Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiy fanlar fakulteti


Download 271.22 Kb.
bet1/14
Sana09.02.2022
Hajmi271.22 Kb.
#570334
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ishqoriy yer metallari
O‘rganish ob’ektlarining xususiyatlariga Ecologiya test javoblari, O‘rganish ob’ektlarining xususiyatlariga Ecologiya test javoblari, KEYS STUDY MM 57-2, KEYS STUDY MM 57-2, 8-sinf-informatika-testlar-7, 8-sinf-informatika-testlar-7, Bilolxon 1, O`zbekistonning eng yangi tarixi fani yakuniy, 8-sinf kasalliklar qo\'llanma 2019-yil nashr bo\'yicha, ilm.taq.met.dan ref, razlinovka-1648290540743, 44 kat ofis yerleshimi 27.11.2021, 1652197319 (1), 3-Электрогазпайвандчи

O’ZBEKISTON RESUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO VA UNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
Himoyaga tavsiya etildi
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
_________K.A.Saparov
“___”_______2021 yil

5110300-“Kimyo” ta’lim yo’nalishi


2-kurs talabasi Normatov Davronbek Raxmatullo o’g’lining
“Anorganik kimyo” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Ishqoriy yer metallarining olinishi, kimyoviy xossalari va ishlatilishi”


Himoyaga ruxsat etaman
“Kimyo va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent
____________A.Yu.Iskandarov
“_____” ____________2021-yil

Kurs ishi rahbari: “Kimyo va uni
o‘qitish metodikasi” kafedrasi
o‘qituvchisi
_________ E. Turgunov
“_____” ____________2021-yil

MUNDARIJA:


|.Kirish……………………………………………………………………………….5

    1. Ishqoriy yer metallari…………………………………………………………10

||.Asosiy qism………………………………………………………………………...11
2.1 Ishqoriy yer metallarining tabiatda tarqalishi…………………………………....13
2.2 Ishqoriy yer metallarining olinishi…………………………………………..…15
2.3 Ishqoriy yer metallarining kimyoviy xossalari……………………………..…..23
2.4 Ishlatilishi……………………………………………………………………....27
|||.Xulosa………………………………………………………………………….....28
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..…..…29

Annotatsiya


Bu kurs ishida ishqoriy yer metallarining olinishi,tabiatda tarqalishi, ishlatilishi va ularning kimyoviy xossalari haqida bayon etilgan. Ishqoriy yer metallarining ishlatilishi formulalar va masalalar yordamida bayon etilgan.
Аннотации
Этот курс описывает извлечение, распределение, использование и химические свойства щелочноземельных металлов. Использование щелочноземельных металлов описано с помощью формул и задач.
Annotation
This course describes the extraction, distribution, use, and chemical properties of alkaline earth metals. The use of alkaline earth metals is described using formulas and problems.


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29-apreldagi farmoniga muvofiq, Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilandi. Masalan, 2030-yilga borib o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. Davlatimiz rahbari o‘qituvchining maqomi va nufuzini oshirish, huquqlari va imtiyozlarini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. “Maktab o‘qituvchisini moddiy rag‘batlantirmasak, uning hayot sifati darajasini oshirmasak, islohot, natija haqida gapira olmaymiz”, dedi Prezident. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi, Moliya va Xalq ta’limi vazirliklariga 2020-yilda xalq ta'limi xodimlari oylik ish haqini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Uzoq qishloqlardagi maktablarga o‘qituvchilarni jalb etishni yanada rag‘batlantirish uchun ularga uy-joylar, avtotransport uchun kreditlar berish ham ko‘zda tutilgan. Bu ishlar davlatimiz tomonidan izchil davom ettiriladi. Lekin bu – masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan, o‘qituvchi va murabbiylarning o‘zi ham bilim va saviyasini oshirish, jamoat ishlarida faol ishtirok etish, halol mehnati va tashabbuskorligi bilan bu kasbning obro‘sini oshirishi kerakligiga urg‘u berildi. Nizomiy nomidagi universitet, hududlarda 6 ta pedagogika institutlari mavjud. Respublika ta'lim markazi, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, viloyatlarda ham shunday institutlar bor. Lekin o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning bilim va saviyasini yuksaltirishda, afsusuki, ularning o‘rni sezilmayapti. Yig‘ilishda pedagogika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatini tanqidiy o‘rganib, takomillashtirish, ularni eng nufuzli ta'lim muassasalariga aylantirish, pedagoglikka moyilligi bo‘lgan yoshlarni maqsadli tarbiyalab borish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Prezident maktablari va ijod maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida tuzilma tashkil etilishi ma'lum qilindi. Maktablardagi ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, “Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi. Maktablarga buyuk allomalar, davlat va siyosat arboblari, mashhur sarkarda ajdodlarimizning nomlarini berish muhimligi ta'kidlandi. Oiladagi ta'lim-tarbiya muhiti, ota-onalarning mas'uliyati va o‘qituvchilar bilan hamkorligi masalalariga ham e'tibor qaratildi. Maktab hayoti, fidoyi o‘qituvchilar haqida badiiy va hujjatli filmlar, spektakl va videoroliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi. “Moddiy va ma'naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta'limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb uqtirib o‘tdi davlatimiz rahbari.Yig‘ilishda ishtirok etgan rahbar va mutasaddilar, ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali va fidoyi muallimlar, ziyolilar, mahalla faollari muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar

Download 271.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling