Nutq odobi. Nutqning kommunikativ belgilari


Download 0.58 Mb.
Sana15.03.2022
Hajmi0.58 Mb.
#605539
Bog'liq
Nutq odobi
Tavsiya etilgan 200 ta kitob (Hasanxo\'ja Muhammad Sodiq), YTTB, 4-mavzu. O\'z.tili.sohada qo\'l.!, 1-2-Lab, 014347b2-ceaa-4332-b4a2-a5ec586da609, 9 - ma'ruza. Planimetriya kursini o'rganish uslublari, Fan Oliy matematika Mustaqil ish Gurux, 2 5188334808694002894, 2 5199606529455558624, Taqdimot (13), Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat, Mavzu Sho‘rlangan va gipslashgan tuproqlar unumdorligini tiklov, Umurtqalilar markaziy asab tizmining tuzulishi va vazifasi. musta, file (2)

Nutq odobi. Nutqning kommunikativ belgilari.


Notiqlik san’ati tarixi
Nutq madaniyati nima?
Nutqning kommunikativ sifatlari
Rossiya tarixida notiqlik san’atiga bo’lgan e’tibor, asosan Pyotr I davrida
ancha kuchaydi. XVII - XVIII asrlarga kelib, rus notiqligida, asosan beshta
yo’nalish mavjud edi:
1. Yuqori doiradagi dvoryanlar orasida mavjud bo’lgan saroy notiqligi.
2. Diniy notiqlik.
3. Xalq notiqligi (Xalq qo’zg’oloni rahbarlarining)
4. Harbiy notiqlik
5. Diplomatik notiqlik.
Nutq madaniyati nima?
1) Tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vazi-
yatga muvofiq tarzda foydalana olish, nutqda zaruriy sifatlarning
barchasini mujassamlashtira bilishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami;
2) Tilshunoslikning tildan maq sadga va nutq
vaziyatiga muvofiq tarzda foydalanish, nutqda zaruriy sifatlarni mujassamlashtirish qoidalarini ilmiy asosda o‘rganish va o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi.
Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,
Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi
Nutqning kommunikativ sifatlari
Nutqning to‘g‘riligi – nutq madaniyatining birlamchi sharti. Nutqning aniqligi, mantiqiyligi, jo‘yaliligi, ixchamlik, to'g'rilik
maqsadga muvofiqligi va ta’sirchanligi, boylik.
Til sofligi, nutq sofligi uchun kurash – umuxalq ishi. Nutq boyligi va ta’sirchanligi, ularga erishi yo‘llari.
Aniqlik deyilganda, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning atamasi orasidagi mutanosiblik tushuniladi. Agar inson tafakkuri, bilimlari so‘zda aniq ifodalanmagan bo‘lsa, u tinglovchiga tushunarsiz bo‘lib qoleveradi. Maqsad – aytilgan fikrning tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga erishishdan iboratdir
Nutqning mantiqiy bo‘lishi, eng avvalo, so‘zlovchining tafakkur quvvati va qobiliyati bilan bog‘liqdir. Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, mantiqiyligi faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki nolisoniy hodisa sifatida ham namoyon bo‘ladi, ya’ni notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida chuqur bilimga ega bo‘lish va ifoda jarayonida izchillikni ta’minlash taqozo etiladi.
Nutqning ta’sirchanligi
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og’zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim daraja-sidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo`ladi.
Nutqning maqsadga muvofiqligi
Ma’lumki, so`zlovchi tomonidan rejalashtirilgan yoki vaziyatga qarab so`zlanadigan nutq ma’lum maqsadga yo`naltirilgan bo`ladi. Ya’ni so`zlovchi aniq maqsad va manfaatni ko`zlab, til vositalaridan foydalanadi. Adabiy til me’yorlariga amal qilib so`zlangan nutq to`g’ri, aniq, toza, mantiqiy, ta’sirchan, demak, maqsadga muvofiq nutq sanaladi.
Alisher Navoiy o’zining «Muhokamatul lug’atayn» asarida har bir tilning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar, o’ziga xos ijobiy tomonlari borki, ularni
boshqa biror tildan topib bo’lmaydi, degan fikrni aytib
Nutqning tozaligi, ya’ni sof adabiy tilda muloqot qilish o`quvchilar va talabalarning nutq madaniyati hamda mahoratini egallash, notiqlik sifatlariga erishishlari uchun muhim bosqich sanaladi. Bu esa tildan foydalanishda nihoyatda e’tiborli bo`lishni talab qiladi.
Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar ta’sir qiladi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so`z, ibora, shuningdek, grammatik shakllar, so`z va so`z birikmalari-ning talaffuzi, urg’usi.
2. O`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari.
3. Jargonlar.
4. Vulgarizmlar.
5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan «parazit» so`zlar.
6. Kanselyarizmlar
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling