Nodiraning “BO‘lmasun” va “aylar orzu”radifli g‘azallari tahlili danabayeva Mohigul Baxtiyarovna Jizzax davlat pedagogika instituti


Download 44.72 Kb.
bet2/3
Sana29.05.2022
Hajmi44.72 Kb.
#722883
1   2   3
Bog'liq
Nodira maqola
Amaliy mashgulotni bajarish uchun yoriqnoma, rim imperiyasining varvarlar tomonidan istilo ilinishi ilgarigi rim imperiyasi territoriyasida vujudga kelgan varvar korolliklari, Измерительные трансформаторы, Pedagogika va psixologiya (1), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar, Кузибоева Севара, Loyiha matni - 215034-(228353), Сувон Мели дейдики...
Sendin oldi gardani taslim sarafrozliq,
O‘zgalarg‘a gardani taslimimiz xam bo‘lmasun.
To‘rtinchi baytda islomiy aqidalarga ko‘ra, ibodat vaqtida inson gavdasining egilib sajdaga bosh qo‘yishi, Allohga iymon keltirishi va o‘zining bu qilayotgan ezgu amali barobarida o‘zini ham ruhan yengil sezib, baxtiyorlikni his qilishi haqida gap ketmoqda. Oshiq nazdida, biz yolg‘iz Alloh, ya’ni faqatgina Sening qarshingda egilishni ma’qul topdik, senga bo‘ysundik, iymon keltirdik, sendan o‘zgalar oldida boshimiz egilmasin, deya o‘zini sadoqatli oshiq – majozan esa e’tiqodda sobit turuvchi muslim kabi ta’riflamoqda. Taslim bo‘lgan gardan, ya’ni bo‘yin, umuman gavda ham baxtiyorlikni sendan o‘rgandi. Shunday ekan, bu gavdamiz sendan boshqalar oldida egilib, xam bo‘lmasin.
Komila, to sarvdur sarsabz bu gulzor aro,
Boshimizdin naxli qadding soyasi kam bo‘lmasun.
Va nihoyat g‘azalning maqta’ qismida shoira o‘ziga murojaat etish asnosida “Komila” ismdan tashqari kichik harf bilan yozilsa, “kom ila”- ya’ni “umid bilan” degan ma’noda bu Yorga qarata: men bu gulzor(ko‘ngilning ishqdan yashnashi) aro yashnab turgan sarvman, mening bu darajaga yetishim bevosita senga, sening ko‘rsatadigan iltifotlaring bilan bog‘liq. Shunday ekan, boshimizdan sening niholi qadding kam bo‘lmasin. Bu yerda Yor, ya’ni Alloh nazar qilsagina insonning bu dunyoda kamolotga erishuvi, o‘zgalar tomonidan ehtiromga loyiq ko‘rilishi va boshqalar tomonidan e’tirof etilishi nazarda tutilmoqda. Komila toki bu gulzor aro yashnab turgan yam-yashil sarvdir, biroq boshimizdan sening niholday qaddingning soyasi kam bo‘lmasin.
G‘azalning birinchi baytida “olam bahori”tashbeh, “olam bahorining sabzu xurram bo‘lishi” esa tashxis, shuningdek, “qaysi olam, balki olam ichra odam bo‘lmasin” deya ruju san’atini yuzaga keltirgan. Ikkinchi baytdagi “bulbul”, “gulzor” va “navo” so‘zlari- tanosub, “navo” so‘zining har ikki misrada takrori natijasida takrir san’ati namoyon bo‘lgan. Uchinchi baytdagi “ra’yati iqbol” tashbeh, to‘rtinchi baytdagi “gardan” va “taslim” so‘zlari takrir, “sen” va “o‘zga” so‘zlari bevosita matniy tazod san’atini hosil qilmoqda. Beshinchi baytning birinchi misrasida lirik qahramonning “gulzor aro sarv” daraxtiga o‘xshatilishi tashbeh, “naxl qad” so‘z birikmasi orqali istiora, “sarv”, “gulzor”, “sarsabz”, “naxl”, “soya” so‘zlari asosida tanosub san’atidan foydalanilgan.
Nodiraning “Aylar orzu” radifli g‘azali Fuzuliy g‘azaliga nazira tarzida bitilgan boʻlib, u 7 baytdan iborat. G‘azalning har bir bayti oxirida “aylar orzu”, ya’ni yoyiq radif qoʻllangan. Qofiyadosh soʻzlar “gulzoring”, “shakkarboring”, “bemoring”, “raftoring”, “ruxsoring”, “gulnoring” kabilardir. Mutlaq qofiya. Qofiyadosh soʻzlar tarkibidagi r tovushi raviy boʻlib kelgan, o tovushi ridf, ta’sisli ridf, i tovushi esa vasl harf hisoblanadi. uchinchi va beshinchi baytdagi misralar boshiga siljigan qofiyadosh soʻzlarni ham uchratishimiz mumkin: “Lol boʻlmay”,xok boʻlmay”, “Toʻkmayin”, “yutmayin”.
Shoiraning ushbu g‘azali oshiqona mavzuda bitilgan boʻlib, tasavvuf ta’limotidagi ilohiy ishq tarannum etilgan. G‘azalda oshiq(lirik qahramon)ning oʻz yori (Alloh, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom, komil inson) ta’rifi, uning vasliga yetishmoq orzusida yashayotgani, ya’ni insonning Allohga boʻlgan ishqi tasviri berilgan.
Bulbuli dil g‘unchayi gulzoring aylar orzu,
Toʻtii jon la’li shakkarboring aylar orzu.
Matla’da “jon qushi” koʻngil ma’nosida kelgan. “Koʻngil” istilohi tasavvuf adabiyotida “Allohning inson bag‘ridagi uyi” deya ta’riflanadi, gulzor esa koʻngilning ilohiy muhabbatdan yashnashi, lab- komil va orif kishining, haqiqiy yor(Alloh)ning kalomi, koʻrsatmalari, purma’no soʻzlari. Demak, lirik qahramon dil bulbuli oʻz yori gulzoridagi bog‘ni orzu qilganidek, jon qushi yorning kalomi, shirin soʻzlarini eshitish orzusida. Shundagina uning qalbi suyukli yor, ya’ni Allohning ishqi bilan toʻyinib, ilohiy muhabbatdan yashnaydi.
Bayt: Kim qilur umid qon yutmay labingni sharbatin,

Download 44.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling