Nutqiy mavzu: O’zbekiston- yagona Vatan Grammatik mavzu: O’zbek tilida tovushlar talaffuzi. Unli, undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi. Orfoepiya qoidalari «Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi»


Download 220.44 Kb.
bet1/9
Sana03.10.2022
Hajmi220.44 Kb.
#829919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu
Document-WPS Office.jamol.html, 7-sinf-algebra-2-d187d0bed180d0b0d0ba, Unix Shutdown system, malumotlar bazasi 555, 2 5384461543918279404, 2 5264981583877640765, diplom16, jaxon-siyosiy-mafkuraviy-talimotlar-tarixi, jaxon-siyosiy-mafkuraviy-talimotlar-tarixi, Светофор код, 2 5350340154760369635, 06 price uz, Документ (4), Tezis, KIRISH-WPS Office

  1. Nutqiy mavzu: O’zbekiston- yagona Vatan Grammatik mavzu: O’zbek tilida tovushlar talaffuzi .Unli, undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi. Orfoepiya qoidalari



«Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi»
Sh.M.Mirziyoyev
Reja:
1. Vatan - muqaddas va buyuk maskan.
2.Yurtini qadrlashni bilgan kishining ertasi yorug‘.
3.Vatan qalbiga monand qadri baland avlod maskani.
4.Xulosa. Yoshlikdagi shijoat – kelajakka kafolat.



  • Bilib oling:

O’zbek tili fanning maqsadi - ixtisoslik ta’lim yo’nalishidagi bilim va ko’nikmalardan tashqari, kundalik muloqot bilan bog`liq hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni o’z ichiga oladigan mavzularga ham e’tibor qaratishdan iborat.
O’zbek tili fanning asosiy vazifasi -amaliy mashg`ulotlarda asosiy leksik mavzular, jonli muloqotlar o’z fikrini mustaqil yozma va og`zaki nutq orqali ifodalay olish, so’z va iboralarning tarjimasi, talaffuzi va ixtisoslikka oid so’z boyligi hamda zarur til ko’nikmalarini egallashga, shuningdek, til o’rganish va o’zlashtirishning barcha vositalari, ya’ni og`zaki nutq, o’qish, yozuv, so’z boyligi, grammatikadan unumli va to’g`ri foydalanish, amaliyotda qo’llashni o’rgatish
O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN
Bu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxt-saodati, yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir. I. Kаrimоv
Vatan-inson tug`ilgan muqaddas zamin. Vatan deganda ota-onalarimiz, avlod-ajdodlarimiz kindik qoni to`kilgan ona yerni tushunamiz. Vatan tushunchasi va unga bo`lgan muhabbat insonga ona suti, ona bag`ri, ona mehr-muhabbati, ona allasi bilan yuragiga jo bo`ladi. (!) Vatan atamasi ona Yurt ma`nosini bildiradi. Shu ma`noda, (!) o`zbek millatining Vatani — O`zbekiston Respublikasi! Bu o`rinda davlat va Vatan ifodasini ayni bir ma`noda: O`zbekiston Respublikasi deganda Vatanni, Vatan deganda O`zbekiston Respublikasini idrok etamiz.
Vatan tuyg`usi – bu o`z xalqini sevish,u bilan faxrlanish,uni hurmat qilish va qadriga yetish deganidir. Vatan tuyg`usi – bu shu aziz yurtni o`zining halol peshona teri bilan obod etgan ajdodlarimizni doimo eslamoq demakdir. Vatan tuyg`usi-bu o`z aqli,idroki bilan jahon taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan vatandosh buyuk allomalarimiz,mutafakkirlarimiz,hadis va tasavvuf ilmining sultonlarini unutmaslik demakdir. Vatan tuyg`usi- bu ona Vatanimiz ozodligi yo`lida shaxid bo`lgan buyuk ajdodlarimizni yodda tutish demakdir. Vatan tuyg`usi-bu aziz va go`zal yurtimizda yuksak e`tiqod bilan yashash va unga xamisha chin farzand bo`lish demakdir.
Ana shunday tuyg`u,hislarga ega bo`lgan inson o`z Vatanini sevmasligi,undan yiroqda bo`lganida uni qo`msamasligi mumkin emas.Jamiyatni rivojlantirish va davlatni mustahkamlashda milliy g`oyaning o`rni beqiyos. Zotan, bugun eng qudratli deya e`tirof etiladigan AQSH, Angliya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Yaponiya kabi davlatlar siyosati ham milliy g`oya ustiga qurilgan. Shu asnoda, Prezidentimiz bugungi kunda eng global darajaga olib chiqayotgan vatanparvarlik,avvalo,oiladan,maktabdan,qolaversa,biz har kuni muomala qiladigan tildan ozuqa oladi.Vatanni xalqsiz tasavvur qilish qiyin.Vatanimizni mustaqillikka erishuvida eng muhimi, eng asosiysi-xalqimiz o`zining sabru-matonatini, donishmandligi bag`rikenglikni ,mehnatsevarlik fazilati va bunyodkorlik qudratini, begilangan maqsad sari avvalo o`z kuchi va salohiyatiga tayangan holda qa’tiyat bilan borishga qodir ekanini butun dunyoga namoyon etdi.Vatanparvarlikni yoshlarga singdirishda ma`naviyat, axloq-odob, ma`rifat kabi o`lmas qadriyatlarga suyanmoq kerak. Mana shu uch buyuk qadriyatni xalqimiz asrlar davomida hamisha e`zozlab kelgan. Bizning muqaddas dinimiz ham, butun Sharq falsafasi ham bu qadriyatlarni ulug`lagan, ularni ijtimoiy taraqqiyotining eng muhim shartlari deb bilgan.Biz ana shu g`oyalarni, qadriyatlarni chuqur anglasak, eng muhimi amaliy harakatimizda namoyon qilolsakkina Vatanga sodiq farzand bo`lishimiz mumkin.Vatan esa ona singari aziz va tanhodir. U bizning ilk va so`nggi aytar so`zimizdir.

Download 220.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling