M-fayl funksiya ichidagina ko`rinadigan funksiya osti funksiyasi ham bo`lishi mumkin. Bu funksiya osti funksiyasi ham asosiy fay funksiya komandalaridan keyin yozilib, u ham xuddi asosiy fayl –funksiya kabi aniqlanadi. Masalan, srg funksiya sred fayldagi funksiya osti bo`lsa, kod quyidagicha yozilishi mumkin:
Function [y, sr, sd]=sred(x)
n=length(x0;
sr=srg(x,n0;
sd=sqrt(sum((x-srg(x,n)).^2)/n);
function sr=srg(x,n)
sr=sum(x)?n;
Agar MATLAB tizimi funksiyani nomi bo`yicha topa olmasa, u holda shu nomdagi faylni qidiradi. Funksiya topilgandan keyin, uni keyinchalik ishlatish uchun MATLAB tizimi funksiyani xotiraga kompleyatsiya qiladi.
Funksiya m-faylda chaqirilsa, MATLAB funksiyani analiz qiladi va xotirada saqlab qo`yadi. Bu funksiya xotira clear buyrug`I bilan tozalanmaguncha xotirada saqlanib turadi.
MATLAB katalogidagi barcha trigonometrik funksiyalar radian argumentlarida hisoblashni bajaradi. Endi biz graduslarda berilgan ixtiyoriy burchakning kosinusini hisoblab beruvchi fayl –funksiya hosil qilish misolini ko`ramiz. Bunda shunga e`tibor berish kerakki, funksiya nomi fayl nomi bilan bir xil bo`lishi kerak. Bu funksiya uchun cosgr(x) ni funksiya nomi qilib olaylik.
Masalani hal qiluvchi kod quyidagicha bo`ladi:
Function y=cosgr(x)
%Bu funksiya graduslarda berilgan
%argumentning kosinusini hisoblab beradi
Y=cos(x*pi./1800
Endi tizim ichida x ning aniq gradus qiymatlari bilan cosgr(x) ga murojat qilsak, unga qiymat chiqarib beradi:
>>cosgr(90)
Ans=0
>>cosgr(180)
Ans=-1
>>cosgr(45)
Ans=0.7071.
M-fayl funksiya quyidagi xossalarga ega bo`ladi:
U function e`lon so`zi bilan boshlanadi, undan keyin o`zgaruvchining nomi va chiqish parametrlarining ro`yhati ko`rsatiladi;
Funksiya o`z qiymatini qaytaradi va uni matematik ifodalarda nomi(parametrlar ro`yhati) ko`rinishida ishlatish mumkin;
Fayl-funksiyaning qobiqidagi hamma o`zgaruvchilar lokal o`zgaruvchilardir, ya`ni faqat funksiyaning ichida o`rinli;
Fayl-funksiya mustaqil dasturiy modul bo`lib, boshqa modular bilan o`zining kirish va chiqish parametrlari orqali aloqada bo`ladi;
Fayl-funksiya MATLAB tizimini kengaytirish vositasidir;
Fayl-funksiya kompelyatsiya qilinadi va bajariladi, hosil qilingan mashina kodlari MATLAB tizimining ishchi sohasida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |