N=length x0


Lokal va global o`zgaruvchilar


Download 21.57 Kb.
bet2/3
Sana28.01.2022
Hajmi21.57 Kb.
#530117
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word
4-практика№4, Algebra va matematik analiz fanidan lug at (R.Yarqulov, M.Barakayeva), Маъмуралиев Авазбек 1, Мустакил иш, Мустакил иш, Амалиёт-15, fulltext, sss, civil proj advt, civil proj advt, problem, integral tenglamalarni yechish metodlari — копия, VLSI Implementation of Cellular Neural N, Sayt nomi, Sayt nomi
7.6 Lokal va global o`zgaruvchilar
Funksiya parametrlarining ro`yhatida ko`rsatilgan parametrlar lokal o`zgaruvchilar bo`lib, funksiya chaqirilganda ularning o`rniga qo`yiladigan qiymatlarni olib o`tish uchun xizmat qiladi.
Agar funksiyadagi o`zgaruvchilar global bo`lishi zarur bo`lsa, ular global x1, x2,… komandasi yordamida e`lon qilinadi.
Quyidagi misolni ko`raylik. Tahrirlagich oynasida sws=(x+y+z)/abs(x+2*y+3*z) ifodani hisoblovchi uch o`zgaruvchili yu funksiyasi hosil qilingan.
Dasturda x,y va z o`zgaruvchilar yu(x,y,z) funksiyaning parametrlari bo`lganliklari sababli, ular lokal o`zgaruvchilardir. Funksiya qobig`idan tashqarida ularga nol qiymatlar berilgan. Agar komandalar oynasida yu(1,2,1) ning qiymati hisoblanadigan bo`lsa, ularga x=1 va z=1 qiymatlar beriladi. Shuning uchun natija sws=0.5 bo`ladi. Lekin funksiyaning qobig`idan chiqqandan keyin x, y va z o`zgaruvchilar qiymatlari mavjud bo`lmaydi. Shunday qilib, ushbu o`zgaruvchilar o`z qiymatlarini funksiya parametrlarining qiymatlariga faqat local tarzda – funksiya qobig`ining ichidagina o`zgartiradi.
Har qanday funksiya qobig`ida aniqlangan o`zgaruvchi singari sws o`zgaruvchi ham lokal o`zgaruvchidir. Dastlab uning qiymati aniqlanmagan bo`ladi. Funksiyaning ichidagi u sws=0.5 qiymatni qabul qiladi. Funksiyadan qaytgandan keyin funksiyada qo`llanilganligiga qaramasdan, u noaniq bo`lib qoladi. Agar sws ni chiqarishga harakat qilinsa, komandalar oynasida xatolik to`g`risida axborot hosil bo`ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagi misolni ko`raylik.
Komandalar oynasida quyidagi hisoblashlarni ko`ramiz;
>>yu(1,2,1)
sws= 0.5
ans= 0.5
>>sws???Undefined function or variable sws`.
Ko`rinib turibdiki, lokal o`zgaruvchilar komandalar oynasida qiymatga ega emas.
Funksiyadagi hamma amallar bajarilgandan keyin, ya`ni fayl-funksiyaning oxiriga etilgandan keyin funksiyadan qaytiladi. Funksiya qobig`ida shartli operatorlar, sikillar yoki tanlash operatori ishlatilganda funksiyaning ma`lum joyidan qaytish zaruriyati hosil bo`lishi mumkin. Buning uchun return komandasi xizmat qiladi. Har qanday holda ham funksiya chiqish parametrlarining qiymatlarini qaytaradi. Yuqoridagi misolda sws o`zgaruvchisi chiqish parametrik bo`lib hisoblanadi.

Download 21.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling