Number-discount-uz docx


Download 371.03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.03.2023
Hajmi371.03 Kb.
#1246007
Bog'liq
number-discount-uz



“Maxsus toifadagi raqamni tanlash”
xizmatiga chegirma” aksiyasi qoidalari"
“Maxsus toifadagi raqamni tanlash” xizmati uchun chegirmalar” Aksiyasining mazkur Tavsifi (keyingi
oʻrinlarda – Aksiya deb yuritiladi) “Humans” MChJning (100047, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh.,
Maxtumquli koʻchasi, 2-uy, STIR 306624856) nomuayyan shaxslar doirasiga taklifi.
1. Aksiya haqida maʼlumot
1.1. Mazkur Qoidalar matnida katta harflar bilan yoziladigan soʻzlar atamalardir. Atamalarning taʼrifi agar
bu qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, provayder tomonidan tasdiqlangan HUMANS
aloqa xizmatlarini taqdim etish shartlarida va www.humans.uz saytida berilgan, shuningdek, tariflarning
tavsiflarida keltirilgan.
1.2. Aksiya ishtirokchilari — Humans aloqa xizmatlarini taqdim etish shartlarini qabul qilish orqali
operator bilan aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan va aksiyani oʻtkazish davrida
“maxsus toifadagi raqamni tanlash” xizmatiga buyurtma bergan jismoniy shaxslar — mijozlar.
1.3. Aksiya oʻtkaziladigan hudud: Oʻzbekiston Respublikasi.
1.4. Aksiya oʻtkaziladigan davr: 19.03.2022-y. dan muddatsiz to bekor qilingunicha.
2. Aksiya Tavsifi
2.1. Aksiya davomida Mijoz 30% (oʻttiz foiz) chegirma bilan “Maxsus toifadagi raqamni tanlash” xizmatiga
buyurtma berishi mumkin. Chegirma 1-9 toifadagi raqamlar uchun amal qiladi. Chegirmalarni hisobga
olgan holda xizmat narxi tariflarning tavsifida koʻrsatilgan.
3. Yakuniy qoidalar
3.1. Ushbu qoidalar provayder saytida eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Provayder ushbu
qoidalarni bir tomonlama oʻzgartirish yoki aksiyani bekor qilish huquqiga ega, bu haqda saytda tegishli
xabarni joylashtirish orqali xabardor qiladi. Xabarnoma sanasi — saytdagi tegishli maʼlumotlarning eʼlon
qilingan sana. Saytda tegishli maʼlumotlar eʼlon qilingan paytdan boshlab qoidalar oʻzgartirilgan va aksiya
bekor qilingan, deb hisoblanadi.
3.2. Aksiya davrida Mijoz tomonidan “Maxsus toifadagi raqamni tanlash” xizmatiga buyurtma berilishi
jismoniy shaxslarga qaratilgan oferta hisoblangan Qoidalarga toʻliq va soʻzsiz roziligini bildiradi.

Download 371.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling