Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana13.11.2017
Hajmi0.57 Mb.
#20026
  1   2   3   4   5   6   7

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

 

NIZOMIY NOMIDAGI  

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 

MEHNAT TA’LIMI VA DIZAYN KAFEDRASI 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHLARNI 



TAYYORLASH 

BO’YICHA METODIK TAVSIYANOMA 

 

 

 

 

Toshkent 2015 

 

Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyanoma 5111000 



–  Кasb  ta’limi  (5150900  –dizayn  (liboslar  dizayni))    va  5111000  –  Кasb  ta’limi 

(5111038  –  texnologik  mashinalar    va  jihozlar)    bakalavriat  ta`lim  yo’nalishlari 

talabalari uchun mo’ljallangan.  

Mazkur metodik tavsiyanomada bitiruv malakaviy ishlarni himoya jarayoniga 

tayyorlash  tartibi,  uning  bajarilish  va  taqdim  etish  muddati,  shuningdek,  unga 

tegishli  materiallarni  to’g`ri  bayon  etish  va  rasmiylashtirishning  asosiy  qoidalari 

ko’rib  chiqiladi.  Metodik  tavsiyanomada  bitiruv  malakaviy  ishlarini    bajarish 

jarayonida    ilmiy  tadqiqotlarni  tashkil  etish,  tajribalar  o’tkazish  metodikasi, 

olingan natijalarga tahliliy ishlov berish yoritilgan. Metodik tavsiyanomadan kasb 

ta`limi  fakulteti  talabalari,  magistrlar,  aspirantlar,  metodistlar,  o’qituvchilar  va 

malaka  oshirish  va  qayta  tayyorlash  kurslari  tinglovchilari  o’z  faoliyatlarida 

foydalanishlari mumkin. 



 

 

 

 

 

 

Mualliflar:     R.G.Mullaxmetov    –  «Mehnat  ta`limi va dizayn»  

                                                                  kafedrasi,  mudiri p.f.n., dotsent. 

                          

 

     Taqrizchilar:  V.N.Sattorov           -TTESI  «Kasbiy pedagogikai» kaf. 

                                                                 p.f.n., dots. 

 

 H.Sanaqulov        – “Boshlang`ich ta`lim metodikasi va 

tarbiyaviy ish” kafedrasi mudiri, p.f.n., 

dotsent 


 

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti  

Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan. 

2015 yil  “___” _______№ ______.- sonli qaror bilan nashrga tavsiya etilgan. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 



MUNDARIJA 

 

SO’Z BOSHI………………………………………………………………....…...4 

 

OLIY O’QUV YURTLARIDA BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY ISHNI  

BAJARISHGA QOYILADIGAN TALABLAR (O’zbekiston Respublikasi Oliy 

va o’rta maxsus ta`lim vazirliganing 1998 yil 31 dekabr №362 sonli buyrug`i.......7 



1. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI...........10 

2. BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH  

   VA TASDIQLASH TARTIBI  

2.1


 

 Umumiy talablar...........................................….......................................  12 

2.2

 

 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qoyiladigan talablar.….................. 14 



2.3

 

Malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash.…...............................  22 



3.  BITIRUV  MALAKAVIY  ISHNI  BAJARISHDA  TASHKILOTLAR 

VAZIFALARI 

3.1 Universitet tayanch kafedralari vazifalari...................................................     22 

3.2   Ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchi vazifalari va talaba majburiyatlari……..  23 

4. MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH TARTIBI  

4.1.  Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik......…... ... ……..29 

4.2. Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi………….............35 

4.3. Ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish boyicha  

tavsiyalar ishlab chiqish…......………………………………………………....45 

5. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI 

5.1. Bitiruv malakaviy ishning rasmiylashtirilishi……….…….…... ……… ..47 

5.2.Matn, jadval, chizma va boshqa illyustrativ  

materiallarning rasmiylashtirilishi……………………………..……………….49 

5.3. Bitiruv malakaviy ishning varaqlarining sahifalanishi…….…………... . ..51 

5.4. Ilovalarning rasmiylashtirilishi…………….…. ………….……………  ...51 



6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY 

HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA 

FOYDALANISH TARTIBI 

6.1. Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi.….…………… .52 

6.2. Taqrizchilarga taqdim etish..............…..........................……….…..….…..53 

6.3. Ma`ruza va taqdimotlarni tayyorlash ..................................................…....54 

6.4. Malakaviy ishning asosiy himoyasini o’tkazish tartibi....................…….. .56 

6.5. Malakaviy ishni baholash mezonlari...............…................................……57 

6.6. Bitiruv malakaviy ishni saqlash va undan foydalanish tartibi.…................60 

ILOVALAR............................…...........................…..................…....................61 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………............................78 

 

 



 

 

 



SO’Z BOSHI 

Oliy  ta`lim  muassasalarida  bakalavrlarni  tayyorlash  tasniflagichiga  ko’ra 

5111000 – Кasb ta’limi (5150900 –dizayn (liboslar dizayni))  va 5111000 – Кasb 

ta’limi  (5111038  –  texnologik  mashinalar    va  jihozlar)  bakalavriat  ta’lim 

yо‘nalishlari  boyicha  bitiruvchilarning  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  tarkibiga 

fanlararo  davlat  imtihonlari,  bitiruv  malakaviy  ishini  tayyorlash  va  himoya  qilish 

jarayonlari kiradi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va o’rta  mahsus ta`lim  vazirligining 1998-yil 

31-dekabr  362-sonli  buyrug`iga  asosan  oliy  ta`limda  tahsil  oluvchi  talabalar 

yakuniy  davlat  attestatsiyasi  talablariga  binoan  bitiruv  malakaviy  ishini  yozadilar 

va himoya qiladilar. 

Yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazishdan maqsad - 5111000 – Кasb ta’limi 

(5150900  –dizayn  (liboslar  dizayni))    va  5111000  –  Кasb  ta’limi  (5111038  – 

texnologik  mashinalar    va  jihozlar)  bakalavriat  ta’lim  yо‘nalishlari    boyicha 

bitiruvchilarni Davlat ta`lim standarti talablari darajasiga muvofiqligini ta`minlash 

hamda  kasbiy  pedagogik  masalalarni  echish  asosida  ularning  amaliy  va  nazariy 

tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ish  “Oliy  ta`lim  muassasalarida  bitiruv  malakaviy  ishini 

tayyorlash  tartibi  haqida  Nizom”  asosida  tayyorlanadi.  O’quv  yili  uchun  yakuniy 

attestatsiya sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni baholash mezonlari 

kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va oliy ta`lim muassasasi Ilmiy metodik 

Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishlar  mavzulari  ta`lim  muassasasining  bitiruvchilarni 

tayyorlovchi  kafedralar  tomonidan  mutaxassislarga  talabgorlarning  talablarini, 

shuningdek,  zamonaviy  fan,  texnika,  texnologiya  yutuqlarini  hisobga olgan  holda 

belgilanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishlar  mavzusi  tahliliy,  ilmiy-tadqiqiy  yoki  amaliy 

yo’nalishida bo’lishi mumkin.  


 

Bo’lajak  muxandis-pedagoglarning  bitiruv  malakaviy  ishlari  boyicha 



muammo  echimi  yuzasidan  tajriba-sinov  ishlarini  amalga  oshirish  va  olingan 

natijalarga ishlov berish, umumlashtirish va tahlil qilish kabilar ifoda etilishi lozim. 

Bitiruv  malakaviy  ishida  bakalavr  umumkasbiy  va  mutaxassislik  fanlari 

boyicha  bilimlar  qo’llanilishini  talab  qiladigan  tugallangan  kasbiy  pedagogik 

topshiriqni echadi. 

Bu ishda bakalavr: 

-

 

echilayotgan  topshiriq  boyicha  muammo  holatining  sharhi  va  bu 



masalaning tahlilini beradi; 

- kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, topshiriqni echish talqinlarini ko’rib 

chiqadi va oqilona yo’lni aniqlaydi; 

- oqilona yo’lning hisob-kitobi, pedagogik va metodik echimini beradi; 

-

 

topshiriq  echimi  boyicha  xulosa  va  takliflarni  beradi  hamda  ularni 



iqtisodiyotning mos sohalarida qo’llash imkoniyatini aniqlaydi. 

Talabaga  bitiruv  malakaviy  ish  topshirig`i  uchinchi  kursda  o’qish  davomida 

beriladi.  Ish  umumkasbiy  va  ixtisoslik  fanlarni  talaba  o’zlashtirib  borgani  sari 

to’rtinchi kurs va pedagogik amaliyot davomida mazkur standartda bajarish uchun 

ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi. 

Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish boyicha oliy ta`lim  muassasasida 

rektor buyrug`i bilan Davlat attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.  

Har kalendar yilida oliy ta`lim  muassasasi rektorining taklifi asosida Oliy va 

o’rta  maxsus  ta`lim  vazirligining  buyrug`i  bilan  ushbu  ta`lim  muassasasida 

ishlamayotgan  olimlar,  ishlab  chiqarishning  etakchi  mutaxassislari  tarkibidan 

Davlat attestatsiya komissiyasi raislari tayinlanadilar.  

Davlat attestatsiya komissiyalari, mutaxassis tayyorlovchi tayanch oliy ta`lim 

muassasasining  ilmiy-pedagogik  kadrlari  tarkibidan,  shuningdek,  mazkur  soha 

kadrlarini  iste`molchilari  bo’lgan  ta`lim  muassasalarning  yuqori  malakali 

mutaxassislari, turdosh oliy ta`lim muassasalarning etakchi professor-o’qituvchi va 

ilmiy xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimidagi muvofiq 

sohalar olimlaridan shakllantiriladi. 


 

Bitiruv  malakaviy  ish  himoyasini  o’tkazish  boyicha  Davlat  attestatsiya 



komissiyasining  tarkibi  oliy  ta`lim  muassasasi  rektori  tomonidan  himoya 

boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi. 

5111000  –  Kasb  ta`limi  yo’nalishlari  boyicha  bitiruv  malakaviy  ish 

himoyasiga  ta`lim  dasturlarini  to’liq  tugatgan  va  o’quv  rejasida  nazarda  tutilgan 

barcha attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan shaxslar qoyiladi. 

Bitiruv  malakaviy  ishlar  himoyasi  (yopiq  mavzulardagi  ishlardan  tashqari) 

Davlat  attestatsiya  komissiyalarining  ochiq  majlislarida,  a`zolarning  uchdan  ikki 

qismi ishtirok etgan holda o’tkaziladi. 

Bitiruv malakaviy ishlar boyicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda 

baholanadi  hamda  attestatsiya  komissiyasining  majlis  bayoni  belgilangan  tartibda 

rasmiylashtirilgandan so’ng shu kunning o’zida e`lon qilinadi. 

Davlat  attestatsiya  komissiyasi  bitiruvchilarning  yakuniy  davlat  attestatsiyasi 

natijalari  asosida  ularga  5140900  –  Kasb  ta`limi  yo’nalishi  boyicha  bakalavr 

darajasidan o’rnatilgan nusxada diplom berish haqida qaror qabul qiladi. 

Davlat  attestatsiya  komissiyalarining  qarorlari  ochiq  ovoz  berish  yo’li  bilan, 

majlisda ishtirok etuvchilarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng 

bo’lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 

Ushbu  metodik  tavsiyanoma  O’zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim 

to’g`risida»gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  oliy  ta`lim 

muassasasining  5140900  –  Kasb  ta`limi  yo’nalishi  boyicha  bakalavrlarning 

tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qoyiladigan talablar asosidagi 

Davlat  ta`lim  standarti  hamda  Toshkent  to’qimachilik  va  engil  sanoat  instituti 

hamda  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  universitetlarida  yillar 

mobaynida to’plangan boy tajribalar asosida tuzilgan. 

Mualliflar  tomonidan  takdim  etilayotgan  mazkur  metodik  tavsiyanoma 

bitiruvchi  talabalarga  malakaviy  ishlarni  tayyorlash  va  ularni  himoya  kilish 

jarayonida zaruriy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu qo’llanma asosida 

bitiruvchi  talabalar  malakaviy  ishlar  mavzularini  tanlash  va  tasdiqlash  tartibi 

shuningdek,  bitiruv  malakaviy  ishining  mazmuni  va  tarkibiy  tuzilishi  va 


 

rasmiylashtirish  hamda  tayyorlash  ketma-ketligi  boyicha  ularga  qoyiladigan 



umumiy talablarni aniqlab oladilar.  

 

 

 



OLIY O’QUV YURTLARIDA BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY 

ISHNI BAJARISHGA QOYILADIGAN TALABLAR. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirliganing 1998 yil 

31 dekabr №362 sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan 

1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari 

Bitiruv  malakaviy  ishni  bajarish  (keyingi  satrlarda  malakaviy  ish)  —  oliy 

o’quv yurti bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir. 

Malakaviy ishni bajarish maqsadi: 

Ta`lim boyicha nazariy va amaliy bilimlarni mus-tahkamlash va kengaytirish, 

olingan bilimlarni mu-ayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, 

madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash; 

Ijodiy  ishlash,  ishlab  chiqilayotgan  masalaning  (muammoning)  qoyilish 

jarayonidan  boshlab,  uni  to’la  nihoyasiga  etkazish  boyicha  qaror  qabul  qilishda 

bo’lgan mas`uliyatni his etishga o’rgatish; 

Zamonaviy  ishlab  chiqarish,  iqtisodiyot,  texnika  va  madaniyatning 

rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlikligini ta`minlash. 

2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi 

Malakaviy  ishlar  mavzusi  muammoning  zamonaviy  holatini  va  iqtisodiyot, 

ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta`lim va madaniyatning is-tiqboliy 

rivojlanishini aks ettirishi kerak. 

Malakaviy  ishlar  mavzusi  mutaxassis  chiqaruvchi  kafedra  tomonidan 

belgilanadi  va  oliy  o’quv  yurti  yoki  fakultetning  ilmiy  kengashi  tomonidan 

tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta ko’rib chiqilmaydi. 

Malakaviy  ishlar  mavzusining  yillik  royxati  bitiruv  amaliyoti  boshlanishiga 

qadar yoki bitiruv kursining boshida e`lon qilinadi. 


 

Talabalarga  (reytinglari  boyicha  kamayish  tartibida)  malakaviy  ishlarning 



mavzularini  tanlash huquqi  beriladi.  Talaba  yoki  talabaning  o’qishi  uchun  to’lov-

kontrakt  mablag`ini  to’lovchi  buyurtmachi  zaruriy  asoslar  bilan  malakaviy  ishlar 

mavzusi boyicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin. 

Malakaviy  ish  mavzusi  va  rahbarni  talabaga  biriktirish  kafedraning 

taqdimnomasi boyicha rektorning buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi . 

Ish  rahbari,  malakaviy  ishning  mavzusiga  muvofiq  talabaga  malakaviy  ishga 

tegashli  materiallarni  to’plash  boyicha  (jumladan,  malakaviy  amaliyot  o’tkazish 

davrida  ham)  topshiriq  beradi.  Topshiriqning  shakli  oliy  o’quv  yurtining  o’quv 

bo’limi  tomonidan  belgilanadi.  Topshiriq  malakaviy  ish  bilan  birgaliqda  Davlat 

attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. 

3. Malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish 

Malakaviy  ishlarga  rahbarlar  ushbu  oliy  o’quv  yurtining  professor  va 

dotsentlari  yoki  ilmiy  xodimla-ri  boshqa  muassasa  va  korxonalarning  yuqori 

malakali mutaxasislari safidan tayinlanadi. 

Malakaviy ish rahbari: 

topshiriq beradi; 

malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi; 

asosiy  adabiyotlar,  ma`lumot  va  arxiv  materiallarini  hamda  mavzu  boyicha 

boshqa manbalarni tavsiya etadi; 

talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o’tkazadi; 

malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi; 

talaba  bajargan  malakaviy  ishning  sifati  va  muallifligiga  javob  beradi, 

mavzularining qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qoymaydi. 

Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy ishga rahbarlik 

qilishga  ajratilgan  vaqt  byudjeti  hisobidan  ishning  ayrim  bo’limlari  boyicha 

konsultantlarni taklif etishi mumkin. 

Malakaviy  ishning  bo’limlari  boyicha  konsultant-lar  etib,  oliy  o’quv 

yurtlarining  professorlari  va  dotsentlari,  ilmiy  xodimlari  hamda  boshqa  muassasa 



 

va  korxonalarning  yuqori  malakali  mutaxassislari  tay-inlanishi  mumkin. 



Konsultantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar. 

Mutaxassis  chiqaruvchi  kafedra  malakaviy  ishga  qoyiladigan  majburiy 

talablar  hajmini  belgilagan  holda  malakaviy  ishni  bajarish  boyicha  uslubiy 

qo’llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta`minlaydi. 

Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi. 

Malakaviy ishning har bir bo’limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan 

yoritiladi.  Malakaviy  ishda,  ilgari  bajarilgan  mustaqil  ishlarning  natijalari  yoki 

boshqa  mualliflarning  (ilmiy  ma`ruzalar  va  maqolalari,  hisob-grafika  ishlari,  kurs 

ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko’rsatilgan hodda) ishlari aks ettirilishi yoki 

ulardan foydala-nish mumkin. 

Tushuntirish  qismi  (poyasnitel`naya  zapiska)  malakaviy  ishning  mazmunini 

qisqa  va  muayyan  shaklda  ifodalashi  lozim  Zaruriy  hollarda  tushintirish  qism-ga 

grafiklar,  rasmlar,  eskizlar,  diagrammalar,  sxema  va  boshqalar,  shuningdek, 

zaruriy qo’shimcha axborot yozilgan disketlar ilova etilishi mumkin. 

Tushuntirish qismi qo’l yozma tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. 

Tushuntirish qismi kamida 10-15 ming so’z hajmida belgilanadi. 

CHizmalarning  formati,  shartli  belgilari,  shrift  va  masshtablari  amaldagi 

DTSlar  talablariga  qat`iy  muvofiq  kelishi  zarur,  odatda,  chizmalar  A2  formatli 

qog`ozda  (5-6  varaq  hajmida)  qalamda  bajariladi  yoki  texnika  vositalari  orqali 

ekranda ko’rsatiladi. Arxitektura yo’nalishidagi chizmalarga qoyiladigan talablarga 

muvofiq o’quv-uslubiy birlashmalar (assotsiatsiyalar) tomonidan belgilanadi. 

Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi 

mumkin.  Chet  tilda  bajarilgan  ishga  davlat  tilidagi  annotatsiya  ilova  etiladi  va 

himoya vaqtida tarjima ta`minlanadi. 

4. Malakaviy ishning bajarilishi 

Malakaviy  ish  oliy  o’quv  yurtining,  odatda,  ushbu  maqsadda  maxsus 

ajratilgan  xonalarida  bajariladi.  Ayrim  hollarda,  malakaviy  ish  korxonalar, 

muassasalar, ilmiy loyihalash va boshqa muassasalarda baja-rilishi mumkin. 



 

10 


Malakaviy  ishning  bajarilishi  boyicha  talabaning  hisobot  berish  muddatlarini 

dekanat  nazorat  etadi.  Dekanat  belgilagan  muddatlarda,  talaba  malakaviy  ishning 

bajarilishi  haqida  rahbar  va  kafedra  mudiri  oldida  hisobot  beradi.  Kafedra  mudiri 

malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi. 

Talaba  ish  muallifi,  tanlangan  qarorning  to’g`riligiga  va  uning  topshiriqqa 

muvofiqligiga,  malakaviy  ishda  ko’chirmachilik  holatining  yo’qligiga  javob 

beradi. 

5. Malakaviy ishni himoya qilish 

Belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilgan  malakaviy  ish  talaba  tomonidan 

rahbarga  taqdim  etiladi.  Rahbar,  malakaviy  ish  talab  darajasida  bajarilganligiga 

ishonch  bildirgandan  so’ng,  ishni  o’z  taqrizi  bilan  birga  kafedra  mudiriga  taqdim 

etadi.  Taqrizda  talabaning  faolligi,  qabul  qilingan  qarorlardagi  yangiliklar  va 

malakaviy  ishning  boshqa  ijobiy  tomonlari  tavsiflanadi.  Kafedra  mudiri,  taqdim 

etilgan  materiallar  asosida,  malakaviy  ishni  talaba  tomonidan  DAK  da  himoya 

qilishga  kiritish  haqida  qaror  qabul  qiladi.  Agar,  kafedra  mudiri  talabaning 

malakaviy  ishini  himoyaga  kiritish  mumkin  emas  deb  hisoblasa,  masala  kafedra 

majlisida,  rahbar  ishtirokida  muhokama  etiladi.  Kafedra  majlisining  bayonnomasi 

fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi. 

Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi. 

Taqrizchilar  tarkibi  bitiruvchilarni  iste`mol  qiluvchi  soha  mutaxassislari 

safidan  tanlanadi.  Taqrizchilar  sifatida  oliy  o’quv  yurtlarining  professor  va 

o’qituvchilari ham jalb etilishi mumkin. 

Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi. 

Bitiruv  malakaviy  ishni  himoya  qilish  tartibi  O’zbekiston  Respublikasi  oliy 

o’quv  yurtlari  bitiruvchilarini  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  to’g`risidagi  Nizomda 

belgilangan. 

Malakaviy ish himoyadan so’ng (kamida 10 yil) oliy o’quv yurtida saqlanadi. 

Har xil sabablar boyicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud 

bo’lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl 

nusxasi oliy o’quv yurtida qoldiriladi). 



 

11 


1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINIG MAQSAD VA VAZIFALARI 

Bitiruv  malakaviy  ish  talabaning  o’qish  davrida  egallagan  nazariy  va  amaliy 

bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  maqsadi  talabalarning  barcha blok  fanlari boyicha 

olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni 

muayyan  ilmiy,  texnikaviy,  ishlab  chiqarish,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy 

vazifalarni hal etishda qo’llashdan iboratdir. Talaba uzluksiz ta`lim turlari boyicha 

o’quv dasturlari, o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi, mutaxassislik fanlarini o’qitish 

metodikasi,  pedagogika  va  psixologiya  fanlari,  yangi  pedagogik  texnologiyalarni 

chuqur bilishi va bilimlarni amalda qo’llay olishi kerak. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  vazifasi  olib  borilgan  tadqiqot  mavzusi  boyicha 

olingan  umumiy  axborotni  mustahkamlashni,  manbalardan  to’plangan  ilmiy  va 

amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  muallifi  ilmiy  tadqiqotni  mustaqil  olib  borishi, 

ta`limiy  muammolarni  topishi  va  ularni  hal  qilishning  umumiy  metod  va 

qoidalarini  amalda  qo’llay  bilishi,  tahlil  qila  olishi,  natijaning  samardorligini 

ko’rsata bilishi kerak.  

Bitiruv  malakaviy  ishning    vazifalari  sifatida  mutaxassislik  va  biror  ixtisos 

boyicha  tayyorlash  sohasida  ilmiy-tadqiqot  va  amaliy  ishlarda  bilimlarni 

mustahkamlash,  mustaqil  holda  ma`lumotlarni  izlash  va  muayyan  muammolarni 

echish,  tanlangan  mavzu  boyicha  kasbiy,  pedagogik  va  psixologik  kategoriyalar, 

xodisalar  va  muammolar  mohiyatini  ochish,  mavjud  materiallarni  tizimlashtirish, 

taxlil  qilish  va  qayta  ishlash,  uzluksiz  ta`lim  tizimida  ta`lim  sifati  va 

samaradorligini  oshirishga  yo’naltirilgan  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chiqish  va 

h.k.lardan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  yozilishi,  tayyorlanishi  va  ochiq  himoya  qilinishi 

talabaning  mutaxassisligi  boyicha  tanlagan  mavzusi  negizida  nechog`lik  mustaqil 

tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo’lganligini aniqlab beradi.  



 

12 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling