Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana08.07.2020
Hajmi0.99 Mb.
#123338
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
                                                                                     Qo‘lyozma huquqida 
                                                                                         UDK (372.2)  
 
TOJIYEVA GULBAHOR SHUHRATOVNANING 
 
“Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish 
texnologiyasi” 
Mutaxassislik: 5A111701-Boshlang‘ich ta’lim 
                           Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan 
DISSERTATSIYА
             
         
 
                                                                                    Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi              
Himoya qilishga ruxsat                                                va tarbiyaviy ishlar metodikasi 
Magistratura bo‘limi boshlig‘i                                      kafedrasi mudiri, p.f.n., dos  
  ____________M.Esоnov                                       _____________ X.R.Sanaqulov  
        2014 y «____»iyun                                            Ilmiy rahbar: p.f.n.,dos 
                                                                                 __________Abdurahimova D.A. 
 
 
 
                                                                                                
TOSHKENT 2014-yil 
 

 
 

M  U  N D  A  R I  J  A 
KIRISH............................................................................................................ 

I-bob.Boshlang‘ich 
ta’lim 
tizimida 
pedagogik 
aksiologiyadan            
foydalanishning nazariy pedagogik asoslari.................................................. 
 
12 
1.Boshlang‘ich  ta’lim  tizimida      pedagogik  aksiologiyadan  foydalanish      
pedagogik    muammo sifatida.................................................................. 
12 
2.Pedagogik aksiologiya – pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida.........  23 
3.Pedagogik aksiologiya rivojida tasavuf va uyg‘onish davri   
 mutafakkirlarining aksiologik qarashlari.......................................................... 
 
28 
Bob  bo‘yicha xulosa..........................................................................................  39 
II-bob.  Pedagogik  aksiologik  muammolar  va  ulardan  boshlang‘ich 
ta’lim tizimida  foydalanishning pedagogik shart- sharoitlari.................... 
 
41 
1.Ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarida 
qadriyatlarga munosabatni  shakllantirish......................................................... 
 
41 
2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usini shaklantirishning 
aksiologik ahamiyati.......................................................................................... 
 
48 
3.Boshlang‘ich    sinf  o‘quvchilarining  ta’lim-  tarbiyasida  milliy-  ma’naviy 
qadriyatlardan foydalanish imkoniyatlari.......................................................... 
 
66 
Bob  bo‘yicha xulosa.........................................................................................   69 
III-bob.Pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida 
foydalanish texnologiyasi 
72 
1.Pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida 
foydalanishga  oid  tajriba-sinov  ishlarini  tashkil  etish  va  uni  o‘tkazish 
metodikasi........................................................................................................... 
 
 
72 
2.Pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
oid tajriba-sinov ishlarining samaradorlik darajasi............................................ 
 
85 
Bob bo’yicha  xulosa……………………………………………......................  94 
UMUMIY XULOSA .......................................................................................  97 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………...  99  
 
 
 
 
 
 

 
 

KIRISH 
Mavzuning  dolzarbligi.  Bizning  davrimizda  ta’limiy  qadriyatlar,  ularning 
tabiati,  funksiyalari,  o‘zaro  aloqadorligi  haqidagi  pedagogikaning  yangi  sohasi  - 
pedagogik  aksiologiya  rivojlanib  bormoqda.  Chunki  zamonaviy  jamiyat  ta’limni 
o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  egallashining  maqsadga 
yo‘naltirilgan  jarayoni  va  natijasi  sifatida  tushunishdan  uzoqlashdi.  Ta’lim  bu 
insonda insoniylikni tarkib toptirishdir. Uning asl mohiyati ham ana shunda. 
Ta’limning  ma’naviyatni  tarkib  toptirishdagi  ahamiyati  uni  qadriyatli  bilimlarni 
uzatish  va  uning  asosida  insonda  qadriyatli  munosabat,  qadriyatli  xulq-atvorni 
shakllantirishda  ekanligini  o‘z  vaqtida  Aflotun  ham  ta’kidlab  o‘tgan  edi.  U 
davlatning asosini qolgan barchasi unga bog‘liq bo‘lgan yagona birlik aks ettiradi, 
deb  hisoblagan.  Bunday  asos  -  olijanoblikdir.  Olim  yuksak  olijanoblik  sifatida 
hech narsa yaxshilik va yomonlik haqida unday ma’lumot bera olmaydigai bilimni 
e’tirof  etadi.  Bilimda  qanchalik  olijanoblik  o‘z  ifodasini  topganligini  esa  ta’lim 
jarayonida o‘rganish mumkin. 
Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy 
qadriyatlarni  muhokama  etuvchi  hamda  ta’limga  qadriyatli  yondashuvni  amalga 
oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir
Pedagogik  aksiologiyaning  predmeti,  maqsad  va  vazifalari.  Pedagogik 
aksiologiyaning  predmetini  shaxsning  qadriyatli  ongi,  qadriyatli  munosabati, 
qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi. 
 Aksiologik  muammolarga  doir  nazariy  manbalardagi  qadriyat  tushunchasining 
mohiyatini taxdil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs 
va  jamiyat  faoliyatida  ideal  namuna  va  yo‘nalishlarni aks  ettiruvchi  individual  va 
ijtimoiy  ongni  tashkil  etuvchi  maxsus  ta’lim  sifatida  qaraydi.  Alohida  shaxs  yoki 
jamiyat  yaxlitlikda  qadriyatlarni  uzatuvchisi  sifatida  qaraladi,  nihoyasi  esa, 
insonning  xulq-atvori  va  xatti-harakatini  rag‘batlaydi.  Xulq-atvor  va  xatti-
harakatlarning  tavsifi  shaxsning  atrof-muhitga,  o‘z-o‘ziga  munosabati  haqida 
guvoxlik beradi. 

 
 

Turli  xalq,  millat  hamda  elatlarning  o‘zligini  anglashi  ularning  mustaqilligi, 
erkini  kafolatlovchi  muhim  shart  sanaladi.  Binobarin,  milliy  o‘zlikni  anglash  ana 
shu  xalq,  millat  va  elatlarning  kishilik  jamiyatidagi  o‘rni  va  mavqeining 
belgilanishini  ta’minlaydi.  Millat  vakillarining  milliy  g‘urur  va  iftixor  tuyg‘usiga 
ega bo‘lishlari ularning milliy o‘zliklarini anglashlariga boshlang‘ich asosdir.  
Mustaqillik  yillarida  respublika  ijtimoiy-siyosiy  mustaqilligini  mustahkamlashga 
bo‘lgan ehtiyoj sezildi. Bu ehtiyojni qondirish omillaridan biri aholi, shu jumladan, 
yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishdir. Zero, milliy iftixor tuyg‘usiga 
ega  bo‘lgan  inson  yurt  mustaqilligi,  xalq  ozodligi  yo‘lida  kurasha  oldi.  Shu  bois 
so‘nggi yillarda ta’lim muassasalari, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim tizimida ham 
kichik  yoshdagi  maktab  o‘quvchilarida  milliy  iftixor  tuyg‘usini  shakllantirishga 
alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq deb topildi.  
Milliy  tuyg‘uning  yoshlarni  Vatan  uchun  fidoiy  insonlar  etib  tarbiyalashdagi 
beqiyos  ahamiyatiga  to‘xtalib  o‘tar  ekan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
I.A.Karimov  quyidagilarni  ta’kidlaydi:  “Milliy  tuyg‘u  inson  uchun  tabiiydir, 
chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o‘z ota-onasiga, butun dunyoga 
aytgan  birinchi  so‘zida  ifodalanadi.  O‘z  xalqiga,  uning  an’anlariga,  tili  va 
madaniyatiga  muhabbat  va  hurmatni  tarbiyalamasdan  turib,  o‘z  xalqini, 
millatlarning  butun  jahon  hamjamiyatida  tenglardan  biri  sifatida  idrok  qiluvchi 
haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas” 
1
 
Yoshlar,  shuningdek,      kichik  yoshdagi  maktab  o‘quvchilarini  milliy  iftixor 
tuyg‘usiga ega bo‘lishlari ularning xalq, millat va vatan tarixini chuqur bilishlari, 
ajdodlarga  munosib  avlod  bo‘lib  voyaga  еtishlarini  ta’minlash  bilan  birga, 
vatanparvar insonga xos muhim ma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon eta olishlari 
uchun  ham  sharoit  yaratadi.  Zero, vatanparvar insonni  tarbiyalab  voyaga  еtkazish 
respublikada  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  etib 
belgilangan.  Vatanparvarlik  milliy  o‘zlikni  anglash  negizida  shakllanuvchi 
                                           
1
 Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. - T.: О‘zbekiston, 1998 

 
 

ma’naviy-axloqiy  sifatlardan  biri  ekanligiga  e’tiborni  qaratgan  holda  Respublika 
Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “O‘zbekiston fuqarosining 
vatanparvarligi  bu  qayta  o‘zgarishlar  yo‘lini  ko‘rsatuvchi,  ko‘zlangan  maqsaddan 
chetga  chiqmaydigan  yo‘lchi  yulduz,  ishonchli  kompasdir.  O‘zbekistonga,  o‘z 
еriga,  tabiatga,  bu  еrda  yashayotgan  xalqlarga  muhabbat,  o‘lkaning  tarixi, 
madaniyati,  an’analarini  teran  bilib  olishga  intilish,  respublikaning  qudrati  va 
yutuqlaridan  faxrlanish,  xalqimiz  qismatiga  tushgan  qiyinchiliklar  uchun 
qayg‘urish  ko‘p  millatli  O‘zbekiston  jamiyatining  muhim  jipslashtiruvchi  asosi 
hisoblanadi”
2
   
      “Kadrlar  tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni 
o‘tmish  mafkuraviy  qarashlaridan  to‘la  xalos  etish,  rivojlangan  demokratik 
davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradigan, yuqori 
malakali  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yaratish  asosiy  maqsad  qilib  qo‘yilgan. 
Kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  davlat  siyosati  uzluksiz  ta’lim  tizimining  insonni 
intellektual  va  ma’naviy-axloqiy  jihatdan  tarbiyalash  imkoniyatlariga  tayanish 
maqsadga  muvofiqligini  ifoda  etib,  har  tomonlama  barkamol  shaxs  –  fuqaroni 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Dasturda  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  biri 
shaxs  ekanligiga  urg‘u  berilib,  “shaxs-kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  subekti 
va  obekti,  ta’lim  sohasidagi  xizmatlarning  iste’molchisi  va  ularni  amalga 
oshiruvchi”  ekanligi va davlat tomonidan shaxsni tarbiyalash, uni har tomonlama 
kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanishi ko‘rsatilgan.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  «Milliy  istiqlol  mafkurasi  – 
xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonch»  nomli asarida keng jamoatchilik, olim, 
shoir  va  yozuvchilardan  mafkura  masalasiga  jiddiy  ahamiyat  berishni  talab  etib, 
jamiyat oldida turgan eng muhim masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va 
                                           
2
 
Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. - T.: О‘zbekiston, 1998 
 

 
 

hayotimizga  tatbiq etish  ekanligini ta’kidladi.  Milliy  istiqlol  g‘oyasi va  mafkurasi 
negizida  yoshlar,  jumladan,  kichik  yoshdagi  maktab  o‘quvchilarini  ajdodlarga, 
ularning  turmush  tarzi,  e’tiqodlari  va  hayotiy  yondashuvlariga  munosib  etib 
tarbiyalash g‘oyalari yotadi. 
Boshlang‘ich    ta’lim    oldiga  qo‘yilayotgan  ijtimoiy  talablar  o‘quvchilarni 
xalqning  boy  ma’naviy  va  intellektual  merosi  hamda  umumbashariy  qadriyatlar 
asosida tarbiyalashni taqozo qiladi. 
Istiqlol mafkurasi milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usi 
zaminida  shakllangan  vatanparvarlikni  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Yoshlarda  Vatanga 
bo‘lgan  muhabbat,  u  bilan  faxrlanish  qanchalik  kuchli  bo‘lsa,  uni  sevish,  yuksak 
darajada  e’zozlash  hissi  kuchaysa,  har  bir  inson  o‘z  vatani  tarixi,  milliy  til, 
madaniyat,  urf-odatlar,  an’analar  hamda  qadriyatlarning  mohiyatini  chuqur 
anglasa,  millat  taqdiri  va  istiqboli  haqida  qayg‘urish  tuyg‘usiga  ega  bo‘lsa, 
mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi. 
Hozirgi davrda mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari ishonch bilan borishda 
shaxs  ma’naviyatini  shakllantirish  masalasi  asosiy  yo‘nalishlardan  hisoblanadi. 
Yetuk    madaniyatli  insongina  istiqlol  mafkurasi  g‘oyalarini  o‘zlashtirib,  ularga 
qat’iy amal qilgan holda ijtimoiy faoliyatni amalga oshiradi. Millat ma’naviyatini 
tiklash va rivojlantirishda milliy ong, til va madaniyat еtakchi o‘rin tutadi. Ulardan 
samarali foydalanish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy his-tuyg‘u, g‘urur va 
iftixorni  o‘stirish,  shuningdek,  milliy  o‘zlikni  anglash  tuyg‘usini  shakllantirishga 
xizmat qiladi. 
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning shaxs kamoloti va uni 
ta’minlash  to‘g‘risidagi  qarashlari  zamonaviy  bosqichda  jahon  ta’limi  uchun 
muhim  asosdir.  Milliy  pedagogik  qadriyatlarni  mavjud  sharoitda  demokratik 
qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim mazmuniga insonparvarlik va demokratik 
g‘oyalarni singdirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, ta’lim-
tarbiya  samaradorligini  oshirish  -  davr  talabidir.  Shu  sababli,  O‘zbekiston 
Respublikasi  mustaqil  davlat  maqomiga  ega  bo‘lgandan  keyin  istiqlol  talablari, 

 
 

qurilajak  huquqiy  demokratik  davlat,  adolatli,  insonparvar  jamiyatga  mos  kadrlar 
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
    O‘zbek  xalqi  mustaqillikka  erishgani  tufayli  o‘tmish  avlodlar  qoldirgan  boy 
ma’naviy-madaniy merosni o‘rganish va qayta tiklashga musharraf   bo‘lmoqda. 
Fan  va  madaniyat  namoyandalarining  asarlarida  ifodalangan  ma’naviy-axloqiy 
g‘oyalar ham insonlar ruhiyati va ma’naviyati taraqqiyotida, yoshlarda ezgulik va 
iftixor tuyg‘usining rivoj topishida muhim vosita bo‘la oladi. 
Boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  o‘quvchilarga    ajdodlar,  shuningdek,  bugungi  davr 
qahramonlarining  faoliyati,  jahon  sivilizatsiyasiga  qo‘shgan  hissasi,  madaniyati, 
san’ati,  fan-texnika,  ishlab  chiqarish  sohalarida  erishilayotgan  yutuqlari  bilan 
faxrlanish,  g‘ururlanish,  iftixor  etish  tuyg‘usini  qaror  toptirish  uzluksiz  ta’lim 
tizimi  oldiga qo‘yilayotgan muhim ijtimoiy vazifalardandir.  
“Kadrlar  tayyorlash Milliy dasturi”ning kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh 
qilishning  muhim  omillari  ko‘rsatib  berilgan  uchinchi  bandida  milliy  o‘zlikni 
anglashning  o‘sib  borishi,  vatanparvarlik,  o‘z  vatani  uchun  iftixor  tuyg‘usining 
shakllanayotganligi,  boy  milliy-madaniy  va  tarixiy  an’analarga,  xalqimizning 
intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan. 
Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish -     Pedagogik aksiologiya va undan 
boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish  texnologiyasi  o‘z  еchimini  kutayotgan 
dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda.  
   Tadqiqot  obekti:  pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’limda 
foydalanish jarayoni. 
  Tadqiqot  predmeti:  pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim 
tizimida foydalanish texnologiyasining  mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, muhim 
bosqichlari, shakl, metod va vositalari. 
Tadqiqot  maqsadi:  Pe
dagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim 
tizimida  foydalanish  texnologiyasining  pedagogik  shart-sharoitlarini  o‘rganish 

 
 

orqali  nazariy  asoslarini  yaratish  hamda  ilmiy-metodik  tavsiyalarni  ishlab 
chiqish. 
  Tadqiqot vazifalari:  
 
1.Tadqiqot  mavzusiga  oid  ilmiy-pedagogik,  falsafiy,  psixologik 
manbalarni  tahlil  qilish  orqali  muammoning  dolzarb  pedagogik  ahamiyatga  ega 
ekanligini asoslash. 
          2.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish 
texnologiyasining  mavjud ahvolini pedagogik nuqtai nazardan baholash.  
      3.Pe
dagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
texnologiyasining    mazmunini  tahlili  qilish  negizida  asosida  boshlang‘ich 
ta’lim  o‘quvchilarida    shaxs  xulq-atvorini  o‘rganishning  aksiologik  
imkoniyatlarini aniqlash. 
        4.Pe
dagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish       
texnologiyasiga  oid metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash negizida  
 ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 
Tadqiqotning ilmiy farazi:  agar 

  mavzuga  oid  ilmiy-pedagogik,  falsafiy,  psixologik  manbalar  va  boshlang‘ich 
ta’lim tizimini tahlil qilish orqali muammoning dolzarb pedagogik ahamiyatga 
ega ekanligi asoslansa; 

 
pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
texnologiyasiga      tarixiy  yondashuv  mazmuni  o‘rganilib,  jarayon 
samaradorligini ta’milovchi imkoniyatlar aniqlansa

 
pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
texnologiyasining  shakllanganlik  darajasini  aniqlovchi  mezonlar  shlab 
chiqilsa; 

 
pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
texnologiyasining    mazmuni,  shakl,  metod  va  vositalarini  asoslash, 

 
 

shuningdek,  tavsiya  etilgan  maxsus  metodikaning  samaradorlik  darajasini 
aniqlash orqali ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa.  
     Muammoning  ishlanganlik  darajasi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
I.A.Karimov  asarlarida milliy-ma’naviy qadriyatlar va ularning ijtimoiy-ma’naviy 
ahamiyati,  ularga  nisbatan  tarixiy  yondashuv,  mustaqillik  yillarida  milliy 
qadriyatlarni qayta tiklash yo‘lida olib borilgan amaliy harakatlar mazmuni hamda 
shaxsda milliy g‘urur tuyg‘ularining namoyon bo‘lishi kabi masalalar o‘z ifodasini 
topgan.  A.Azizxo‘jayev,  A.Aliyev,  B.Aminov,  T.Rasulov,    S.Atamuratov  
SH.Baxranov,  Taylanova  A.Jalolov,  N.Jo‘rayev,  J.Tulenov,  Z.G‘ofurov,  
K.Yusupov  ,O‘.Yusupovlarning  ishlarida  shaxs  kamoloti,  unda  ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, shaxsda milliy o‘zlikni anglash, 
milliy  g‘urur  va  iftixor  tuyg‘ularining  shakllanishi,  bu  jarayonga  aksiologik 
yondoshuv masalalari tahlil etilgan. 
Yoshlarda  milliy  iftixor  tuyg‘usini  shakllantirishda  milliy-ma’naviy  meros, 
xususan,  xalq  og‘zaki  ijodi,  milliy  urf-odat,  marosim  va  an’analar,  shuningdek, 
milliy  tarbiya  o‘ziga  xos  ta’sirchan  kuchga  ega.  M.Abrorov  ,  S.Bulatov, 
O.Bo‘riyev, I.Jabborov , T.Javliyev, M.Inomova, N.Ortiqov, M.Quronov  kabi bir 
qator pedagog olimlarning ishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy urf-odat, 
marosim  va  an’analarning  mohiyati,  ularda  ilgari  surilgan  g‘oyalar,  milliy 
madaniyat asoslari hamda ularning shaxs ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni va 
roli ochib berilgan. 
Mavjud adabiyotlar bilan tanishish uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari, jumladan,  
boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  o‘quvchilarni  ta’lim-  tarbiyasida  pedgogik 
aksiologiyadan  foydalanish      muammosining  maxsus  tadqiq  etilmaganligini 
ko‘rsatdi.  Shu  sababli  tadqiqot  mavzusi  «Pedagogik  aksiologiya  va  undan 
boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi » deb belgilandi.  
   Tadqiqot metodlari: 

 Ilmiy-nazariy tahlil. 

 
 
10 

 Tarixiy-qiyosiy tahlil. 

 Anketa, savol-javob, suhbat, interv. 

 Kuzatish. 

  Modellashtirish. 

  Pedagogik tajriba. 

  Matematik statistika. 

      Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Tadqiqotda ilgari surilgan muhim nazariy 
g‘oyalar  «Pedagogika»,  “Ma’naviyat  asoslari”  hamda  “Milliy  istiqlol  g‘oyasi: 
asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  kurslari  mazmunini  g‘oyaviy  jihatdan 
rivojlantiradi;  “aksiologiya”,  “iftixor”,  “milliy  g‘urur”,  “milliy  iftixor”,  milliy 
iftixor  tuyg‘usini  shakllantirish”  kabi  tushunchalarga  berilgan  pedagogik 
ta’riflar “Pedagogika” fani terminologiyasini yangi tushunchalar bilan boyitadi; 
boshlang‘ich  ta’lim  tizimida    dars  va  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlarning 
ishlanmalari mazkur jarayonni tashkiliy-texnologik jihatdan samarali kechishini 
ta’minlaydi;  maxsus  metodika  negizida  ilgari  surilayotgan  ayrim  g‘oyalar 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  mustaqil  fikrlash  va  o‘z  qarashlarini  erkin 
namoyon etish ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qiladi. 

    Tadqiqotning  amaliy  ahamiyati:  ilgari  surilgan  ilmiy-metodik  tavsiyalar, 
boshlang‘ich  ta’lim  tizimiga  oid  dars  va  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlarning 
ishlanmalari  «Pedagogika»,  “Ma’naviyat  asoslari”  hamda  “Milliy  istiqlol 
g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  kurslari  o‘qituvchilarini  metodik 
manbalar  bilan  qurollantiradi;  ta’lim-tarbiya  jarayonining  texnologik  loyihalar 
asosida tashkil etilishiga imkon beradi; nazariy g‘oyalari va amaliy natijalaridan 
boshlang‘ich  ta’lim  tizimi  uchun  pedagogik  turkum  fanlari  bo‘yicha  o‘quv 
dasturlari,  darsliklar  hamda  metodik  qo‘llanma  yaratishda,  ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni tashkil etishda, samarali foydalanish mumkin.  
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  

 
 
11 
  1.Pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
texnologiyasining  qo‘llanilish  muammosi  pedagogik  yo‘nalishda  ilk  bor  tadqiq 
etildi. 
  2.Pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
texnologiyasining  ilmiy-nazariy asoslari yaratildi. 
  3.Pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
texnologiyasiga xizmat qiluvchi vosita va omillari aniqlandi. 
  4.Pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  foydalanish 
texnologiyasiga  oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling