Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi
Download 0.7 Mb.
|
Delfi dasturi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYER FILIALI “NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” FAKULTETI “TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR” YO‘NALISHI 302-22 GURUH TALABASI YORBEKOV SAMARIDDINNING TAQDIMOTI Delphi dasturlash tilida turlar , standart funksiyalar Delphi dasturlash tilida boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda foydalanayotgan yoki dasturni bajarish jarayonidan hosil bo’ladigan ma’lumotlarni xususan , sonli, belgili, matnli va mantiqiy ma’lumotlarni dastur boshlanmasidan oldin tavsiflab qo’yish kerak bo’ladi yoki e’lon qilib qo’yish kerak bo’ladi . Boshqa ma’lumotlar standart turlarga va dasturchi tomonidan kiritiladigan turlarga bo’linadi . Standart turlarga : butun, haqiqiy, belgili, satriy(matnli) va mantiqiy turlar kiradi . Har bir tur ma’lum bir diapazondagi qiymatlarnigina qabul qila oladi . Bundan tashqari ko’rsatkichli, sanoqli, sana va vaqt turlari ham mavjud . Butun sonlar qiymatlar sohasi: -2147483648 dan 2147483647 gacha. Belgili turlar : ixtiyoriy bitta belgini saqlashi mumkin (a) va bunda tegishli belgi qo’shtirnoq ichiga olib yoziladi. M: a=”+” Satrli turlar : belgili turlar kabi ixtiyoriy sondagi belgilardan iborat bo’ladi . M: C=”191-guruh” Mantiqiy turlar : ikkita qiymatni qabul qilishi mumkin . “rost” yoki “yolg’on” va u Bolean nomi bilan tavsiflanadi . Dasturning bajarilish jarayonida qiymati o’zgarmaydigan kattaliklar “o’zgarmaslar” deyiladi. Dasturning bajarilish jarayonidaqiymati o’zgaradigan kattaliklar “o’zgaruvchilar” deb ataladi. Har qanday o’zgaruvchi o’zining nomiga ega bo’lishi shart . O’zgaruvchining nomi albatta lotin harfidan boshlanishi shart . Delphi dasturlash tilida oldindan kiritib qo’yilgan standart funksiyalar va protseduralar mavjud . |x| - abs(x) Sinx - sin(x) Cosx - cos(x) Arctgx - arctan(x) lnx - ln(x) [x] - int(x) Delphi dasturlash tilida o’zlashtirish, kiritish va chiqarish operatorlari Operator – bu berilgan dasturlash tili EHM da ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonidagi ma’lum bir tugallangan amalni ko’rsatish uchun mo’ljallangan ko’rsatma . O’zlashtirish operatorlari O’zgaruvchilarga tegishli qiymatlarni dasturning o’zida berish hamda ifodaning qiymatini hisoblash uchun o’zlashtirish operatori qo’llanadi . Operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha: V:=A , bunda V – o’zgaruvchi nomi , A – ifoda , <:=> o’zlashtirish operatori . Bu operatorning bajarilishi quyidagicha : <:=>belgidan o’ng tomondagi ifodaning qiymati hisoblanadi va uni chap tomondagi o’zgaruvchi o’zlashtiradi . Bu operator bajarilishi uchun <:=> belgidan o’ng tomondagi ifoda qatnashgan barcha o’zgaruvchilarning qiymatlari aniqlangan bo’lishi shart . Kiritish operatori Dasturda qatnashayotgan o’zgaruvchilarga boshlang’ich ma’lumotlarni berish uchun kiritish operatori qo’llaniladi . Kiritish operatori quyidagi ko’ronishlarda bo’lishi mumkin: 1. Readln(a,b,s,…) 2. Read(a,b,s,…) 3. Readln Bunda a,b,s,… -lar qiymatlari kiritilishi kerak bo’lgan o’zgaqruvchilar ro’yxati . Read(a,b,s,…) –operatori bajarilganda a,b,s,… o’zgaruvchilarning qiymatlari ketma-ket probel tashlanib kiritiladi . Readln – bunda berilganlar kiritilgandan keyin yangi satrga o’tish ta’minlanadi . Read(a,b,s,…) va Readln operatorlarining birgalikda qo’llanishi Readln(a,b,s,…) operatoriga ekvivalent hisoblanadi . Delphi tilida butun, haqiqiy va simvolli berilganlarni kiritish mumkin . Chiqarish operatori Chiqarish operatori dasturda hosil bo’lgan natijalarni chiqarish uchun qo’llaniladi . Chiqarish operatori quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin : 1. Write(x,y,z,…) –bu operator bajarilganda x,y,z,… o’zgaruvchilarning qiymatlari chiqariladi . Bunda x,y,z,… lar qiymati chiqarilishi kerak bo’lgan o’zgaruvchilarning ro’yxati . 2. Writeln(x,y,z,…) –bu operator bajarilganda x,y,z,… o’zgaruvchilarning qiymati chiqariladi va yangi satrga o’tishni ta’minlaydi . 3. Writeln – display ekranida yangi satrga o’tishni ta’minlaydi . Bu yerda ham Write(x,y,z,…) va Writeln operatorlari birgalikda Writeln(x,y,z,…) operatoriga teng kuchli . Y=x+cos(y/exp(1)) , y0(1,4)=2.5 , xє[1.4,2.4] , n=10 , h=(xk-x0)/n Program Project (Apptype Console) Uses Sys Utils Var x,y,x0,xk,y0,n,h:real; Function f(x,y:real):real; Begin Writeln(‘kiriting-x0,xk,y0,n); Readln(x0,xk,y0,n); h:=(xk-x0)/n; x:=x0; y:=y0; repeat y:=y+f(x,y)*h; x:=x+h; Writeln(‘x=’,x:3:2,’y=’,y:3:2); Until x>xk; Readln End. X=1.50 y=2.70 X=1.60 y=2.91 X=1.70 y=3.11 X=1.80 y=3.32 X=1.90 y=3.54 X=2.00 y=3.76 X=2.10 y=3.97 X=2.20 y=4.19 X=2.30 y=4.42 X=2.40 y=4.64 Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling