Nodiraning “BO‘lmasun” va “aylar orzu”radifli g‘azallari tahlili danabayeva Mohigul Baxtiyarovna Jizzax davlat pedagogika instituti
Download 44.72 Kb.
|
Nodira maqola
Amaliy mashgulotni bajarish uchun yoriqnoma, rim imperiyasining varvarlar tomonidan istilo ilinishi ilgarigi rim imperiyasi territoriyasida vujudga kelgan varvar korolliklari, Измерительные трансформаторы, Pedagogika va psixologiya (1), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar, Кузибоева Севара, Loyiha matni - 215034-(228353), Сувон Мели дейдики...
Oʻlmayin, kim nargisi bemoring aylar orzu.
Ikkinchi bayt orqali shoira lirik qahramon misolida suyukli yor – Alloh vasliga yetish uchun odamzodning bu dunyodagi qiyinchiliklarga bardosh berishi, mashaqqatlar chekib, bu yoʻlda hattoki qon yutib, yor ishqida oʻlmasdan oldin uning bemori boʻlishni orzu qiladi, Unga yetishmoq istagi bilan yashashga undaydi. Bayt: Lol boʻlmay, kim takallum ayladi koʻrgach seni, Xok boʻlmay, kim seni raftoring aylar orzu. Uchinchi baytda yor(Alloh) jamoli orzusidagi xoksor banda oʻziga shu darajada quyi pog‘onani ravo koʻrmoqdaki, ma’shuqaning oyog‘i ostidagi tuproq boʻlsa-yu,ul yor oshig‘iga marhamat koʻrguzib, shu tuproq ustidan yurib oʻtsa, uning orzusi – shu. Inson ham oʻzini qancha xoksor tutsa, kamtar boʻlsa, uning ishq yoʻlidagi harakatlari besamar ketmaydi, ya’ni visol onlari shunchalar yaqinlashadi. Bayt: Boqmag‘ay kavsar labida hurning ruxsorig‘a, Kim labi la’li mahi ruxsoring aylar orzu. To‘rtinchi bayt orqali insonning oʻtkinchi dunyo hoyu-havaslariga berilmasligi, kishini oʻziga tortuvchi yaltiroq narsalarga hirs qoʻymasligi, bu narsalardan oʻzini tiyish va oʻz oldiga qoʻygan maqsadi yoʻlida sobitqadamlik bilan og‘ishmay harakat qilishi lozimligi haqida gap ketmoqda. Bayt: Toʻkmayin kim ashk topmas la’li serobing seni, Yutmayin qon kim ruhi gulnoring aylar orzu. Beshinchi baytning birinchi misrasida yor(Alloh) vasliga yetishishda oshiqning jisman yaqin boʻlishi nazarda tutilsa, ikkinchi misrasida lirik qahramon uning botiniy goʻzalligi, butun jism-u joniga ham yetishmoqni, uni toʻla anglab yetmoqni orzu qilmoqda. Bayt: Chehra oʻldi za’faroniy ishtiyoqi bodadin, Soqiyo, koʻnglum mayi gulzoring aylar orzu. Oltinchi baytdagi “boda” so‘zi asl ma’nosida kishini mast qiluvchi ichimlik, tasavvuf adabiyotida esa iymon ma’nosida talqin qilinadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, oshiq yor vasliga yetishmoq istagida unga iymon keltirib, hatto oʻzini ham ayamadi, yuzlari sarg‘aydi va Soqiy, ya’ni ma’naviy ustoz, pirga murojaat qilib, koʻngli – Allohning inson bag‘ridagi uyi faqat Oʻzigagina boʻlgan pokiza ishqi bilan qanoat hosil qilib, bu goʻzal ilohiy muhabbatdan bir umr yashnab yurajagini orzu qiladi. Bayt: Foxta shamshod izlar, gul visoli andalib, Komila miskin qadu ruxsoring aylar orzu. Maqta’da shoira chiroyli oʻxshatishlar keltiradi. Masalan, qushlar orasida qumri oʻz sevgan daraxti shamshodga yoki bulbul oʻz sevgan guli visoliga intilgani, unga bog‘lanib qolgani kabi lirik qahramon ham ikkinchi misrada oʻziga murojaat qiladi.( Nodira oʻzbekcha she’rlarida Komila taxallusini ham qoʻllaydi, jumladan, 19 ta she’ri shu taxallus bilan yozilgan. Bu yerda komil, yetuk, har jihatdan mukammallikka intilgan inson ma’nosida boʻlishi ham mumkin). O‘zini yorning koʻyida ojiza, notavon hisoblab, uning butun boʻy-bastiga erishmoqlikni, shundagina haqiqiy ishqqa yetishmoqni orzu qilmoqda. Mazkur g‘azalda ma’naviy va lafziy san’at turlaridan ham ayrim namunalarni uchratamiz. Masalan, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi baytlarda shoira tajohuli orifona san’atidan mahorat bilan foydalangan: “kim” soʻroq olmoshi yordamida soʻroq ohangi va ritorik soʻroq gapni hosil qila olgan. Tasavvuf adabiyotiga oid atamalar: “koʻngil”, “may”, “boda”, “soqiy”, “gulzor”, “lab” kabilar. Shuningdek, diniy istilohlar: “kavsar”, “foxta”, “shamshod”, “hur” kabi soʻzlar;“gul”, “bulbul”, “g‘uncha”, “gulzor” so‘zlari tanosub san’atini yuzaga chiqargan. Ikkinchi, uchinchi va beshinchi baytlardagi “kim” soʻzi, to‘rtinchi baytdagi “ruxsor” va “lab” soʻzi, uchinchi baytdagi “seni” soʻzi ikki martadan takrorlanib, takrir san’atini keltirib chiqargan.To‘rtinchi baytdagi “lab” soʻzi ham ikki marta qoʻllangan boʻlib, birinchi misrasida “hovuzning labi”, ikkinchi misrasida inson yuzidagi a’zosi – labi ma’nosida kelgan va tajnis san’ati namunasini yarata olgan. “La’li serobing” va “la’li shakkarboring” – istiora, oltinchi misradagi “Soqiyo” murojaati nido, oxirgi – maqta’ qismidagi bayt husni ta’lil san’ati namunasidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.“Nodira-Komila” devoni, Toshkent-2001 2. Mumtoz asarlar lug‘ati, Toshkent: “Akademnashr”-2019 3. https://kh-davron.uz Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 4 jildlik – Xurshid davron kutubxonasi. 4. https://kh-davron.uz. Alisher Navoiy. O‘lmasun. Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar. Download 44.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling