O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


T o‘lov  talabnomalari-topshiriqnomalari  yordamidagi  hisob-kitob


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34

T o‘lov  talabnomalari-topshiriqnomalari  yordamidagi  hisob-kitob 
iqtisodiy kontragentlar o ‘rtasidagi  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarning yana 
bir uslubi  hisoblanadi.  Ushbu  hisob-kitob shakli  kam ida u ch ta subyekt: 
yetkazib beruvchi, xaridor va ushbu subyektlar o'rtasidagi  hisob-kitobni 
amalga oshiradigan bankning mavjud bo'lishini  nazarda tutadi.  Bundan 
tashqari,  agar  korxonalar  turli  banklarning  x izm atlaridan  foydala- 
nadigan  b o ‘lsa  yoki  hududiy jih a td an   turli  m am lakatlarda joylashgan 
b o ‘lsa,  unda  subyektlar-bitim  qatnashchilari  soni  pul  m ablag‘larini 
yetkazib  beruvchining  bankiga  yetkazish  uch u n  zaru r  banklar  soniga 
k o ‘payadi.
Hisob-kitoblarning  bu  shakli  shuni  nazarda  tutadiki,  b an k   bitim 
qatnashchilari  o'rtasidagi  shartlarnin g  b arch a  jih atlari  k o ‘rsatilgan 
hujjatlarga  ega  bo'ladi.  S h u n d a y   qilib,  k o rx o n a la r  b a n k k a   oddiy 
topshiriqnom ani  berishdagi  kabi  haq  t o ‘lash  m uddatlarini  tanlashda 
unchalik  erkin  b o ‘lishmaydi.  B unday  holda  bitim ga  doir  m uayyan 
kafolat  afzallik  hisoblanadi,  ch u n ki  b an k   odatda,  ushbu  bitim ning 
imkoniyatlarini tekshiradi va to'lovni  eng qulay tarzda am alga oshiradi: 
yetkazib  beruvchi  bilan  to ‘lovchi  o ‘rtasidagi  rasmiylashtirilgan  shart- 
nom aga  binoan  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  shakli  - -   t o ‘lov  talabno- 
rnalari-topshiriqnomalarini  rasmiylashtiradi.
Ushbu  operatsiyani  bajarishda  bank  sam aradorligining  katta  rol 
o'ynashi  natijasida  bank xatolaridan  himoyalanish  b o ‘yicha  muayyan 
tizim  qaror topadi.  Bunday tizim   m ijozlarning  hisobvaraqlari  bo'yichí

bank  operatsiyalarini  nazorat  qilish  va  noinsoflikdan  himoya  qilish 
uchun  zam r.  Bank  Fuqarolik  kodeksiga  muvofiq  topshiriqnom aning 
ijro  etilmasligi  yoki  Iozim  darajada  ijro  etilmasligi  u ch u n   quyidagicha 
m as’uliyatni  o ‘z  zimmasiga  oladi:
1)  bank  mijozning topshirig'ini  ijro qilmaganida yoki  lozim  darajada 
ijro qilmaganida qonunda nazarda tutilgan asoslar bo ‘yicha va  miqdor- 
larda javobgarlikni  o ‘z  zimmasiga  oladi;
2)  mijozning  topshirig‘i  ijro  qilinmasligi  yoki  lozim  darajada  ijro 
qilinmasligi  hollari  to ‘lovchining  topshirig'ini  ijro  etish  uchun  jalb 
etilgan  b ank   hisob-kitob  operatsiyalarini  amalga  oshirish  qoidalarini 
buzganligi  bilan  bog‘liq  boMgan  hollarda,  buning  uchun  javobgarlik 
sud  to m o n id a n   shu  bank  zim m asiga  yuklanganida;
3) agar bankning hisob-kitob operatsiyalarini  amalga oshirish qoida­
larini  buzishi  pul  mablag‘larining  noqonuniy  ushlab  qolinishiga  olib 
kelsa,  u n da  bank  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda  va  miqdorlarda 
foizlarni  t o ‘lashi  shart.
Shunday  qilib,  bank  o ‘z  majburiyatlarini  bajarmagan,  deb  e ’tirof 
qilinishi  m um kin  va  bunday  holda  pul  mablag'larini  qaytarilishini 
yoki  zararning  o ‘rnini  qoplashni  kafolatlaydi.
Inkasso  bo‘yicha  hisob-kitoblar.  N aqd  pulsiz  hisob-kitoblarning 
eng  k o ‘p  q o ‘llaniladigan  shakllaridan  biri  inkasso  b o ‘yicha  hisob- 
kitoblardir.  Bunday  shakl  kam ida  u chta  iqtisodiy  kontragent:  xaridor, 
sotuvchi  va  ushbu  operatsiyani  amalga  oshiradigan  tijorat  bankining 
mavjud  b o ‘lishini  nazarda  tutadi.  Agar  xalqaro  bitim   (ya’ni,  turli 
m am lakatlarga  mansub  kontragentlar  qatnashuvchi  bitim)  bo'yicha 
t o ‘lovlarni  amalga  oshirishda  hisob-kitobning  bu  uslubi  tanlangan 
b o ‘lsa,  u n d a   m azkur  operatsiyani  bajarish  jarayonida,  odatda,  ikkita 
bank:  eksportchi  banki  va  im portchiga  xizmat  ko'rsatuvchi  bank  ish 
olib  boradi.
Inkasso  operatsiyasining  amalga  oshirilishida  bank  o ‘z  mijozining 
topshirig‘iga  ko‘ra uning biznes  b o ‘yicha sherigidan yuklab jo'natilgan 
to v a r  yoki  k o ‘rsatilgan  x izm a tla r  u c h u n   to 'lo v n i  oladi.  Bank  bu 
m ablag‘larni  eksportchining  hisobvarag‘iga  o ‘tkazadi.  Ushbu  hisob- 
kitoblarning amalga oshirilishi  u c h u n   iqtisodiy kontragentlar muayyan 
tovarlarni  tovar xaridorining  manziliga yuklab j o ‘natishga doir bitimni 
tuzishi  zarur.  S hundan  so ‘ng  sotuvchi  o'ziga  xizmat  k o ‘rsatadigan 
bankka bu  bitimni tasdiqlovchi va bankni  iqtisodiy kontragentlar tuzgan 
bitim ning  m uddatlari,  shartlari  va  hajmlari  haqida  xabardor  qiladigan 
h u jja tla rn i  ta q d im   e ta d i.  B a n k k a   ta q d im   e tilish i  z a ru r  b o 'lg an

hujjatlarning muayyan  t.irkum i  mavjud,  B unday ro ‘yxat aniq bankning 
talablariga  va  shu  davlat  b an k   tizimining  o ‘ziga  xos  xususiyatlariga 
muvofiq  tuziladi.  Turli  b an k la r hududida joylashgan  bir necha banklar 
haq t o ‘lashni  amalga oshirishida boshqa davlatdagi  banklar q o ‘yadigan 
talablarni  hisobga  olish  zarur.  Bunday talab shu  bilan bog‘liqki,  u sh b u  
inkasso operatsiyasini  o ‘tkazishning  navbatdagi  bosqichi  xaridor banki 
bilan sotuvchi  banki o ‘rtasida tegishli  hujjatlarning berilishidan iborat. 
S h u n d a n   keyin  xaridor  banki  hujjatlarga  muvofiq  sum m ani  sotuvchi 
bankiga  o ‘tkazadi,  sotuvchi  banki  pul  m ablag‘larini  bevosita  tovarni 
sotuvchining  hisobvarag‘iga  o'tkazadi.
inkasso bo'yicha hisob-kitoblar ikki turda:  oddiy inkasso va hujjatli 
inkasso  b o ‘ladi.
Oddiy inkasso to'lovnm g shunday tizimiki,  u n d a to ‘lovning undiri- 
lishi  inkasso  shartlari  asosidagi  bitimning  tuzilganligini  tasdiqlaydigan 
m oliya  hujjatlari  olinganida  amalga  oshiriladi.
Hujjatli  inkasso  to 'lo v n in g   oluvchiga  haqi  toMangan  tovarning 
yetkazib berilishi yuzasidan  ayrim kafolatlar beriladigan tizimga kiradi. 
B u nday  kafolatlar  toMovning  o'tkazilishi  am alga  oshirilishida  faqat 
inkasso shartlari asosidagi bitimning tuzilganligini tasdiqlaydigan tegishli 
hujjatlar  va  yuk  bilan  birga  yuboriladigan  tijorat  hujjatlari  olinganida 
beriladi.  Shunday  qilib,  inkasso  bo'yicha  hisob-kitoblarning  amalga 
oshirilishi  shartlari  amaliy  sheriklarning  bir-biriga  ishonishi  darajasiga 
q a ra b   o ‘zgarishi  m um kin.  B u n d a n   tashqari,  to v arn in g   o ‘ziga  xos 
xususiyati  ham  faqat  tovar  yuk  bilan  birga  yuboriladigan  hujjatlar 
xaridorga yetib kelganidan  keyin  toMashning obyektiv zarurligini keltirib 
chiqarishi  mumkin.  Bu ushbu  tovarni  saqlash  m uddatlarining cheklan- 
ganligi va tashish sharoitlarining og‘irligi bilan bog‘liq b o ‘ladi.  Masalan, 
tovar yetkazib beriladigan  yo'l o 'tadigan  h u du d d a jinoyatchilik darajasi 
yuqori  b o ‘lganida  shunday  qilinishi  m um kin.
Banklararo  hisob-kitoblar.  B a n k la ra ro   h is o b - k ito b la r   m oliya 
tizim ida  asosiy o ‘rin  tutadi,  chu n k i  k o ‘pchilik  m oliya  operatsiyalarini 
amalga oshirish va iqtisodiy kontragentlar o ‘rtasidagi  hisob-kitoblarning 
barcha shakllarini  o ‘tkazishga  im kon beradi.  Holbuki, banklararo hisob- 
kitoblar  yopiq  tizim  hisoblanadi,  chunki  ularga  m ustaqil  tashkilotlar 
sifatidagi  banklarning  tijorat  siriga  rioya  qilish  zarurati  yuklanadi.
M illiy  iqtisodiyotlar  integratsiyasining  o ‘sib  borishi  va  turli  m am - 
lakatlarga mansub ham da h ar xil banklar xizmat k o ‘rsatadigan sheriklar 
o'rtasidagi  bitimlar  sonining  k o ‘payishi  sababli j a h o n   valuta  bozorida 
banklararo  hisob-kitoblarning  yagona  tizimini  shakllantirish  zarurati

oshmoqda.  Bugungi  kunda  banklararo  hisob-kitoblarning global tizimi 
joriy etilmoqda. Yangi tashkil  etilgan tizimdagi markaziv roi  dunyoning 
36 ta yetakchi banklari  t a ’sischilari  b o ‘lgan  Nyu-Yorkda maxsus  ta ’sis 
etilgan  «uzluksiz  bog'langan  hisob-kitoblar» banki  zimrnasiga yuklan- 
gan.  Yangi  hisob-kitob  markazi yettita markaziy bank, A Q S H   Fédéral 
zaxira  tizimi,  Yevropa  markaziy  banki,  Tokio  banki  va  Angliya  banki 
bilan  b e v o sita   b o g ‘la n g a n .  B u n d a y   tiz im   v a lu ta n in g   o l d i- s o td i 
operatsiyalariga  doir  hisob-kitoblar  vaqtini  5  soatgacha  qisqartiradi. 
U   ja h o n   bozoridagi  valuta  savdosining  a n ’anaviy  sxemasi  o ‘rnini 
bosadi:  eski  sxemaga  ko ‘ra  boshqa  m am iakat  valutasiga  oid  bitimlar 
b o ‘yicha barcha hisob-kitob operatsiyalariga vakil-bank vositachiligida
2  kunga  yaqin  m uddat  talab  qilinardi.
Banklararo hisob-kitoblar nafaqat xalqaro operatsiyalarda,  shu bilan 
b irg a   m a m ia k a t  ic h id a g i  o p e r a t s iy a l a r d a   h a m   m u h im   b o ‘g ‘in 
hisoblanadi.  Banklararo hisob-kitoblarga zarurat boshqa banklar bilan 
o ‘zaro  ishlarni  maksimal  qisqa  m uddatlarda  amalga  oshirishga  imkon 
beradigan  dasturiy  t a ’m in o tg a   ehtiyojni  shakllantiradi.  Shakllan- 
tirilayotgan  k ichik   tiz im la r  t o ‘lovni  ishlash  b o sq ich ig a  muvofiq 
keladigan  hisob  amallarining  bajarilishini  o ‘z  ichiga  oladigan  erkin 
formatdagi elektron to'lov hujjatlari bilan almashinish uchun vositalarni 
beradi.
Asosiy  funksional  imkoniyatlari:
1)  k o ‘p  valutali  ish  rejimi;
2)  milliy va chet el valutalaridagi  hisob-kitoblar uchun vakil-bankiar 
bildirgichini  yuritish;
3) har bir xabarning parametrlarini sozlash imkoniyatiga ega xabarlar 
shakllari  bildirgichini  yuritish;
4)  ko'pgina  m intaqalar  va  M D H   mamlakatlari  XK M lari  format- 
laridagi  xabarlar  bilan  alm ashinish;
5)  S W lF T (P a y m e n ts)-to ‘lovlarni  pozitsiyalashtirish  form atlarida 
xabarlar  bilan  almashinish;
6)  j o ‘n a tilg a n   va  q a b u l  q ilin g a n   t o ‘lov  h u jja tla r in i  vakillik 
hisobvarag'i  b o ‘yicha  k o ‘chirm alari  bilan  birga  avtom atik  va  q o i d a  
kvitovkalash;
7)  tranzit  t o io v la r   bilan  ishlash;
8)  komissiyalar sum m alarini  avtom atik  belgilash;
9)  buxgalteriik  o ‘tkazm alarini  avtomatik  shakliantirish;
10)  hisobga olish  operatsiyalarini to'lovlar bilan  ishlash bosqichlari 
bo'ylab  joylashtirish;

11)  barcha  buxgalterük  o'tkazm alarini  k o 'z d a n   kechirish;
12)  vakillik  hisobvaraqlari  va  pozitsiyalar  hisobvaraqlari  hol'atini 
nazorat  qilish;
13)  kirib  keladigan  va  chiqib  ketadigan  to 'lovlar  arxivini  yuritish;
14)  xabarlar  eksporti  va  importi  seanslari ju m a lin i  yuritish.
S hunday  qilib,  b anklararo  hisob-kitoblar  hiso b -k ito b   o 'tk a z is h
operatsiyalarini  tartibga  solish  h a m d a   tak o m illash tirish   y u z a sid a n  
ban klar  o ‘rtasidagi  o ‘zaro  am al  qilish  tizimi  hisoblanadi.
Naqd  puJsiz  hisob-kitoblarni  rivojlantirish  ¡stiqbollari.  Iqtisodiy 
kontragentlar  o'rtasidagi  hisob-kitoblarning  pul  m ablag‘larini  o ‘tka- 
zishning  naqd  pulsiz  tizimlari  yordam ida  amalga  cshirilishi  bir  q ato r 
yorqin  afzalliklarga  ega  b o ‘lib,  ulardan  biri  u shbu  operatsiyani  pul 
m ablag'larini  tashishga  ortiqcha  xarajatlar  sarflam asdan  a n c h a   tez 
o'tkazishdan  iborat.  D inam ik rivojlanayotgan  bozor n aq d  pulsiz hisob- 
kitoblarni  amalga  oshirish  sifatini  oshirishni  va  b unday  operatsiyani 
o ‘tkazish tezligini  pasaytirishni talab  qiladi.  N afaq at yuridik shaxslarga 
xizm at  ko'rsatuvchi  va  shu  tariqa  bevosita  tadbirkorlik  bilan  b o g ‘liq 
b o ‘lgan  banklar,  sh u   b ilan   birga  jis m o n iy   sh ax slar  o 'r ta s id a   pul 
mablagMarining  n aqd  pulsiz  o'tkazilishini  am alga  oshiruvchi  bank 
tashkilotlari  ham  bunday  ehtiyojlarni  tobora  k o 'p ro q   hisobga  olishi 
kerak  boMmoqda.
M amlakatimizdagi  b unday  ehtiyoj  o ‘z  faoliyatini  yuridik  shaxsni 
tashkil  etm asdan  yurituvchi  tadbirkor  sifatida  ish  olib  borayotgan 
tad birkorlar  sonining  o'sayotganligi  va  o 'z in in g   pul  m ab lag 'larin i 
nafaqat saqlash,  shu bilan  birga pul mablagMarini o ‘tkazish jarayonlarini 
faollashtirayotgan  aholining  darom adlari  darajasining  oshayotganligi 
bilan  bog‘liqdir.
B undan tashqari,  chegaralam ing  ochilishi  iqtisodiy subyektlarning 
b u tu n   dunyo  bo'ylab  faol  k o 'c h ib   yurishiga  sabab  bo'ladiki,  bu  ch et 
ellardagi banklar bilan vakillik m unosabatlarini yo'lga qo'yish zaruratini 
keltirib  chiqaradi.
N atijada  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  tizirnida 
ikkita  prinsipial 
m u h im   vazifa  shakllanadi:
1)  naqd  pulsiz  operatsiyalarni  o 'tk a z ish   m u d d atlari  hajm ining 
kamayishi;
2)  potensial  sherildar sonining  ko'payishi.
B unday  vazifalar  asosan  zam onaviy  texnika  yutuqlarini  qo'llanib 
hai  etiladi,  ixtisoslashgan  va  h a m m a   foydalanishi  m u m k in   b o ‘lgan 
elektron  aloaa  tizimlari  ana  shu n d ay  yutuqlarga  kiradi.

Turli  xildagi  aloqa  tizimlari  vujudga  kelmoqda  va  t'aol  ishlam oq- 
daki,  ular axborotlarni  shunchaki  uzatib  qolmasdan,  bunday  axborot- 
larni  barcha zarur him oya vositalari  bilan birgalikda yetkazishga im kon 
beradi.  1963-yildan  beri  SW IFT   hisob-kitob  tizimi  amal  qiladi.  Bu 
tizim  butunjahon  banklararo  tizimi  b o ‘lib,  unda  banklar  o'rtasidagi 
moliyaviy  operatsiyalar  nisbatan  xavfsiz  amalga  oshirilishi  m um kin. 
Shuni  hisobga  olish  kerakki,  bu  tizim dan  tashqari  hozirgi  v aq td a  
ko ‘pgina  bank  operatsiyalari  bevosita  Internet  tarm og‘ida  bajarilishi 
m um kin.  Internetda  bitimlarni  amalga  oshirishdagi  minus jih atlard an  
biri  undan  ham m anin g  ham   foydalanishi  mumkinligi  va  tijoratchilik 
siriga  rioya  qilinadigan  qandaydir  maxfiy  fayllarni  o 'rn atib   b o ‘lmas- 
ligidir.  S h u n d a n   kelib  chiqib,  In tern et  global  tarm o g ‘i  vositasida 
bitimlarning tuzilishini o ‘tkazishda tegishli axborotning kodlashtirilishi 
tijoratchilik  sirini  him oyalashning  eng  istiqbolli  usuli  b o ‘ladi.  Bunday 
usul  aloqa  kanali  h ar  qanday  darajada  ochiq  bo'lganida  ham   h a r 
qanday  hajmdagi  axborotlarni  shifrlashtirish  va  ularni  o ‘z  sherigiga 
yetkazishga  im kon  beradi.
Naqd  pullik  aylanish  tushunchasi.  Iqtisodiyotda  amal  qiladigan 
um um iy  to ‘lov  aylanishining  tarkibiy  qism laridan  biri  naqd  pullik 
aylanish  hisoblanadi.  K o ‘pincha  pul  mablagMari  aylanishining  bu 
qismini  pul  m uom alasi  deyiladi.
Pul  m u o m a la s i  pul  a y la n is h in in g   n a q d   pul  m ablagM arining 
muomalasi, pul belgilarining bir yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa 
shaxslarga doimiy tarzda o ‘tib yurishi  bilan  bog‘liq qismidir.  Boshqacha 
aytganda,  bu  iqtisodiy  subyektlar o ‘rtasidagi  pullar  muomalasi jarayo- 
nining  faqat  naqd  shaklda  b o ‘ladigan  qismidir.  Naqd  pul  aylanishi, 
odatda,  tovarlar va  xizmatlarga  haq  t o ‘lanishi  ehtiyojlari  bilan  bog‘liq 
b o‘lib, boshqa tijoratchilik bitimlarining tuzilishi va ularga haq to ‘lanishi 
jarayonlari  bilan  b og‘liq  emas.
B oshqacha  ay tg an d a,  naqd  pul  aylanishi  jaray o n id a  h a r  satar 
m ablag‘larning  nisbatan  kichik  summasi  qatnashadi.  Bu  q o 'sh im c h a  
kafolatlarning  t a ’m inlanishi,  pul  m ablag‘larining  yirik  sum m alarini 
bir  xo‘jalik  yurituvchi  subyektdan  boshqa  subyektga  o ‘tkazishdagi 
tashishning murakkabligi va transaksion xarajatlarni  tejashning zarurligi 
bilan  bog'liqdir.
Shunday  qilib,  naqd  pullar  m uom alasi  iqtisodiyot  subyektlarining 
maishiy  ehtiyojlari  bilan  bog‘liq  boMgan  tovar  almashinishi jarayonini 
pul  m a b la g ‘la rin in g   n isb a ta n   k ich ik   su m m a sin i  ishlatgan  h o ld a  
t a ’minlaydi.  O datda,  pul  aylanishining  ushbu  tipi  xizmatlar  u ch u n

haqni  bevosita  u  yoki  boshqa  tashkilotning  kassasiga  t o ‘laydigan  uy 
xo‘jaliklari  va  kichik  korxonalarda  asosiy  o ‘rin  tutadi.  H a r   bir  kishi 
naqd  pul  aylanishi  bilan  bog‘liq,  chunki  h am m a  ham   h a r   kuni  naqd 
pul  belgilari  yordam ida tovarlar va  xizm atlar uchu n   haq  t o ‘lab  turadi. 
Iqtisodiyotning  boshqa  subyektlari  pul  aylanishining  u sh b u   tipidan 
juda  kam  foydalanishadi  va,  od atd a,  b unday  tip  faqat  faol  q o ‘lla- 
niladigan  naqd  pulsiz  aylanishga  q o 's h im c h a   shaklida  am al  qiladi.
Shuni qayd qilish kerakki,  naqd pullik aylanish b irq a to r afzalliklarga 
ega:
1)  m ablag‘larning  tez  yetkazib  berilishi;
2)  hisob-kitoblarning o'tkazilishi  to'g'riligini  zudlik bilan  tekshirish 
mumkinligi;
3)  mavjud  resurslar miqdori yuzasidan  aniq axborotning  mavjudligi;
4)  qarzlarning  paydo  boMishi  imkoniyatining  istisno  qilinishi.
Bundan tashqari, ushbu hisob-kitob vositasining to ‘lov aylanishining
um um iy  tarkibidagi  ulushi  iqtisodiy  tizim  rivojlanganligining  yorqin 
k o ‘rsatkichi  hisoblan adi.  M asalan,  n a tu ra   x o ‘jaligi  h u k u m r o n lik  
qilganida  naqd  pullik  hisob-kitoblar kichik  ulushni  egallaydi  va  hisob- 
kitobni  a m alga  osh irish n in g   u sh b u   tu rin in g   o ‘sib  b o ris h i  b o z o r  
iqtisodiyotiga  o ‘tish  va  tovar  iqtisodiyotidan  uzoqlashishdan  dalolat 
beradi.
Bozor  iqtisodiyoti  hukm ronlik  qilganida  h iso b -k ito b n i  am alga 
oshirishning  bu  turi  eng  ustun  o 'rin n i  egallam asa-da,  lekin  t o ‘lov 
vositalaridan  foydalanishning  um um iy  hajm ining  katta  qism ini  tashkil 
etadi.  Va,  nihoyat,  postindustrial  iqtisodiyotga  o 'tis h d a   n aq d   pul 
mablag'lari  aslida  iqtisodiyotda  amal  qilmay  qo'y ad i,  ularning  o ‘rnini 
hisob-kitoblar  h am m a  joyda  elektron  pul  vositalaridan  foydalanish 
orqali  bajariladigan  naqd  pulsiz  shakl  egallaydi.
Shunday qilib,  hozirgi vaqtda  m am lakatlarning ko ‘pchiligi  iqtisodiy 
kon tragentl^r  o ‘rtasidagi  hisob -k itob larn i  a m alg a  o sh irish n in g   bu 
shaklidan  sekin-asta  voz  kechish jarayonini  bosh d an   kechirishm oqda.
Iqtisodiyotda  naqd  pullar  aylanishini  tashkil  qilish  tamoyillari  va 
naqd  pullar  oqimlari  harakatining  sxemasi
N aqd pul aylanishini taslikii qilish  aslida m oliya tizimining qurilishi 
bilan  cha m b a rch a s  b o g ‘liq.  M asalan,  h iso b -k ito b   vositalari  u sh b u  
shaklining t o ‘liq faoliyat yuritishi u c h u n  nafaqat bu t o ‘lov vositalaridan 
foydalanishga  tayyor  b o ‘lgan  subyektlar  mavjudligi,  shu  bilan  birga

buni  amalga  oshirishga  im kon  beradigan  muayyan  tuzilm a  ham   zarur 
boMadi.
Xususan,  naqd  pul  m ab lag iari  emissiya  qilinishi  (bosilishi)  kerak. 
O d atd a,  emissiya  jarayonida  har  bir  pul  beigisiga  nafaqat  muayyan 
tashqi  k o ‘rinish,  shu bilan birga soxta belgilar yasalishidan  himoyalash 
u c h u n   o'zining  himoya  vositalari  q o ‘yiladi.  Bunday  himoya vositalari 
ikki  xildagi  ahamiyatga  ega.  Bir tom o n d an,  ular bank uch u n  ortiqcha, 
u nga  m ansub  b o ‘lmagan  pul  belgilarining  paydo  b o ‘lmasligiga  kafolat 
boMadi,  boshqa tom ondan  —  iqtisodiy subyektga haqiqiy pul belgilarini 
soxta  belgilardan  ajratib  faqat  haqiqiy  pul  belgilaridan  foydalanish 
im konini  beradi.
Shun dan  keyin  naqd  pul  aylanishini  tashkil  etish  uchun  emissiya 
tizim in ing  barcha  b o ‘g'inlari:  markaziy  bank  va  hisob-kitob-kassa 
markazlarining  (yoki  naqd  pul  mablagMarini  aylanishga  chiqarishga 
im kon  beradigan  boshqa  tuzilmalarning)  amal  qilishi  zarur.
N a q d   pullar  aylanishining  amal  qilishiga  doir  quyidagicha  asosiy 
tam oyillar  ajratib  koTsatiladi:
1)  moliya  m uassasalari-em itentlarning  mavjudligi;
2) bozor qatnashchilarining  mablagMarni sarflash  yuzasidan  iqtisodiy 
erkinligi;
3)  t a ’sis  etilgan  milliy  pul  birligining  amal  qilishi;
4)  nazorat qiluvchi  organlar oldida tushum lar va  xarajatlar hajmlari 
u c h u n   hisobotchilikni  amalga  oshiristi  mumkinligi;
5)  pul  mablagMariga  egalik  qilishning  legitimligi.
N a q d   pul  mablagMarining  toMaqonli  aylanishi  imkoniyatiga  ega 
b o ‘lish uchun  iqtisodiy tizim  rivojlanishning muayyan  darajasiga erish- 
gan  b o ‘lishi  kerak.  X o 'ja lik d a   naqd  pullar  oqim lari  harakatining 
m uayyan  kanallarini  ajratish  mumkin:
1)  pul mablag‘larining markaziy bankdan mintaqalardagi hisob-kitob- 
kassa markazlariga va u yerdan yana markaziy bankka ko'chirilishi. Bunday 
ko'chirish pul mablag‘larini emissiya qilish, ulami muomaladan olib qo‘yish 
yoki  yaroqsiz  holga  kelgan  kupyuralarni  yangilari  bilan  almashtirish 
jarayonlarini  amalga  oshirish  zarurligi  bilan  bogiiq;
2)  pul  m ablag‘larining  hisob-kitob-kassa  markazlari  kassalaridan 
banklarga yoki  korxonalar kassalariga  ko‘chirilishi.  Bu  ish haqini  naqd 
p u lla r  bilan  berish  yoki  b oshqa  operatsiyalarning  bajarilishi  bilan 
bog'liq.  O datda,  bund ay   ko 'chirishdan  oldin  ushbu  tashkilotlarning 
hisobvaraqlari  b o 'y ich a   pul  mablagMarining  naqd  pulsiz  o ‘tkazilishi 
am alga  oshiriladi;

3)  pul  m ablag‘larining  korx o nalar  kassalari,  b anklar  va  boshqa 
m uassasalardan  iqtisodiyotning b o sh q a  subyektlariga:  uy x o ‘jaliklariga 
ish  haqi,  stipendiyalar,  pensiyalar,  nafaqalar  yoki  korxonalarga  xiz- 
m atlar,  tovarlar  uchun  haq  to 'lash  sifatida  k o ‘chirilishi;
4)  naqd pul  mablag‘larining tovarlar sotib olinganligi yoki  xizmatlar 
k o ‘rsatilganligi,  shuningdek,  m u ayy an   moliyaviy  o p eratsiyalarning 
(birjadagi o ‘yin,  sug‘urtaning xarid  qilinishi,  xususiy pensiya fondlariga 
ajratmalar  va  hokazo)  o'tkazilganligi  m unosabati  bilan  uy   x o ‘jalikla- 
ridan  korxonalar  va  muassasalarga  ko'chirilishi;
5)  naqd  pul  m ablag'larining  resurslarning  qayta  taq sim lanishi, 
ularning oilaning turli a ’zolari  o ‘rtasida yanada samarali foydalanilishi 
u c h u n   bir  x o ‘jalik  ichida  ko ‘chirilishi.
Pul  tizimi  pul  muomalasini  tashkil  etishning  tarixiy jih a td a n   qaror 
topgan  va  q o n u n   bilan  m ustahkam lab  qo'yilgan  shaklidir.  B oshqacha 
aytganda,  bu  pul  muomalasining  an iq   bir  m am lakatda  m uayyan  vaqt 
ichida  q o ‘llaniladigan  qoidalari  va  m e ’yorlari  majmuidir.
Milliy  valuta  tizimi  pul  tizim ining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Pul 
mablag'lari  iqtisodiyotda  amal  qiladigan  shaklga  qarab  pul  m ablag‘- 
larining  ikki  tipi:  metall  pullar  m uo m alasi  tizimi  va  pul  belgilari 
muomalasi  tizimi  farqlanadi.
Metall  pullar  muomalasi  tizimlari  pullik  tovar  (oltin  va  kum ush) 
bevosita  m uom alada  b o ‘lgan  sharoitda  amal  qilgan.  B unda  m azk u r 
metall  pullarning  barcha  funksiyalarini  bajargan.  mavjud  kredit  pullar 
esa  metallga  erkin  almashtirilgan.
Metall  pul  belgilarining  m uom alasi  tizim ida  bimetallizm  davri  va 
m onom etallizm   davri  farqlanadi.  B unday  holda  bimetallizm   iqtisodiy 
jarayonlarda  ikkita  asi  metaliarning  bir vaqtda  foydalanishi  bilan  tav- 
siflanadi,  m onom etallizm   esa  u m u n liy   ekvivalent  sifatida  bir  m etallga 
o 'tish ni  anglatadi.
B u n d a   b im e ta lliz m   h o la tid a   q u y id a g ic h a   xillar  a jra tib   k o ‘r- 
satiladi:
1)  parallel  valuta  tizimi  —  oltin  bilan  kum ush  o ‘rtasidagi  o ‘zaro 
nisbat  bozorda  stixiyali  ravishda  belgilanadi;
2)  q o ‘shaloq  valuta  tizimi  —  ikki  metall  o ‘rtasidagi  o 'z a ro   nisbat 
davlat to m onidan ushbu metallarga bo'lgan  talabga,  shuningdek,  ushbu 
davlatdagi  iqtisodiy  va  siyosiy  vaziyatga  qarab  belgilanadi;
3)  nuqsonli  valuta  tizimi  —  m etallar  iqtisodiy  tizim da  m avjud 
boMadiyu, lekin teng huquqlarga ega b o ‘lmaydi.  Odatda,  davlat  kum ush 
valutaning  zarb  qilinishi  va  foydalanishiga  cheklashlar  kiritadi.
4 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
49

Faqat bir metallning amal  qilish tizimi sifatidagi  m onom etallizm da 
ham  ayrim  o ‘zgarishlar  yuz  berdi:
1)  oltin  tangali  standart  —  t o ‘laqonli  oltin valutaning  amal  qilishi, 
u nda  tovarlarning  qiymati  h a m   ushbu  valuta  bilan  hisoblanadi;
2)  oltin  yombili  standart  —  oltin  m uom alada  boMmaydi,  lekin 
unga  katta  m iqdorlardagi  (yombi  m iqdorida)  alm ashinish  amalga 
oshiriladi;
3)  oltin  valutali  (oltin  devizli)  standart  —  pullarning  almashinishi 
faqat  oltin  yombili  standartli  m am lakatlarning  valutalariga  amalga 
oshiriladi.
H a m m a  ko‘rinishlardagi  oltin standartning bekor qilinganidan  keyin 
kredit  belgilari  m uom alasi  tizim i  o ‘rnatiladi  va  Bretton-Vuds  va 
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling