Normurodova m. A


Download 1.65 Mb.
bet1/16
Sana21.05.2020
Hajmi1.65 Mb.
#108731
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
yosh fiziologiyasi fanidan maruzalar matni-конвертирован (1)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



SAMARQAND DAVLAT СHET TILLAR INSTITUTI


PEDAGOGIKA PSIХOLOGIYA VA JISMONIY MADANIYAT KAFEDRASI



NORMURODOVA M.A.

YOSH FIZIOLOGIYASI FANIDAN

MA`RUZALAR MATNI

SAMARQAND-2014 y
1


1-Ma’ruza
Mavzu: Kirish. Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni.
R EJA


  1. Kirish

  2. Yosh fiziologiyasi fanning asosiy vazifa va maqsadlari

  3. Yosh fiziologiyasi fani tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi


Tayanch iboralar: fiziologiya, anatomiya, gigiena,pedogogika,psixologiya irsiyat, o’sish, rivojlanish, metabolik jarayonlar, funksiya, nervli,

gumoral boshqaruv mexanizmlar



Nazorat savollari:


  1. Yosh oid fiziologiya fani nimani o’rganadi?

  2. Bu fanning tarixi, vazifalari haqida nimalarni bilasiz?

  3. Yosh fiziologiyasi fanining asosiy maqsadlari haqida tushincha bering?

  4. Yosh fiziologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi?



«Yosh fiziologiyasi» fani, tarixi,vazifalari va maqsadlari


Hozirgi kunda universitetlarni va pedogogika institutlarini tamomlab maktablarga, bilim yurtlariga, liseylar va kollejlarga ishga kelayotgan yosh mutaxassislar –o’quvchilar bilan muloqotda bo’lganlarida ko’plab qiyinchiliklarga uchrashmoqdalar. Buning asosiy sababi har bir yoshlar,o’quvchilar bilan ishlaydigan mutaxassis,yosh,o’sayotgan organizmning tuzilishini,fiziologik-anotomik jihatlarini,o’z navbatida yoshlarning pedogogik va psixologik xususiyatlarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishlari talab etiladi. Shu bois mazkur «Yosh fiziologiyasi va gigienasi» fani mavjud muammolarni hal etib beradi.

Yosh davr fiziologiyasi fani psixologiya-pedogogika fanlari turkumining bir qismi bo’lib, uning vazifasi bo’lajak o’qituvchilarni bolalar va o’smirlarning yoshiga oid, morfologik,fiziologik hususiyatlari, asab tizimi, yurak qon-tomir tizimi, tayanch-xarakatlanish tizimi fiziologiyasi va rivojlanayotgan organizmning boshqa bir qator xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog’likni saqlash va mustahkamlash, o’quv faoliyatining har-xil turlarida yuksak ish qobiliyatini saqlab qolishga doir hozirgi bilimlar sohasi bo’yicha tayyorlashdan iborat.

Yosh fiziologiyasi fani odam organizmining tug’ilganidan boshlab, toki voyaga etgunicha bo’lgan davrlarni bosqichma-bosqich o’rgatib boradi. Bu davrlar chaqaloqlik davri; yasli yoki bog’cha davri; kichik maktab davri; o’rta maktab davri; o’smirlik,o’spirinlik davri,voyaga etishish davri;qarilik davrlari shular jumlasidandir.Yosh davr fiziologiyasi fani bu davrlarda odam organizmida bo’ladigan fiziologik, biokimyoviy o’zgarishlar,o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini to’liq yoritib beradi. Mazkur fanni o’qigan yosh mutaxassislar bolalar organizmining o’ta nozik va mukammal xususiyatlari haqida etarlicha bilimlar majmuasiga ega bo’la oladilar.

  1. Fanning asosiy vazifa va maqsadlari


Yoshga oid fiziologiya –odam va hayvonlar umumiy fiziologiyasining bir bo’limi hisoblanadi. U bir butun organizm uning qismlari-sistemalari,organlari, hujayralari hayot faoliyatini yosh nuqtai nazardan, shuningdek, organizmning hayot faoliyati sabablari, mexanizmlari va qonuniyatlarini xamda uning tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirini o’rganadi.

Fanning asosiy vazifasi odam va hayvonlar asab tizimi faoliyatining va organizmning o’ziga xos fiziologik qonuniyatlarini ochishdan iborat,qaysiki, organizmni barcha hayotiy ko’rinishlarini va eng avvalo moddalar va energiya almashinuvi, ruhiyat va xulq-atvorni boshqarish tadbirlarini ishlab chiqish uchun zarur.Shu bilan birgalikda yosh fiziologiyasi fani odam ontogenezining turli davrlarida sodir bo’ladigan fiziologik o’zgarishlarni,o’sish va rivojlanish

qonuniyatlarini,bolalik va o’smirlik davrlarida yuzaga keladigan fiziologik jarayonlarni,o’z navbatida ana shu davrlarda organizmda yuzaga keladigan kasalliklar xamda ularni oldini olish choralarini o’rgagnishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan.

Fiziologiya fani quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: 1) tirik organizmdagi mo’tadil funksiyalarni tinimsiz ravishda o’zgaruvchan va rivojlanuvchi sharoitga bog’liq holda bajarilish qonunlarini o’rganadi; 2)tirik organizmning funksiyalari tarixiy, filogenetik, xususiy va ontogenetik rivojlanishini va ularning o’zaro bog’liqligini o’rganadi.

Yosh fiziologiyasi, fan sifatida, embriologiya, anatomiya, gistologiya, biofizika, biokimyo, sitologiya, genetika kabi fanlar bilan ham chambarchas bog’liq hisoblanadi va ushbu fanlar yutuqlaridan foydalanib boradi.


  1. Yosh fiziologiyasi fani tarixi Yosh fiziologiyasi bo’yicha qadimda ham ko’plab olimlar yirik asarlar yaratishgan va ilmiy izlanishlar olib borishgan. Masalan, tabobat ilmining yirik vakili – Buqrot eramizdan oldingi IV-asrda «Bola tabiati» haqida deb nomlangan kitob yozgan.IX-X asrlarda esa O’rta Osiyodan etishib chiqqan, Ibn Sino, Beruniy, al Farobiy, Najimitdin Samarqandiy kabi olimlar, Sharqdan Abu Bakr Roziy kabi etuk olimlar o’zlarining tibbiyotga bo’lgan qiziqishlari bilan ajralib turishgan. Jumladan Abu Bakr Roziy «Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi» deb nomlangan yirik asarida bola tarbiyasi, bolalar va chaqaloqlarni to’g’ri ovqatlantirish qoidalari haqida so’z yuritilgan.Undan tashqari Roziy «Bolalar kasalliklari» degan asar ham yaratgan. Bobokalonimiz Ibn Sinoning mashxur «Tib qonunlari» asarida bolalarda tomir urushi (puls)ning o’ziga xosligi, bolalar va o’smirlarda ko’p uchraydigan ichki, yuqumli kasalliklar va ularni davolash usullari ko’rsatib o’tilgan.

Yosh fiziologiyasi fanining rivojlanishiga rus olimlari ham katta hissa qo’shishgan. Jumladan Filatov N.F, Maslov M.S, Pavlov I.P.,Sechenov I.M. kabi olimlar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda O’zbekistonda yosh fiziologiyasi fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olimlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Jumladan U.Z.Qodirov, S.Sh.Shamsiev,Oripov kabi olimlarimiz yosh fiziologiyasi sohasida ulkan ishlarni amalga oshirishganlar.

  1. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani anatomiya, gistologiya, sitologiya va boshqa barcha tibbiyot va pedagogika fanlari bilan uzviy bog’liq. Yoshga oid fiziologiya va gigiyena fani o’z faoliyati davomida umumiy gigiyena, umumiy fiziologiya, mikrobiologiya, epidemiologiya, biokimyo, bolalar klinikasi, ruhiyati, pedagogika tavsiyalari hamda yutuqlaridan foydalanadi.

Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani pedagogikaga oid qonun-qoidalarni bilish, unga amal qilish bolalar va o’smirlarning o’quv, mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini me’yorlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ham hal qilish uchun zarurdir.Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot esa psixologiya va pedagogikaning tibbiy ilmiy asosi hisoblanadi.

O’qituvchilar ta’lim-tarbiya ishlarini yoshga oid fiziologiya va o’smirlar gigiyenasi fani ma’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Pedagog bilib olishi shart bo’lgan birinchi narsa bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola organizmining anatomiyasi, fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Bu bilimlarsiz yaxshi pedagog bo’lish, bolani va o’quvchi yoshlarni to’g’ri tarbiyalash mumkin emas. Bolaning jismoniy va aqliy ish qobiliyatlarini, uning nimalarga qodir ekanligini bilmasdan, yoshga aloqador xususiyatlarini nazar, e’tiborga olmasdan turib ta’lim tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin emas.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling