Norim-norim


Download 15.23 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi15.23 Kb.
#1272144
Bog'liq
Norim-norim


NORIM-NORIM
Norim-norim (fors. — anor soʻzidan) — Xorazmda keng tarqalgan kuy va anʼanaviy erkaklar raqsi. Xalq bayramlari va turli tomoshalarda xalq cholgʻu ansambli joʻrligida ijro etiladi, koʻpincha qayroq ham joʻr boʻladi. Ijrochilar (2—4 erkak) qarama-qarshi turib raqsga tushadi. Raqs ikki qismdan iborat. Birinchisi tantanavor tarzda toʻrt chorakli (4/4) usulda ijro etiladi, asosan, qoʻllar roʻbaroʻ holda tutilib, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga harakat qiladi. Ikkinchisi shoʻx va ildam ufar (6/8) usulida oyoq va butun gavda harakati bilan ijro etiladi. N.-n. va ufarisining ashula va-riantlari mavjud. Oʻzbek bastakor va kompozitorlari oʻz asarlari (Mas, S.Yudakovning "Xorazmcha bayramona yurish" uvertyurasi va boshqalar)da N.-n. kuy va usullaridan foydalanganlar.[1]
Download 15.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling