O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

289

tovardan  foydalanish  huquqini  beruvchi  hujjatlar va t o ‘lov  hujjatlarini 
qayta  ishlash,  to'lovlarni  amalga  oshirish  bilan  bog'liq  m a ’lum   bir 
munosabatlarga  kiradi.  Ularning  o ‘rtasidagi  majburiyatlar  hajmi  va 
javobgarlik  taqsimoti  hisob-kitobning  aniq  bir  shakliga  bog‘liqdir.
2.  Xalqaro  hisob-kitoblar  m e ’yoriy  milliy  huquqiy  dalolatnom alar 
ham da  Xalqaro  bank  qoidalari  va  udumlari  bilan  muvofiqlashtiriladi. 
A Q SH dagi  birxillashtirilgan  savdo  Kodeksi  hisob-kitoblarga,  shu 
ju m ladan   xalqaro  hisob-kitoblarga  aloqador  m e ’yorlarni  o ‘z  ichiga 
olgan.
3.  Xalqaro  hisob-kitoblar  soddalashtirish  obyektidir,  bu  xo'jalik 
a lo q a larin in g   baynalm ilallashuvi  h a m d a   bank  op e ra tsiy a la rin in g  
universallashuvi  bilan  asoslangandir.  1930-  va  1931 -yillarda  Jenevada 
b o ‘lib o ‘tgan  konferensiyalarda veksel va chek  muomalalari  borasidagi 
q o n u n c h ilik n i  so d d a la s h tiris h g a   h a m d a   u la rd a n   x a lq a ro   h isob- 
kitoblarda  foydalanish  murakkabliklarini  bartaraf  etishga  qaratilgan 
Xalqaro  «Veksel»  va  «Chek»  konvensiyalari  qabul  qilingan.  Veksel 
b o 'y ich a   birxillashtirilgan  q o n u n   ko'pchilik  m am lakatlarda  ushbu 
boradagi  milliy  qonunchilikning  zamini  b o ‘lib  xizmat  qiladi.  Xalqaro 
savdo  huquqi  b o ‘yicha  BMTning  Komissiyasi  veksel  qonunchiligining 
yanada soddalashtirilishini  amalga oshiradi.  XX asrning boshida  Parijda 
tashkil  etilgan  Xalqaro  savdo  palatasi  dokum entär  akkreditivlar  va 
inkasso  u c h u n   Soddalashtirilgan  qoidalar  ham da  udum larni  ishlab 
chiqadi  va  chop  etadi.  Masalan,  inkasso  bo'yicha  dastlabki  qoidalar 
1936-yilda  ishlab  chiqilgan  ham da  1967,  1978,  1995-yillarda  qayta 
ishlangan  edi  (1996-yilning  yanvar  oyidan  boshlab  kuchga  kirgan). 
D unyo  banklarining  ko'pchiligi  akkreditiv va inkasso bo'yicha  mazkur 
S od dalash tirilgan   qoidalarga  q o'shilishi  t o ‘g ‘risida  e ’lon  qildilar. 
Xalqaro savdo  palatasi shartnoma kafolatlari b o ‘yicha qoidalarini  ishlab 
c h iq di  h a m d a   to 'lo v   kafolatlari  yuzasidan  qoidalarni  tayyorlash 
yuzasidan  ish  olib  bormoqda.
4.  Xalqaro  hisob-kitoblar,  odatda,  dokum entär  xarakterga  ega, 
y a ’ni  moliyaviy  va  tijorat  hujjatlari  mavjud  bo'lgandagina  ijro  etiladi. 
Moliyaviy  hujjatlarga oddiy va o ‘tkaziladigan veksellar,  cheklar,  t o ‘lov 
tilxatlari  kiradi.  Tijorat  hujjatlari  tarkibiga  esa:  a)  schyot-fakturalar; 
b)  m ahsulot  j o ‘natilganligi  yoki  uni  yuklashga  qabul  qilinganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar (konosamentlar, ternir y o i ,  avtomobil va aviatsiya 
y o ‘l  xatlari,  p o c h ta   kvitansiyalari,  aralash  yo‘q  tashishlarga  b o ‘lgan 
kom binatsiyalashgan  transport  hujjatlari);  d)dengiz  (daryo,  okean) 
orqali  y o ‘l  tashishlarni sug'urtalovchi sug‘urta kompaniyalari yoki ular

agentlarining sug‘urta hujjatlari,  chunki eksportga mo'ljallangan yuklar 
odatda,  sug'urta  qilinadi;  e)boshqa  hujjatlar  —  tovarlar  kelib  chiqishi, 
og‘irligi,  sifati yoki tovarlar tekshirilganligi ham da ular chegarani bosib 
o ‘tganligi to ‘g‘risida guvohlik beruvchi sertifikatlar,  firibgarlik va boshqa 
shu kabi qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida importyor mamlakat 
bojxona  xizmatlarini  yukning  maqsadi  haqida  xabardor  etish  uchun 
bojxona  h a m d a   konsullik  schyot-fakturalari  kiradi.  Bank  yuqorida 
zikr etilgan  hujjatlarning  m azm uni  va  taxlamining butligini  tekshiradi. 
Shu  bilan  birgalikda  bir  qator  tashkilotlar  (Xalqaro  savdo  palatasi, 
Parij,  SVIFT va boshqalar) tom onidan  elektron shartnomalari,  elektron 
moliyaviy instrumentlar va hisob-kitoblar (shu jum ladan akkreditivlar), 
elektron  transport  hujjatlari  tushunchalarini  o ‘z  ichiga  oigan  elektron 
«qog'ozsiz»  savdo  texnologiyasi  konsepsiyasi  ishlab  chiqilmoqda.
5.  Xalqaro t o ‘lovlar turli  valutalarda  amalga oshiriladi.  Shu  sababli 
u lar  v alu ta  o p era tsiy a la ri,  v a lu t a la r   o ld i-s o td is i  bila n   y a q in d a n  
bog'liqdir.  Ularni  amalga oshirilish samaradorligiga valuta kurslarining 
dinamikasi  ta  sir  etadi.
6.  Xalqaro  savdo  palatasi  to m o n id a n   chop  etilgan  kafolatlar  — 
(d em a n d   guarantees)ning  S oddalashtirilgan  qoidalari  q o ‘llaniladi. 
M azkur  hujjatning  matni  tuzilayotgan  kafolat  matniga  kiritilishi  zarur 
b o ‘lgan  asosiy  qoidalarni  o ‘z  ichiga  oigan,  ular  quyidagilar:
1)  agarda  kafolat beruvchiga  m ukofot t o ‘lanm agan boMsa kafolatni 
talab  qilib  olib  b o ‘lmaydi;
2)  bitim  to'g'risida  batafsil  m a ’lumot;
3)  e ’tirozni  taqdim  etish  u c h u n   zarur  bo'lgan  hujjatlar  (odatda, 
benefisiar  banki  tom onidan  tekshiriladi);
4)  kafolat  m u d d a ti  tugashini  k o ‘rsa tu v c h i  sana  va  b enefisiar 
to m o n idan   hujjatlarni  kafolat  beruvchi  bankka  taqdim  etish  sanasini 
qayd  etilishi;
5)  harakat  muddati  tugaganidan  s o ‘ng  kafolat  qaytarilgan  b o ‘lishi 
lozim,  chunki  endi  u  hech  qanday  kuchga  ega  emas.
Xalqaro  hisob-kitoblar  turining  tanloviga  quyidagi  om illar  t a ’sir 
etadi:
a)tashqi  savdo  bitimining  obyekti  b o i m i s h   tovarning  turi  (hisob- 
kitob turlari  mashina va jihozlar yoki oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib 
berilishida  bir-biridan  farqlanadi).  Ayrim  tovarlarni  —  yog‘och,  g ‘alla 
yetkazib  berilishida  amaliyot  to m o n id a n   yaratilgan  a n ’anaviy  shakllar 
q o ‘llaniladi;
b)  kredit  bitimining  mavjudligi;

d)  kontragentlarning  o ‘zaro  kelisha  olish  xarakterini  belgilovchi 
tashqi  iqtisodiy  bitimlar  b o ‘yicha  to'lov  layoqatliligi  va  nufuzi;
e) jah o n   bozorlarida  ushbu  tovar turiga b o ‘lgan  talab  va  taklifning 
darajasi.
Xalqaro hisob-kitoblaming shartlari va shakUari shartnomada o ‘zaro 
kelishiladi.
H isob-kitoblam ing  akkreditiv  shakli. 
D o k u m e n tä r  akkreditivlar 
uchun  m o ‘ljallangan  Soddalashtirilgan qoidalar va udumlarga muvofiq 
akkreditiv  bu  kelishuvdir  h a m d a   ushbu  kelishuvga  muvofiq  bank 
m ijo zn in g   iltim osiga  k o 'r a   hujjatlarga  m uvofiq  u c h in c h i  shaxs 
(akkreditiv  ochilgan  benefisiarga)  foydasiga  t o £lovni  amalga  oshirish 
yoki  t o ‘lovni,  benefisiar  tom onidan  qo‘yilgan  tratta  akseptini,  yoki 
hujjatlar negosiasiyasini  (sotib olinishini)  amalga oshirish majburiyatini 
o ‘z  zimmasiga  oladi.
Akkreditiv  b o 'y ich a   bankning  majburiyati  mustaqil  hisoblanib, 
tomonlarning  tijorat  shartnomasi  b o ‘yicha  huquqiy  munosabatlariga 
bog‘liq  emas.
Ushbu  qoida  banklar va  ularning  mijozlari  manfaatlarini  himoya- 
lashga  qaratilgandir:  eksportyorga  hujjatlar  rasmiylashtirilishidagi 
talab lar  cheklovini  va  to 'lo v n i  faqat  akkreditiv  shartlari  asosida 
olinishini;  importyorga esa eksportyor tomonidan akkreditivning barcha 
shartlarini  aniq  bajarilishini  t a ’minlaydi.
D o k u m e n tä r   akkreditivlar  b o 'y ich a   h isob-kito blarda  quyidagi 
taraflar  ishtirok  etadi:
—  importyor  (buyruq  beruvchi),  u  akkreditiv  ochish  t o ‘g‘risida 
bankka  murojaat  etadi;
—  akkreditivni  ochuvchi  emitent-bank;
—  avizo qiluvchi bank,  ushbu bankka eksportyorga uning foydasiga 
akkreditiv  ochilganligi  t o ‘g‘risida  habar  berish  va  akkreditiv  m atnini, 
uning  haqqoniyligini  tasdiqlagan  holda  topshirish  topshirig‘i  beriladi;
—  foydasiga  akkreditiv  ochilgan  benefisiar-eksportyor.
H is o b - k it o b la r n in g   in k a s s o   sh a k li. 
In k a s s o   bu,  m ijo z n in g
topshirig’iga  asosan  bank  tom onidan  importyordan  unga  jo'natilgan  
tovarlar  va  k o ‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  t o ‘lovning  olinishi  h a m d a  
ushbu  m ablag‘larni  eksportyorning  bankdagi  hisobvarag’iga  oigan 
holdagi  bank  operatsiyasidir.  Inkasso  operatsiyalari  inkasso  bo'yicha 
Soddalashtirilgan  qoidalarga  muvofiq  ravishda  eksportyordan  olingan 
y o ‘riqnomalarga asosan  banklar tom onidan  amalga oshiriladi.  Inkasso 
hisob-kitob  shaklida  quyidagi  taraflar  ishtirok  etadi:

1)  ishonib  topshirayotgan  shaxs  —  mijoz,  o ‘z  b ankiga  inkasso 
operatsiyasini  amalga  oshirishga  topshiriq  beruvchi  shaxs;
2)  inkasso  qilish  bo'yicha  operatsiya  o ‘tkazishni  ishonib  rem itent- 
bankka  topshiriq  beruvchi  shaxs;
3)  valuta  mablag'larini  oluvchi  ham da  inkasso  qilish  b o ‘yicha 
operatsiyani  amalga  oshiruvchi  bank;
4)  t o ‘lovchi  b o‘lmish  importyorga  hujjatlarni  taq dim   etib,  ekspor- 
tyor  nom idan  chiquvchi  bank;
5)  t o ‘lovni  to'lovchi.
Bankning  pul  o ‘tkazmasi. 
U  pul  o'tkazm asini  oluvchi  shaxsga 
m a ’lum  bir  summ ani  to'lashdan  iborat  bo'lgan  bir  ban kn ing   boshqa 
bir bankka topshirig'idan  iboratdir.  Banklar xalqaro  hisob-kitoblarning 
k o ‘p g in a   h o la tla rid a   o ‘z  m ijo z la rin in g   to p sh iriq la ri  a s o sid a   pul 
o ‘tkazm alarini  amalga  oshiradi.  U sh bu   operatsiyalarda  quyidagilar 
ishtirok  etadi:  pul  o'tkazmasini  o ‘tkazuvchi  qarzdor-shaxs;  o ‘tkazm a 
t o ‘g ‘risidagi  topshiriqni  qabul  qilgan  o ‘tkazuvchi  shaxsning  banki; 
o ‘tkazm a  oluvchining  hisob  raqam iga  o 'tkazm a  sum m asin i  oluvchi 
bank;  o ‘tkazm ani  oluvchi  shaxs.
Bank  o ‘tkazmasi  shakli  asosida  inkassoga  haq  t o ‘lash,  yakuniy 
hisob-kitoblar  b o ‘yicha  toMovlar  h a m d a   b o 'n a k   to 'lo v la ri  amalga 
oshiriladi.  Bundan tashqari,  o 'tk az m a  vositachiligida qayta hisoblashlar 
va  boshqa  operatsiyalar  bajariladi.
Bank  o'tkazm asi  pochta  yoki  telegraf orqali,  tegishli  p o c h ta   yoki 
telegraf to ‘lov topshiriqnomalari  bilan  zamonaviy sharoitda esa SV IFT 
tizimi  orqali  amalga  oshiriladi.
Bank  o ‘tk azm alari  bo sh q a   t o ‘lov  shakllari  b ila n   b i r   q a to r d a  
ishlatilishi  m u m k in   (m a s a la n ,  in k asso   h a m d a   k a f o l a tl a r   b ilan ) 
eksportyor  o ‘tkazmalarni  bank  kafolati  bilan  bir  q ato rd a  ishlatishni 
afzal  k o ‘radi.
C hunki  im portyor  to m o n id an   tovarlar  u c h u n   h a q   t o ‘lanm agan  
taqdirda  m azkur  bank  o 'zining   kafolati  evaziga  ek sp o rty o rg a   haq 
to 'la b   beradi.  Sotib  olingan  to v arlarg a   pul  o ‘tk a z m a s in i  am alga 
oshirishda  im po rty or  ko‘p  h o latlarda  bank  kreditidan  foydalanadi. 
M azkur  kreditning  muddati  akkreditiv  holatidagi  kredit  m u d d a tid a n  
qisqaroqdir.
Bank pul  o ‘tkazmasining iqtisodiy tnazm uni tovar yoki  xizmatlarga 
u lar  y etk azib   b e rilm a sd an   tu rib   ( b o 'n a k   toMovlari)  y o k i  u larn i 
importyor to m on id an  olinganidan so 'n g   (ochiq hisob-varaq  shaklidagi 
hisob-kitoblar)  pul  to'lanayotganligiga  b o g iiq   b o ‘ladi.

B o ‘nak shakiidagi hisob-kitoblar. 
Mazkur hisob-kitoblar eksportyor 
uchun  nihoyatda samaralidir,  chunki tovarlar yetkazib berilgunga qadar 
importyor  tom o nidan  ularga  haq  to ‘lanadi  (ba’zida  tovarlar  ishlab 
chiqarilgunga  qadar).  Agarda  importyor  tovarlarga  b o ‘nak  shaklida 
haq  toMasa,  u n d a   u  eksp o rty o rn i  kreditlagan  boMadi.  M asalan, 
shartnom a  qiymatining  bir  qismiga  bo‘lgan  b o ‘nak  toMovlari  xorijda 
obyektlar  qurilishi  bilan  bogMiq  shartnomalar  shartlariga  kiritiladi. 
Q iym ati  yuqori  b o ‘lgan  h a m d a   alohida  b u y u rtm a   asosida  ishlab 
chiqarilgan jihoz,  suv  kemalari,  havo  kemalarining  importi  sharoitida 
ham qisman  amalga oshiriladigan b o ‘nak toMovlari q o ‘llaniladi.  Xalqaro 
amaliyot  talablariga  muvofiq  bo'nak  shakiidagi  toMovlar  shartnoma 
sum m asining  10  foizidan  33  foizigachasini  tashkil  etadi.  Shartnoma 
s h a r tla r in in g   bajarilm asligi  va  tovarlar  y e tkazilm asligi  ho latida 
eksportyor banki  olingan  bo'nakni  eksportyorning  topshiriqiga  asosan 
b o ‘nak  toMovi  sum m asi  ha jm id a ,  im portyor  foydasiga  qaytarish 
t o ‘g ‘risida  kafolat  beradi.
B undan  tashqari,  bir  qator  tovarlarga  b o ‘nak  bilan  haq  toMash 
tartibi  qabul  qilingan.  U shbu  tovarlarga  qim m atbaho  metallar,  yadro 
yoqilgMsi,  qurol-aslaha va boshqa shu kabilar kiradi.  Zikr etilgan hisob- 
kitob shartlariga  importyorning roziligi uning m azkur tovarlar yetkazib 
berilishi  yoki  m anfaatlari  kafolatlarda  mavjud  b o ‘lgan  eksportyor 
tazyiqiga  bogMiqdir.
O chiq  hisob-varaq  b o ‘yicha  hisob-kitoblar. 
U larning  mohiyati 
to v a r la r   o lin g a n id a n   s o ‘ng  im p o rty o rn in g   ek sp o rty o rg a   b o ‘lgan 
m u ntazam   toMovlaridadir.  Joriy  qarzdorlik  summasining  hisobi  savdo 
b o ‘y i c h a   h a m k o r l a r n in g   k ito b la r id a   y u ritila d i.  X a lq a ro   h isob - 
kitoblarning  ushbu  shakli  ochiq  hisob-varaq  b o ‘yicha  kredit  bilan 
bogMiqdir.  Ochiq  hisob-varaq  b o ‘yicha  qarzdorlikni  so'ndirish  bilan 
bogMiq  hisob-kitoblar  tartibi  kontragentlar  o ‘rtasida  tuzilgan  kelishuv 
shartlari  bilan  belgilanadi.
O datd a,  belgilangan  muddatlardagi  m untazam   toMovlar  ko ‘zda 
tutiladi  (tovar  yetkazib  berilganidan  so‘ng  yoki  oyning  boshida  yoki 
oxirida  importyor tom o n id an  tovarlar qayta sotib boMinganidan so‘ng). 
Hisob-kitoblarning  solishtirma  tekshiruvi  amalga  oshirilganidan  so'ng 
ochiq hisob-varaq bo‘yicha qarzdorlikning vakuniy so‘ndirilishi banklar 
orqali,  odatda,  bank  o'tkazm asi  yoki  chekidan  foydalangan  holda 
amalga  oshiriladi.  Shu  sababli  bank  statistikasi  ochiq  hisob-varaq 
b o ‘yicha  hisob-kitoblarni  k o ‘p  holatlarda  bank  o ‘tkazmalari  sifatida 
bisobga.  oladi.

Veksellar va cheklardan foydalangan holda hisob-kitoblarni  amalga 
oshirish. 
Xalqaro  hisob-kitoblarda  eksportyor to m o n id an   importyorga 
qarata  chiqarilgan  o'tkaziladigan  veksellar  ishlatiladi.  T ratta  —  bu 
q o n u n   bilan  belgilangan  shaklda  tuzilgan  h a m d a   o 'z id a   kred ito r 
(trassant)ning  qarz  oluvchi  (trassat)ga  belgilangan  m u ddatda  m a ’lum 
bir  sum m ani  vekselda  qayd  etilgan  shaxs  (rem itent)ga  yoki  taqdim  
etuvchiga  to ‘lash  t o ‘g ‘risidagi  shartsiz  b u y ru g ’ini  m ujassam   etgan 
hujjatdir.  Veksel  b o ‘yicha  to 'lo v   javobgarligi  im portyor  yoki  bank 
sifatidagi  akseptant  zimmasidadir.  Banklar  to m o n id a n   akseptlangan 
trattalarni  «hisobga olish» operatsiyasi orqali  naqd pulga oson aylantirish 
m um kin.  Trattalar  chiqarilishi  va  ularga  haq  to'lanishining  shakllari, 
rekvizitlari  ham da  shartlari  1930-yiIda  Jeneva  veksel  konvensivasi 
to m o n id an qabul qilingan  «Birxillashtirilgan veksel qonuni»ga asoslan- 
gan  veksel  qonunchiligi  bilan  muvofiqlashtiriladi.  X V I—XVII  asrlarda 
p ay d o   b o ‘lgan  va  taqdim   etuvchi  (o d atd a ,  savdogar)ga  m ahalliy 
valutada  m a ’lum  bir  su m m a   toMash  to'g 'risid a g i  iltimosni  o ‘zida 
mujassam  etgan  y o'llanm a  xatlar  trattalarning  dastlabki  shakllari  edi. 
Tovar-pul  munosabatlarining  taraqqiy  etishi  va  xo'jalik  aloqalarining 
globallashuvi  m unosabati  bilan  veksel  universal  kredit  hisob-kitob 
hujjatiga aylandi. Trattadan  inkasso va akkreditivga q o'shim cha  ravishda 
foydalanish,  kredit  ham da  valuta  tushum ini  olish  huquqini  beradi.
Nosavdo  toifadagi  xalqaro  hisob-kitoblarda  to 'lov  vositasi  sifatida 
y o ‘l  cheklari  va  Yevrocheklar  ishlatiladi.  Y o ‘l  (sayyohlik)  cheki  bu, 
u n d a  ko'rsatilgan  valuta  summasini  chekning  egasiga to'lash  (buyruq) 
to'g'risidagi  to io v   hujjatidir.  Yo'l  cheklari  yirik  banklar  to m o n id an  
milliy  va  xorijiy  valutalarda  yozib  beriladi.  C h e k   egasining  imzo 
nam unasi  chek  ustiga  unga  chek  sotilayotgan  paytda  q o ‘yiladi.
Y evroch ek   yevrovalu tad agi  ch ek d ir. 
U s h b u   c h e k ,  m ijo zn in g  
oldindan  amalga  oshirilgan  naqdli  t o ‘lovisiz  va  nisbatan  yirik  sum - 
m a la rd a ,  bir  o y g a c h a   m u d d a tg a   boMgan  k re d iti  h iso b ig a   b a n k  
t o m o n i d a n   yozib  b e riladi;  «Y evrochek»   ( 19 6 8 - y tl d a n   b o s h la b )  
kelishuvining  ishtirokchisi  bo'lm ish  har  qanday  davlatda  unga  haq 
t o ‘lanadi.  Yevrocheklarning  yago 
11
 a  (bir  xildagi)  shakli,  ularga  haq 
to'lash  egalari  tom onidan  kafolat  kartochkalari  taqdim   etilgandagina 
amalga oshishi,  yevrocheklarni  qayta  ishlash  ustidan  E H M   yordam ida 
n a z o ra t  qilinishi  xalqaro  sa yyohlik  b o 'y i c h a   h is o b - k i to b l a r n i n g  
takomillashishiga k o'm aklashadi.
XX 
asrning  60-yillaridan  boshlab  xalqaro  hisob-kitoblarda  kredit 
kartochkalaridan  faol  foydalanilmoqda.  Kredit  k artochkasi  egasiga

tovar  va  xizmatlarni  naqdsiz  hisob-kitoblardan  foydalangan  holda 
sotib  olish  huquqini  beruvchi  nomli  pul  hujjatidir.  Xalqaro  hisob- 
kitoblarda  A m erik ada  chiqarilgan  (Viza  interneshnl,  M a ste rka rd, 
Ameriken ekspress va boshqalar)  kredit kartochkalari  ko‘p tarqalgandir. 
Ushbu  kredit  kartochkalarini  qayta  ishlashda  kompyuter,  elektron  va 
kosmik  aloqa  vositalaridan  foydalaniladi.  Bank  va  d o ‘k o n larning  
kompyuterlari  telefon  orqali  axborotlarni  qayta  ishlovchi  tizimning 
m arkazlashtirilgan  kom pyuterlariga  ulanadi.  1999-yildan  boshlab 
Yevroga  o ‘tilishi  munosabati  bilan  Mayestro,  E urocard-M aster  Card 
(Yevrocheklar,  kredit  kartochkalari)  logotiplariga  ega  Euro pay  Inter­
national assotsiatsiyalarining ko‘p valutali instaimentlardan foydalangan 
holdagi  'nisob-kitoblari  um umY evropa  valutasiga  o ‘tkazildi.
Mijoz  hisob-varag‘ining  qoldig‘i  bo'yicha  beriladigan  in a ’lumot- 
nom ada  sotib  olishning  Yevrodagi  suminasi  hamda  bank  hisobvaraq 
valutasidagi ekvivalent  ko‘rsatiladi.  Ushbu  holat  turli mamlakatlardagi 
tovar baholarini  taqqoslash, bank hisob-varaqlarini Yevroga aylantirish, 
Yevropa valutasidan  foydalanish tajribasiga ega boMish imkonini beradi. 
Internet tizimiga Yevrodagi  to'lov  mahsullari  va xizmatlar to'g'risidagi 
m a ’lumot  kiritilgan.
Valuta  kliringlari 
Xalqaro  hisob-kitoblar  jarayoniga  davlatning 
aralashuvi  valuta  kliringlaridan  m untazam   ravishda  foydalanilishida 
o ‘z  ifodasini  topm oqda.  Valuta  kliringi  ikki  va  bundan  ziyod  davlatlar 
hukum atlarining  xalqaro  talab  ham da  majburiyatlar  bo'yicha  o'zaro 
majburiy hisob-kitob  (zachyot)  to'g'risidagi  kelishuvidir. Valuta  kliringi 
banklararo  ichki  kliringdan  farq  qiladi.  Birinchidan,  banklararo  ichki 
kliring  b o'yicha  zachyotlar  ixtiyoriy  asosda,  valuta  kliringi  bo'yicha 
esa  majburiy  tarzda  amalga  oshadi  (m am lakatlar  o'rtasida  kliring 
b o 'yicha  kelishuv  mavjud  bo'lsa,  importyor  va  eksportyorlar  kliring 
yuzasidan hisob-kitoblardan  bo'yin tovlashga haqi yo‘q).  Ikkinchidan, 
ichki  kliring  bo'yicha  zachyot  qoldig'i  shu  zahoti  pulga  aylantiriladi, 
valuta  kliringida  esa  saldoni  so 'nd irish  bo'yicha  m u a m m o   paydo 
bo'ladi.
8 .6 .  Xalqaro  kredit  munosabatlari
Xalqaro  kredit  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  jarayonida  valuta 
va tovar resurslarini qaytarishlik,  muddatlilik  hamda foiz to'lash shartlari 
asosida  taqdim   etilishi  bilan  bog'liq  ssuda  kapitalining  harakatidir. 
Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firma)lar,

davlat tashkilotlari,  hukumatlar,  xalqaro  ham da  hududiy valuta-kredit 
va  moliyaviy  tashkilotlar  maydonga  chiqadi.
Xalqaro  kredit  kapitalistik  ishlab  chiqarish  usulining  dastlabki 
bosqichlarida  vujudga  kelgan  va  kapitalni  dastlabki  ja m g 'a ris h n in g  
richaglaridan  biri  edi.  Ishlab  c h iq a ris h n in g   milliy  c h e g a r a la r d a n  
tashqariga chiqishi, xo'jalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, 
kapitalning  xalqaro  jihatdan  ijtim oiylashuvi,  ishlab  c h iq a ris h n in g  
ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi  ha m d a   ilmiy-texnik inqilob uning 
rivojlanishining  obyektiv  asosi  b o ‘ldi.
Xalqaro  kreditning manbalari  bo'lib:  korxonalardagi  m ablag'larning 
davriy  aylanishi  jaray onida  v a q tin c h a   b o ‘sh  bo'lib  qolad ig a n   pul 
shaklidagi  kapitalning  bir  qismi;  banklar  tom on idan   yig’ib,  jam la - 
nadigan  davlat  va  xususiy  sektorning  pul  ja m g ’armalari  hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining ayrim joylarida xalqaro  kreditga 
obyektiv zarurat tug‘iladi.  Ushbu zarurat:  1)  mablag‘larning x o ‘jalikdagi 
doiraviy  aylanishi  bilan  bog‘liq;  2)  m ahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni 
sotishning  xususiyatlari  bilan  bog‘liq;  3)  tashqi  iqtisodiy  bitim larning 
hajmi  va  muddatlaridagi  farqlar  bilan  bog‘liq;  4)  ishlab  chiqarishni 
kengaytirishga  moMjallangan  yirik  kapital  q o ‘yilm alarin i  a m a lg a  
oshirilish  zarurati  bilan  bog'liq.
Xalqaro  kreditning  tamoyillari. 
Xalqaro  kreditning  tak ro r  ishlab 
chiqarish  bilan  aloqasi  uning  tamoyillarida  aks  etadi:
1)  qaytarishliligi; agarda olingan  mablagMar qaytarilmayotgan bo'lsa, 
unda  ushbu  holat  kapitalni  qaytarmaslik  sharti  bilan  berilishiga,  y a ’ni 
moliyalashtirishga  aloqadordir;
2)  muddatlilik;  kredit  kelishuvida  belgilangan  m uddatlarda  kredit 
qaytarilishini  t a ’minlaydi;
3) to'lovlilik;  qiymat qonuni  harakatini aks ettirgan  holda kreditning 
har  bir  holatidagi  alohida  shartlarni  amalga  oshirish  usulidir;
4)  moddiy  t a ’minlanganligi;  kredit  so'ndirilishining  kafolatida  o ‘z 
aksini  topadi;
5)  maqsadli  y o ‘nalishi;  ssudaning  a n iq   bir  obyektlarini  belgi- 
lanishi.
Xalqaro  kreditning  tamoyillari  un ing   b o z o r  iqtisodiy  qonunlari 
bilan  aloqalarini  ifodalaydi  va  bozor  subyektlari  ha m d a   davlatning 
joriy  ham da  strategik  vazifalariga  erishish  m aqsadida  ishlatiladi.
Xalqaro  kreditning  funksiyalari. 
Xalqaro  kredit  ssuda  kapitalining 
tashqi  iqtisodiy aloqalar jarayonidagi  harakat xususiyatini aks ettim vchi 
quyidagi  funksiyalarni  bajaradi:

1)  Kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  ehtiyojlarini  qondirish 
uch un  ssuda  kapitallarining  mamlakatlararo  qayta  taqsimoti.  Ssuda 
kapitali  xalqaro  k red it  m exanizm i  orqali  foy dalarni  t a ’m in lash  
maqsadida  iqtisodiy  agentlar  afzal  ko'rgan jarayonlarga  yo'naltiriladi. 
Ushbu  bilan  kredit  milliy  foydani  o ‘rtacha foyda darajasida  birxillash- 
tirilishiga  ham da  uning  massasini  oshishiga  ko ‘maklashadi;
2)  Xalqaro  hisob-kitoblar  jarayonida  haqiqiy  pullarni  (oltin  va 
kum ush)  kredit  pullarga  almashtirilishi  ham da  naqdsiz  to'lovlarning 
rivojlanishi va tezlashtirilishi,  naqdli valuta  muomalasini xalqaro  kredit 
operatsiyalari  bilan  almashtirilishi  orqali  m u o m a la   xarajatlarining 
tejalishi.  Xalqaro  kredit  zam inida xalqaro  hisob-kitoblarning veksellar, 
cheklar  ham da  bank  pul  o'tkazmalari,  depozit  sertifikatlari  va  boshqa 
shu  singari  kredit  vositalari  paydo  bo ‘ldi.  Xalqaro  iqtisodiy  m unosa- 
batlar  jarayonida  ssuda  kapitali  muomala  davrining  tejalishi  ishlab 
c h iq a r is h n in g   k e n gay ish i  va  foyda  o ‘sim in i  t a ’m in lag a n   h o ld a  
kapitalning  unum li  m u o m ala  davrini  oshiradi;
3)  Kapital  to'p lan u v i  va  markazlashuvining  tezlashishi.  Xorijiy 
kreditlar  jalb  etilishi  evaziga  qo'shim cha  qiymatning  kapitalizatsiya 
jarayoni  tezlashadi,  individual  jamg'arish  chegaralari  kengayadi,  bir 
m am lakat  tadbirkorlarining  kapitallari  ularga  boshqa  m am lakatlar 
mablag'larining  q o ‘shilishi  hisobiga  ko'payadi.  Xalqaro  kredit  azaldan 
individual  korxonalarni  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylanishi,  yangi 
firmalar,  m onopoliyalar  barpo  etilishining  omili  sifatida  maydonga 
chiqadi.  Kredit  boshqa mamlakatlarning kapitali,  mulki va mehnatidan 
m a ’lum  bir  c h e g a ra la rd a   foydalanish  im k o niy atini  beradi.  Yirik 
kompaniyalarga taqdim  etiladigan  imtiyozli xalqaro kreditlar va  mayda 
ham da  o ‘rta  hajm dagi  firmalarni  jah o n  ssuda  kapitallari  bozoriga 
chiqishining qiyinligi  kapital  to'planuvi va markazlashuvining kuchayi- 
shiga  ko‘maklashadi.
Milliy  va  j a h o n   x o ‘jaligining  rivojlanishi  bilan  xalqaro  kredit 
fu n k s iy a la r in in g   a h a m iy a ti  bir  xilda  b o ‘lm ay,  o 'z g a ru v c h a n lik  
xususiyatiga egadir.  Zamonaviy sharoitlarda xalqaro  kredit iqtisodiyotni 
muvofiqlashtirish  funksiyasini  bajaradi  ham da  bir vaqtning  o ‘zida  o ‘zi 
ham   muvofiqlashtirilish  obyekti  b o ‘lib  hisoblanadi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling