Няниннивииник и н и н м н н в Й


Download 9.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana15.12.2019
Hajmi9.36 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
74650

няниннивииник
И Н И Н М Н Н в Й

( ) lZBEKISTON  RESPUBLIKASI 
O IJY   VA  (VRTA MAXSUS T A ’LIM VAZIRLIGI
N.  I.  Fayzullayev, N. Q.  Muxamadiyev
K
O
L
L
O
I D
  K
I M
Y
O
(M -ttW H) 
Kimyo hakalavri t a ’lim y o 'n a lis h i 
talabalari uchun darslik)
“Sano-standart” nashriyoti 
Toshkcnt —2016

UO‘K:  544.77.(075.8)
КВК:  24.6уа73 
F2
Kolloid  kimyo  /  N.I.Fayzullayev,  N.Q.Muxamadiyev.
-  Toshkent:  “Sano-standart” nashriyoti, 2016. -  384 bet.
Darslik  5140500  -   Kimyo fa n la ri  bakalavri  ta'lim   yo'nalishida 
ta ’lim  oladigan  talabalur  uchun  mo ‘Ijallangan.  Darslikda  dispers 
sistemalar 
haqidagi 
asosiy 
та ’lumotlar 
(klassifikatsiya, 
quyimolekulyar  birikmalardan  tozalash,  molekulyar-kinetik  xossalar), 
sirt  hodisalari,  adsorbsion jarayonlar,  elektrik  va  optik  hodisalar  va 
dispers  muhitlar,  kolloid  sistemalarning  barqarorligi,  struktura  va 
mitsella  hosil  bo ‘lislilari  bayon  etilgan.  Yuqori  molekulyar  binkm alar 
va  eritmalarining  xossalari  qaralgan.  M asalalarning yechim lari  va 
mustaqil yechish  uchun  masalalar  hamda  о 'z-o ‘zini  tekshirish  uchun 
testlar berilgan.
Ushbu darslik  () ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim 
vazirligi,  Oliy  va  о 'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta ’limi  о 'quv-uslubiy 
birlashmalari faoliyatini  muvofiqlashtirish  kengashining  qarori  bilan 
nashr etishga ruxsat etilgan.
Taqrizchilar:
Kiinyo  fanlari  doktori, professor 
M.D.DAVRONOV, 
Kimyo  fanlari  doktori,  professor
H.I.AKBAROV
UO‘K:  544.77.(075.8) 
KBK:  24.6va73
ISBN 978-9943-4802-8-5
© N.I.Fayzullayev va b.  2016. 
© «Sano-standart» nashriyoti, 2016

SO ‘Z B O SH I
Hozirgi  zamon  kolloid  kimyosining  asosiy  muammolarini  hal 
qilishda,  kolloid  -   kimyoviy  qonuniyatlami  o ‘rganib,  mutaxassis 
k o ‘z  o ‘ngida  dispers  sistemalar  haqida  tushuncha  va  tasaw urlar 
fizik  -   kimyoviy  fanlarning  ulkan  va  mustaqil  sohasi  ekanligi 
namoyon  b o ia d i.  Kolloid  kimyo  kursi  dispers  sistemalar  va  sirt 
qavatda  sodir  boMadigan  hodisalaming  fizikaviy  kimyosiga  oid  fan 
bo‘lib, 
talabalami 
moddalaming 
dispers 
sistemalardagi 
sirt 
xossalarining  o ‘ziga  xos  qonunlari  haqidagi 
ta’limot  bilan 
tanishtiradi.
Kolloid  kimyo,  fizik  kimyoning  mustaqil  fanga  aylangan 
bo'lim laridan  biridir.  Kolloid  kimyo  bir  modda  alohida  zarrachalar 
shaklida  boshqa  moddada  taqsimlangan  sistemaning  fizikaviy,  fizik
-   kimyoviy,  kolloid  -   kimyoviy  xossalarini  o ‘rganadi.  Bunday 
sistemadagi  zarrachalar  katta  sirtga  ega  va  bu  kolloid  sistemaning 
o‘ziga  xos  tomonlarini  belgilaydi.  Kolloid  sistemalar  tabiat  va 
texnikada juda  keng  tarqalgan.  Tuproq,  torf,  bakteriyalar va biologik 
zarrachalar,  turli  g‘ovak jism lar,  tolali  materiallar,  kukunlar,  tuman 
va  changlar,  hammasi  kolloid  kimyo  obyektlaridir.  Maydalash, 
filtrlash,  adsorbsiya  kabi  jarayonlar  sanoatning  juda  k o ‘p  ishlab 
chiqarish  sohalarining  asosini  tashkil  qiladi.  Kolloidlar  to ‘g ‘risidagi 
vujudga  kelgan  fan  so‘ngi  o ‘n  yillik  ichida  uncha  katta  b o ‘lmagan 
xossalarga  ega  b o ‘lgan  materiallami  ixtiro  qilishdan  boshlab, 
toshko'm ir  shaxtalaridagi  portlashlarning  oldini  olish  kabi  k o ’pgina 
texnik va ekologik  masalalami  hal qilishga  imkon beradi.
Darslik  0 ‘zbekiston  Respublikasi  ta’lim  standartlariga  mos 
ravishda 5440400-kimyo bakalavr yo‘nalishi bo'yicha dastur asosida 
yozilgan.  Har  bir  mavzuda  nazariy  tushunchalar  va  namunaviy 
masalalar yechimlari bilan ko‘rsatilgan.
Darslikning  kompyuter  variantini 
tayyorlashda 
yaqindan 
yordam  berganligi  uchun  D.A.Toshmatovaga  o ‘z  minnatdorchi- 
ligimizni  bildiramiz.
3

I. KOLLOID KIMYO FAININING PREDMETI VA VAZ1FALARI
1.1.“Kolloid  kimyo” fanining predmeti va uning rivojlanish tarixi
K olloid  kimyo  -  sirt  hodisa,  dispers  sistema  va  ularning  fizik, 
kimyoviy hamda  mexanik xossalari haqidagi  fandir.
Atrofimizdagi  mavjud  b o ig a n   barcha  materiallar  -   tuproq, 
yog‘och,  tabiiy  suv,  turli-tuman  oziq-ovqat  mahsulotlari,  rezina, 
bo‘yoq  va  boshqalaming  hammasi  dispers  sistemalardir.  Kapillyar- 
g ‘ovak  moddalar  ham  dispers  sistemalar  jumlasiga  kiradi.  Qon, 
limfa,  orqa  miya  suyuqligi,  hujayra  protoplazmasi  va  boshqa 
biologik  suyuqliklar  kolloid  eritmalardir.  Ular  kolloid  holatdagi 
ko ‘pgina  moddalami  o ‘z  ichiga  oladi,  masalan,  fosfatlar,  yog‘lar, 
lipidlar,  oqsil,  xolesterin,  glikogen  Va  boshqalar.  Bundan  tashqari 
kolloid  eritmalar  k o ‘rinishidagi  dorivor  preparatlar  ham  mavjud, 
masalan,  protorgol,  kollargol.  K o ‘pgina  oziq-ovqat  mahsulotlari, 
yuvuvchi  vositalar  ham  kolloid  eritmalardir.  Kolloid  sistemalar 
mikrogeterogen,  hatto  ultramikrogetcrogcn  sistemalar b o iib ,  kolloid 
kimyoning  vazifasi  yuqori  disperslikka ,.ega  . b o ig a n   geterogen 
sistemalami, 
bu 
sistcmalardagi 
sirt 
hodisalarini 
va 
yuqori 
molekulyar sistemalami  o ‘rganishdan  iborat.
Endi  kolloid  kimyoning  rivojlanish  tarixi  haqida  to ‘xtalib 
o ‘tamiz.
Kolloid  kimyoning  rivojlanish  tarixini  3  davrga  b o iis h  
mumkin:
1-davr.  Kolloid kimyoning yuzaga  kelish  davri-qadimdan X IX  
asr о ‘rtularigacha bo ‘Igan davr.
Ko‘pgina kolloid  sistemalar qadimgi  Yegipt,  Gretsiya va  Rimda 
m a’lum  bo ‘lgan.  Aristotel  qon  va  sutning  ivishi,  terini  oshlash  va 
matolami  b o ‘yash  hodisalarini  bilgan.  Alximiklarga  kumush  va 
oltinlaming kolloid eritmalari  m a’lum b o ‘lgan.
XVI-XVI1  asrlarda  kolloid  eritmalar  davolovchi  vosita  sifatida 
ishlatilgan.
Qadim  zamonlardayoq  kolloid-kimyoviy  jarayonlar  Xitoyda, 
Hindistonda, 
Misrda, 
Rimda, 
0 ‘rta  Osiyoda, 
qadimgi 
Rus 
mamlakatlarida ovqat tayyorlash, teri  pishirish,  matolami  b o ‘yash  va 
boshqa  ishlarda  qo‘llanilib kelingan.
4

Tibbiyotda 
ishlatiladigan 
"ichiladigan 
oltin 
suv" 
oltin 
gidrozollaridan iboralligini  R.  Glauber ko‘rsatib  bergan.
М.  V.  Lomonosov  1762-yilda  moddalaming  kristallanish  va 
ivish  jarayonlari  bir-biridan  farq  qilishini  ko ‘rsatib  berdi.  U 
oltinning kolloid eritmasidan foydalanib rangli  shishalar tayyorladi.
1797-yilda  Musin-Pushkin  simob  metalining  kolloid  eritmasini 
hosil qildi.
1792-yilda  Lovits  eritmalami  tozalash  uchun  qattiq  adsorbent- 
daraxt ko‘miridan  foydalangan.
1777-yilda F.Fontan va K. Sheyelelar gazlar adsorbsiyasini ochgan.
F. 
F.  Reysning  1808-yilda  eritmalarga  va  undagi  zarrachalarga 
elektr  tokining  ta ’siri  natijasida  elektroosmos  va  elektroforez 
hodisalarini  ochishi,  italyan  kimyogari  F.  Selmi  1845-yilda  turli  xil 
eritmalaming  (sut,  qon,  zardob,  yelim,  kraxmal,  va  boshqa) 
xossalarini  o ‘rganib,  ulaming  xususiyatlari  chin  eritmalardan  tubdan 
farq  qilishini  aniqlashi  kolloid  kimyoning  rivojlanishi  uchun  katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi.
2-davr.  1860-yillardan XIXasrning oxirlarigacha b o ‘lgan davr.
Kolloid  kimyoga  asos  solgan  olim  shotland  kimyogari  T.
Gremdir.  U  birinchi  (1861-yil)  bo‘lib,  fanga  “kolloid”  ,  “gel”  ,  “zol” 
tushunchalarini  kiritdi  va  mishyak  sulfid,  silikat  va  volframat 
kislotalarining,  alyuminiy,  temir,  xrom  gidroksidlarining  kolloid 
eritmalarini  oldi  va  kolloid  eritmalarini  tozalash  uchun  dializator 
yaratdi.
1904-yilda  P.  Veymarn  bitta  moddaning  o ‘zi  m a’lum  bir 
sharoitda  kolloid  eritma,  boshqa  sharoitda  chin  eritma  hosil  qilishi 
mumkinligini  aniqladi.  Masalan,  osh  tuzining suvdagi eritmasi chin 
eritma  (NaCl-kristalloid)  hosil  qilsa,  benzoldagi  eritmasi  kolloid 
eritma  hosil  qiladi  Sovunning  suvdagi  eritmasi  kolloid  eritma 
bo ‘Isa, spirtdagi eritmasi esa chin  eritma bo ‘ladi.
XIX  asrning  oxirlarida  kolloid  eritmalarda  zarrachalar  yuqori 
darajada  maydalangan  holatda  bo'lishligi  aniqlandi.  Shundan  so'ng 
“dispers 
faza”, 
“dispersion 
muhit”, 
“disperslik 
darajasi” 
tushunchalari  paydo b o ‘ldi.
3-davr.  Hozirgi  zamon  kolloid  kimyosining  rivojlanishi  (X X
asr).
5

1903-yilda  M.S.  Svet  g ‘ovak  adsorbentlarda  moddalaming 
adsorbsion  ajralishiga  asoslangan  xromatografik  tahlil  usulini 
yaratdi.  Adsorbsiyaning  keyingi  rivoji  B.A  Shishkovskiy  (1908),
I.  Lengmyur  (1917),  G.  Freyndlix  (1926),  N.A  Shilov  (1915-1930) 
lar  nomi  bilan  b o g iiq .  Birinchi jahon  urushi  vaqtida  N.IX ;Zelinskiy 
ko'm irli gaz niqob yaratdi.
P.A.  Rebinder (1923-yildan  boshlab)  ishlarida  kolloid  va  dag‘al 
dispers  sistemalaming  xossalariga  adsorbsion  qatlamning  ta ’siri 
muammolari  o ‘rganildi.
G.Gui,  D.  Chempen,  O.  Shtem  (1910-1924)  lar  qo‘sh  elektr 
qavat haqida nazariyalar yaratishdi.
XIX  asming  boshlari  (1906-1908-yi]lar)da  Smoluxovskiy  va 
Д.  Eynshteyn  kolloid  sistemalardagi  Broun  harakati  va  diffuziya 
(lazariyasini  yaratib,  kolloid  kimyoni  nazariy  jihatdan  boyitdilar. 
perren,  Svedberg,  Ilin  kabi  olimlar  Eynshteyn  va  Smoluxovskiy 
iiazariyasinmg to ‘g ‘riligini  tajribada tasdiqladilar.
D.I.  Mendeleyev  kolloid  kimyoni  tabiat  haqidagi  bilimlami 
porloq  istiqbolga  ega  bo‘lgan  yangi  tarm og‘i  dett qaradi.  U  o ‘zining 
"Kimyo  asoslari"  nomli  kitobining  birinchi  nashrida  (1871-yilda) 
"Kolloid kimyo  masalalari  fizika  va  kimyoning barcha  sohalari  uchun 
jlg‘or va qudratli  ahamiyat kasb etishi  muqarrar", -  deb yozadi.
Kolloid  kimyo  1903-yildan  boshlab  mustaqil  fan  sifatida 
rivojlana  boshladi.  Bu  fanning  rivojlanishida  mashhur  olim  A.V. 
pumanskiyning  ham  xizmati  katta,  u  1907-yili  kolloid  eritmalaming 
qovushqoqligini,  elektr o ‘tkazuvchanligini,  optik xossalarini o ‘rgandi.
Kolloid  va  yuqori  molekulyar  sistemalami  o ‘rganishda  olimlar- 
ja n   V.N.Kargin,  B.V.Deryagin,  I.l.Jukov,  Dogadkin,  Z.A.Rogovin, 
jjkademik  l.V.Petryanov-Sharbatolov,  F.D.Ovcharenko,  K.S.Axmedov, 
)<.U.  Usmonov va boshqa olimlaming xizmatlari katta.
1.2.Kolloid  kimyo fanining  asosiy  muammolari  va vazifalari
"Kolloid  kimyo"  dispers  (maydalangan)  sistemalar  va  sirt 
qiivatda  sodir  bo'ladigan  hodisalaming  fizik-kimyosiga  oid  fan 
ko'lib,  moddalaming dispers holatlari  va  sirt  qavatlarning  o ‘ziga  xos 
xiisusiyatlari haqidagi  ta ’limotni  o ‘rganadi.

Biror  moddaning  mayda  zarrachalari  boshqa  modda  ichida 
tarqalishidan  hosil  bo'lgan  sistema  dispers sistema  deyiladi  (dispers 
so‘zi  lotincha  disperge're,  y a’ni  tarqalmoq,  maydalanib  ketmoq 
so‘/.idan  kelib  chiqqan).  Tarqalgan  modda  dispers  faza,  ikkinchi 
modda esa dispersion  m uhit deb nomlanadi:
D isper  sistem a
I
D isper faza 

D ispersion m uhit
л
Dispers faza 
Dispers muhit
Dispers  sistema  2  ta  o ‘ziga  xos  belgiga  ega:  geterogenlik  va 
disperslik.
(ieterogenlik 
sistema  kamida  2  ta  fazadan  iborat  ekanligini 
hildiradi.
Disperslik 
bir  moddaning  ikkinchi  moddada  tarqalganligini 
ilbdalaydi.
Dispers  sistcmalarda  dispers  faza  zarrachalari  katta  sirtga  ega 
bo'lganligi  sababli  ularning  sirtidagi  atom  va  molekulalar  alohida 
holatda bo'ladi.  K.o‘pincha  kolloid  eritmaning  sirt qavati uning  ichki 
qavatidan  hatto  tarkib  jihatidan  farq  qiladi.  Binobarin,  har  qanday 
dispers  sistemada  uchta  faza:  dispers faza,  dispersion  muhit  va  sirt 
fa za   mavjuddir.  Shunga  ko‘ra  kolloid  kimyoda  uchta  muhim 
muammoni o ‘rganishga katta ahamiyat beriladi, bular:
1) sirtda  so d ir  bo'lacligan  hodisalarni  va  sirt  qavatlarni
о ‘rganish;
7

2)  dispers  sistem alarning  sirt  fazaga  bog 'liq  xossalarini
о ‘rganish;
3)  dispers sistem alarning m avjudlik sharoitlarini о  rganishdan 
iborat.
Kolloid eritmalar о ‘ziga xos qator xususiyatlarga ega;
1)  Ular  y o ru g iik   nurini  sochadi,  ya’ni  ularda  Tindal  effekti 
kuzatiladi;
2)  Chin  eritmalardagiga  qaraganda  dispers  faza  dispersion 
muhitda sekin  diffuziyalanadi;
3)  Dializga raoyil;
4)  Kolloid  eritmalar  kolligativ  xossalarining  qiymati  juda 
kichik;
5)  Agregativ  beqaror  (tashqi  ta’sir  natijasida  yoki  eritmaga 
elektrolit q o ‘shilganda dispers faza cho‘kmaga tushadi).
•7
1.3.Polimerlar  eritmalarining o ‘ziga xos xususiyatlari
Yuqori 
molekulyar 
birikma 
hisoblangeritmalari  kolloid kimyoda muhim  o ‘rinni  egallaydi.
XIX  asrning  60-yillarigacha  polimerlarning  eritmalari  -   liofil 
kolloidlar hisoblanar edi. 
Bu  davrlarda  kolloid  kimyoning  tipik 
manbalari  gummiarabik,  kraxmal  va  umuman  yelimga  o ‘xshash 
xossaga ega b o ‘lgan moddalar edi.
XIX  asrning  30-yillariga  kelib  polimerlarning  eritmalari  -  chin 
eritmalar hosil  qiladi degan xulosaga  kelindi.
XIX  asrning  80-yillarida  polimerlar  sharoitga  va  erituvchining 
tabiatiga qarab  ham kolloid,  ham  chin  eritmalar hosil  qilishi  mumkin 
degan  xulosaga kelindi.
Polimerlarning eritmalari kolloid eritmalarga  o ‘xshab:
•  Erituvchi almashtirilganda  chin eritmadan  zolga  o ‘tadi;
•  Gel  hosil qilish xususiyatiga ega;
•  Broun harakatiga ega;
•  Diffuziyalanadi;
•  Y orug‘lik nurini  sochadi;
•  Molekulalar assosiatlarini hosil  qiladi;
Chin eritmalarga  о ‘xshash xossalari:
8

•  Liofillik;
•  0 ‘z-o ‘zidan hosil b o ‘ladi;
•  M a’lum  sharoitlarda gomogen;
•  Termodinamik barqaror.
Polimerlar eritm alanning o ‘ziga xosligi:
•  Hattoki suyultirilgan eritmalarda ham yuqori qovushqoqlikka ega;
•  Erishidan  oldin b o ‘kadi;
•  Tola va  plyonka hosil  qilish  xususiyatiga  ega.
9

1.4.Kolloid  kimyoning ahamiyati
Kolloid  kimyo  dispers  sistemaning  hosil  bo‘ladigan  yoki 
ishlatiladigan  k o ‘p  sonli  texnologik  jarayonlam ing  ilmiy  asosini 
tashkil  etadi.  Masalan:
•  Qurilish  materiallari  va  kompozitsion  materiallar  ishlab 
chiqarish texnologiyalari  (silikatlar,  keramika,  shisha va  boshqalar);
•  G ‘ovak,  dispers moddalar-katalizatorlar va sorbentlar olish;
•  Plastmassa,  rezina,  tabiiy  va  sintetik  tolalar,  kley,  lak-bo‘yoq 
materiallar ishlab  chiqarish;
•  Oziq -  ovqat mahsulotlari texnologiyalari;
•  Rudalami  flotatsiya qilish texnologiyasi;
•  Suvni  tozalash va membranali ajratish jarayonlari;
•  Sirt-faol moddalami  yaratish va ishlatish;
•  Flororeagentlar,  yopishtiruvchilar,  k o ‘pik  stabilizatorlari,  yuvuvchi  vositalar ishlab chiqarish va boshqalar.
Kolloid  kimyo  turmushda va texnikada uchraydigan  turli  tuman 
jarayonlarni  va  obyektlami  o ‘rganishda  katta  ahamiyatga  ega. 
Kolloid  kimyo  usullaridan  sanoat  tarmoqlarida,  ayniqsa  oziq-ovqat, 
to'qim achilik, 
sun’iy  tola, 
plastmassa, 
portlovchi 
moddalar, 
farmatsevtika,  neft  qazib  chiqarish,  metallurgiya  va  boshqa 
sohalarda foydaniladi.
Kolloid kimyo kimyoviy texnologiyada katta rol  o ‘ynaydi.  Xom 
ashyo  va  oraliq  mahsulotlami  maydalash,  boyitish,  tindirish, 
fdtrlash,  kondensatsiya,  kristallanish  va  umuman  yangi  fazalarning 
hosil  bo‘lishi,  h o ‘llanish,  adsorbsiya,  sedimentatsiya,  koagulyatsiya 
kabi hodisalar bilan bog‘liq.
Kolloid  kimyo  biologiyada  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Barcha 
tirik  organizmlaming,  to ‘qimalar  va  hujayralaming  asosini  tashkil 
etuvchi  oqsil,  nuklein  kislotalar,  kraxmal,  glikogen,  sellyuloza  kabi 
moddalar  kolloid  sistemalar  holida  b o ‘ladi.  Suspenziyalar  ham 
tabiatda  keng  tarqalgan.  Gilmoya,  tuproq,  qumlar  suvda  jud a  ham 
kam  eriydi,  lekin  suv bilan  chayqalish  natijasida  suspenziyalar hosil 
b o ‘ladi.  0 ‘rta  Osiyo  daryolarining  ko'pchiligida  loyqa  suv  oqadi, 
ulaming  suvi  ko ‘pincha  sariq  tusli  b o ‘ladi.  Bunday  suvlarni
10

ishlatishdan 
avval 
koagulyantlar 
yordamida 
koagulyatsiyaga 
uchratiladi.  Neftni  qidiruv  ishlarida  suspenziyalar  yordamida 
parmalash  osonlashadi.  Juda  k o ‘p  b o ‘yoqlar  ham  suvda  erimaydi, 
Ickin suv bilan suspenziyalar hosil  qiladi.
Tuproqni  o ‘rganish  va  dehqonchilik  ishida  ham  kolloidlar katta 
rol  o'ynaydi.
Farmatsiyaning  rivojlanishida  ham  kolloid  kimyo  fani  muhim 
ahamiyatga ega.
Birinchidan,  dori  vositalarining  juda  katta  qismi:  tabletkalar, 
granulalar,  kukunlar,  pastalar,  mazlar,  suspenziyalar,  emulsiyalar, 
aerozollar  kolloid  kimyo  o ‘rganadigan  obyektlardir.  Ikkinchidan 
dorivor  preparatlam i  olish,  tozalash,  stabillash  usullari-bu  dispers 
kolloid  sistemalami  olinish,  tozalash  va  stabillash  usullaridir. 
Uchinchidan:  zamonaviy  farmatsiyada  dorivor  preparatlaming 
xossalarini  o'rganish,  ulami  ishlab  chiqarishni  nazorat  qilish, 
barqarorligini  baholash  usullari,  ajratish,  ulaming  tozalik  darajasini 
aniqlash  kolloid  -   kimyoviy  asosga  ega.  Ratsional  texnologiya 
masalalari,  saqlash,  dorilarning  davolovchi  ta’siri  samaradorligini 
oshirish ham dispers  sistemalarning sirt hodisalariga asoslangan.
Kolloid  sistemalar  sanoatda  ham  k o ‘p  uchraydi.  Sement,  chinni 
va  bo‘yoqlaming  sifati  ulam ing  disperslik  darajasiga,  dispers 
fazaning  suv  bilan  o ‘zaro  ta ’sirlashishiga  va  boshqa  kolloid 
kimyoviy  omillarga  bog‘liq.  Charm,  qog‘oz,  gazlama,  sun’iy  ipak, 
oziq-ovqat  va  boshqa  sanoat  tarmoqlarida  keng  q o ‘llaniladigan 
sun’iy  va  tabiiy  yuqori  molekulyar  moddalar  hosil  qilish  ham 
kolloid kimyo  qonunlariga asoslanadi.
1.5.Dispers  sistemalarning lasnifi
Dispers  sistemalar  turli  belgilariga  k o ‘ra  bir  necha  sinflarga 
boMinadi:
1)  Fazalaming agregat holatiga k o ‘ra;
2)  Disperslik  darajasiga k o ‘ra;
3)  Zarrachalar shakliga k o ‘ra;
4)  Fazalararo ta’sirlashuviga ko‘ra;
5)  Zarrachalararo  ta ’sirlashuviga k o ‘ra.
11

1.5.1.  Fazalam ing agregat holatiga k o ‘ra sinflanishi
Bu  klassifikatsiyani  Volfgang  Ostvald taklif etgan.  Odatda 9  xil 
kombinatsiya  bo‘lishi  mumkin. Ularni quyidagi jadvalda beramiz.
Dispers sistemalarning turlari
D ispersion 
m uhitning 
agregat  liolati
D ispers 
fazaning 
ag reg at holati
D ispers  sis­
tem an in g  
belgisi
S istem aga m isollar
G az
G az
G -G
Y er atm osferasi
G az
Q attiq  m odda
G -Q
T utun,  chang,  kukunlar
G az
Suyuqlik
G -S
A erozollar,  tum an,  b u lu t
S uyuqlik
Q attiq jism
S-Q
«
Suspenziyalar,  b o 'y o q la r, 
m etall 
zollari, 
balehiq, 
bakteriyalar, 
qattiq 
jism la m in g  
suyuqlikdagi 
kolloid eritm alari
Suyuqlik
G az
S-G
K o 'p ik lar,  gazli  em ulsiya
Suyuqlik
Suyuqlik
S-S
E m ulsiyalar(sut,  sariy o g ‘, 
ijeU  m a & u lo tla ri,  lateks- 
lar,  krem iar,  suvdagi  y o g ‘, 
benzindagi  suv)
Q attiq jism
G az
Q -G
Pem za, 
q attiq  
k o 'p ik , 
m em branalar,  filtrlar,  pe- 
n oplastlar,  non,  faollangan 
k o 'm ir,  baton,  m ik ro g ‘o- 
vakli  jism ,  q o g ‘oz.
Q attiq jism
Suyuqlik
Q -S
G ellar(iviqlar),  porfirinli 
suv
Q attiq jis m
Q attiq jis m
Q -Q
Q attiq  kolloid  eritm alar, 
rangli 
sh ish alar, 
p o 'la t, 
b eto n   aralash m alar,  m ine- 
rallar,  k o m p o zitsio n   m ate­
riallar,  q o tish m alar
Odatda  yuqori  disperslikka  ega  b o ‘lgan  kolloid  eritmalami 
boshqacha qilib zollar deb  ataladi.
K o'pehilik  olimlar  kolloid  sistemalami  quyidagi  uchta  sinfga 
b o iish n i  tavsiya qiladilar:
1. 
Haqiqiy  kolloid  eritmalar  (metallaming  gidrozollari,  metall 
sulfidlarning zollari va hokazolar).
12

2.  Dag‘al  dispers  sistemalar  (emulsiya,  suspenziyalar)  va 
kolloid dispers sistemalar (aerozollar, yarim kolloidlar va hokazo).
3.  Yuqori  molekulyar  birikmalar  va  ulaming  eritmalari 
(oqsillar, polisaxaridlar, kauchuklar, poliamidlar va hokazo).
1.5.2.  Disperslik darajasiga ко ‘ra klassifikatsiyalanishi
Dispers  sistemalaming  barqarorligiga  ta ’sir  qiluvchi  omillardan 
biri  dispers  faza  zarrachalarining  katta-kichikligi  yoki  disperslik 
darajasidir.  Shuning  uchun  barcha  dispers  sistemalar  zarracha­
larining oich am ig a qarab uch sinfga bo ‘linadi:
a)  D a g ‘al  dispers  sistemalar  (suspenziya,  emulsiya  va 
k o ‘piklar)  bu  sistemalarda  dispers  faza  zarrachalarining  oMchami 
100 nm dan katta (10'7 m yoki  10'5  sm dan  ortiq) b o ‘ladi.  Bu  sistema 
tiniqmas,  qog‘oz  fdtrdan  va  pergamentdan  o ‘tmaydi,  geterogen, 
y o ru g iikn i  sindirish  va  qaytarish  xususiyatiga  ega.  Beqaror,  tez 
o ‘zgaradi.
b)  Kolloid sistemalar  -  zarrachalar  o ‘lchami  1  -100  nm  (10 4  - 
10"7
 m  yoki  10'7 -  10'5 sm)  oralig‘ida;
K olloid sistem alar - tiniq,  filtr qog‘ozdan  o ‘tadigan,  o ‘simlik va 
hayvon  membranalaridan  va  pergament  qog'ozdan  o ‘tmaydigan, 
geterogen,  tovlanadigan,  yorug‘lik  o ‘tganda  Tindal  konusini  hosil 
qiladigan,  nisbatan  barqaror  va  vaqt  o ‘tishi  bilan  o ‘zgaradigan 
xususiyatlarga ega.

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> Moddalakning kimyoviy texnologiyasi
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo

Download 9.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling