O ’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I q I s h L o q V a s u V x o ’ j a L i g I


Rasm 6  Topinambur etishtirilgan dala


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/38
Sana12.11.2021
Hajmi1.85 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Rasm 6  Topinambur etishtirilgan dala

3.4. Vermitehnologiya hususiyatlari

Tuproqning  tabiiy  unumdorligini  bir  santimetr  qalinlikda  tabiatning  o’zi  tiklashi

uchun  300  yil  kerak  bo’ladi.  Tuproqga  go’ng,  kompost  chirindi  solinsa,  undagi

bakteriyalar  ularni  o’simliklar  o’zlashtiradigan  shaklga  o’tkazadi.  Ammo,  bu  jarayon

ham  uzoq  kechishi  mumkin.  Zamonoviy  vermikultura  texnologiyalardan  foydalanib,

erning tabiiy hossalarini tezda 3-5 yilda tiklash mumkin [3,4]. 

Vermikultura  texnologiyasida  tuproqdagi  chuvalchanglar  organik  moddalarni

qayta  ishlab,  o’simliklar  tomonidan  oson  «hazm»  qiladigan  shaklga  aylantiradi,  erni

g’ovakliligini oshiradi va tuproqning fizika-kimyoviy xossalarini yaxshilaydi.

Gumus  hosil  bo’lishi  –  bu  murakkab  kimyoviy  jarayon  bo’lib,  bunda  organik




moddalar  parchalanib,  sodda  birikmalarga  aylanibgina  qolmay,  balki  ulardan  o’simlik

uchun kerakli bo’lgan birikmalar ham hosil bo’ladi. Chuvalchanglar organik moddalarni

(chirindi,  go’ng,  sabzavot  va  meva  qoldiqlari,  to’kilgan  barglar  va  x.k.)  iste’mol  qilib,

ichakdan  o’tkazish  jarayonida  biologik  faol  moddalar  bilan  boyitadi  va  natijada

chuvalchang  chiqindisi  yoki  kaprolit  o’simliklarni  yaxshi  rivojlanishi  uchun  zarur

bo’lgan  bebaho  biogumusga  aylanadi.  Bunday  biogumus  tarkibida  mikro-  va

makroelemkentlar  o’simlik  o’sishi  uchun  kerakli  nisbatda  bo’lib,  tarkibidagi  biologik

faol moddalar esa hosildorlikning oshishini ta’minlaydi.

Biogumus  samaradorligi  bo’yicha  xar  qanday  organik  o’g’itdan  15-20  marotaba

afzal  turadi.  Yomg’ir  chuvalchanglarining  turlari  ko’p  bo’lib,  biogumus  faol  ishlab

chiqaradigan  sermahsul  zotlari  tanlab_olingan.  Ular,  Amerikada  Кaliforniya  qizil

chuvplchangi  (КQCh),  Rossiyada  “Staratel”  va  O’zbekistonda  boshqa  duragay  turlari

mavjut.  Chuvlchanglarni  ko’paytirish,  saqlash  va  biogumus  ishlab  chiqarish  ilg’or

texnologiya  hisoblanadi.  Vermikultura  texnologiyasini  joriy  etish  ko’p  kuch  va

mablag’ni talab etmaydi.

Chuvalchanglar  kiritiladigan  g’aramlar  himoyalangan  erlarga  yoki  ochiq  erlarga

joylashtirilishi  mumkin.  G’aramdagi  namlikni  70%  va  havo  harorati  20  So  da  tutib

turiladi. Biogumus 1,5-2 oyda etiladi (1-rasm). 

Biogumus qo’llanilganda bir yillik o’simliklar o’lchamlarini o’zgarishini bevosita

bir hafta ichida kuzatish mumkin.

Biogumus  ishlab  chiqarish  qurilmasi  modul  shaklida  bajarilishi  fermerlar  uchun

ancha  qulaylik  tug’diradi.  Biogumus  ishlab  chiqarish  texnologiyalari  dastlab  bita

modulda  amalga  oshirish  oson.  Fermer  xo’jaligi  tomonidan  etishtirgan  mahsulotlar

iste’mol  bozorida  sotilib  daromad  olingandan  keyin  biogumus  va  bioo’g’it  ishlab

chiqaish modullari sonini oshirib borishi mumkin.

Vermikultura  texnologiyalari  asosida  ihllab  chiqarilgan  biogumus  tarkibida

o’simliklarning  o’sishi  va  rivojlanishi  uchun  zarur  bo’lgan  barcha  moddalar  kerakli

nisbatda  bo’lishi  va  turli  biologik  faol  birikmalarga  boy  bo’lganligi  sababli

biostimulyatorlik xususiyatiga ega  (8-rasm). 

Quyidagi  jadvalda  qoramol  go’ngidan  olingan  “Biogumus”  uchun,  ularning  50%




namlikdagi mineral moddalari tarkibi berilgan.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling