Norin tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi Karimova Xulkarxonning 1 soatlik dars ishlanmasiga taqriz


Download 298.76 Kb.
bet1/2
Sana26.05.2020
Hajmi298.76 Kb.
#110369
  1   2
Bog'liq
Maktab ilm o'chog'i 5-sinf tarix




Norin tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi Karimova Xulkarxonning 1 soatlik dars ishlanmasiga

TAQRIZ

Tarix har bir inson hayotida, albatta ma’lum bir chizgilar qoldiradi. Bilimlar beshigi hisoblangan tarix fani xazinalar kalitidir. Tarixni o’rganish jarayonida o’quvchilar kelajakni tasavvur qiladi.

O’quvchilarning fanlarni qay darajada puxta o’zlashtirishi o’qituvchining izlanuvchanligi, muhimi tajribasiga bog’liq. Yangi darsni avvalgilaridan qiziqarliroq tashkil etish va o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish har bir o’qituvchining asosiy maqsadidir. Bu esa ta’lim samaradorligiga erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Namangan viloyati Norin tumanidagi 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi Karimova Xulkarxon o’z mehnatiga sidqidildan yondashadi, yangi usullar va vositalarni izlab topib, darslarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko’radigan texnika vositalari hamda ko’rgazmali qurollardan o’rinli va samarali foydalanib, dars berib kelayotgan jonkuyar o’qituvchilardan biridir.

O’qituvchining 5-sinflar uchun tarix fanidan tayyorlagan “Maktab- ilm o’chog’i” mavzusini o’tishda mazkur dars ishlanmasida “Kayfiyatni ko’taruvchi mashqlar”, “Tezkor savol-javoblar”, “ Klaster”, “ PISA” testi bolalarni o’zaro hamjihatlik va inoqlikda ishlashga o’rgatib, Guruhlarda ishlash o’yinlaridan foydalangan.

Mavzuni yoritishda bevosita geografiya, matematika, vatan tuyg’u, mehnat, fanlariga bog’lab o’tilgan.

Darsda bunday o’yinlardan foydalanish o’quvchilarni ziyraklikka, chaqqonlikka, fikrni to’g’ri va aniq ifodalashga undaydi.

Ushbu dars ishlanma barcha tarix fani o’qituvchilari uchun qo’llanma vazifasini o’taydi deb ishonch bildiraman.



Taqriz yozuvchi: Norin tumani xalq ta’limi bo’limi tarix fani uslubchisi N.Yo’ldosheva



Download 298.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling