Noyob baliqlar


Download 10.9 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi10.9 Kb.
#107834
Bog'liq
Noyob baliqlar


Noyob baliqlar

Baliqlar (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lansetnikka o‘xshash sodda tuzilgan xordalilar bo‘lgan. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo‘lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O‘lja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlana borib yo‘l bilan baliqlar kelib chiqqan. Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Baliq sezgi organlari ko'z, quloq, burun, mo'ylov va yon chiziqlardan iborat. Baliq uzoqni ko'rolmaydi. U bir metr uzoqlikdagi narsalarni ko'roladi. Ammo o'roqsimon o'simtaning qisqarishi tufayli u 12 metr uzoqlikdagi narsanini ham ko'ra oladi. Baliq eshitish organi ichki quloqdan iborat. Suv zich muhitda bo'lgani uchun baliq juda yaxshi eshitadi. U hatto qirg'oqdagi qadam tovushinini ham eshita oladi. Hamma hayvon sigari uning ham hid sezish qobiliyati kuchli. Ba'zi baliqlarda mo'ylov ham bor. Mo'ylov his tuyg'u vazifasini bajaradi. Yon chiziqlar nerv hujayralaridan iborat. Yon chiziqlar orqali oldindagi to'siqlarni, harakatlanayotgan o'ljan bemalol sezadi. Agar baliq ko'r bo'lib qolsa, yon chiziqlar orqali bemalol yashay oladi.

AQShlik olimlar opaxi – nurpatli dengiz baliqlari turiga mansub baliqlardan biri dengiz tubida yashovchi baliqlarga xos bo‘lmagan issiqqonlikka egaligini aniqlashdi. Noyob baliq 40 metrdan 450 metrgacha chuqurlikda yashaydi va o‘zining tana haroratini suv haroratidan Selsiy bo‘yicha 5 gradusga yuqoriroq ushlab turadi.

Baliqlar sovuqqon jonzotlar hisoblanadi. Ularning tanasi harorati atrof muhit haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi va hech qachon undan oshib ketmaydi. Ba’zi yirtqich baliqlar o‘lja orqasidan ov qilganda mushaklarini “qizdira” olishga imkon beradigan mexanizmlarni ishlab chiqishgan. Bu ularga tezroq suzishga imkon beradi. Biroq shunga qaramay, bunday baliqlarni issiqqon baliqlar deb atab bo‘lmaydi, chunki ular tanasining “qizishi” samaraliroq ov qilish uchun vosita hisoblanadi, xolos.

AQShlik olimlar Lampris guttatus turiga mansub ushbu baliqning qon-tomir tizimi ikki bosqichdan tashkil topganini aniqlashdi. Qoni suvdan qislorod oluvchi va suv bilan o‘zaro ta’sirlanganda sovuvchi baliqning oyquloq (jabra) tomirlari issiq qonni tashuvchi boshqa tomirlar bilan o‘ralganligi aniqlandi. Shu tufayli kislorod bilan to‘yingan sovuq qon qizib, tana bo‘ylab sirkulyasiya qilishda davom etadi. Bunday mexanizm Lampris guttatus balig‘ini to‘laqonli issiqqon baliq deb atashga imkon beradi: uning barcha ichki organlari, shu jumladan yurak va mushaklari atrofdagi suvdan taxminan 5 gradusga issiqroq bo‘ladi. Olimlar baliqni batafsilroq tadqiq qilib, u qanday evolyusion jarayonlar oqibatida bunday noyob xususiyatga ega bo‘lganini aniqlashmoqchi.

Hindistonda baliqchilar ogʻirligi bir tonnaga teng boʻlgan ulkan skat baligʻini ushlashdi.

Zanzabir orolining shimoliy qismida tanzaniyalik baliqchilarning to‘riga og‘irligi 27 kilogramm, uzunligi 1 metr 34 santimetrni tashkil qiladigan tselekant balig‘i ilindi. Baliqchilar ushbu g‘alati ko‘rinishga ega bo‘lgan baliqni olimlarga topshirdilar. Olimlar ushbu dengiz jonzotini tekshirib chiqib, uni qadimiy turga tegishliligini aniqlashdi. Selekant 360 million yil ilgari paydo bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu baliq allaqachon qirilib ketgan bo‘lishi kerak edi. Lekin so‘nggi 70 yil ichida baliqchilar tomonidan 30 dan oshiq tselekant tutilgan. Endi olimlar oldida turgan vazifa ushbu baliq turi hozirgacha qanday qilib yashab kelayotganini aniqlashdir.

Qizil Kitobga kiritilgan baliqlar.

2009-yilda chop etilgan "Qizil Kitob"ga baliqlarning 17 turi kiritilgan.

Ular:


1.Orol bahrisi (bakra)

2.Sirdaryo kurakburuni (filbuyin)

3.Amudaryo kichik kurakburuni (toshbakra)

4.Amudaryo katta kurakburuni

5.Qorako'z (oq sazan)

6.Toshkent yuzasuzari

7.Cho'rtansifat oqqayroq (kalbaliq, cho'rtanmarka)

8.Orol mo’ylabdori ( suzanbaliq)

9.Turkiston mo’ylabdori (shimbaliq)

10.Parrak (nashtarkanot)

kukbo’yini (kukuktura)

12.Orol tikanagi

13.Turkiston laqqachasi

14.Orol sulaymonbalig’i

15.Amudaryo gulbalig’i

16.Orol sanchari (tikanbaliq, itbaliq)

17.Chotqol shaytonbalig’i (toshbuqasi)

18.Turkiston shaytonbalig’i (toshbukasi).

Orol sulaymonbalig'i (Salmo trutta aralensis Berg, 1908) soni har doim kam bo'lgan. 30-yillarda Orol dengizida yiliga 10 dona atrofida ovlangan. Oxirgi marta 1937-yili tutilgan. Hozirga kelib yer yuzida qirilib ketgan. Orol bahrisi va Orol mo’ylabdori oxirgi 20 yil davomida Toshkent va Farg'ona hududida umuman uchratilinmagan. Quyidagi Orol dengizida yashagan turlar hozirda bu yerda umuman yo'q bo'lib ketgan. Hozirgi kunda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on, Norin va Uychi tumanlarida Norin daryosi bo‘ylarida (forel, osetr va boshqalar) noyob baliq turlarini yetishtirish maqsadida 251 gektar maydonda baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etilishi taklif qilingan.

Aziz o'quvchilar bu ma`lumotlar sizda ixtiologiya sohasiga qiziqishingizni yanada boyitishiga ishonaman.



Namangan viloyati. Uchqo`rg`on tumani XTB ga qarashli 41-sonli maktabning biologiya fani o`qituvchisi

Umida Qodirova.
Download 10.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling