Nizomiy nomidagi toskent davlat pedagogika universiteti


Download 18.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi18.94 Kb.
#1620975
Bog'liq
Falsafa



NIZOMIY NOMIDAGI TOSKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
Fizika-Matematika fakulteti
Matematika va informatika yo’nalishi
Sirtqi S/5 102-guruh talabasi
Abdunazarov Hayrullaning
"Falsafa" fanidan
ORALIQ NAZORAT ISHI
Mavzu:
Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari.
Bajardi: Abdunazarov Hayrulla
Tekshirdi:
Toshkent 2023


Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari.
Reja:
1. Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu
ta’limotlari.
2. Qadimiy yunon faylasufi Aristotel
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.


Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu
ta‟limotlari.
Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni bemalol suhbat
qurish va istalgan savolga javob olish imkoni bo`lgan
donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon
mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini
tushuntirishga harakat qilib ko`rishgan. Ular o`simliklar,
hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o`rganishgan.
Mashhur yunon faylasufi Geraklit yer yuzidagi hamma
narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. Geraklit Efeslik
(taxmina mil. av. 544-483)
Geraklit fikriga ko‘ra, tabiat (olov) uzluksiz o‘zgarish
jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o‘zgarishlar
manbaini ko‘radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat
tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o‘zining qarama –
qarshiligiga o‘tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq
narsa sovuq narsaga aylanadi, ho‘l narsa quruq narsaga
aylanadi, quruq narsa ho‘l narsaga aylanadi». Quyosh har
lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o‘zgaradi.
«Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi
marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi».
Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo‘lgan hodisalar va
jarayonlarni ko‘radi: hayot va o‘lim, uyg‘oqlik va uyqu, yoshlik
va qarilik va h.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar
uchun u to‘yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga
yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‘rib turganimizdek,
qadimgi yunon faylasufi o‘zgarishning umumiyligi va har bir
xossaning qarama-qarshi holatga o‘tishi narsalarning
barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya‘ni muayyan
holatlarga bog‘liq qilib qo‘yishini qayd etadi.
Frakiyalik Demokrit Eratosfen degan faylasuf Geraklit
fikriga e’tiroz bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa
ko`zga ko’rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan
tashkil topgan degan ma’nodagi fikrni bayon etgan edi.
Demokrit Eratosfen (taxminan mil. av 460-370) yashab
utgan Yunon Atomistik nazariya(Atomizim) asoschilaridan
biri.
Aflotun yoki Platon (mil. av.428 yoki 427 - 348 yoki 347 )
qadimgi Yunon faylasufi bulib, ustozi Suqrot va shogirdi
Arastu. Platon- o`zidan keyin “Suqrot apalogiyasi”,
“Parmenid”, “Gorgiy”, “Fedon”, “Davlat”, “Qonunlar” kabi yirik
falsafiy asarlarini qoldirgan birinchi qadimgi Yunon faylasuf.


Qadimgi Yunon olimi Aristotel to`plangan bilimlarni
alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida
ta’riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish
keyinchalik odatga aylangan.
Aristotel tiraniya, sof
oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel
sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari
surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab:
moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar
haqidagi ta‘limoti ma‘lum.
 «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab
bo‘luvchi omil (materiya, substrat)– moddiy sabab»;
 «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – normal
sabab»;
 «harakat asosi–harakatlantiruvchi sabab»;
 «biror
narsani
amalga
oshirishdan
ko‘zlangan
maqsad–yo‘naltiruvchi sabab».
Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil
qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va
materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning
takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. Shakl o‘z mohiyatiga ko‘ra
faol, materiya esa passivdir. Shakl–narsaning tashqi
ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi.
buyuk yunon faylsufi Arastu - (eramizdan oldingi 384-322
yillar).
 tabiat va materiyani bilish manbai, deb hisoblaydi.
 Bilishda sezgi va tafakkurning o„rniga alohida e‟tibor
berdi. Uning fikricha, sezgilar yordamida inson ayrim
narsalarni his etsa, tafakkur orqali uning umumiy
tomonlarini idrok etadi.
 G`oya, fikr, tushuncha narsa yoki hodisalarning o`zida
mavjud bo`lishi kerak. G`oya (tushuncha)lar narsalarga
xos bo`lgan jihatlarning umumiyligini aks ettiradi.
 Har bir narsa yoki hodisa konkret “shakl” va
“mazmun”ga ega. Narsalarning shakli ana shu narsa
yoki hodisaning mohiyatini belgilaydi


Xulosa
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan bilib olish mumkinki,
qadimgi Yunon faylasuflari, masalan: Platon va Arastu kabi
faylasuflar Matematika, Fizika va boshqa fanlar rivojida ham
o'z hissalarini qushishgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. "Falsafa"
2. Internet (fayllar.org)

Download 18.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling