Nuklein kislota komponentlari nuklein kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari foydalanilgan adabiyotlar ro


Download 61.09 Kb.
bet1/3
Sana12.05.2022
Hajmi61.09 Kb.
#667222
  1   2   3
Bog'liq
NUKLEIN KISLOTALAR, TUZILISHI VA VAZIFALARI. NUKLEIN KISLOTALARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI
17.02. 5A140101-И.Д. Фитоц., Hamidulla Hasanov, Quyosh sistemasi jadvali va uning tahlili, sayyoralarning tavsifi, Quyosh sistemasi jadvali va uning tahlili, sayyoralarning tavsifi, Quyosh sistemasi jadvali va uning tahlili, sayyoralarning tavsifi, 8-Mavzu Yer po’stining tuzilishi xaritasini ishlash, 8-Mavzu Yer po’stining tuzilishi xaritasini ishlash, 8-Mavzu Yer po’stining tuzilishi xaritasini ishlash, АГРОТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАШИВАНИЯ СУБТРОПИЧЕСКИХ, Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha, 1-labaratoriya mashg'uloti ASEPTIKA QOIDALARI, 1-labaratoriya mashg'uloti ASEPTIKA QOIDALARI, АГРОТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАШИВАНИЯ СУБТРОПИЧЕСКИХ, Odam anatomiyasi mustaqil ishlar, Odam anatomiyasi mustaqil ishlar

MAVZU:NUKLEIN KISLOTALAR, TUZILISHI VA VAZIFALARI. NUKLEIN KISLOTALARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI
REJA:

  1. NUKLEIN KISLOTALARNI O`RGANISH TARIXI VA ULARNING UMUMIY TAVSIFI.

  2. NUKLEIN KISLOTA KOMPONENTLARI

  3. NUKLEIN KISLOTALARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI

  4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi. Nuklein kislotalar yangi biologik modda sifatida 1868 yili shveytsariyalik biolog olim Fridrix Misher tomonidan kashf etilgan. U yiringlash jarayonini sababchisi bo`lgan qon elementi – leykotsitlar yadrosidan ajratib olingan fosforga boy birikmaga ―nuklein‖ nomini beradi. Keyinchalik kislota xossasiga ega bo`lgan bu modda ―nuklein kislota‖ deb ataldi. 1891 yilda nemis olimi Kossel nuklein kislotasini gidrolizlab, uning 3 xil komponentdan: purin yoki pirimidinlar qatoriga kiruvchi geterotsiklik azot asoslari, uglevod va fosfat kislotasidan tashkil topganligini, shuningdek, kislotalarning 2 turi mavjudligini aniqladi. Ular tarkibida uglevod komponenti – pentozaning riboza yoki dezoksiriboza bo`lishiga qarab ribonuklein kislota(RNK) va dezoksiribonuklein kislota(DNK) nomini oldi.

3¹ 5¹ - fosfodiefir bog`lari yordamida bog`lanib, mononukleotidlar zanjiridan tashkil topgan yuqori molekulyar moddalarga nuklein kislotalar yoki polinukleotidlar deyiladi.


DNK va RNKning hujayra tarkibidagi umumiy miqdori uning funktsional holatiga bog`liq. Masalan, urug` hujayralarida (spermatozoidlar)da DNK hujayra quruq massasining 60% ini, ko`pchilik hujayralarda 1-10 % gacha, muskullarda esa 0,2 % ga to`g`ri keladi. RNK miqdori odatda DNK ga nisbatan 5-10 marta ko`proq. Jigar, oshqozon osti bezi, embrional to`qimalar kabi faol oqsil sintezlovchi to`qimalarda RNK/DNK nisbati 4 dan 10 gacha.


Yadrosi shakllanmagan bakteriyalar (prokariotlar) da DNK molekulasi sitoplazmaning maxsus zonasi – nukleoidida joylashgan. Agar u bakteriyaning hujayra membranasi bilan bog`lansa – mezosoma deb aytiladi. Kichik o`lchamli DNK bo`laklari xromosoma tashqarisida joylashgan bo`lsa, bakteriyalarda bunday qismlar – plazmidalar deyiladi.



136


Yadrosi to`la shakllangan hujayralar (eukariotlar) da DNK yadro bilan yadrocha oralig`ida – xromosomalar tarkibida hamda yadrodan tashqari organoidlar (mitoxondriya va xloroplastlar)da bo`ladi. Hujayra DNK sining

taxminan 1-3 % yadrodan tashqarida, qolgan qismi esa yadro ichiga joylashgan. DNK ga nisbatan RNK hujayrada bir tekisda taqsimlangan. Bu esa RNK


vazifasining turli-tuman ekanligini ko`rsatadi. Yuqori rivojlangan organizmlar hujayrasida RNK miqdorining 11 % i yadroda, 15 % i mitoxondriyada, 50 % i ribosomada va 24 % i gialoplazmada joylashganligi aniqlangan.


DNK ning molekulyar massasi tirik organizm qurilishining murakkablik darajasiga bog`liq. Odam va boshqa yuksak organizm hujayralaridagi xromosomalarda DNK giston va giston bo`lmagan oqsillar bilan bog`lanib, hosil qilgan kompleksiga – dezoksiribonukleoproteidlar (DNP) deyiladi.


DNK ga nisbatan RNK ning molekula massasi ancha kichik. Bajaradigan vazifasi, molekula og`irligi va nukleotidlar tarkibiga qarab RNK ning quyidagi asosiy turlari farq qilinadi: informatsion yoki matritsali (mRNK), transport (tRNK) va ribosomal (rRNK).





Download 61.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling