Nurmurodova Dilnurabonu Davronbekovna P1 guruh


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1733514
  1   2
Bog'liq
Untitled Presentation (13)



KONSTITUSIYAVIY
HUQUQ
Nurmurodova Dilnurabonu
Davronbekovna P1 guruh 


Jamiyatning
iqtisodiy
negizlari
fuqarolik
jamiyati
institutlari


Reja;
Jamiyatning iqtisodiy negizlari 
Fuqarolik jamiyati institutlari
Oila, bolalar yoshlar


Jamiyatning iqtisodiy negizlari 

Ma’lumki, jamiyatning iqtisodiy negizini mulk tashkil etadi. Shuningdek, jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi ham mulk bilan, mulkning kimlarga tegishli ekanligi bilan
belgilanadi. Mulksiz ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, mamlakatda xalq farovonligini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning imkoni yo‘q.

Xususan, mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat
organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash maqsadi
belgilangan bo‘lib, ushbu maqsadga xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini
kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash,
xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida belgilash, davlat idorasining rasmiy
ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy
etish shular jumlasidandir.


65-modda

Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan
O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor
munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun
shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning
huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini
kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk
shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan
himoya qilinishi ta’minlanadi.
Fuqarolik Kodeksi 167-modda
Мулкнинг дахлсизлиги

Мулк дахлсиздир ва қонун
билан қўриқланади.

Мулкнинг дахлсизлиги
мулкдорга қарши турган
барча субъектларнинг мулк
ҳуқуқини бузишдан
ўзларини сақлашларидан
иборатдир.


66-modda

Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan
mol-mulkka o‘z xohishicha egalik
qiladi, undan foydalanadi va uni
tasarruf etadi. Mol-mulkdan
foydalanish atrof-muhitga zarar
yetkazmasligi, boshqa shaxslarning,
jamiyat va davlatning huquqlarini
hamda qonuniy manfaatlarini
buzmasligi kerak.
Fuqarolik kodeksi 164-modda.

Мулк ҳуқуқи шахснинг ўзига
қарашли мол-мулкка ўз хоҳиши
билан ва ўз манфаатларини кўзлаб
эгалик қилиш, ундан фойдаланиш ва
уни тасарруф этиш, шунингдек
ўзининг мулк ҳуқуқини, ким
томонидан бўлмасин, ҳар қандай
бузишни бартараф этишни талаб
қилиш ҳуқуқидан иборатдир. Мулк
ҳуқуқи муддатсиздир.


69-modda.

Fuqarolik jamiyati institutlari, shu
jumladan jamoat birlashmalari va
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, ommaviy axborot vositalari
fuqarolik jamiyatining asosini tashkil
etadi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining
faoliyati qonunga muvofiq amalga
oshiriladi.
70-modda.

O‘zbekiston Respublikasida kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar,
olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar
tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va
nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari,
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar
hamda fuqarolarning boshqa
birlashmalari jamoat birlashmalari
sifatida e’tirof etiladi.


Oila, bolalar yoshlar

76-modda. Oila jamiyatning
asosiy bo‘g‘inidir hamda u
jamiyat va davlat
muhofazasidadir.

Nikoh O‘zbekiston xalqining
an’anaviy oilaviy qadriyatlariga,
nikohlanuvchilarning ixtiyoriy
roziligiga va teng huquqliligiga
asoslanadi.

Oila kodeksi. 2-modda.

Оилавий муносабатларда аёл ва эркакнинг
тенг ҳуқуқлилиги

Оилавий муносабатларни тартибга солиш
эркак ва аёлнинг ихтиёрий равишда
никоҳланиб тузган иттифоқи, эр ва хотиннинг
шахсий ҳамда мулкий ҳуқуқлари тенглиги, ички
оилавий масалаларнинг ўзаро келишув йўли
билан ҳал қилиниши, оилада болалар тарбияси,
уларнинг фаровон ҳаёт кечириши ва камолоти
ҳақида ғамхўрлик қилиш, вояга етмаган ва
меҳнатга лаёқатсиз оила аъзоларининг ҳуқуқ
ва манфаатларини ҳимоя қилиш устуворлиги
тамойиллари асосида амалга оширилади.


77-modda.

Ota-onalar va ularning o‘rnini
bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini
voyaga yetguniga qadar boqishi,
ularning tarbiyasi, ta’lim olishi,
sog‘lom, to‘laqonli va har
tomonlama kamol topishi
xususida g‘amxo‘rlik qilishga
majburdirlar.
Oila kodeksi.96-modda.

Ота-она вояга етмаган
болаларига таъминот бериши
шарт.

Вояга етмаган болаларига
таъминот бериш мажбуриятини
ихтиёрий равишда бажармаган
ота (она)дан суднинг ҳал қилув
қарорига ёки суд буйруғига
асосан алимент ундирилади.


80-modda.

Voyaga yetgan mehnatga
layoqatli farzandlar o‘z
ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik
qilishga majburdirlar.
Oila kodeksi. 109-modda.

Вояга етган, меҳнатга лаёқатли болаларнинг
ота-онасига таъминот бериш мажбурияти

Вояга етган, меҳнатга лаёқатли болалар
меҳнатга лаёқатсиз, ёрдамга муҳтож ўз
ота-онасига таъминот беришлари ва улар
тўғрисида ғамхўрлик қилишлари шарт.

Ота-онасининг давлат ва нодавлат
муассасалари қарамоғида эканлиги вояга
етган меҳнатга лаёқатли болаларни ота-она
ҳақида ғамхўрлик қилиш ва уларга моддий
ёрдам кўрсатиш мажбуриятидан озод
қилмайди.


O AV 81-82 moddalar
81-modda. Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni
tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan
axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.
OAV to'g'risidagi qonun. 5- modda.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir.
Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va
e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.
Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat
organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan
(harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki
aralashish taqiqlanadi.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling