Nurmatov iqboljonning jismoniy tarbiya fanidan


Download 0.62 Mb.
Sana11.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#314421
Bog'liq
Dars ishlanma
Маселелер топламы, 7 sinf orta osiyo aholisi va siyosiy, BETI, Lektsiya 10 6a9090716673eb4c119ac6fbb64c4709, Lektsiya 8 53f7f3aa28b83d33f6104b82ea081237, 123, Документ (4), Документ (4), Документ (15), Документ (22), crosshair, RDB dast.dast.asos.kurs topshirigi namuna, crosshair, crosshair

FARG’ONA VILOYATI FURQAT TUMANI XTBGA QARASHLI 4-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
JISMONIY TARBIYA FANI O’QITUVCHISI

NURMATOV IQBOLJONNING
JISMONIY TARBIYA FANIDAN
« YAKKA CHO‘P USTIDA BIR OYOQDA, OYOQ UCHIDA TIK TURISH MASHQLARI» MAVZUSIDAGI
OCHIQ DARS ISHLANMASI

Mavzu: « Yakka cho‘p ustida bir oyoqda, oyoq uchida tik turish mashqlari».

Maqsadlar:

ta’limiy: o‘quvchilarga yakka cho‘p ustida bir oyoqda, oyoq uchida muvozanat saqlab yurish mashqlarini to‘g‘ri bajarishni o'rgatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini shakllantirish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarga muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun muhimligini, tushuntirish, sog'lom o'quvchi doimo tetik bo‘lishi va fanlarni o'zlashtirishda qiynalmasligini uqtirish;

rivojlantiruvchi: mashqlarni bajarish orqali o'quvchilarda kuch, chidam va o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirish.

Dars metodi: savol-javob, suhbat, musobaqa, «Xatosini top» o'yini.

Dars jihozlari: yakkacho'p, bayroqchalar, gimnastika o‘rindig‘i, gimnastika mati.

Dars o‘tish joyi: sport zali.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

0‘quvchilar saflanadilar. Salomlashiladi va navbatchi hisoboti tinglanadi.

Safda turish, yurish va yugurish mashqlari bajariladi. Navbat bilan sanab, guruhlarga bo'lingan holda umumiy rivojlantiruvchi mashqlar bajariladi.

0‘quvchilarga dars shiori — «Muvozanat saqla — ishonchni oqla!» eslatiladi.

  1. Uyga vazifani so‘rash va mustahkamlash.

0‘quvchilardan o'tilgan «Yakka cho'pda muvozanat

saqlash mashqlarini bajarish» mavzusi so'ralib, qisqa savol- javob tashkil etiladi:

  1. To‘g!ri nafas olish va chiqarish mashqlari haqida qisqacha ma’lumot bering.

  1. Muvozanat saqlash mashqlari qanday ahamiyatga ega?

  2. Mashqlarni bajarishda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etiladi?

  1. Yangi mavzu bayoni.

0‘quvchilar saflanib, ikki guruhga bo‘linadi. «Yakka cho'pda bir oyoqda, oyoq uchida tik turishni o‘rganish» mavzusi bilan tanishtiriladi.

Jismoniy mashqlarni bajarishda qoidalarga, xususan, texnika qoidalariga rioya etish kerakligi ta’kidlanadi.

Dastlab o‘qituvchi yakka cho'pda bir oyoqda turish, oyoq uchida yurish, burilish va sakrash mashqlarini ko‘rsatib, tushuntirib beradi. So'ngra o'quvchilar navbat bilan bajaradi.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

0‘tilgan mavzu «Xatosini top» o‘yini orqali mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilar bilan birga o'qituvchi ham faol ishtirok etishi kerak. Ikkala guruhdan o‘quvchilar chiqib, yangi darsda o'rgatilgan mashqlarni bajarishadi. Agar biror xatoga yo‘l qo'yilsa, u boshqa guruh o'quvchilari tomonidan aytiladi va tuzatiladi. 0‘qituvchi nazorat qilib turadi.

  1. Darsni yakunlash va o'quvchilarni baholash.

Saflanish. Yengil yugurish. Yurish. Nafas rostlovchi mashqlarni bajarish. O'quvchilar baholanib, faol qatnashganlar rag'batlantiriladi.

  1. Uyga vazifa.

Mavzuni takrorlab, uyda mustaqil bajarish.
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling