Nurillayeva sanobar nuriddin qizi


Download 229.4 Kb.
bet1/3
Sana22.07.2020
Hajmi229.4 Kb.
#124553
  1   2   3
Bog'liq
2 5244957333947157142


Nurillayeva Sanobar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

NURILLAYEVA SANOBAR NURIDDIN QIZI

Matematika darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyasi

mavzusidagi
MALAKA ISHI
Yo‘nalish (guruh) Matematika fani o’qtuvchilari 1-guruh

Tinglovchining ish joyi Narpay tumani 61-maktab

Kafedra mudiri _____________ Usmanov B.I.

Imzo

Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________ Umarov.S



Imzo

Tinglovchi _____________Nurillayeva.S.N



Imzo
Annotatsiya

Ushbu malaka ishi kirish, Didaktikada hamkorlik o’qitish texnalogiyasini kelib chiqishi haqida ma’lumot berilgan. Matematikada hamkorlikda o’qitish texnologiyasining g’oyasi va o’ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Irratsional sonlar, “Uchburchak va uning turlari” mavzusiga doir misollar ko’rsatilga Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan tashkil topgan bo’lib, 34 betdan iborat. Bitiruv malaka ishi “Matematika darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyasi”mavzusidag bag‘ishlangan bo‘lib, Matematikada hamkorlikda o’qitish metodlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu malaka ishidan kelgusida o‘quvchilar va o‘qituvchilar foydalanishlar mumkin.




Mavzu: Matematika darslarida hamkorlikda o’qitish texnalogiyasi

  1. Reja: Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Didaktikada hamkorlik o’qitish texnalogiyaini kelib chiqishi.

  2. Matematikada hamkorlikda o’qitish texnologiyasining g’oyasi va o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Hamkorlikda o’qitishning turlari.




  1. Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi 

  2. Matematikada hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’qtuvchining ijodiy faoliyati




  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar



      1. Kirish

Yosh avlodni tarbiyalashda keng inavatsion texnalogiyalardan foydalanish ,zamonaviy pedagogik texnalogik metodlarnitarg’ib qilish zamon ta’labi. Hozirgi kunda keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkiletilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qaroriga muvofiq

Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro

tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy

g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish

maqsadida ko’pla ishlar amalga oshirilmoqda. a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish:

Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) —

boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini

baholash uchun;

Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-

sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish

darajasini baholash uchun;

The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli

o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik

darajasini baholash uchun;

The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va

pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish

muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun;

Bu tadqiqotlarga ishtirok etish uchun bizning oldimizda o’ta muhim

masuliyatli vazifalar turibdi. Shulardan o‘qitishning innovatsion usullaridan

foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha

pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar

tayyorlash, o’qituvchilar uchun fanlar bo’yicha metodik yordam berish maqsadida

turli qo’llanma va tavsiyalar yaratish o’ta dolzarbdir.

Ushbu Matematika darslarida hamkorlikda o’qitish texnalogiyasi

mavzusidagi malaka ishida ham hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni shakillantirishga zamin yaratadi.



  1. Asosiy qism

Didaktikada hamkorlik o’qitish texnalogiyaini kelib chiqishi.
Bugungi kunda matematikadan nostandart, noananaviy va murakkabroq masalalani yechish uchun, ularga modellar yasashga doir masalalarning chuqurroq o’rgatilmayotgani o‟quvchilarning Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.

Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi.Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.

Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, YAponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.

Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahsil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:

1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta`kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi etarli emas. O’quvchilar tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas`uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.

2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986).

Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.

O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.

O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e`tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.

Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o’rganib, ta`lim jarayonidagi o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini o’zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta`kidlagan edi.

O’zaro hamkorlikning muhim omili va o’quvchilarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob`ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.

O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.

Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:



  1. faoliyatga kirish; 

  2. mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar; 

  3. o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi; 

  4. taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi); 

  5. madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq mAqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi); 

  6. o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi); 

  7. o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar; 

  8. o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar. 

Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta`siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta`sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.

. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi. Uning o’ziga xos xususiyatlari.


Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.

Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o’quvchilar ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.

Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
Tanqidiy fikr – bu qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, o‘zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, fikrlash – bu o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi. 
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:
- hayotning murakkab o‘zgaruvchanlik ma’nosini tushunib yetishga yordam beradi;
-jamoaning ochiq fikrini rag‘batlantiradi;
-shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi

1. O‘qituvchi (pedagog) o‘quvchi-talaba o‘rtasida hamda o‘quvchi-talabaning o‘zaro hurmatini tarbiyalaydi.


2. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchi-talaba tajribasidan foydalaniladi.
3. O‘quv mazmuni o‘quvchi-talabaning talablariga mos va aniq belgilanadi.
4. Muammoni hal qilishda o‘quv materiallaridan foydalaniladi.
5. Har xil buyum va qarashlar integratsiyalashadi.
6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko‘riladi.
7. Ta’lim o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi-talaba, o‘quvchi- talabani o‘zaro munosabati orqali berib boriladi.
8. O‘quvchi-talaba mustaqil ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi – o‘quvchi talabani tayyorlash darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi.

Mashg‘ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o‘yinli texnologiyalar o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo‘llash, didaktik o‘yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo‘ljalni to‘g‘ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi.


O‘quv dasturlaridan o‘rin olgan muammoli mavzular muammoli va hamkorlikda ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda muammoli dars «aqliy hujum» shaklida o‘rganilishi tavsiya etiladi va munozarali mavzular munozarali dars shaklida o‘rganilishi maqsadga muvofiq. O‘quv jarayonida munozarali darslarning ikki xili: ilmiy munozara va erkin fikrlash darslaridan foydalaniladi.
Interfaol metodlar - o‘zaro fikr almashishga, o‘zaro fikrlarni to‘ldirishga, noverbal va verbal ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o‘zaro ta’sir asosida qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta’sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi mumkin.
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo‘llaniladi:

-o‘qitishning ko‘rgazmali metodi;


-mustaqil ishlar metodi;
-muammoli evristik modellashtirish metodi;
-ilmiy tadqiqot metodlari;
-o‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
-o‘qitishning induktiv va deduktiv metodi;
-o‘qitishning nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilish metodi.

Metodlar quyidagi guruhchalarni o‘z ichiga oladi:


1. O‘quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish metodlari (og‘zaki metodlar: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar).
2. O‘quv axborotlarini ko‘rgazmali uzatish va ko‘rish orqali qabul qilish metodlari (ko‘rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar). 
3. O‘quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan foydalaniladi. Bunda talabalarga kitoblar, daftar va boshqa usullardan foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo‘llash rag‘batlantiriladi.
O’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, muammolarni hal qilishda tayyor standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qilishga undash, talabalar ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarib, ularni mantiqiy fikrlashga chorlash, ularni solishtirish, xususiy analitik fikr yuritishga o‘rgatish, talabalar intellektual, zukkolik xislatlarini shakllantirish va ma’lum yo‘nalishda yanada yuqori darajada rivojlantirish maqsadida matematikada hamkorlikda ishlash uslubdan foydalaniladi.
Ma’lumki, har qanday fan o‘qitilishi uchun, belgilangan maqsadga ko‘ra, uning mazmuni, o‘zlashtirish uchun mos metodlari, o‘quv vositalari va ularga mos ravishda o‘qitish shakli tanlanadi.
O”quvchilarning psixologik tayyorgarliklari, fikrlash darajalari yoki olgan bilimlarini o‘zlashtirish darajalariga qarab, har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmun va metodlar tanlanadi. Ta’limda har doim mazmun va metodlar muammosi mavjud, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ta’lim metodlaridagi muammolar «Kimni qanday o‘qitamiz?» degan savol bilan bog‘liq bo‘lib, bundan ta’lim metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog‘liq ekanligi kelib chiqadi. Bu ikki muammo o‘zaro qarama-qarshilikda bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. 
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o‘quv fani (o‘quv predmeti)ni yaratish va matematika fanning o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Bunday o‘quv fanlari o’quvchining barcha talab va ehtiyojlarini qoniqtirishi, Pedagogik texnologiyar talablari asosida avval «o‘qish so‘ngra, bu o‘qishga o‘rgatish uchun o‘qitish» tamoyiliga asoslanishi, o’quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi darajalari, nazariy va amaliy bilimlarini egallashda «soddadan-murakkabga» qoidasiga asoslangan nazorat topshiriqlarini belgilasho’quvchilarga individual va tabaqalashgan yondashuv xususiyatlarini hisobga olishi lozim.

Hamkorlikda o’qitishning turlari.

An’anaviy metodikada o’quvchi shaxsining rivojlanishini hisobga olgan holda uning bilimi ko‘nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga ahamiyat berilmasligi ayon. O‘qituvchi o’quvchiga iloji boricha o‘rganilayotgan mavzudan ko‘proq axborot berishga harakat qiladi. O‘qituvchi: axborotlarni to‘plash, tanlash, qayta ishlash va o‘rganilgan axborotlarni qo‘llash kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga rioya qilavermaydi. Keyingi navbatda o’quvchining bilish faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog‘onasiga, ya’ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o‘tishi kerak. Shundagina bilim ko‘nikmaga, ko‘nikma esa malakaga aylanadi. O’quvchilar bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi: fanni o‘rganishga qiziqtirish, tayanch iboralarga asoslanish, muammoli metodlarni qo‘llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish, ko‘rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, ta’lim mazmunini turmush bilan bog‘lash, fanlararo aloqadorlikni o‘rnatish va hokazo. Bundan esa, ta’lim jarayonida o‘qituvchi rioya qilishi kerak bo‘ladigan asosiy tamoyillar kelib chiqadi:


- o’quvchida o‘z kuchiga ishonish hissiyotini uyg‘otish;


- o’quvchiga o‘z vaqtida kerakli yordam berish.

Ta’lim tarbiya tizimini sifat jihatdan butunlay yangi bosqichga ko’tarish yo’llari.


Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham yo‘q. Ammo tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‘quv sharoitlar to‘plami mavjud. 

Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashga quyidagilar kiradi:


- o’quvchilarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
- o’quvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- har bir o’quvchini tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch hissini uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan o’quvchilar:
- o‘ziga ishonchni orttirish, o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;
-ta’lim jarayonida faol ishtirok etish;
-turli fikr va g‘oyalarni e’tibor bilan tinglash;
- o‘z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Tanqidiy (tahliliy) fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, o’quvchilar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlariga o‘qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. Ta’lim jarayonidagi o’quvchilarning faol ishtiroki va ta’limga o‘zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi, tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. o’quvchilarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyasi va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o‘stiradi.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o’quvchilarning fikrlari, tanqidiy tahlil natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O‘qituvchi (pedagog) o’quvchilardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‘lishi lozim. Bu esa talabalarda o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida o’quvchilarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‘rsata olish kerak. O’quvchilarning o‘zlari ham o‘z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari hamda masalalarni muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim vazifa ekanligini tan olishlari kerak.
Fikrlash jarayoni o’quvchilarning o‘zaro bir-birlari bilan fikr almashishlarini ko‘zda tutadi. O‘zaro fikr almashishda o’quvchilardan diqqat bilan tinglash, o‘zining qarashlar tizimini so‘rovchiga zo‘rlab o‘tkazish va boshqa so‘zlovchilar fikrini tuzatib turishdan o‘zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban o’quvchilar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o‘laroq o’quvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o‘z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g‘oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud, ya’ni: o‘ziga ishonch hosil qilish, ishda faol ishtirok etish, o‘rtoqlar va o‘qituvchi bilan fikr almashish, o‘zgalar fikrini tinglay olish va boshqalar.

“Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.


Ta`lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta`lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko`nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta`minlash maqsadida o`quv tarbiya jarayonida interfaol metodlardan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo`yilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta`minlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” qabul qilgan qarorida zamonaviy fikrlovchi pedagogik kadrlar tayyorlashga, ta`lim jarayonida ilg`or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek elektron talim resurslari va mul`timedia taqdimotlaridan foydalanishni yo`lga qo`yishga alohida e`tbor qaratilishiga urg`u berilgan. Shu munosabat bilan bugungi kunda yuqorida aytilgan bilimlarni pedagoglar tomonidan o`rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 
Ishning dolzarbligi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o`quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson uchun o`z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi. Ta`lim-tarbiya jarayoniga interfaol metodlarni tadbiq etish kadrlar tayyorlashga yo`naltirilgan umumiy jarayon mazmunining sifat jihatdan o`zgarishni ta`minlaydi. Har bir tinglovchi ayrim turdagi hamkorlikda o‘qitish mashg‘uloti o‘quv materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish. Tinglovchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq hamkorlikda o‘qitish turlarida foydalanib o‘tkazish yuzasidan mashg’ulotlarni tayyorlaydilar va uning asosida guruh ishtirokida shu mashg‘ulotni qisqa bayon qilib beradilar va tegishli muhokama o‘tkaziladi: Masalan 

“Hamkorlik kvadratlari” mashqi.

Materiallar.

Har bir besh kishilik guruh uchun diagramma asosida kesilgan besh karton to’rtburchaklari.

Parchalar ustiga harf asosida A-E gacha belgilangan beshta konvertning bittasiga joylashtiriladi.

Besh kishilik har bir guruh stol atrofiga iloji boricha qulay o’tirishlari kerak.

Tartib:

Guruhning har bir a’zosi konvert oladi. Mashqning maqsadi, guruh bir hil kattalikdagi beshta to’rtburchak yasashi kerak. Mashg’ulot noverbal holatda bajariladi.



Bu mashqni o’tkazishga 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

Guruh hamkorligiga asoslangan va turli darajada izohlash mumkin bo’lgan klassik mashg’ulot hisoblanadi. Boshlanishda ba’zi bolalar to’g’ri kattalikdagi tortburchak yasaydilar, lekin boshqa ishtirokchilar lozim bo’lgan shakilni ishlatadilar. Masala yechimini shaxslar o’rtasidagi raqobat orqali emas, balki faqat guruh hamkorligi orqali topish mumkin. Ushbu mashg’ulot hamkorlik masalalari yuzasidan muhokamani boshlashga yordam beradi.

                Guruhlarda ishlashni o‘rganamiz

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jahon ta'lim sohasiga kirib borishga mo‘ljallangan yangi ta'lim tizimining shakllanish jarayoni kechmoqda. Ushbu davr o‘quv-tarbiya jarayonining pedagogik nazariya va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bilan kechmoqda: o‘qitishning mazmuni o‘zgaryapti, bilim berish jarayoniga boshqa yondashuv taklif etilyapti, boshqacha munosabatlar va o‘zini tutish tamoyillari shakllanyapti. Bularning barchasini bizning davrimiz – XXI asr – yangi texnologiyalar va insonlar o‘rtasidagi yangicha munosabatlar asri taqozo etmoqda.

O’quvchi umumiy rivojlanishi uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratib beradigan bunday shakllardan biri hamkorlik qilish, boshqa odam bilan birgalikda harakat qilishni nazarda tutadi. Bu o‘quv hamkorligi sanalib, uning maqsadi o’quvchilarni o‘zini bilishga o‘rgatishdan iboratdir.

Hamkorlikda o‘qitish yoki kichik guruhlarda saboq berish pedagogikada gumanistik yo‘nalishdagi texnologiyaga mansub bo‘ladi. Bunday texnologiyaning asosiy maqsadi – o’quvchi uchun turli o‘quv vaziyatlarda faol birgalikdagi o‘quv faoliyatini yuritish uchun sharoitlar yaratib berishdan iborat.

Hamkorlikda o‘qishning asosiy g‘oyasi – bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o‘qishdir!

Guruh bo‘lib ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi: 

Bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish;

Maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish;

Didaktik materialni tarqatish;

Guruhdagi ishni rejalashtirish;

Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish;

Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e'tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar);

Guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish;

  Guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish. 

           “Qalamlar” mashqi

Mashqning ta’rifi. Mashq masqsadi qalamlarni yoki qalpoqchalar bilan yopilgan avtoruchkalarni yoningizda turgan ishtirokchilar bilan birgalikda barmoqlaringiz orasiga saqlab qolishdqn iborat. Dastlab ishtirokchilar tayyorlanish topshirig’ini bajaradilar: Guruh doira shaklida turadi. Ikki qalamni ko’rsatkich barmoqlarining uchlari bilan ushlab qolishga harakat qiladilar. Qollarini yuqoriga-pastga , orqaga-oldinga harakatlantirish, cho’kkalab o’tiring, turing topshirigi beriladi.

Mashqni bajarish vaqtida ishtirokchilardan, bir-birini noverbal idrok etish asosida birgalikda harakatlarni aniq muvofiqlashtirish talab etiladi. Agar har bir ishtirokchi faqat o’zining harakati to’grisida o’ylagan bo’lsa, mashqni deyarli bajarib bo’lmaydi. O’z harakatini sheriklar harakatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. 

Innovatsion yondashuv asosida hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari sohasida olib borilgan ishlar tahlili.

Innovatsiya biror yangi narsani, yangi tartib qoidani kiritishni anglatadi. Yangilik ko‘pincha yangi metodlar, vositalar, yangi konsepsiyalar, yangi o‘quv dasturlari kiritishni hamda qo‘llanishga xosdir.

Innovatsiyaning turli ta’riflari mavjud: innovatsiya (lotincha inovatis)-bu yangilik, yangi tartib qoida, o‘zgarish degan ma’noni anglatadi.

Yangilik va o‘zgarish?

Yunesko hujjatlaridan birida «... Yangilik albatta yangi bo‘lishi shart emas, biroq u albatta nimasi bilandir yaxshiroq va o‘z-o‘zidan namoyon etilishi mumkin bo‘ladi»-deb ko‘rsatilgan.       

Innovatsion muammolari bilan bog‘liq bir qator tadqiqotlarda o‘zgarishlar yangilik bo‘lishi, biroq har doim butunlay yangi g‘oyalar yoki shakllar bo‘lmaslik mumkinligi faraz qilinadi.

Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi orqali o‘quv - tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirishga yo‘naltirilgan didaktik, metodik, tashkiliy-texnik o‘zgarishlarni tushunamiz.



Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi 

Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi 1987-yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o’quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqni  ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to’liq bajarilish natijasida o’quv materialining yaxlit o’zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari-komandani taqdirlash, o’quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish.   

Erkin fikrlash darslari

Erkin fikrlash darslari ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalar va bu maqolalarning muhokamalariga bag`ishlanadi. 


Erkin fikrlash darslaridan ko’zda tutilgan maqsad:
1. O’quvchilarning bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
2. O’quvchilarni ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar, kitoblar bilan tanishtirish orqali ularning bilim olish va fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish.
3. O’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
Munozarali darslarning muvaffaqiyati qo’yidagi masalalarni to’g`ri hal etishga bog`liq:

o’quvchilarning darsga qizg`in tayyorgarlik ko’rishiga;

ular o’rtasida o’zaro hamkorlik, yordam uyushtirilishiga;

o’quvchilarning o’z fikr-mulohazalarini to’liq bayon qilishi va mantiqan dalillashiga;

o’quvchilarda boshqalarning fikrini sabot va chidam bilan tinglash ko’nikmalarining hosil qilinganligiga;

o’qituvchining iqtidori, e’tiqodi, o’quvchilarning bilim faoliyatini faollashtira olish ko’nikma va malakalariga egallaganlik darajasiga bog`liq bo’ladi.

Erkin fikrlash darslarini o’tkazish uchun o’quvchilarga ko’pgina ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalarni o’qishni tavsiya etamiz. Mаvzu: Geometrik material.Uchburchak va uning turlari.Uchburchak yuzi.Katakli qog’ozda yuzlarni hisoblash.

Dаrsning  tаshkiliy  qismigа  1  dаqiqа  аjrаtilаdi.  So’ngrа  o’qituvchi  uygа bеrilgаn  vаzifаlаrni  tеkshirаdi  vа  o’quvchilаrning  hаtоlаrini  to’g’rilаydi,  bungа 5 dаqiqа  vаqt  аjrаtаdi.  Kеyin  o’qituvchi  dоskаgа  bugungi  o’tilаdigаn  аmаliymаshg’ulоt  mаvzusi  bo’yichа  turli  ko’rinishdаgi,  turli  qiyinliqdаgi  misоllаrdаnishlаb  ko’rsаtаdi,  tushuntirаdi  vа  o’quvchilаrgа  tushunmаgаn  jоylаrini  so’rаshlаrimumkinligini  аytаdi.  O’quvchilаr  tushunmаy  qоlgаn  jоylаridаn  o’qituvchigа sаvоllаr bеrаdi so’ng o’qituvchi ulаrning sаvоllаrigа to’liq jаvоb bеrib o’tаdi. Bungа 15 dаqiqа vаqt yеtаdi.

Misоl uchun o’qituvchi tushuntirgаn misоllаr:

Хisоblаng:

O’qituvchi  dоskаdа  ishlаb  ko’rsаtgаn  vа  tushuntirgаn  misоllаrini  dоskаdаn o’chirmаgаni  mа’qul,  o’kuvchilаr  dаrs  dаvоmidа  undаn  fоydаlаnаdilаr. Mаtеmаtikа  хоnаlаridа  fоrmulаlаr  yozilgаn  dеvоriy  gаzеtаlаr  bo’lаdi  yokibo’lmаsа  o’qituvchi  аvvаldаn  tаyyorlаb  qo’ygаn  lоgаrifmik  fоrmulаlаr  yozilgаnplаkаtni o’quvchilаr fоydаlаnishi uchun хоnаgа dаrs dаvоmidа оsib qo’yadi.

Tахminаn  хоnаdа  20  tа  o’quvchi  bo’lsа  o’qituvchi  ulаrni  5  tаdаn  4  tа guruhgа  аjrаtаdi  vа  hаr  bir  guruhgа  аvvаldаn  tаyyorlаb  qo’yilgаn  tаrqаtmа mаtеriаllаrni bеrаdi. Bu mаtеriаllаrdа 5 tаdаn vа 5 хil qiyinlikdаgi misоllаr bo’lаdi. Hаr bir guruhning оlgаn tоpshiriqlаri tеng kuchli bo’lаdi.

 

Uchburchak va uning turlari” mavzusiga doir  dars ishlanma loyihasi



 

 “UCHBURCHAK VA UNING TURLARI” MAVZUSI BO‘YICHA  BIR SOATLIK DARS



Download 229.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling