Nusxasi: Axborot texnologiyalari va


Download 272.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi272.91 Kb.
#1354332
Bog'liq
Ariza



Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri
A.Toshkulovga
nusxasi: Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vaziri Sh.Shermatovga
ARIZA
Men Mamatova N.M., qizim Eshmurodova Malikabonu Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida o’qiydi. Biz pensiyada
bo’lganimiz, shartnoma pulini to’laganligimiz uchun qizimga moliyaviy
jihatdan qo’llab quvvatlashga qiynalyapmiz. Afsuski hozirda Qarshi
shahrida qarindoshlarimiz ham yo’q edi. Shu sababli turar joy hamda
mablag’ jihatdan qiynalmoqda. Shartnoma pullarini to’lab unga orttirib bera
olmayapmiz.
Qizim uydan uzoqda o’qiyotganligi sababli, o’zim ham ancha qiynalib
qoldim. Uyqumda halovatim yo’q. Qiz farzandimiz bo’lganligi uchun ona
sifatida yonimda bo’lishini hohlayman. Muhtaram prezidentimiz Shavkat
Miromonovich inson qadrini yuksaltirish uchun katta ishlar qilmoqda,
jumladan xotin-qizlarni ta’lim olishi, haq-huquqini himoya qilish bo’yicha
qilgan ishlarini salmog’i katta. Ayniqsa barcha rahbarlar xalq dardi bilan
yashashi ularning xayotiga yengillik olib kelishi kerakligini bot-bot
takrorlaydilar.
Albatta sizlar ham muhtaram prezidentimiz aytgandek inson qadrini
ulug’lab, shu xalq vakilasi - bir ona dardiga malham bo’lish uchun,
qizimning o’qishini doimiy turar joy bo’yicha Toshkent axborot
texnologiyalari universitetiga o’tkazib beringizlar deb so’rab qolaman.
Qizim o’z xonadonidan har kuni o’z vaqtida darsga borib kelishiga va
dars qoldirmasligiga vada beraman hamda o’zimni nazoratimda bo’ladi.

Download 272.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling