Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti "tasdiqladi"


Download 163.5 Kb.
bet1/4
Sana18.09.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1680630
  1   2   3   4
Bog'liq
41010 2 мутах. сирти Диагностика 2018


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT
DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI






“TASDIQLADI”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ________________D.U.Ergashev
2018 yil “___” _________

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Sirtqi (2-mutaxassislik sirtqi)
2-kurs

Bilim sohasi:
Ta`lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:

100000 – Gumanitar soha
110000 – Pedagogika
5111900 – Defektologiya



































































































































































































Toshkent – 2018
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil “24” avgustdagi 603 - sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 2 - ilovasi) tasdiqlangan “Psixologik-pedagogik diagnostika” fani dasturi asosida tayyorlangan.

Fanning ishchi o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzurida pedagogika yo’nalishlari boyicha maxsus sirtqi bo’limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining o’quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash yig’ilishida ma’qullangan.


2018 yil “___ ” _________dagi ___ - sonli bayoni bayonnoma.



Tuzuvchilar:

Nurkeldieva D.A.


Hamidova M.U.


Taqrizchilar:

D.A.Nazarova



TDPU “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi


TDPU “Maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi ” katta o‘qituvchisi
A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI “Maxsus ta’lim kafedrasi” dotsenti, p.f.n.

M.Xo‘jaeva Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 66-sonli ixtisoslashtirilgan maktab direktori










































Maxsus sirtqi bo’limi boshlig’i:
2018yil “___ ” ________________ Sh.Abduraimov

“Maxsus ta’lim metodikalari”


kafedrasi mudiri:
2018 yil “ ___ ” ________________ D.B.Yakubjanova
1.O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

«Pedagogik –psixologik diagnostika» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:


- psixodiagnostik jarayonning nazariy-metodologik asoslari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganishni tashkil etish va metodik ta’minlashga zamonaviy yondoshishlar, asosiy psixodiagnostik metodikalar va tahlil qilish yo‘llari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda psixik jarayonlarning rivojlanishini tashxis qilish, maxsus ta’lim muassasalariga bolalarni saralash tizimini bilishi kerak;
- talaba rivojlanishida nuqsoni mavjud bo’lgan bolalar ruxiy jarayonini o’rganish shakllari va usullarini ilmiy asoslangan qolda to’qri tanlay olish, rivojlanishida nuqsoni mavjud bo’lgan bolalar nuqsonlarini tasniflash, maxsus adabiyotlarni tahlil etish, bolalarning ruxiy jarayonlarini o’rganish, uchun uslubiyatlar, didaktik materiallarni tanlash, bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- tibbiy va pedagogik hujjatlarni tahlil qilish asosida bolalarni tekshirish rejasini tuzish, tekshirish metodlarini tanlash, bolalar bilan aloqaga kirishish, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ishini tashkil etish, bolalarni psixologik-pedagogik, logopedik jihatdan tekshirish va xulosa chiqarish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Fanning hajmi





Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1

Nazariy (ma’ruza)

4

4

2

Amaliy

12

3

Mustaqil ta’lim

52

Jami auditoriya soatlari

16

Umumiy o’quv soatlari

68



2. Ma’ruza mashg‘ulotlari 1 – jadval





Ma’ruzalar mavzulari

Dars soatlari hajmi

4 - semestr

1.

Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologo-pedagogik tashxis qilishning nazariy-metodologik tamoyillari



2

2.

Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganishda kompleks yondashuv

2




Jami

4soat

Ma’ruza mashg‘ulotlari multmedia qurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada akadem guruxlarda o‘tkaziladi. Xar bir ma’ruza mashg‘ulotlari uchun taqdimotlar tayyorlanadi.




3. Amaliy mashg‘ulotlari
2 – jadval





Amaliylar mavzulari

Dars soatlari hajmi

4- semestr

1.

Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni psixologo-pedagogik tashhis qilishning nazariy-metodologik tamoyillari

2

2.

Aqli zaiflikning klinik tavsifi va differensial diagnostikasi

2

3.

Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologik tekshirish

2

4.

Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni pedagogik tekshirish

2

5.

Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni logopedik tekshirish

2

6.

Turli yosh bosqichlaridagi rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik o’rganish xususiyatlari ( ilk va maktabgacha yoshda)

2




Jami

12 soat

«Pedagogik-psixologik diagnostika» fanidan o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarining maqsadi Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini ma’ruza qilish va savol – javoblar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.


Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar psixologik – pedagogik tomondan o‘rganish maqsadida bolalarni tekshirishni o‘rganadilar ( tibbiy va pedagogik xujjatlarni tahlili asosida tekshirish rejasini tuzish, tekshirish metodlarini tanlash, bolalar bilan muloqotga kirisha olish, tekshirish va xulosa chiqarish ) ;
- talabalarda nuqson xarakterini aniqlashda eksperimental-psixologik metodlardan foydalanish malakalari shakllantiriladi;
- talabalarda tahlil qilish, psixologik ma’lumotlarni umumlashtirish va to‘g‘ri pedagogik xulosalar chiqarish malakasini oshiriladi;
-talabalar bolaning tibbiy va pedagogik hujjatlarini tahlil qilish asosida tekshirish uchun material to‘plashga o‘rganadilar;
- talabalarni xujjatlar bilan ishlashga o‘rganadilar;
- talabalarni bolalarni psixologik-pedagogik tashxis qilish bo‘yicha adabiyotlar va asosiy qo‘llanmalar bilan tanishtiriladi.
- Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar TPPKda yuritiladigan xujjatlari bilan tanishadilar, mutaxassislar tomonidan xar tomonlama tekshirishni kuzatadilar. Mutaxassislar : vrach-psixonevrolog, psixolog, defektologlarning ishlarini , bolalarni tekshiruv-xujjatlarini olib borishni, ota-onalarga tavsiyalar berishni, ota-onalar bilan muloqotda bo‘lishni o‘rganadilar
vAmaliy mashg’uloti talabalarning pedogogik va metodik tayyorgarligini oshirishga, tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilish lozim.
Amaliy mashgulotlar multimedia qurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada xar bir akadem guruxga aloxida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurulmalari yordamida o‘tiladi.



Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling