Normativ-huquqiy hujjatlarda farq bōlsa, qaysi biri qōllanadi?


Download 13.21 Kb.
Sana14.08.2023
Hajmi13.21 Kb.
#1667041
Bog'liq
Normativ-huquqiy hujjatlarda farq bo‘lsa, qaysi biri qo‘llanadi


Normativ-huquqiy hujjatlarda farq bōlsa, qaysi biri qōllanadi?

Kecagi pensiya haqida yozgan postimdan sōng, kōplab savollar kelip tuşganini hisobga olip, normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqa ma'lumot bermoqciman. Bilip qōyişingiz kerak bōlgan oddiy qoidalar mavjud.


Eng avvalo bizda normativ-huquqiy hujjatlarning qanday turlari mavjudligini kōrip ciqamiz. Bular quyidagilar:


1) Konstitutsiya;


2) Qonunlar;
3) Oliy Majlis palatalarining qarorlari;
4) Prezident farmonlari va qarorlari;
5) Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
6) vazirliklar, davlat qōmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
7) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Kōpcilik Prezident va Vazirlar Mahkamasi farmoyişlarini ham normativ-huquqiy hujjat deb adaştiradi, lekin aslida bunday emas.


Yuqoridagi hujjatlarning yuridik kuci ham ayni şu tartipta belgilanadi. Ya'ni Konstitusiya hammasidan ustun turadi. Yuridik kuci jihattan keyingi ōrinda qonunlar turadi. Oliy Majlis palatalarining qarorlari hatto Prezident farmon va qarorlaridan ham ustun turadi. Vazirliklarning qarorlari hokimlarning qarorlaridan ustun turadi va h.k


Aytaylik, 2 ta hujjatta tafovut mavjud bōlsa, ya'ni bir-biriga zid qoidalar kelip qolsa, unda qaysi biriga amal qilinadi, degan savol tuḡilişi tabiiy.


Bunda eng birinci yuqoridagi rōyxatka qaraladi – qaysi hujjatning yuridik kuci kattaroq bōlsa, şu amal qiladi. Masalan, Qonun va Prezident qarorida tafovut mavjud bōlsa, unda Qonun ustunroq bōladi va qonundagi qoida qōllanadi. Prezident Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi qarorida tafovut bōlsa, Prezident Farmoni qōllinişini bilip oldingiz, deb ōylayman.


Agar bir-biriga teng kucli 2 ta hujjatta farq bōlsaci, unda nima bōladi? Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarorida tafovut bor deylik. Bunday holda qaysi qaror keyinroq qabul qilingan bōlsa, ōşandagi qoidalarga amal qilinadi. Aytaylik, bitta qaror 2008 yil, keyingisi 2016 yil qabul qilingan bōlsa, demak, 2016 yildagi qaror ustunroq bōladi.


Va ucinci qoida ham bor. Bu vazirlik, davlat qōmitalari va idoralarning hujjatlariga tegişli qoida. Muayyan sohasini huquqiy jihattan tartibga soliş ucun maxsus vakolatli taşkilotning hujjati bir xil darajadagi taşkilotlarning hujjatlaridan ustunroq turadi, oldin yoki keyin qabul qilinganidan qat'i nazar. Masalan, Soliq qōmitasining soliqqa oid biror hujjati bilan Quriliş vazirligining hujjatida farq yuzaga kelsa, unda Soliq qōmitasining hujjati qōllanadi.




Xullas, şunaqa gaplar. Ōzbekca
Download 13.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling