvchilariga  umumta‘lim  fanlarga 

qo‘yilgan  umumiy  talablarda  kasb-hunar  ta‘limi  bitiruvchilari  kompyuter  va 

boshqa  telekommunikasiya  vositalaridan  foydalana  olishlari,  zamonaviy  axborot 

vositalari bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarini mustahkam egallashlari nazarga 

tutilgan. 

  

 Zamonaviy  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  ijtimoiy  va  iqtisodiy, 



ma‘naviy,  umuman  barcha  sohalarga  kirib  borayotganligi  uchun  kasb-hunar 

kollejlarining  barcha  mutaxassisliklariga  «Axborot  texnologiyalari»  fani 

umumta‘lim fani sifatida o‘qitilmoqda. Bu fan asosan, kasb-hunar kollejlarining 

 2-kurs  talabalariga  o‘qitilib,  talabalarga  fan  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim  vazirligi tomonidan Davlat ta‘lim standartlariga ko‘ra 

barcha mutaxassisliklarda  umumta‘lim fani sifatida 40 soatga mo‘ljallangan talab 

ishlab  chiqilgan.  Bu  fan  «informatika»ning  uzviy  davomi  sifatida    o‘rganilib, 

fanning  asosiy  negizini  kompyuter  texnologiyalari  tashkil  etadi  va  uning  texnik 

ta‘minotini ta‘minlaydi. 


10 

 

 



1.2.  Akademik  litseylarda  Axborot  texnologiyalari  fanining 

mazmuni   

O‘zbekiston    Respublikasi    Prezidenti  I.A.Karimovning  O‘zbekiston  

Respublikasi  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi  va Senatning 2010 yil 27 yanvar 

kuni  bo‘lib  o‘tgan  qo‘shma  majlisidagi  ―Mamlakatni  modernizasiya  qilish  va 

kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  –  ustivor  maqsadimizdir‖,    hamda    Vazirlar 

Mahkamasining  2010  yil  29  yanvar  kuni  bo‘lib  o‘tgan    majlisidagi  ―Asosiy 

vazifamiz  –  Vatanimiz  taraqqiyoti  va  halqimiz  farovonligini  ya‘nada 

yuksaltirishdir‖    mavzularidagi  ma‘ruzalarida    ham  o‘quv  jarayoniga    yangi 

axborot  –kommunikasiya    va  pedagogik  texnologiyalarni,  elektron  darsliklar 

hamda  multimedia  vositalarini    keng  joriy  etish  hisobiga    mamlakat  maktablari, 

kasb-hunar  kollejlari  va  liseylarida,  oliy  ta‘lim  muassasalarida    ta‘lim  berish 

sifatini    tubdan  yaxshilash,  ta‘lim  muassasalarining  o‘quv-laboratoriya  bazasini  

eng  zamonaviy  o‘quv  va  laboratoriya  uskunalari,  kompyuter    texnikasi  bilan 

mustaxkamlash vazifalari  qo‘yilgan.      

Yuqoridagilar  asosida    ta‘lim  tizimidagi  fanlarni  o‘qitishda    uzviylik  va 

uzluksizligini  ta‘minlash  maqsadida,  har  bir  fanning    mazmunini  qayta  taxlildan 

o‘tkazish, Davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlarini  takomillashtirish, ta‘lim 

bosqichlari  bo‘yicha  uning  uzviyligi  va  uzluksizligini  ta‘minlash  asosida  tubdan 

isloh  qilish  zarur  bo‘ladi.  Akademik  lisey  va  kasb-hunar  kollejlari  o‘quv  rejasida 

umumta‘lim  predmeti  sifatida  kiritilgan  «Axborot  texnologilari»  o‘quv  predmeti 

ham bundan mustasno emas. 

Axborot    texnologiyalari    fani  o‘quv  dasturi    o‘rta  maxsus,  kasb–hunar 

ta‘lim  muassasalari  (akademik  lisey  va  kasb-hunar  kollejlari)  uchun 

mo‘ljallangan.[4]  



Fanning_asosiy_maqsadi'>Fanning  asosiy  maqsadi  –  o‘quvchilarni  axborot  madaniyatli  qilib 

tayyorlash,  ya‘ni  ularni  zamonaviy  axborot  texnologiyalarining  usul  va  vositalari 



11 

 

haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, ulardan o‘z kasbiy faoliyatlarida 



foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. 

 

Bu akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga: 



-  axborot  texnologiyalari  usul  va  vositalaridan  o‘qish  davomida  va 

kelajakdagi kasbiy faoliyatida foydalana olish

-  axborotni tashkil qilish va izlab topish; 

-  ajratib  olingan  axborotni  tizimga  solish,    umumlashtirish  va  boshqa 

odamlarga  tushunarli shaklga keltirish; 

-  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  yordamida  axborot  va  bilimlarni 

almasha olishlariga imkoniyat yaratadi. 

Fanning vazifasi  o‘quvchilarni  - zamonaviy axborot texnologiyalari haqidagi 

bilimlar, hususan,  axborot xavfsizligi, axborotlarni himoya qilish,  kompyuterlarga 

xizmat qilishning asosiy qoidalari va masalalari, kompyuter viruslaridan saqlanish 

usullari  va  dasturiy    vositalari,  fayllarni  arxivlash  usullari  va  dasturiy  vositalari, 

arxivator  –  dasturlar  bilan  ishlash,  axborot  tizimlarini  tuzish  va  ulardan 

foydalanishning  asosiy  qoidalari  va  usullari,  axborot  texnologiyalarining  texnik 

vositalari  bilan  tanishishtirish,    uskunaviy  tizimlar  yordamida  sodda  ma‘lumotlar 

ombori (MO) va bilimlar ombori(BO)ni  yaratish,  turli fizik, iqtisodiy, biologik va 

matematik  modellar  qurish  usullari,  umumta‘lim  fanlari  (geometriya,  fizika, 

algebra,  kimyo,  iqtisod  kabilar)dagi  sodda  masalalarning  matematik  modellarini  

qurish,  lokal  va  global  kompyuter  tarmoqlari  bilan  ishlash  ko‘nikmalarini 

shakllantirish,  zamonaviy  axborot  texnologiyalarining  jamiyatni  rivojlantirishdagi 

muhim ahamiyati bilan tanishtirish va ulardan o‘z  kasbiy faoliyatlarida foydalana 

olish malakalarini shakllantirishdan  iboratdir. 

Umumiy o‘rta ta‘lim  maktablarida, keyinchalik  akademik lisey va kasb-hunar 

kollejlarida  o‘quvchilar  «Informatika»  umumta‘lim    fanini  o‘rganish  natijasida 

axborot  texnologiyasi  haqida  boshlang‘ich  tushunchalarga  ega  bo‘lib,  kompyuter 

savodxonligiga  erishadilar.  Axborot  texnologiyalarini  yanada  chuqurroq 



12 

 

o‘zlashtirish va ulardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish Axborot 



texnologiyalari  fanini  o‘rganish  orqali  amalga  oshiriladi.  Natijada  o‘quvchilar 

axborot madaniyatini egallaydilar. 

Axborot  madaniyati  –  bu,  insonni  axborot  texnologiyalarining  barcha 

imkoniyatlaridan  o‘z  faoliyatida  samarali    foydalana  olishini  bildiradi.  Axborot 

madaniyatiga erishgan odam axborotlashgan jamiyatning faol a‘zosiga aylanadi. 

«Axborot  texnologiyalari»  fanini  o‘rganish  o‘quvchilarning  «Informatika», 

«Matematika»,  «Fizika»  va  boshqa  umumta‘lim  fanlaridan  olgan  bilim  va 

ko‘nikmalariga  asoslanadi.  Shuningdek,  axborot  texnologiyalarining  usul  va 

vositalaridan ushbu fanlarni o‘rganishda keng foydalanish ko‘zda tutilishi kerak. 

«Axborot texnologiyalari» fanini akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining 

barcha  yo‘nalishlarida  o‘qitilishi  sababli quyida keltirilayotgan  dasturning  u  yoki 

bu    bo‘limini    o‘rganish  darajasi  o‘quvchilarning  qiziqishi  va  tanlangan  kasbiy 

yo‘nalishiga  bog‘liq  holda  olib  boriladi.  Ammo,  barcha  yo‘nalishlarda  tahsil 

olayotgan  o‘quvchilar  dasturning  hamma  bo‘limlaridagi  bilimlardan  xabardor 

bo‘lishlari kerak. 

O‘quvchilarning bilim, malaka  va ko‘nikmalariga talablar. 

Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar: 

axborot  texnologiyalari  vositalaridan  o‘qish  davomida  va  o‘zining  kasbiy 



faoliyatida foydalanishni bilishi

axborot  xavfsizligi  tushunchasi  va  axborot  himoyasining  usullari  haqida 



ma‘lumotga ega bo‘lishi; 

axborotni  tashkil  qilish  va  izlab  topish,  ajratib  olingan  axborotni 



tizimlashtirish,  tarkiblantirish,  umumlashtirish  va  tushunarli  shaklga 

keltirishni bilishi; 

 kompyuterlarga  xizmat  qilishning  asosiy  qoidalari,  ularga  xizmat  qiluvchi 



dasturlar va ulardan foydalana olishni bilishi; 

kompyuter  viruslaridan  saqlanish  usullari,  antivirus  dastur  vositalarining  



imkoniyatlaridan foydalana olishi; 

13 

 



fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi; 

umumta‘lim fanlaridagi sodda masalalarning modellarini tuza olishi; 



multimediya  texnologiyasi  va  telekommunikasiyadan  foydalana  olish 

ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; 

axborotning  matn,  grafik,  rangli  tasvir,  tovush,  odam  ovozi,  musiqa, 



animasiya, videoklip kabi turlarining o‘rnini tasavvur qila olishi

axborot  jarayonlarining  zamonaviy  jamiyatdagi  ahamiyati,    global 



axborotlashtirish  jarayonining  jamiyat  va  insonning  rivojlanishiga  ta‘sirini 

tushuna olishi; 

axborot  manbalari,  infratuzilma,  axborot  muhiti,  jamiyatning  axborot 



salohiyatini  tasavvur qila olishi; 

zarur axborotni topish va uning ishonchliligini aniqlash yo‘llarini bilishi; 



kompyuterlashgan axborot manbalariga kirish yo‘llari va usullarini bilishi; 

shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish, Internet tarmog‘ida axborot 



izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish;  

Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olishni malakalariga ega 



bo‘lishlari zarur. 

Dasturning asosiy bo‘limlari quyidagilar: 

1-bob. Axborot texnologiyalari, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati. 

2–bob. Axborot tizimlari va ulardan foydalanish. 

3-bob.. Ma‘lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari. 

4-bob. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish 

5-bob. Axborot xavfsizligi. 

6-bob. Kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish. 

7-bob. Model va modellashtirish asoslari. 

8-bob. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari.  

9-bob. O‘zbekistonda kompyuter tarmoqlari. [5] 


14 

 


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling