O ’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I q I s h L o q V a s u V x o ’ j a L i g I


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana12.11.2021
Hajmi1.85 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
1.  AQSh.  Faqat  XX  asrning  30-yillaridan  boshlab  AQSh  (Кaliforniya)  davlatida

sanoat  miqyosida  yomg’ir  chuvalchangidan  foydalanish  ilmiy-amaliy  tadqiqotlari

boshlandi.  Ilmiy  izlanishlar  natijasida  20  yildan  keyin  muvaffaqiyatga  erishildi.  Ushbu

izlanishlar  natijasida  qishloq  xo’jaligi  fani  biotexnologiya  yo’nalishida  vermikultura

sohasi paydo bo’lishiga asos solindi. Djordj Oliver (G. Oliver) 1937 yilda (G. Oliver) va

vrach  Tomas  Barrett  v  1942  godu  (T.  Barrett)  o’z  tajribalarida  yomg’ir

chuvalchanglarini  ayrim  turlarini  maxsus  organiq  chiqindilarga  boy  muhitda  nazorat

qilib  boqish  mumkinligi  va  hosil  bo’lgan  vermikompostdan  fermerlar  qishloq  xo’jaligi

ekinlari hosildorligini oshirishda foydalanishi mumkinligini o’z tajribalarida isbotladilar.

O’tgan  asr  dovomida  turli  chiqindilarni  yo’qotishdagi  talab  hisobiga  vermisanoat  tex

rivojlandi hamda yomg’ir chuvalchangi va vermikompost sotuvga chiqarildi.

AQShda  qishloq  xo’jaligi  faoliyati  natijasida  hosil  bo’ladigan  o’simlikshunoslik

va chorvachilik qoldiqlarini yo’qor\tish maqsadida, chuvalchanglarni ko’plab etishtirish

alohida  fermerlar  tomonidan  keng  rivojlangan.    Ayrim  fermalar,  paientlangan

texnologiyalar

 asosida


 sanoat

 chiqindilarini

 qayta

 ishlab


 zararsizlantirishga

ixtisoslashgan.

AQShda  1500  ta  yirik  va  mayda  xo’jaliklar  vermikultura  texnologiyasidan

foydalanib chiqindilarni qayta ishlaydi.

Organik chiqindilarni yomg’ir chuvalchangi yordamida qayta ishlash yo’nalishida

asosiy  fundamental  ilmiy  izlanishlarni  1970-yillar  oxirida    Hartenshtayn  va  Mitchel

tomonidan  Nyu-York  davlat  universitetida  olib  borgan.  (Hartenstein  i  Mitchell  1977).

Ular  vermikulturadan  foydalanib  oqova  suv  chiqindilarini  tozalash  ustida  ish  olib

borishgan.

2.  Germaniya.    Oqova  suv  chiqindilarini  yomg’ir  chuvalchangi  yordamida

tozalash  ustida  asosiy  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  Germaniyalik  professor  Otto  Graf  (Graff

1974)  boshlab  bergan.  Кeyinchalik  amerikalik  professorlar  Hartenshtayn  va  Mitchel

davom ettirishgan. 




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling