Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3 Ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish
- Bitiruv malakaviy ishning hajmi № Bitiruv malakaviy ishning bo’limlari nomi Konsultatsiya
- 6-7 2 Asosiy qism: Nazariy asoslari 10 28-32 3
- 6.1 Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi
Qisqartmalar royxatida ishda qo’llaniladigan bibliografik ma`lumotlar, tushuncha va atamalar, muassasalarning nomlanishi qisqartirilgan holda shartli belgi va raqamlar bilan yozilishi darkor.
ishni tayyorlash va yozish jarayonida qo’llanilgan manba va adabiyotlarni o’z ichiga oladi va u tadqiqot mavzuiga bog`liq tarzda 25-30 (va undan ko’p) nomdan tashkil topadi. Manbalar xaqidagi ma`lumotlar O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim Davlat ta`lim standartlari talablariga mos tarzda keltiriladi. Bunda bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida qo’llanilgan barcha qonun chiqaruvchi va me`yoriy-xuquqiy materiallar, ilmiy, o’quv va davriy nashrlar to’liq bibliografik tavsifi (nashr joyi, nashriyot nomi, chop etilish yili yoki nashri)ni o’z ichiga olishi lozim. Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxatini tuzish jarayonida nashr qilingan va chop etilmagan ishlar ajratilgan bo’lishi kerak. Ishning ilova qismida bitiruv malakaviy ish asosiy mazmunini qo’shimcha to’ldiruvchi va ko’rgazmali tasvirlovchi barcha materiallar keltiriladi. Bunda, asosan chizma, jadval, diagramma, gistogramma, rasm, surat va fotohujjatlar, shuningdek, har xil turdagi matnlar, tashkiliy-huquqiy hujjatlar, ma`lumotnomalar, e`lonlar joylashtiriladi.
45
Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar va kafedra bilan kelishilgan holda chet tillarda yozilishi va himoya qilinishi mumkin. Himoyaga chet tilida taqdim etiladigan bitiruv malakaviy ishni tayyorlash boyicha tavsiya 9-ilovada keltirilgan. Ayrim hollarda agar talaba izlanish mobaynida o’rganilayotgan masalani yangi qirralarini ochsa, malakaviy ish mavzusiga va rejaga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. SHu bilan birga agar o’rganilayotgan mavzu boyicha o’quv muassasasining ma`lumotlari tijorat siri bo’lib talabaga berilmagan va shunga o’xshash boshqa hollarda ham talaba malakaviy ish mavzusini hamda amaliyot bazasini o’zgartirish huquqiga ega. Bitiruv malakaviy ish oliy ta`lim muassasasining, odatda, ushbu maqsadga maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish o’quv muassasalari, ilmiy-tadqiqot oliy ta`lim muassasalari va boshqa ta`lim muassasalarda bajarilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi boyicha taqvim rejani nazorat qilish kafedra hamda dekanat tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba tahlil natijalari boyicha chiqarilgan xulosalarga tayanib, ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish uchun zarur bo’ladigan chora-tadbirlar va tavsiyalarni asoslashi lozim. Jumladan, u yashirin zahiralarni qo’llash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish, shuningdek, loyiha vazifalarini bajarish va maqsadga erishishni ta`minlovchi qarorlar qabul qilish, rejalashtirish va asoslash yo’llarini belgilab olishi mumkin. Talaba ishning ushbu qismini tayyorlash jarayonida quyidagi tamoyillarni hisobga olishi lozim:
tizimli yondashuv, ya`ni bitiruv malakaviy ishni bajarishda o’zaro bog`langan (bir-birini taqozo qiluvchi) masalalarni hisobga olish;
tashkil etish; 46
dinamik, ya`ni bu yondashuv ta`lim muassasalari faoliyatidagi sharoit, shuningdek, bitiruv malakaviy ishni bajarishdagi metodlarning o’zgarishi bilan bog`liq tarzda tayyorlangan hujjatlarni muntazam tuzatib borishga mo’ljallangan. Tavsiyalarni ishlab chiqish talabadan vaziyatlarni tahlil qilish, kamchilik va imkoniyatlar aniqlangan muammoni bartaraf qilish asosida etarli darajada to’liq va asoslangan takliflarni aniq ifodalashini taqozo qiladi. Tavsiyalarni ishlab chiqish talabadan vaziyatlarni tahlil qilish, kamchilik va imkoniyatlar aniqlangan muammoni bartaraf qilish asosida etarli darajada to’liq va asoslangan takliflarni aniq ifodalashini taqozo qiladi. Masalan, ta`limni tashkil qilish boyicha berilgan takliflarga monand hozirda faoliyat yuritayotgan ta`lim muassasalari tarkibiy tuzilmasi, vazifalari va o’quv-tarbiyaviy ishlarni bajarish tadbirlari, ta`limni tashkil etish to’g`risidagi nizom va ish rejalarida maqsadga muvofiq tarzda o’zgartishlar kiritiladi. Bitiruv malakaviy ishning bajarilishida texnik vositalarning ta`minlanishi u yoki bu ko’rsatkichlarni hisoblash, vaziyatlarni modellashtirish, loyihani rasmiylashtirish, taqdimot materiallarini DAK oldida himoya qilishga tayyorlash uchun maxsus kompyuter va mos keluvchi dasturiy ta`minotdan foydalanishni talab etadi. Bitiruv malakaviy ishning qaysi tilda yozilishidan qat`iy nazar unga qoyiladigan muhim talablardan biri grammatik va stilistik jihatdan to’g`ri yozilishi hisoblanadi. Orfografik, grammatik va punktuatsion xatolar, shuningdek, stilistik kamchiliklarning mavjudligi har qanday ilmiy tadqiqotning, hattoki novatorlik mazmundagi ishlarni ham bahosini tushiradi. Tadqiqot materiallarini bayon qilish tili malakaviy ish muallifining yozma nutq madaniyati haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. SHunday ekan, malakaviy ish matnini ilmiy va badiiy tahrir qilish lozim. Malakaviy ish matnini ilmiy tahrir qilish atamalar tanlanishini tekshirib ko’rish, xulosa va asos bo’la oladigan mantiqiy hukmlarning to’g`riligi, foydalanilgan manbalarning ishonchliligini taqozo qilinadi. Badiiy tahrir esa, o’z navbatida, zamonaviy adabiy til me`yorlari saqlanishining nazorat qilinishini talab
47
etadi. Ikkala turdagi tahrir ham bitiruv malakaviy ish matnining sermazmunligini oshirish va turli xil (semantik, stilistik va grammatik) xatolarni bartaraf qilishga yo’naltiriladi.
Bitiruv malakaviy ish bitta nusxada tayyorlangan va kolenkor (qalin surpli) muqovada tikilgan bo’lishi lozim. Bitiruv malakaviy ish matni o’qib chiqilgan va tahrir etilgan bo’lishi darkor. Bitiruv malakaviy ish qo’lyozma shaklida bajarilishi tavsiya etiladi. Tayyorlangan ishning umumiy hajmi kamida 60-70 betdan iborat bo’lishi mumkin. Ilovalar uning umumiy hajmiga kirmaydi. Bitiruv malakaviy ish sarvarag`ini rasmiylashtirish namunasi, mazmuni, qisqartma royxati, foydalanilgan manba va adabiyotlar royxati 4-6-ilovalarda keltirilgan. Bitiruv
malakaviy ish
A4 formatdagi qog`ozning bir
tomoniga rasmiylashtirilishi shart. Jadval va ko’rgazmali materiallar A3 formatdagi qog`ozda taqdim etishga ijozat etiladi. Bitiruv malakaviy ish A4 shaklidagi qog`ozning chap tomonidan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm dan kam bo’lmagan hoshiya qoldirilgan holda yozilishi talab etiladi. Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa betlarga o’tkazish man etiladi. Yangi fikr ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar matnda chet tilida keltirilgan so’zlar, qo’shimchalar bo’lsa, ular asliga to’g`ri holda to’laligicha yozilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishda raqamli materiallar jadval shaklida berilishi maqsadga muvofiqdir. Mazmun jihatdan ular analitik va ish jadvallariga bo’linadi. Analitik jadvallar o’rganilayotgan muammoni yoritib beruvchi umumiy xulosalar va sharxlarni talab etadi. Bitiruv malakaviy ishda analitik materiallarning ko’p bo’lishi ma`lum darajada talabaning o’zi tadqiq qilayotgan muammoni tushunish darajasini
48
ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharhlab berish, statistik ko’rsatkichlar tizimini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq. Qaysi manbadan olinganligini ko’rsatmay turib, matbuotda chop etilgan jadvallardan foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan hollarda jadvalning nomi albatta qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning davomi» deb yozib qoyilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishning har bir bobi yangi betdan yoziladi. Bobning nomi yoki sarlavhalari asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak. Bobning nomidan keyin paragraf nomi yoziladi. Bitiruv malakaviy ishda betlarning tartib raqami varaqning quyi markaziy qismiga qoyiladi. Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi (4-ilova) va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
muallifning ismi, familiyasi va sharifi 14 shriftda;
malakasi 14 shriftda;
kafedraning nomlanishi 12 shriftda;
ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi. Izoh: tadqiqot mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, malakaviy ish hamda so’z boshi katta harflarda teriladi. Tugallangan bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni avval, kafedradagi dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan taqriz beriladi (9-ilova ). Biror fikr yoki ta`riflarni keltirganda yoki ularni qiyosiy taqqoslaganda ular o’z asliga to’g`ri xolda, hech qanday qo’shimchalarsiz qo’shtirnoq ichida «........» keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi, nashr joyi, nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi. Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`ida ishning himoya kilishga ijozat berilishini tasdiqlovchi kafedra mudirining imzosi, shuningdek, ishning attestatsiya komissiya oldida himoya qilishga tayyorgarligini tasdiqlovchi ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining imzosi qoyiladi.
49
Bob va bo’limlarning sarlavhasi bo’lishi lozim. Boblar sarlavhasi hoshiyadan, bo’limlar esa satr boshidan rasmiylashtiriladi. Sarlavha va matnlar o’rtasidagi masofa sarlavha ajralib turilishi uchun kengaytirilgan bo’lishi lozim. Har bir bob yangi varakdan boshlanishi kerak. Boblar sarlavhasi bosh harflarda, bo’limlar sarlavxasi esa kichik xarflarda yoziladi. Sarlavhalar oxiriga nuqta qoyilmaydi va ular tagiga chizilmaydi. Bob va bo’limlarning sarlavhasi arab raqamlari bilan raqamlanadi. Bo’limlar raqamlari bob va bo’limlar raqamlaridan iborat bo’lib, nuqtalar bilan ajratiladi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxati 2 intervaldan so’ng yoziladi, har bir nomdagi adabiyot satr boshidan boshlanadi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxatining oxirgi varag`ida sana va ish muallifi bo’lgan talabaning ish matni solishtirib chiqilganligi xamda matn parchalari tekshirilganligini tasdiqlovchi shaxsiy imzosi qoyiladi.
50
Bitiruv malakaviy ishning asosiy qismi tadqiqot mavzusi va mazmuniga bog`liq tarzda matn shaklida, ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, diagramma, gistogramma va h.k.) turli xil birikmalarda bayon etiladi. Bitiruv malakaviy ishda ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, diagramma, gistogramma va x.k.) tadqiqot ob`ekti tavsifi va xususiyatlarini ochish yoki matnni a`lo darajada tushunish maqsadida joylashtiriladi. Matn alohida sarlavha va arab raqamlari bilan raqamlangan bob va bo’limlarga bo’linadi. Matndan erkin satrlar bilan tenglama va formulalarni ajratish mumkin. Har bir formuladan pastda va yuqori bittadan kam bo’lmagan erkin satr qoldirilgan bo’lishi lozim. Agarda tenglama bitta satrga joylashmasa, tenglik (=) yoki qo’shish(+), ayirish (-), ko’paytirish (x) va bo’lish (:) belgisidan so’ng uni boshqa satrga o’tkazish mumkin. Bir qancha ob`ektlar xaqidagi raqam va so’z orqali ifodalangan ma`lumotlar jadvallar shaklida beriladi. Ish yakunida ko’proq ko’rgazmali materiallar va olingan natijalarning taqqoslovchi ko’rsatkichlar keltirilgan diagramma va gistogrammalar berilishi lozim. Ishda keltiriladigan jadvallar vertikal chizma va gorizontal qatorlarda bo’lishi mumkin. CHizma va jadvallar raqamlanishi, agar bitta jadval bir varaqqa joylashmagan taqdirda keyingi satrga chizma raqami takror berilishi darkor. Chizma va jadvallar nomlanishida faqatgina umumiy qabul qilingan qisqartma so’zlar va shartli belgilar qo’llaniladi. Har bir jadval tartib raqam bilan raqamlanishi va nomlanishi kerak. Sarlavha bosh harflar bilan boshlanadi va uning tagiga chizilmaydi. Muhim ma`lumotlarni beruvchi ko’rgazmali materiallar matndan so’ng yoki dalillarni qayd qilish holatida bitiruv malakaviy ishning ilova qismida joylashtirilishi kerak. Katta hajmdagi rasm, chizma va jadvallar imkon qadar A4 formatdagi qog`ozning bir varaqqa joylashtirilishi mo’ljallab berilishi lozim.
51
Chizma (rasm,
jadval, diagramma, gistogramma va
h.k.)lar rasmiylashtirilishiga ko’ra me`yoriy talablariga muvofiq kelishi lozim. Ko’rgazmali materialning yuqori qismida albatta mavzu nomi keltirilishi darkor. Chizma shaklidagi materiallar ostida izohlovchi ma`lumotlar beriladi. Asosiy qismdagi, shuningdek, ilovalardagi ko’rgazmali material arab raqami bilan raqamlanishi kerak. Agar ishda faqatgina bitta chizma, rasm, jadval va diagrammalar bo’lsa, unda «chizma» so’zi bilan raqam keltirilishi shart emas. Chizma(rasm, jadval, diagramma, gistogramma va h.k.)larni bitta varaqda bajarish talab etiladi. Agarda chizma bitta varaqqa joylashmasa, uni keyingi sahifaga o’tkazish mumkin. Chizma mavzuining nomlanishi birinchi sahifasiga joylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ish sahifalari arab raqamlari bilan raqamlanadi. Sarvaraq joylashgan sahifa ishning umumiy raqamlanishiga kiradi. Sarvaraq, mundarija va birinchi betdagi kirishga varaq raqami qoyilmaydi. Keyingi varaqlar esa raqamlab sahifalanadi.
Ilovalar ishning davomi sifatida foydalanilgan manba va adabiyotlar royxatidan so’ng rasmiylashtiriladi. Ular matnda xavola tarzida joylashtiriladi. Har bir ilova yangi varaqdan o’ng tomon burchakdan «ilova» so’zi bilan boshlanadi va arab raqami ketma-ketligida raqamlanadi. Masalan, 1-ilova, 2-ilova va x.k. Ilovaning chap pastki burchagida u qanday manbalarga asoslanib tuzilganligini ko’rsatish mumkin.
52
6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA FOYDALANISH TARTIBI 6.1 Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi Mutaxassislar tayyorlaydigan tayanch kafedralar tashkil etiladigan malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazishdan maqsad – ishning DAK oldidagi himoyaga qay darajada tayyor ekanligini nazorat qilishdan iborat. Malakaviy ishning dastlabki himoya tartibi tayanch kafedra tomonidan aniqlanadi. Xuddi shunday, u kechiktirilmasdan, DAK oldidagi himoyadan 3 xafta oldin o’tkaziladi. Dastlabki himoyada talaba bitiruv malakaviy ishni to’liq (biroq muqovalanishi shart emas) varianti hamda o’zining ilmiy-izlanish va amaliy faoliyatining ko’rgazmali natijalari va ma`ruzalari ilova qilingan qo’shimcha materiallarni taqdim etadi. Agar talabaning ma`ruzasi va bitiruv malakaviy ishning tayyorgarlik sifati kafedra mudiri va professor-o’qituvchilari tomonidan past baholansa, bunda kafedra yig`ilishida ishtirok etayotgan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda uning himoya muddatini keyingi yilga o’tkazish to’g`risida qaror qabul qilish mumkin. Kafedradagi dastlabki ximoyadan so’ng fakultet dekani talabani himoya qilishga ruxsat etilishi to’g`risida buyruq tayyorlaydi. Bitiruv malakaviy ish kafedradagi dastlabki himoya jarayonida talaba tomonidan qabul qilingan kamchilik va tavsiyalar hisobga olingan holda oxirgi marta qayta ishlangandan so’ng ilmiy rahbar 9-ilovada ko’rsatilgan shaklda unga alohida yakuniy xulosa tayyorlaydi. Ilmiy rahbar xulosasida tanlangan mavzuning dolzarbligi; bitiruv malakaviy ish mazmuni qoyilgan maqsad va vazifalarga mos kelishligi; uning ilmiy-amaliy axamiyati; talaba mustaqil faoliyat yuritishining namoyon bo’lish darajasi; foydalanilgan manbalarning ko’pligi; talabaning adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmasining mavjudligi; statistik materiallarni hisoblash, tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni diagramma va jadval
53
shaklida tayyorlash; ilmiy izlanish jarayonida qo’llanish uchun tanlangan metodlarni asoslash; mustaqil ravishda ilmiy va amaliy xulosalar tayyorlash ko’nikmasi; tadqiqot natijalari, shuningdek, chiqarilgan xulosa va tavsiyalarning qiymati; ilmiy-ma`lumotlar qismining to’g`ri rasmiylashtirilganligi; ish rasmiylashtirilishining sifati va madaniy darajasi, matnning xatosiz yozilishi va undagi mantiq masalasi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bitiruv malakaviy ish kasbiy tayyorgarlik darajasining yakuniy baholanishi – bu uning Davlat ta`lim standarti talabalariga mos kelishi hamda ilmiy rahbarning DAK oldidagi himoyaga ruxsat etilishi to’g`risidagi xulosasi hisoblanadi. Ilmiy rahbar bitiruv malakaviy ishning yozilishi va rasmiylashtirilishi boyicha talaba mehnati natijalarini faqat sifat ko’rsatkichida (miqdor - ball ko’rsatkichida emas) baholash huquqiga ega. Bitiruv malakaviy ishning dastlabki himoyasi o’tkazilgandan so’ng hamda DAK kotibasining taqrizidan keyin himoyaga 3 kun qolganda quyidagilar taqdim etilishi lozim: 1) malakaviy ish kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar tomonidan tasdiqlangan, muqovalangan nusxasi; 2) malakaviy ish hamda uning takdimot materiallari agar kompyuterda yozilgan bo’lsa, ularning elektron versiyasi tushirilgan disketa; 3) bitiruv malakaviy ishga yozilgan ilmiy rahbar yakuniy xulosasi; 4) ikkita opponentning taqrizi; 5) malakaviy ishga taalluqli bo’lgan boshqa hujjatlar.
Bitiruv malakaviy ishga ob`ektiv baho olish maksadida unga muvofik keluvchi tashkilot boshqarmasining yuqori ilmiy-amaliy salohiyatga ega bo’lgan mutaxassislarining taqrizlari muhimdir. Har bir bitiruv malakaviy ish boyicha kafedra yig`ilishi qaroriga muvofiq taqrizchi belgilanadi. 54
Ichki opponent ilmiy maslahatchi yoki bitiruv malakaviy ish bajariladigan kafedra a`zolari tarkibidan belgilanadi, tashqi taqrizchi – OTM yoki o’rta mahsus, kasb xunar ta`limi muassasalarining boshqa professor-o’qituvchilari, yoki muayyan malakaviy ishda ko’tarilgan muammo boyicha etakchi ilmiy va amaliy faoliyat olib boruvchi boshqa muassasa, tashkilot va korxona mutaxassislari tarkibidan bo’lishi mumkin. Ilmiy rahbardan ijobiy taqriz olingandan so’ng talaba tayyor bo’lgan bitiruv malakaviy ishni bir xafta ichida fakultet dekani tomonidan davlat attestatsiyasi uchun belgilangan ikkita opponentning har biriga taqriz olish uchun taqdim etishi lozim.
10-ilovada namuna keltirilganidek, taqrizda talaba tomonidan tanlangan mavzuning dolzarbligiga baho berilishi, unda qoyilgan maqsad va ifodalangan vazifalarga bitiruv malakaviy ish mazmunining mosligi, uning asosiy kiymatini belgilovchi amaliy ahamiyati va olingan natijalarning ilmiy asoslanganligi, ishning Nizom talablari mos rasmiylashtirilganligi, shuningdek, ishda yul qoyilgan asosiy kamchilik berilgan bo’lishi lozim. Bitiruv malakaviy ishning kasbiy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash uning me`yoriy hujjat talablariga mosligi va opponentning himoya qilishga ruxsati haqidagi xulosasi hisoblanadi. Taqrizchi bitiruv malakaviy ishning mazmuni va rasmiylashtirilishi boyicha talaba mehnati natijalariga nafaqat sifat, balki miqdor (ballarda) baho berishi zarur. Masalan: «ish yuqori ijobiy bahoga loyiq», «ish yaxshi bahoga loyiq», «ish qoniqarli bahoga loyiq».
Agar bitiruv malakaviy ish taqrizchiga himoya qilishga bir xaftadan kam vaqt qolganda taqdim etilsa, u himoyani boshqa sanaga o’tkazish to’g`risidagi masalani ko’tarishga xaqlidir.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling